Ishchi kuchi bozori. Ishchi kuchi va uning bandligi


Download 0.76 Mb.
bet3/3
Sana20.05.2020
Hajmi0.76 Mb.
#108196
1   2   3
Bog'liq
28. ishchi kuchi bozori. ishchi kuchi (1)


Группа 107

30 –rasm. Ishchi kuchiga talab va uning o‘zgarishi.


Soatlik ish haqi 5000 so‘m bo‘lganda ishlash uchun 500 kishi talab qilinadi, 2000 so‘mga tushganda, ishchi kuchiga talab ortib, jami 700 kishiga etadi. Bunda ish haqining qisqarishi ishchi kuchiga talabni oshiradi.



Mehnat bozorida taklif ham narxga nisbatan egiluvchan bo‘ladi, ya’ni ish haqi oshsa, ishchi kuchi taklifi ko‘payadi, kamaysa, uning taklifi qisqaradi. Quyidagi chizmada ishchi kuchining taklifi bilan ish haqining bog‘liqligi tasvirlangan. (grafik)
Группа 84

31 –rasm.Ishchi kuchi taklifi va uning o‘zgarishi.


Ish haqi 3000, 5000, 7000 so‘m bo‘lishiga qarab, ishchi kuchi taklifi 300, 500, 700 kishidan iborat bo‘ladi. Bu ishchi kuchi taklifining ish haqiga nisbatan egiluvchanligini ko‘rsatadi.

Ishchi kuchi bozorida unga bo‘lgan talab va taklif mos kelganda muvozanatlash hosil bo‘ladi. Mazkur muvozonat ish haqining ma’lum darajasida vujudga keladi.



3Группа 642-rasm. Mehnat bozorida muvozanatlik

CHizmada ishchi kuchiga talab chizig‘i AV taklif chizig‘i DS bilan M nuqtasida kesishadi. Bu nuqta muvozanat nuqtasi bo‘lib, ishchi kuchiga talab va taklif miqdoran tenglashganligini bildiradi. Ish haqi 5000 so‘m bo‘lganda 500 kishi mehnatiga talab qondiriladi, ish qidirgan 500 kishi ishga joylashadi, demak, ish kuchining bundan ortig‘i ish xaqining mavjud darajasida band qilinmaydi.

Ishchi kuchiga bo‘lgan talab va uning taklifiga ish xaqidan tashqari boshqa omillar ham ta’sir qiladi, bular:


  • Texnika taraqqiyoti;

  • Iqtisodiy tanglik yoki turg‘unlik holati;

  • YAngi texnologiyaning joriy etilishi;

  • Ishlab chiqarish tarkibining o‘zgarishi;

  • Mavsumiylik;

SHunday mehnat turlari ham borki, ular maxsus qobiliyat va tayyorgarlikni talab qiladi. Masalan: og‘ir jismoniy ish sog‘lom va baquvvat kishilarni; san’at, adabiyot, fan, konstruktorlik sohalari alohida iste’dodni talab qiladi. SHunday kasblar borki, ular puxta bilim, maxsus tayyorgarlik va katta tajribani talab qiladi. Masalan, Germaniyada mustaqil ishlovchi vrach bo‘lish uchun, oliy ma’lumot olgach, yana 10-12 yil tayyorgarlik ko‘rishi lozim bo‘ladi.

Ishchi kuchining taklifiga ishning jozibadorligi kasbdan obro‘ topish, qo‘shimcha imtiyoz olish, yuqori mansabga erishish imkoni, ishsiz qolish xavfining yo‘qligi, mehnat sharoitining yaxshiligi, shuningdek arzon kredit (qarz) olish imkoni va boshqalar ta’sir qiladi.

Ishchi kuchining taklifiga nufus qonuni, ya’ni aholi sonining o‘sish surati xam ta’sir qiladi. Aholi soni tez o‘sib, ishchi kuchi qilish yoshiga etgan aholi qancha ko‘p bo‘lsa, mehnat taklifi xam shuncha ko‘p bo‘ladi. O‘zbekistonda 1995 yilda mehnat yoshiga etganlar jami aholining 49.3%ni tashkil etgan bo‘lsa, 2011 yilda bu ko‘rsatkich 61,1%ga etgan. SHunga mos ishchi kuchi taklifi ham ortgan.

Iqtisodiyotdagi har qanday beqarorliklar, jumladan 2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi real sektordagi faollikka jumladan, bandlik va ishsizlikka o‘z ta’sirini o‘tkazdi.




Inqirozning turli xil oqibatlari faqatgina uning xarakterini emas, balki inqirozni yumshatishi yoki qattiqlab yuborishi mumkin bo‘lgan inqirozga qarshi boshqaruvning tavsifini ham aniqlaydi.


Ishchi kuchiga bo‘lgan talab miqdori uning yordamida yaratiladigan tovar va xizmatlarga bo‘lgan talabning hajmiga bog‘liq bo‘ladi. Agar bozorda tovarlarga talab oshsa ishchi kuchiga talab ham ortadi. Agar tovarlarga talab qisqarsa uni yaratadigan ishchi kuchiga ham talab qisqaradi. Mana shu bog‘liqlik sababli iqtisodiy inqirozlar davrida ishchi kuchiga talab keskin qisqarib ishsizlar soni oshib boradi.

Mamlakatimiz Prizidenti I.A.Karimov qayd qilib o‘tganlaridek: ”Aholining ish bilan ta’minlanish muammolarini hal qilishda ham jiddiy sifat o‘zgarishlar ko‘zga tashlanmoqda. Biz uchun o‘ta dolzarb bo‘lgan bu masalani echishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish bilan birga, xizmat ko‘rsatish sohasi va kasanachilikning turli shakllarini keng joriy etish, qishloq joylarda chorvachilikni rivojlantirishni rag‘batlantirishga aloxida axamiyat berilmoqda.”4

Bu respublikamizda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozini ta’sirini kamaytirish va uni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilgan chora tadbirlarning natijasidir. CHunki rivojlangan mamlakatlarda bu inqiroz ta’sirida ishsizlar soni keskin ortgan. Jumladan, AQSHda 2008 yilda ishsizlik darajasi 5,6%, YAponiyada 4.1%, Buyuk Britaniyada 5,7%, Germaniyada 7,7%ga etgan. Bu o‘z-o‘zidan aniqki ijtimoiy transferlarning ko‘payishi xisobiga davlat xarajatlarning o‘sishiga olib kelgan.



Respublikada keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishdagi ustuvor vazifa – bu mamlakatimiz iqtisodiyotini modernizatsiya qilish va aholi bandligini oshirishring muhim omili sifatida ishlab chiqarish va ijtimoiy infraktuzilmani yanada rivojlantirishdan iboratdir. CHunki infratuzilmani rivojlantirish ko‘p mehnat talab qiladigan keng ko‘lamli soxa xisoblanadi. Bu yangi ish o‘rinlarini tashkil etish, axolining, ayniqsa yoshlarning ish bilan bandligini ta’minlash, odamlarning daromadi va faravonligini oshirish imkonini beradi


Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek: “Bugungi bosqichda kasanachilik soxasi bandlik va oila byudjeti daromadlarini oshirishning qo‘shimcha manbaiga aylanib borayotganini xech kim inkor etolmaydi



3-Savol ►
O‘zbekistonda bandlikni ta’minlashda mehnat birjalari faoliyati. Ishsizlarni ijtimoiy ximoyalash.

Ishchi kuchi bozori xaridorlar – ish beruvchilar va sotuvchilar- ish kuchi egalaridan iborat bo‘ladi. Ish beruvchilar davlat idora tashkilotlari, xususiy va jamoat tashkilotlari, mehnatini taklif etuvchilar – ish kuchi egalari bo‘lib, ular mehnat qobilyatiga ega va o‘z ishchi kuchini sotishga ishtiyoqi bo‘lgan kishilardan tashkil topadi. Ishchi kuchi bozorining aniq shakllari bular - mehnat birjalari va ishga yollovchi firmalardir.

Ishchi kuchi bozorini tartibga solishda mehnat birjlari alohida o‘rin tutadi.

Mehnat birjasi – ishchi kuchini taqdim qiluvchilar hamda ishga yollovchilar o‘rtasida ish kuchini sotish va sotib olish bo‘yicha kelishuvni amalga oshirishda vositachi vazifasini bajaruvchi maxsus muassasadir.

Dastlabki mexnat birjalari X1X asrning birinchi yarmida tashkil topgan. Bizning Respublikada mehnat birjalari 2009 yildan boshlab –“Axoli bandligiga ko‘maklashish markazlari” deb atala boshlandi.

Bunday markazlarning asosiy vazifalari quyidagilardir:

- ishsizlarni ro‘yxatga olish, xamda ishi joyini o‘zgartirmoqchi bo‘lganlarni ishga joylashtirishda vositachilik qilishi;

- ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklifni o‘rganish;

- alohida ixtisosliklar bo‘yicha ishchi kuchiga talab haqida ma’lumot berish;

- yoshlarni kasb ixtisosliklar bo‘yicha yo‘naltirish, yangi kasb-hunarga o‘rgatishni tashkil qilish.

Mehnat birjalarining faoliyati faqat ish bilan ta’minlash emas, balki iqtisodiyot tarmoqlari tarkibidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq xolda o‘zgarib turadigan mehnat bozori talabini qondirishdan iborat.

2012 yilda Respublika bandlik xizmati muasasalariga 623.3 ming kishi ishga joylashtirishga ko‘maklashish uchun murojaat qilib, ulardan 546.6 ming kishi ish bilan ta’minlagan.

Respublikada axolining yuqori sur’atlar bilan o‘sib borayotganligini, shuningdek jaxon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy ta’sirini xisobga olgan xolda ish bilan bandlikni ta’minlash uchun mamlakatimizda bir qator tadbirlarni amalga oshirish mo‘ljallangan:

Birinchidan, keng faoliyat turlari, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlikni kengaytirish uchun sharoit yaratish. Birinchi navbatda qishloq xo‘jaligi ham ashyosini qayta ishlash, iste’mol mollari, maxalliy xom ashyodan qurish materiallari tayyorlovchi xususiy kichik korxonalarni faol rivojlantirishni rag‘batlantirish.

Bu tadbirlarni amalga oshirish natijasida kichik tadbirkorlik sub’ektlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2008 yildagi 48.2% dan 2012 yilda 54,6% ga ortgan. Ularning sanoat mahsuloti hajmidagi ulushi 22,2% ni, qurilish ishlarida 70,7%, chakana tovar aylanmasidagisi 45,3% ni, pulli xizmatlaridagisi 44,7% ni tashkil qilgan. Bugungi kunda mamlakatimizda ish bilan band bo‘lgan axolining 76%dan ko‘prog‘i aynan shu sohaga to‘g‘ri keladi.

Ikkinchidan, xizmat ko‘rsatish soxasi va kasanachilikning turli shakllarini keng joriy etish, qishloq joylarda chorvachilikni rivojlantirishni rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratish.

Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek: “Bugungi bosqichda kasanachilik soxasi bandlik va oila byudjeti daromadlarini oshirishning qo‘shimcha manbaiga aylanib borayotganini xech kim inkor etolmaydi. Ayni vaqtda kasanachilik fuqorolarni, birinchi navbatda, xotin-qizlar, ayniqsa, ko‘p bolali ayollarni, yordamga muxtoj nogironlar va mehnat qobilyati cheklangan boshqa shaxslarni ishlab chiqarish faoliyatiga jalb etish uchun muxim axamiyat kasb etmoqda”.77

Uchinchidan, qishloqlarda keng tarmoqli ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini yaratish, shu orqali yangi ish joylarini ochish, yangi ishlab chiqarishlarni vujudga keltirish.

To‘rtinchidan, ishdan bo‘shagan xodimlarni qayta tayyorlash va qayta o‘qitishni tashkil etishni tubdan o‘zgartirish.

Beshinchidan, vaqtincha ishga joylashtirish imkoni bo‘lmagan mehnatga yaroqli axolini davlat tomonidan ishonchli ravishda ijtimoiy ximoyalash. Bu siyosat ularning o‘ta zarur extiyojlarini qondirish va kafolatli tirikchilik manbalariga ega bo‘lishiga qaratiladi.

Aholining ish bilan bandligi muammosi ko‘p qirrali bo‘lib, u barcha odamlarga o‘z qobilyatlarini ishga solish imkoniyatini berish bilan birga, aholi extiyojlarini qondirish uchun dastlabki teng imkoniyatlarni ta’minlovchi davlat va bozor mexanizmini vujudga keltirish, ishchi kuchini unumli va samarali ish bilan band qilish, zarur xollarda ishchi kuchini iqtisodiyot tarmoqlari va soxalari o‘rtasida qayta taqsimlash kabi masalalarni ham o‘z ichiga oladi.



Muhokama uchun savollar:

  1. Ishchi kuchini takror hosil qilish deganda nimani tushunasiz va uning xususiyatlari qanday?

  2. Ishchi kuchining sifati nima? U qanday omillarga bog‘liq? Fan-texnika taraqqiyotida ishchi kuchining sifatiga qanday talablar kuchayadi?

  3. Ish bilan to‘la bandlik nima uchun nisbiy ma’noda tushuniladi? Qanday qilib ishchi kuchidan samarali foydalanishga erishiladi?



1 McConnell, Brue. Economics: principles, problems and policies. 17 th edition. America, New York: McGraw-Hill,
2008. page 75.

2 Труд и занятость в Узбекистане. Статистический сборник. Ташкент 2011.

3 McConnell, Brue. Economics: principles, problems and policies. 17 th edition. America, New York: McGraw-Hill,
2008. page 96

4 И.А.Каримов Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида бартараф етишнинг йўллари ва чоралари. Т.:Ўзбекистон ,2009,24-25-б.

77 Каримов И.А Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йўллари ва чоралари. Т.: -Ўзбекистон , 2009, 26-б.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling