Shaxs haqidagi psixologik nazariyalar. Shaxs haqidagi psixologik nazariyalar uzoq vaqt davomida rivojalnib keldi. Buning natijasida ko‘plab nazariyalar, yondoshishlar yuzaga keldi. Ular orasidan g‘arb mam- lakatlarida rivojlangan va tan olingan asosiy nazariyalarga to‘xtalib o‘tish lozim. Shaxs haqidagi barcha nazariyalarni rivojlanish bosqichiga ko‘ra uch guruhga birlashtirish mumkin:
Shaxs an‘anaviy nazariyalar (V.Diltey, K.Levin, V.Shtern, Z.Freyd, K.Yung va boshqalar).
Shaxs haqidagi yangi nazariyalar (G.Ayzenk, D.Kettel, A.Maslou, G.Olporp, K.Rodjers, K.Xorin va boshqalar).
Eng yangi nazariyalar (E.Bern, K.Leongard, D.Mid, G.Sallivn, Sirs,
Fromm va boshqalar).
Ko‘rsatib o‘tilgan nazariyalar quyidagi psixologik yo‘nalishlarning tarkibida rivojalangan yoki ularning asosi bo‘lgan:
Freydizmning kontseptsiyasi neofreydizm (yangi freydizm), postfreydizm, bixevorizm va neo freydizm, gumanistik psixologiya, inter- aktsionizm, ekzistentsionalizm, sotsiologik nazariyalar, eliktik nazariyalar va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |