1-qism Qarshi 2010 «Kasbiy ta’lim va o‘qitish uslubiyoti»
Shaxs haqidagi eng yangi nazariyalar
Download 144.61 Kb.
|
psixologiyad004
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘z - o‘zini tekshirish savollari
Shaxs haqidagi eng yangi nazariyalar. Yangi nazariyalar orasida Gumanistik psixologiya alohida o‘ringa ega. Bu yo‘nalishga juda ko‘plab olimlar o‘z hissalarini qo‘shganlar. Gorden L. Olport (1897-1967) shaxsning o‘zligini ko‘rsatishga, kamolotga intilishi nazariyasini taklif qildi. U shaxsni ochiq, doim rivojlanishdagi, o‘sishdagi psixofiziologik sistematarikasida qaraydi. Shaxsning asosiy xususiyati o‘zligini anglashga kamolga yetishga o‘zining barcha imkoniyatlarini hayotga tadbiq qilishga intilishi deb qaraladi.
Gumanistik psixologiyaning ko‘zg‘a ko‘ringan namoyondalaridan bi- ri Karl Rodjersdir. (1902-1987). Uning fikricha shaxsning asosiy xususiyati, bu shaxsning hayot haqidagi o‘z kontseptsiyasidir. Bu kontseptsiya odamning tashqi muhit bilan munosabati jarayonida shaklla- nadi. Rodjersning nazariyasiga ko‘ra quyidagilar muhim ahamiyatga ega: shaxslararo munosabatlar tenglikka aoslanishi, bir kishi ikiinchisiga tazyiq o‘tkazmasligi, har bir kishining maqei hurmat qilinishi lozim. Shaxsning «o‘zagini» uning haqidagi bahosi tashkil qiladi. Bu baho tashqi muhit bilan o‘zaro munosabatlar jarayonida shakllanadi. Shaxsning «self» yoki «Men kontseptsiya» ichki, organik va ijtimoiy sezgilar orasidagi o‘zaro mosligini aks ettiruvchi xususiyat sifatida shakllanadi. Shaxsning asosiy motivi «o‘zligi»ni o‘stirish motividir. Shaxsning o‘sishi esa ijtimoiy muhit, shaxslararo munosabatlar ta’siri ostida yoki tezlashadi, yoki sekinlashadi. Shaxsni undovchi kuch K.Rodjersning fikricha, «Men kontseptsiya» va «ideal Men» orasidagi tafovutdir. Gumanistik psixologiyaning namoyondalaridan yana biri Abraxam Masloudir (1907-1970). U ham K.Rodjers nazariyasiga hamohang nazari- ya, «O‘zligini (hayotga) tadbiq qilish» nazariyasini taklif qildi. Uning fikricha, shaxning o‘sishga intilishi tug‘ma, lekin ijtimoiy omillar ostida aktuallashadi (harakat qiladi). Maslou shaxs ehtiyojlarining 5 ta darajaga bo‘lgan ierarxiyasini (tabaqalashgan) taklif qilgan: Self-actualisation need - o‘z-o‘zini aktuallashtirish ehtiyoji (o‘zligini ko‘rsatish, o‘zining imkoniyatlarini to‘liq tadbiq qilish, umuman olganda komil inson bo‘lish ehtiyoji); Esteem need-hurmatga, tan olinishga bo‘lgan ehtiyoj; Nedsfor belongingness and love-ijtimoiy munosabatga, guruhga a’zo bo‘lish ehtiyoji; Safety needs-xavfsizlikka bo‘lgan ehtiyoj; Deficiency needs-fiziologik ehtiyojlar. Psixologlar orasida biosotsial nazariyalarning tarafdorlari ham juda ko‘p. Shu jumladan G.Ayzenk. U shaxsning ikki o‘lchamli (asosli) model- ini ishlab chiqdi. Bu modelda odam psixobiologik fenomen sifatida ko‘rib chiqilgan. Shaxsning asosiy xususiyatlari ikkita asosiy mezon, shkala - «ekstravertlik-introvertlik» va «emotsional turg‘unlik-neyrotizm» bilan aniqlanadi. Biosotsial nazariyalar orasidan D.Kettelning «Shaxs xususiyatlarin- ing faktorli kontseptsiyasi»ni ko‘rsatib o‘tish lozim. Olim bir-biri korrelyatsiga ega bo‘lgan 16 birlamchi va bir qancha ikkilamchi va o‘lchamli omillarni ajratib ko‘rsatgan. Shaxs haqidagi eng yangi nazariyalar. Psixologiyada yangi nazariyalarning salmog‘i juda katta. Erik Bern (1902-1970) shaxsni rivojlantirish- ning amaliy va nazariy asosi sifatida xizmat qilishga yo‘naltirilgan «transakt tahlil» nazariyasini taklif qildi. Erik Fromm (1900-1980) guman- istik psixoanalizga asos soldi. Djordj Gerbert Mid (1863-1931) simvolik kommunikatsiyaning interaktsionistik nazariyasini ishlab chiqdi. Karl Leongard «Shaxs aktsentuatsiyalari» nazariyasiga asos soldi. Keyingi yillarda Aleksandr Kellining (1905-1966) «Shaxs kon- struktlari» nazariyasi juda keng tarqaldi va qo‘llanilmoqda. Bu nazariyaga asosan shaxsning bilish jarayonlarining kechishi uning kelajakdagi hodisalarni qanday «ko‘ra olishi» (oldindan modellashtirishi, tasavvur qi- lishi) bilan aniqlanadi. A.Kellining fikricha har bir odam tadqiqotchi. U doimo o‘zidagi «shaxs konstruktlari», o‘zining maxsus baholash shkalalari asosida reallikning obrazini tuzadi (hosil qiladi). agar tuzilgan obraz haqiqatdan farq qilsa, to‘g‘ri kelmasa mavjud konstruktlar qayta quriladi. Barcha bilish jarayonlarining samaradorligi, muvaffaqiyatli konstruktlar ko‘rish kishining psixologik bilim darajasiga bog‘liq. O‘z - o‘zini tekshirish savollari: Shaxs tushunchasini izohlang. Individuallik nima ? Sotsiogenetik kontseptsiyani mazmunini nima tashkil etadi ? Ekstrovert va introvert iboralarini tushuntiring. Psixologiyadagi maydon nazariyasini tushuntiring. K.Yung psixologiyasining mazmuni nimadan iborat ? Gumanistik psixologiya tushunchasiga ta’rif bering. Faollik va faoliyat tushunchalarini izohlang. Psixologiyada shaxslararo munosabatning o‘rni nimada ? . 10.Shaxsning psixologik tuzilishini tushuntiring. mavzu. SHAXS FAOLIYATI. FAOLIYAT HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA Download 144.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling