Nazorat uchun savol va topshiriqlar


Download 18.61 Kb.
Sana29.09.2020
Hajmi18.61 Kb.
#131778
Bog'liq
25-Мавзу. Саволлар


Nazorat uchun savol va topshiriqlar:

  1. Hozirgi davrda jahon iqtisodiy rivojining eng muhim o’ziga xos xususiyati nimadan iborat? Jahon xo’jaligining milliy iqtisodiyotga ta’siri qanday?

Javob; Jahon xo’jaligi — xalqaro mehnat taqsimoti, savdo-ishlab chiqarish, moliyaviy va ilmiy-texnikaviy aloqalar orqali birlashgan turli mamlakatlar xo’jaliklari tizimi. Hozirgi davrda jahon iqtisodiy rivojlanishining kng muhim o’ziga xos xususiyatlaridan biri — turli mamlakatlar va xo’jalik mintaqalari o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikning o’sib borishi hisoblanadi. Jahon xo’jaligi milliy xo’jalikdan yagona jahon bozorining mavjudligi bilan farqlanadi. Jahon bozorining amal qilishiga rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy siyosati ahamiyatli ta’sir ko’rsatadi. Jahon bozorining o’ziga xos xususiyati bo’lib jahon narxlari va xalqaro raqobat tizimining amal qilishi hisoblanadi. Aynan xalqaro raqobatning mavjudligi turli darajadagi milliy qiymatlarni yagona baynalmilal qiymatga kkltiradi. Jahon narxi jahon bozoriga ne’matlarning asosiy hajmini yktkazib beruvchi mamlakatlardagi shart-sharoitlar orqali aniqlanadi. Mamlakatlar o’rtasida sotish bozorlarini egallash uchun keskin raqobat kurashi olib boriladi.


  1. Iqtisodiy hayotning baynalminallashuvi jarayonining mohiyati nimadan iborat?

Javob; Ishlab chiqarish yoki iqtisodiy hayotning baynalmilallashuvi — mamlakatlarning jahon miqyosida iqtisodiy aloqalarining kuchayishi hamda iqtisodiy munosabatlaming tobora kengroq jabhalarini qamrab olishi jarayoni. Barcha iqtisodiy jarayonlarning baynalmillalashuvi natijasida jahon xo’jaligining quyidagi tarkibi vujudga keldi:

1) tovar va xizmatlar jahon bozori;



2) kapitallar jahon bozori;

3) ishchi kuchi jahon bozori;

4) xalqaro valyuta tizimi;

5) xalqaro kredit-moiiya tizimi.

Bundan tashqari, baynalmilallashuv axborotlar, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstniktorlik ishlanmalari, madaniyat sohalarida ham rivojlanmoqda. Yagona ilmiy-axborot makoni shakllanmoqda.

Xalqaro savdo milliy davlatlarning paydo bo’lishi bilan ular orasidagi iqtisodiy va siyosiy aloqalarning ifodasi sifatida qadimdan amal qilib kelgan boMsada, bu hali jahon bozori mavjudligini anglatmas edi. Jahon bozori faqat yirik mashinalashgan sanoatning paydo bo’lishi bilan dastlab bir qator mamlakatlar o’rtasida vujudga kelib, XX asrning boshlarida jahonning barcha mamlakatlarini qamrab oldi.





  1. Globallashuv jarayoni nima va uning qanday yo’nalishlari mavjud? Globallashuv jarayonining ziddiyatli jihatlarini gapirib bering.

Javob; Globallashuv (lotincha globus - yer kurrasi) jahon xo’jaligining butun makonini qamrab oluvchi iqtisodiy munosabatlar yagona tarmog’ining tashkil topishi va rivojlanishini anglatadi.

Bugungi kunda globallashuv jarayoni ahamiyatining tobora oshib borishi iqtisodiy adabiyotlarda uning rivojlanish yo’nalishlari va ziddiyatlari kabi masalalarning ham ko’rib chiqilishini taqozo etmoqda.4

Globallashuv uzoq vaqt davomida tarkib topuvchi hamda butun borliqni qamrab oluvchi bashariyat miqyosidagi iqtisodiy tizimni namoyon etadi. Hozirda u jahon xo’jaligining umumjahon tavsifiga kga hamda yaxlit holda butun insoniyatga taalluqli bo’lgan ma’lum bir unsurlarini obz ichiga olishi mumkin. Shunga ko’ra, hozirgi vaqtda jahon xo’jaligining globallashuv yo’lidagi rivojlanishining dastlabki qadamlari, yo’nalishlari amalga oshmoqda.

Globallashuvning yo’nalishlari makroiqtisodiyotga nisbatan sifat jihatidan yangi boMgan iqtisodiy munosabatlar turining tarkib topishiga olib keladi.

Shuningdek, jahon xo’jaligi globalashuvi jarayonlarining ziddiyatli tomonlari ham mavjud. Bu ziddiyatlarning asosiylari quyidagilardan iborat:

1) turli mamlakatlardagi iqtisodiy rivojlanishning bir tekisda bormasligi.

2) boy va qashshoq mamlakatlar o(rtasidagi farqning kuchayishi.

3) ekologik halokat tahdidlarining kuchayib borishi.

4.Xalqaro mehnat taqsimoti qanday tamoyillarga asoslanadi? Unda tabiiy sharoitdagi tafovutlar qanday rol o’ynaydi?

Jahon xo’jaligi murakkab tizim hisoblanadi. Turli milliy iqtisodiyotlar (yoki ularning tashqi iqtisodiy qismlari) ning barcha majmui tovarlar, xizmatlar va ishlab chiqarish omillarining harakati bilan mustahkamlangan bo’ladi. Shu asosda mamlakatlar o’rtasida xalqaro iqtisodiy munosabatlar vujudga keladi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar (ba’zida ularni tashqi iqtisodiy aloqalar, jahon xo’jaligi aloqalari deb ham yuritiladi) — bu jahonning turli mamlakatlari o’rtasidagi xo’jalik aloqalari majmuidir.





  1. Xalqaro mehnat taqsimoti qanday tamoyillarga asoslanadi? Unda tabiiy sharoitdagi tafovutlar qanday rol o’ynaydi?

Javob; Xalqaro migrasiya jarayonini iqtisodiy omillar bilan birga siyosiy, etnik, madaniy, oilaviy va boshqa tavsifdagi omillar ham taqozo qiladi.

Xalqaro migrasiya ikkita asosiy tarkibiy qismni o’z ichiga oladi: emigrasiya va immigrasiya. Emigrasiya — mamlakatlardan doimiy yashash joyiga chiqib ketishni, im-migrasiya — mamlakatga doimiy yashash uchun kirib kelishni bildiradi. Xalqaro migrasiya shuningdek repatriasiya — ya’ni fuqarolarni ilgari chiqib ketgan mamlakatlariga qaytarilishi jarayonini ham o’z ichiga oladi. Xalqaro migrantlar beshta asosiy toifaga ajratiladi:

1) immigrantlar va noimmigrantlar;

2) shartnoma bo’yicha ishlashga kelgan migrantlar;



3) nolegal, yashirin immigrantlar;


Azimjon Ergashev
Download 18.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling