Ishchi kuchi bozori. Ishchi kuchi va uning bandligi


Download 0.76 Mb.
bet1/3
Sana20.05.2020
Hajmi0.76 Mb.
#108196
  1   2   3
Bog'liq
28. ishchi kuchi bozori. ishchi kuchi (1)


Прямоугольник 27

28

М A V Z U

ISHCHI KUCHI BOZORI. ISHCHI KUCHI VA UNING BANDLIGI


REJA asosida quyidagilar o’zlashtiriladi

  1. Bandlik tushunchasi. to‘liq va samarali bandlik muammosi

  2. Ishchi kuchini qayta taqsimlashning bozor mexanizmi. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining bandlik va ishsizlikka ta’siri

  3. O‘zbekistonda bandlikni ta’minlashda mehnat birjalari faoliyati. Ishsizlarni ijtimoiy ximoyalash.





Bu bobda bandlikni ta’minlashda sotsial-demografik jarayonlarning ahamiyati ham muhim hisoblanadi. Jumladan, respublikamizda mehnat resurslari nisbatan ko‘p, aholining tabiy o‘sishi yuqoriligini ko’rib chiqishimiz mumkin. Bandlik mehnat qiluvchi uchun ahamiyatiga qarab birlamchi va ikkilamchi bandlikka bo‘linadi


B
1-Savol ►
andlik tushunchasi. To‘liq va samarali bandlik muammosi

Mavjud qonunlikka muvofiq ish bilan bandlik deganda fuqorolarning qonunda taqiqlanmagan va ularga daromad keltiradigan faoliyat turi bilan shug‘ullanishlari tushuniladi. Ko‘pchilik iqtisodiy adabiyotlarda qayd qilinganidek: “Bandlik mehnat qobiliyatiga ega bo‘lgan va mehnat qilishga ishtiyoqi bor kishilarning ishga joylashib foydali mehnat bilan mashg‘ul bo‘lishlaridir”. Ish bilan band aholiga yollanib ishlovchilar va o‘zlarini mustaqil ravishda ish bilan ta’minlagan shaxslar kiradi.



YAlpi ishchi kuchi – bu jamiyat ѐki alohida olingan mamlakat miqѐsida qiymat vaiste’mol qiymatlarini yaratishda ishtirok etuvchi bir-biri bilan chambarchas bog‘liq holdafaoliyat qiluvchi ishchi kuchlarining umumlashtirilgan majmui. YAlpi ishchi kuchining takror
hosil qilinishi jara
ѐnlarini o‘rganish muhim bo‘lib, bunda eng avvalo ishchi kuchiningziga to‘xtalish maqsadga muvofiqdir.

Ishchi kuchi – bu insonning mehnatga bo‘lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yig‘indisi bo‘lib, jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi hisoblanadi. Takror ishlab chiqarish jaraѐnida faqatgina ishlab chiqarishning moddiy-ashѐviy omillarigina emas, balki shaxsiy omili, ya’ni ishchi kuchi ham takror ishlab chiqariladi.1

Ish bilan band bo‘lish uchun mexnatga layoqatli, ya’ni mehnat qilish qobilyatiga ega bo‘lish kerak, unga ega bo‘lgan kishilar mehnat resurslarini tashkil etadilar. O‘zbekistonda mehnat resurslariga aholining quyidagi guruhlari kiradi:



  1. Mehnatga layoqatli yoshdagilar:

  • 16 yoshden-54 yoshgacha bo‘lgan ayollar;

  • 16 yoshdan-60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar.

  1. Mehnatga layoqatli yoshdan katta yoshdagi (mehnat nafaqasidagi) ishlovchilar.

  2. Balog‘at yoshiga etmagan ishlovchi o‘smirlar (16 yoshgacha bo‘lganlar).

Mehnat resurslari iqtisodiy faol va iqtisodiy nafaol aholi qatlamlaridan iborat bo‘ladi. O‘zbekistonda mehnat resurslarining o‘rtacha 74-75 foizi, iqtisodiy faol, 25-26 foizi iqtisdiy nafaol hisoblanadi. Iqtisodiy faol aholining 95% ga yakini iqtisodiyotda band qilingan. Iqtisodiy nafaol aholining 57,0% dan ortiqrog‘ini band qilinmaganlar tashkil qilsa, 43,0% ga yaqini mehnatga layoqatli yoshdagi o‘quvchilar va ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olayotganlardan iborat (2010 y.

O‘zbekistonda doimiy aholi, mehnat resurslari va iqtisodiyotda band bo‘lganlar soni2 23- jadval

Ko‘rsatkichlar

2008

2009

2010

  • Barcha aholi

  • Mehnat resurslar;

  • Iqtisodiyotda band bo‘lganlar:

  • Soni, ming kishi

  • Mehnat resurslaridagi ulushi, %

27072,2

15685,7


57,5

11035,4


70,3

27533,4

16103,5


58,0

11328,1


70,3

28001,4

16726,0


58,6

11628,4


69,5

Iqtisodiy faol aholi qatlami yalpi ishchi kuchini tashkil qiladi. YAlpi ishchi kuchining miqdor o‘lchami – bu mehnatga layoqatli kishilarining (iehnat resurslarining) umumiy sonidir.

YAlpi ishchi kuchining sifat o‘lchami esa ularning bilimi, malakasi, mahorati, ko‘nikmasi va ish tajribasining o‘rtacha ko‘rsatgichlarida mujassamlashadi.

Boshqa resurslar kabi mehnat resurslari ham takror xosil qilib turilishi kerak, bunga tor va keng ma’noda qarash mumkin.

Ishchi kuchini tor ma’noda takror xosil qilish insonning jismoniy va aqliy qobiliyatlarini uzluksiz kengaytirilgan tarzda tiklab turish, ularning mehnat malakasini, umumiy bilimi, kasbiy tayyorgarlik darajasini yangilab va o‘stirib borish hamda ishchi avlodini tayyorlash kabilarni o‘z ichiga oladigan jarayondir.

Keng ma’noda ishchi kuchini takror xosil qilish esa quyidagilarni anglatadi:



  • aholining tabiiy harakati, tabiiy o‘sishning umumiy shart-sharoitlari yaratish;

  • xodimlarni ishlab chiqarishga jalb qilish va bo‘shatish;

  • mehnat resurslarini tarmoqlar, sohalar va hududlar o‘rtasida taqsimlash hamda qayta taqsimlash;

  • aholining ijtimoiy, ma’naviy va madaniy ehtiyojlarini qondirib borish;

  • ishchi kuchini to‘liq va samarali bandligini ta’minlash.

Har bir milliy iqtisodiyotning asosiy maqsadlaridan biri to‘liq ish bilan bandlikni ta’minlash hisoblanadi. “To‘liq bandlik” va “samarali yoki oqilona bandlik”ni ham taqozo qiladi.

Ish bilan to‘la bandlik mehnatga layoqatli bo‘lgan va ishlashni hohlagan barcha kishilarning ish bilan ta’minlanganini anglatadi. SHuningdek, ish bilan to‘la bandlik bir tomondan iqtisodiyotda ishsizlikning tabiiy darajasi mavjud bo‘lishini inkor etmaydi, boshqa tomondan, bu mehnatga layoqatli barcha kishilarning ishlab chiqarishga jalb etilish zarurligini anglatmaydi.



Bandlik miqdor o‘lchamda qancha kishi va qancha vaqt ish bilan mashg‘ul bo‘lishini bildiradi. Sifat jiqatidan esa bu ishlagan vaqt davomida qancha miqdorda tovar va hizmatlar yaratilishi, ular qanday narxda sotilishi, natijada qancha pul daromad olinishini bildiradi. To‘liq bandlik belgilangan ish kuni, xaftasi yoki ish oyi davomida har doim ish bilan mashg‘ul bo‘lishini bildiradi. Agar shu kuni 7 soat, ish xaftasi 5 kun bo‘lsa, bir oyda 22 ish kuni, jami 154 soat (7x22=154) ishlaganda va shunga tegishli haq olganda to‘liq bandlik mavjud bo‘ladi. Agar kuniga 5 soat, xaftasiga 4 kun, bir oyda 80 soat ishlansa, to‘liq bo‘lmagan bandlik kelib chiqadi.



Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling