1-qism Qarshi 2010 «Kasbiy ta’lim va o‘qitish uslubiyoti»


Download 144.61 Kb.
bet23/69
Sana09.01.2022
Hajmi144.61 Kb.
#262977
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   69
Bog'liq
psixologiyad004

3.4.Instinktlar, ko‘nikmalar. Instinktlar hayvonlar hatti-harakat- larining murakkab, tug‘ma shaklidir. Masalan: qushlarning in yasashda cho‘p, loy tanlashi, o‘rgimchaklarning to‘qish san‘ati. Asalari o‘z katak- lariga go‘yo puxta hisob qilib turganday, aniq reja bilan quradi. Bundan tashqari asalarilarda bir-biriga xabar berish qobiliyati mavjud. Instinktlar bir qator moslashuv harakatlari tuzilmasidan iborat. Bir harakatning tugal- lanishi boshqa harakatni vujudga keltiradi. Instiktiv harakatlar yuzaki ku- zatganda o‘zining «maqsadga muvofiqligi» bilan kishini hayratda qoldira- di. Biroq bu maqsadga muvofiq hatti-harakatlarda maqsadni anglashni uchratmaymiz. Instinktlar ma’lum tashqi kuzatuvchi(lar)ning ta’sir ko‘rsatishiga javob tariqasida yuzaga keladi. Instinktiv hatti-harakat deyarli o‘zgarmaydi, lekin bu harakatning bironta muhim qismi o‘zgarib qolsa, u har gal asalarilarning asal saqlash uchun yasalgan uyalarini orqa tomonidan qirqib qo‘yilsa (ya’ni tagi teshib qo‘yilsa), bunday holda asalari ma’lum miqdordagi asalni tagi teshik uyaga solib, garchi asal uyaning tagidan al- laqachon oqib ketgan bo‘lsa ham, uyaning og‘zini ustki tomondan mum bi­lan berkitib qo‘ya beradi. Harakatlarning instinktiv shakllari faqat doimiy sharoitlardagina maqsadga muvofiqdir. Shuni qayd qilib o‘tish kerakki, garchi ma’lum instinktlar bir turdagi barcha organizmlarga xos bo‘lsa ham, lekin amalga oshirish alohida organizmlarda biroz boshqacharoq bo‘ladi. Instinktiv xatti-harakatlarning ana shunday nisbatan har xil tarzda amalga oshirilishi yashash keskin o‘zgargan holda organizmlar turining saqlanib qolishiga imkon beradi.

Ko‘nikmalar. Yuksak taraqqiy etgan hayvonlarda, xususan sut emi- zuvchilarda hatti-harakatning yanada aynanroq aks ettirishga yordam beruvchi yangi, ildamroq shakllari ko‘proq rol o‘ynaydi. Bular- ko‘nikmalar (harakatlarning individual tarzda orttirilgan shakllari). Ko‘nikma deganda hayvonlarda shartli bog‘lanishlar asosida yuz beruvchi va avtomatik ravishda sodir bo‘luvchi harakatlar tushuniladi. Instinktlar singari ko‘nikmalar ham taraqqiyotning turli bosqichlarida uchraydi. Lekin yaqqol ifodalangan ko‘nikmalarni faqat bosh miyaning po‘stiga ega bo‘lgan hayvonlardagina ko‘rish mumkin.

Hayvonlar ko‘nikmalarning tarkibiga kiruvchi harakat elementlari hayvon maxsus bo‘lgan turning tajribasini qayta tiklovchi tug‘ma hara- katlardan ham takrorlash jarayonida mustahkamlangan tasodifiy harakat namunalaridan iborat bo‘lmog‘i mumkin. Hayvonlarda hosil qilingan (bo‘lgan) ko‘nikmalar sharoit murakkablashishi yoki o‘zgarishi bilan o‘zi ham o‘zgarishi, yangi, o‘zgartirilgan sharoitga ko‘chishi mumkin. Ko‘nikmalar bir-birlaridan muhim jihatdan farq qilishlari mumkin bir ho- latda ko‘nikmalar o‘zlarining avtomatizmlariga ko‘ra instikntlarga yaqin- lashsada, boshqa bir holatda intellektual harakatlarga yaqinlashadilar.




  1. Download 144.61 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling