Ibn Sino kasalliklar allaqanday mayda bo‘laklar oqibatida paydo bo‘lishini ko‘rsatgan
Download 69.86 Kb.
|
Ibn sino
- Bu sahifa navigatsiya:
- Abu Ali ibn Sino
- Tarjimai hol
https://arboblar.uz/uz http://www.uz/ru/res/visitor/index?id=38068 https://arboblar.uz/uz http://www.uz/ru/res/visitor/index?id=38068 https://arboblar.uz/uz http://www.uz/ru/res/visitor/index?id=38068 Ibn Sino kasalliklar allaqanday mayda bo‘laklar oqibatida paydo bo‘lishini ko‘rsatgan. U birinchi bo‘lib chechakning yuqumliligiga e’tibor qaratgan, vabo va o‘latning farqini aniqlagan, moxo‘v kasalligining boshqalardan farqini ko‘rsatib, unga izoh bergan va boshqa bir qator kasalliklarni o‘rganib chiqqan. “Tibbiyot Abu Ali ibn Sino Tavallud topgan sana: 16 avgust 980 yil Vafot etgan sana: 1037 yil Tug'ilgan joy:Buxoro Yo'nalishlar: Astronomlar, Shifokorlar, Faylasuflar 193347 Ulashish Tarjimai hol Video galereya Tarjimai hol Al Husayn Ibn Abdulloh ibn Al-Hasan ibn Ali Ibn Sino - buyuk olim, tabib, musiqachi. O‘rta Osiyo va Eronda yashagan, turli hukmdorlar paytida tabib va vazir bo‘lgan. Ibn Sino risolalari Sharq hamda G‘arbda bag‘oyat mashhur. “Tib qonunlari” nazariy va klinik meditsina entsiklopediyasi — yunon, rum, hind hamda o‘rta osiyolik tabiblar nuqtai- nazari jamlanmasi — bir necha asr davomida, hatto Ovrupada ham zarur qo‘llanma bo‘lib xizmat qilgan. Asosiy qiziqishlari - zamonaviy meditsina yangiliklari, gomeopatiya, xalq tabobati, zamonaviy manbalarni va meditsinaga oid referatlarni o‘rganish. Olimning o‘limidan yuz yildan oshiq vaqt o‘tib, Bog‘doddagi din ishqibozlari Ibn Sinoning falsafiy kitoblarini yoqib yuborishadi, oradan yana bir necha asr o‘tgach, Ovrupada katta dastgoh ixtiro qilingach, “Tib qonunlari” kitobining katta beshta tomi nashrdan chiqarilgan. Bu - Injildan keyingi nashrdan chiqqan ikkinchi kitob bo‘ladi. Tabobat ilmining sultoni bo‘lmish Ibn Sino Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog‘ida tug‘ilgan. Bizning vaqtimizgacha yetib kelgan o‘zi haqidagi tarjimai xolida yozishicha, “Otam Balxdan bo‘lgan va u yerdan Buxoroga somoniylardan Nuh ibn Mansur hukmronligi davrida keladi va u yerda o‘z ishini devonxonadan boshlaydi. Uning lavozimi - Buxoro yaqinidagi tuman markazi bo‘lmish Xarmaysanni boshqarish bo‘lgan. Shu yerlarga yaqin qishloqdagi Afshonalik qizni, ya’ni mening bo‘lajak onam Sitora - yulduzni xotinlikka oladi. U yerda avval men, keyin mening akam dunyoga keladi.” Ibn Sino fors-doriy tilida suhbatlashuvchi O‘rta Osiyolik bo‘lgan. “Qalbga orom berish uchun” bu tilda u tez-tez to‘rtliklar yozib turgan. Ibn Sinoning ota-onasiga Husayn ismi juda yoqqan. Shu sababli birinchi o‘g‘lining ismini Husayn deb qo‘yishgan, lekin aslzodalar, odatda o‘g‘illari va kunyalariga faxriy nom berishgan. “Shubhasiz, mening o‘g‘limning o‘z o‘g‘li bo‘ladi, deya kuladi Abdulloh. Shunday ekan, mening o‘g‘lim Husayn aziyat chekmasin. Bo‘lajak nabiram uchun men ism tanlab qo‘ydim - uning ismi Ali bo‘ladi. Kunyasi Abu Ali bo‘ladi”. Abdulloh bu fikri zoye ekanligini bilmagan ham edi. Husaynning na o‘g‘li, na oilasi bo‘ladi. Bir umr karvon yo‘llarida shaharma-shahar kezib, bir hukmdordan boshqasining qo‘liga o‘tib, yo‘l uning uyiga, yo‘lovchilar esa uning yaqinlariga aylanib qoladi. Kichkina Husayn juda qiziquvchan yigitcha bo‘lgan. “Nima uchun?” so‘zi - lug‘atidagi eng ko‘p ishlatiladigan so‘z bo‘lgan. Husayn besh yoshga to‘lganida oilasi Buxoro shahriga ko‘chib o‘tadi. Bolakayni boshlang‘ich musulmonlar maktabiga joylashadi va u yerda o‘n yil ta’lim oladi. Xatib Ubayd sinfidagi o‘n beshta bolakay orasida Husayn eng kichigi bo‘lgan. Qur’on oyatlari, suralarni o‘quvchilar arab tilida o‘qishlari lozim bo‘lgan. Ko‘pchilik yigitlar arab tilini bazo‘r tushunishgan. Husayn o‘qishni boshlashi bilanoq ustozini savollar bilan ko‘mib tashlaydi, ammo ustozi shu zahotiyoq oson javob qaytaradi: “Qur’onni o‘rgan. U yerdan barcha savollaringga javob topasan.” Bir vaqtning o‘zida Husayn boshqa o‘qituvchi bilan ham shug‘ullanib, grammatika, uslubiyat va arab tillarini o‘rganadi. Kunlardan bir kun kichik Husayn: “Men Qur’onni butunlay yod oldim. Endi savol bersam buladimi?”, deydi. Ustozi esa juda qattiq ranjiydi va “Qur’onni uzoq yillar davomida o‘rganishadi va kamdan-kam musulmonlar uni yod olib, ularni hofiz, deya ulug‘lashadi”, deydi. “Demak, men hofiz ekanman!” - deya tezkor javob qaytaradi, bolakay. Adolatsiz imtixonda Husayn barcha suralarni bir so‘z ham qoldirmay aytib beradi. Qur’onni xatib Ubaydning o‘zi ham yoddan bilgan. Shundan keyin Husayn maktabga bormagan. O‘n yoshida, ya’ni 990 yilga borib, Husayn ta’limining boshlang‘ich davrini yakunlaydi. U Qur’onni yoddan aytib, o‘z xotirasi bilan barchani hayratga soladi va arab adabiyotini nihoyatda zo‘r bilishi bilan barchani lol qoldiradi. Shu vaqtdan e’tiboran, Ibn Sino shayh bo‘ladi. Mana, shaxsiy tarjimai xolidan parcha: “O‘n yoshimda men Qur’onni yod oldim va adabiyot fanini o‘rganib katta muvaffaqiyatlarga erishib, barchani qoyil qoldirdim”. Aytish joizki, bolakayning misli ko‘rilmagan qobiliyatlari erta sezildi. Uyidagi xush holat o‘spirinning ma’naviy yuksalishiga zamin yaratdi. Ibn Sinoning otasi badavlat va o‘qimishli, ismoilit (sobiq islomga qarshi) o‘qishlariga yaqin kishi bo‘lganki, uni izdoshlari safiga qo‘shgan. Garchi ibn Sino ismoilitlardan bo‘lmagan, lekin ularning xutbalari ma’nosi bilan sinchkoflik ila qiziqqan. Ehtimol, Ibn Sino ismoilitlardan o‘zining Qur’onga bo‘lgan tanqidiy qarashlarini o‘zlashtirgandur. Ibn Sinoga falsafa hamda matematikani o‘rgatgan birinchi ustozi Abu Abdulloh an-Notiliy ham ushbu o‘qishlar izdoshidan bo‘lgan. Shogird ustozidan shunchalik o‘tib ketdiki, savol-javoblari bilan ustozini noqulay ahvolga solib qo‘ya boshladi. Ibn Sino tarjimai xolida keyingi holatni ifodalaydi: “Men mazkur ta’rif uchun shunday tahlil qildimki, ilgari bundayini eshitmaganman. U juda xayron qoldida, ota-onamga meni ilmdan boshqa hech narsa bilan band qilmasliklarini maslahat berdi. ... Yevklidning kitobi bilan ham shunday voqea soldir bo‘ldi: o‘qituvchim yordamida besh-oltitta teoremani o‘rgandim, qolganlarini esa mustaqil o‘rgandim. Tez orada Natili meni o‘rgatishga ojiz bo‘ldi. “O‘zing o‘qi, teoremalarni o‘zing ishlab, keyin oldimga kel”, dedi. Shundan so‘ng men kitoblarni mustaqil o‘rgandim. Jarayonda menda shunchalik ko‘p savollar uyg‘onardiki, ularga javobni ustozim ham bilmay, oxir-oqibat mendan olgan”. Ibn Sino tabobat bilan juda erta qiziqqan va bu soha uning qiziqishlarining katta qismini egallay boshlaydi. Xali 12 yoshga to‘lmasidanoq, Ibn Sino o‘sha vaqtlarning faylasufi va tabibi Abu Salah al-Masihiyning maslahatiga ko‘ra uning ta’limotini egalladi. “So‘ngra men tabiblikka ixlos qo‘yib, tabiblik bilan bog‘liq kitoblarni o‘qiy boshladim - deb yozadi tarjimai xolida. Tabobat esa mushkul ilm emas, men uni qisqa fursat ichida shunchalik puxta egalladimki, davrimizning tabiblari oldimga maslahat so‘rab kela boshlashdi. Bemorlarni ko‘rikdan o‘tkazardim, orttirgan tajribalarim natijasida, qarshimda shunday davo eshiklari ochildiki, ta’rifga til ojizdir. Yoshim esa bor-yo‘g‘i o‘n sakkizda edi”. Husayn tabobatni buxorolik tabib, bir qator ilmiy ishlar muallifi Abu-l-Mansur Qamariyning qo‘l ostida batafsil o‘rgangan. Qamariyning qo‘l ostidagi ta’limoti uzoq cho‘zilmadi, Ibn Sino mustaqil amaliyot bilan shug‘ullanadi va tez orada shunchalik mashhur shifokor bo‘lib ketadiki, uni saroyga og‘ir kasal bo‘lib qolgan Buxoro amiri Nuh ibn-Mansurni davolash uchun chaqirtiradi. Ibn Sinoning o‘zi bu haqda shunday eslaydi: “Kunlardan bir kuni amir qattiq betob bo‘lib qoldi va shifokorlar uning kasalini aniqlay olishmadi. Mening ularga ismim tanish edi va ular amirga men haqimda gapirib, meni chaqirishlarini iltimos qilishdi. Men chaqirilgan joyga borib, ular bilan birga xizmat qildim”. Buxoro amirining kasali va Ibn Sino uni nima bilan davolaganligi haqida ma’lumot yo‘q, biroq, muolaja shunchalik yordam berdiki, Buxoroning yorqin amiri Nuh ibn Mansur yana bir yil taxtni boshqargan. Minnatdorchilik evaziga Ibn Sino somoniylarning kitob omboridan foydalanish ruxsatiga ega bo‘lgan. Buxoro kutubxonasi — o‘z davrining eng yirik va eng mashhur kitoblar ombori hisoblangan. Ibn Sinoning o‘zi Buxoro kutubxonasida ishlagan davrini ijodiy rivojining eng muhim bosqichi deb hisoblaydi. Shu vaqtdan e’tiboran, uning ta’limi yakunlanib, mustaqil hayot yo‘li bosqichi boshlanadi. Ibn Sino somoniylar kutubxonasidan bir necha yillar davomida foydalangan. Ehtimol, o‘z ichiga barcha alomatlari ila kasallik nomlari ko‘rsatilgan, shuningdek, kasallikning kelib chiqish sabablari va davosi kabilarni o‘zida jamlagan umumlashma tibbiyot asarini yaratish g‘oyasi unda Buxoro kutubxonasida ishlagan yillari uyg‘ongan. Aynan shu maqsad uchun Ibn Sino turli kitob, referatlardan parchalar ko‘chirib olgan va ularni umumlashtirgan. Shunday qilib, Ibn Sinoning eng muhim asari “Tibbiyot fani qonuni” uchun materiallar tayyorlangan va bu ish ustida u ko‘p yillar ishlagan. 999 yil otasi Abdulloh ibn Xasan vafot etadi va Ibn Sinoning yelkasiga yaqinlariga g‘amxo‘rlik qilish vazifasi tushadi. Afsuski, sobiq ismoilitlar oilasiga hokimiyat tepasidagilar qattiq shubha bilan qarashardi, Ibn Sinoning ahvoli juda tang va hatto, xatarli edi. Shu sababli u Xorazmning poytaxti Gurganjga ko‘chib ketishni qaror qiladi. Afsuski, Husayn o‘limining oxirigacha musofirchilikda u shahardan boshqachiga ko‘chib, oxir-oqibat ona vataniga qaytib kela olmaydi. U Xorazm, Abiverda, Nishopur, Tua, Gurgan, Rey, Xamadan, Isfagan kabi shaharlar hukmdorlarini ko‘rdi, ko‘plab shahar va qishloqlarda bo‘ldi. Hayotida ko‘p yo‘qotishlarni boshdan kechirdi, ko‘pincha hokimiyat tepasiga chiqib, tez orada yana pastga tushar, goh vazir bo‘lsa, goh zindonga tushar edi, dabdabada ham, yetishmovchilikda ham kun ko‘rdi, lekin o‘zining ijodiy va ilmiy ishini qilmagan biror kun bo‘lmadi. 1002 yil Buxoro turklar tomonidan qamal qilinib, somoniylar sulolasi ag‘darilgach, Ibn Sino Xorazm hokimi saroyiga Urganchga yo‘l oladi. U yerda Ibn Sinoni “shifokorlar hokimi” deya nomlashgan. 1008 yil sulton Mahmud G‘aznaviyga xizmati qilishgan bosh tortgan Ibn Sinoning farovon hayoti darbadarlikka almashadi. O‘zining ayrim asarlarini u uzoq safar vaqti egarda yozgan. 1015-1024 yillar Xamadonda yashab, ilmiy faoliyatini amirlikning siyosiy va davlat ishlarida faol ishtiroki bilan umumlashtirgan. Amir Shams ad-Davlani muvaffaqiyatli davоlaganligi uchun unga vazirlik lavozimi topshiriladi, ammo atrofini harbiy dushmanlar o‘rab oladi. Amir askarlarning Ibn Sinoga g‘aznani topshirish talablarini rad etadi va uni egallab turgan lavozimidan ozod qilib, hukmronlik qilib turgan yerlaridan tashqariga quvg‘in qilishlarini buyuradi. Oradan qirq kun o‘tib, amirning ahvoli yana yomonlashib qolib. Quvg‘inlikdagi olimni topib, uni yana vazir etib tayinlashlarini buyuradi. Amirning o‘limidan so‘ng Isfaxon hokimiga xizmat qilganligi uchun u to‘rt oyga qal’aga zindonband qilinadi. Umrining so‘nggi o‘n tort yili Isfaxonda (1023-1037) amir al-Davla saroyida xizmat qilish bilan o‘tadi. Saroyda u ijod qilishi uchun juda qulay sharoitlar yaratib berishgan. U bosh shifokor va amir maslahatchisi bo‘ladi va hatto uni yurishlarda ham kuzatib borgan. Bu yillar davomida Ibn Sino o‘zining tanqidiy yondashuvi bilan adabiyot va falsafa ta’limoti bilan shug‘ullanadi. Shu bilan birga, sersamara ijodiy ishlarini ham davom ettirgan. Uning ko‘p qo‘lyozmalari, shu jumladan, “Insof kitobi” («Kitab ul-insaf») Isfaxоnga g‘azna qo‘shinlari bosqinchiligi sababli yonib ketgan. Isfaxon podshosining yurishlaridan birida Ibn Sino og‘ir oshqozon kasaliga chalinib, uni tuzata olmaydi. Ibn Sino 1037 yil iyun oyida notanish odamga vasiyatini aytib, vafot etadi. O‘z vasiyatida u barcha qullarini ozod etib, barcha mol-mulkini kambag‘allarga tarqatishlarini so’raydi. Avitsenna Xamadonda shahar devori ostiga ko‘milgan, oradan sakkiz oy o‘tgach, uning xoki Isfaxonga olib o‘tiladi va amir maqbarasiga qayta ko‘miladi. Ibn Sino tadqiqiy idrokka mukkasidan ketgan va barcha mavjud bilimlarni ensiklopedik darajada egallash ishtiyoqiga ega olim bo‘lgan. Faylasuf g‘ayritabiiy xotira egasi va o‘tkir aql sohibi bo‘lgan. Merosi Shifo kitobi Arab tilida yozilgan ensiklopedik ishi “Shifo kitobi” («Kitab al-Shifa») mantiq, fizika, biologiya, psixologiya, geometriya, arifmetika, musiqa, astronomiya va metafizikaga bag‘ishlangan. “Donishmadlik kitobi” («Danish-name») ham ensiklopediya sanaladi. Download 69.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling