1-qism Qarshi 2010 «Kasbiy ta’lim va o‘qitish uslubiyoti»
REJA: Shaxs va uning faolligi
Download 144.61 Kb.
|
psixologiyad004
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanish uchun adabiyotlar: 3, 4, 5, 6.
- Faoliyat turlari.
REJA:
Shaxs va uning faolligi Faoliyat turlari Jismoniy va aqliy harakatlar Ijtimoiy xulk motivlari va shaxs motivatsiyasi Motivlarning turlari. Mavzu yuzasidan tayanch so‘zlar: shaxs aktsentuatsiyalari, kamolat, ehtiyoj, motiv, interiorizatsiya, eksteriorezatsiya, malaka tuzilishi mashq, o‘yin, mehnat, ta’lim. Foydalanish uchun adabiyotlar: 3, 4, 5, 6. 5.1.Shaxs va uning faolligi. Jamiyat bilan doimiy munosabatni ushlab turuvchi, uz-uzini anglab, har bir harakatini muvofiklashtiruvchi shaxsga xos bulganeng muxim va umumiy xususiyat - bu uning faolligidir. Faollik (lotincha «actus» - harakat, «activus» - faol so‘zlaridan kelib chikkan tushuncha) shaxsning xayotdagi barcha hatti harakatlarini namoyon etishini tushuntiruvchi kategoriyalardir. Bu- usha oddiy kulimizga kalam olib, biror chizikcha tortish bilan boglik elementar harakatimizdan tortib, toki ijodiy uygonish paytlarimizda amalga oshiradigan mavxum fikrlashimizgacha bul- gan murakkab harakatlarga alokador ishlarimizni tushuntirib beradi. Shuning uchun ham psixologiyada shaxs, uning ongi va uz-uzini anglashi muammo- lari uning faolligi, u yoki bu faoliyat turlarida ishtiroki va uni uddalashiga alokador sifatlari orkali bayon etiladi. Fanda inson faolligining asosan ikki turi farklanadi:
Tashki faollik- bu tashkaridan uz ichki istak-xoxishlarimiz ta’sirida bevosita kurish, kayd qilish mumkin bulgan harakatlarimiz, mushaklarimiz- ning harakatlari orkali namoyon bo‘ladigan faollik. Ichki faollik - bu bir tomondan u yoki bu faoliyatni bajarish mobaynidagi fiziologik jarayonlar (moddalar almashinuvi, kon aylanish, nafas olish, bosim uzgarishlari) hamda, ikkinchi tomondan, bevosita psixik jarayonlar, ya’ni aslida kurinmaydigan, lekin faoliyat kechishiga ta’sir kur- satuvchi omillarni uz ichiga oladi. Misol tarikasida xayotdan shunday manzarani tasavvur kilaylik: uzok ayrilikdan sung ona uz farzandi visoliga yetdi. Tashki faolllikni biz onaning bolasiga intilishi, uni kuchoklashi, yuzlarini siylashi, kuzlaridan okkan sevinch yoshlarida kursak, ichki faollik- usha kuz yoshlarini keltirib chikar- gan fiziologik jarayonlar, ichki soginchning asl sabablari (ayrilik muddati, nochorlik tufayli ayrilik kabi yashirin motivlar ta’siri), kurib idrok kilgand- agi uzaro bir-birlariga intilishni ta’minlovchi ichki, bir qarashda kuz bilan ilgab bulmaydigan emotsional holatlarda namoyon bo‘ladi. Lekin shu manzarani bevosita guvoxi bo‘lsak ham, taxminan qanday jarayonlar kecha- yotganligini tasavvur qilishimiz mumkin. Demak, ikkala turli faollik ham shaxsiy tajriba va rivojlanishning asosini tashkil etadi. Bir qarashda har bir aniq shaxsga uning extiyojlariga boglik bo‘lib tuyulgan bunday faollik tur- lari aslida ijtimoiy xarakterga ega bo‘lib,shaxsning jamiyat bilan bo‘ladigan murakkab va uz aro munosabatlarining okibati xisoblanadi Inson faolligi «harakat», «faoliyat», «xulk» tushunchalari bilan cham- barchas boglik bo‘lib, shaxs va uning ongi masalasiga borib takaladi. Shaxs aynan turli faolliklar jarayonida shakllanadi, uzligini namoyon kiladi ham. Demak, faollik yoki inson faoliyati passiv jarayon bulmay, ongli ravishda boshkariladigan faol jarayondir. Inson faolligini mujassamlashtiruvchi harakatlar jarayoni faoliyat deb yuritiladi. Ya’ni, faoliyat- inson ongi va tafakku- ri bilan boshkariladigan, undagi turli-tuman extiyojlardan kelib chikadigan, hamda tashki olamni va uz-uzini uzgartirish va takomillashtirishga karatil- gan uziga xos faollik shaklidir. Bu-yosh bolaning real predmetlar moxiyatini uz tasavvurlari doirasida bilishga karatilgan uyin faoliyati, bu-moddiy ne‘matlar yaratishga karatilagn mehnat faoliyati, bu-yangi kashfiyotlar ochishga karatilgan ilmiy-tadkikotchilik faoliyati, bu-rekordlarni kupay- tirishga karatilgan sportchining maxorati va shunga uxshasha. Shunisi xarak- terliki, inson har dakikada qandaydir faoliyat turi bilan mashgul bo‘lib tura- di. Faoliyat turlari. Jismoniy va aqliy harakatlar. Har qanday faoliyat real shart-sharoitlarda, turli usullarda va turlicha kurinishlarda namoyon bo‘ladi. Kilinayotgan har bir harakat ma’lum narsaga - predmetga karatilga- ni uchun ham, faoliyat predmetli harakatlar majmui sifatida tasavvur kilinadi. Predmetli harakatlar tashki olamdagi predmetlar xususiyatlari va si- fatini uzgartirishga karatilgan bo‘ladi. Masalan, ma’ruzani konspekt kila- yotgan talabaning predmetli harakati yozuvga karatilgan bo‘lib, u avvalo usha daftardagi yozuvlar soni va sifatida uzgarishlar qilish orkali, bilimlar zaxirasini boyitayotgan bo‘ladi. Faoliyatning va uni tashkil etuvchi pred- metli harakatlarning aynan nimalarga yunaltirilganiga karab, avvalo tashki va ichki faoliyat farklanadi. Tashki faoliyat shaxsni urab turgan tashki mux- it va undagi narsa va xodisalarni uzgartirishga karatilgan faoliyat bulsa , ichki faoliyat - birinchi navbatda aqliy faoliyat bo‘lib, u sof psixologik ja- raenlarning kechishidan kelib chikadi. Kelib chikishi nuktai nazaridan ichki- aqliy, psixik faoliyat tashki predmetli faoliyatdan kelib chikadi. Dastlab predmetli tashki faoliyat ruy beradi, tajriba orttirib borilgan sari sekin-asta bu harakatlar ichki aqliy jaraenga aylanib boradi. Buni nutk faoliyati misol- ida oladigan bo‘lsak, bola dastlabki so‘zlarni kattik tovush bilan tashki nutkida ifoda etadi, keyinchalik ishida uzicha gapirishga urganib,uylaydigan, muloxaza yuritadigan, uz oldiga maksad va rejalar kuyadigan bo‘lib boradi. Download 144.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling