Ajdodlarga ehtirom


Download 29.72 Kb.
Sana25.02.2023
Hajmi29.72 Kb.
#1230034
Bog'liq
баённома № 3 19.09.2022


Namangan davlat universiteti
Jismoniy madanyat fakulteti
Jismoniy madaniyat yo’nalishi


Jismoniy madaniyat JSM-DU-21-guruhi talabalari
2022-yil 19-sentabr kuni o'tkazilgan “Mustaqillik darsi”

BAYONNOMASI № 3




Mavzu: AJDODLARGA EHTIROM
Har qanday davr va har qanday jamiyatda ham olimu ulamolar, mutafakkiru donishmandlarning o‘rni beqiyos bo‘lgan. Elu-yurt o‘zining shunday aziz va yetuk farzandlari bilan haqli ravishda faxrlangan, ko‘ngli tog‘day ko‘tarilib, g‘ururu iftixorga to‘lgan.
Allohning nazari tushgan yurtimiz – O‘zbekiston zaminidan azal-azaldan o‘zlarining ilmiy-ma’naviy, ma’rifiy-falsafiy meroslari bilan jumlai jahonga tanilgan ko‘plab buyuk allomalar va mutafakkirlar yetishib chiqib, samarali faoliyat ko‘rsatganlar. Ular aql-zakovati, tafakkur dunyosi va yuksak ilmiy salohiyatining mahsuli bo‘lgan bebaho asarlariyu buyuk kashfiyotlari ming yillar osha nafaqat bizning diyorimiz, balki jahon ahlining qudratli ma’naviy mulki sifatida ham ardoqlanadi.
Taassuflar bo‘lsinki, sobiq tuzum davridagi buyuk allomalarimizga nisbatan bo‘lgan adolatsizliklar va nohaqliklar tufayli ular o‘z maqomlariga yarasha qadr-qimmat ko‘rmay, asarlari ham munosib bahosini topmagan edi. Binobarin, xalqimiz, keng jamoatchilik u zotlarning olamshumul ahamiyatga molik boy va qimmatli merosidan bebahra bo‘lib keldilar.
Mustaqilligimizning dastlabki yillaridan e’tiboran, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning xalqchil va dono siyosati tufayli, aytish mumkinki, bu buyuk zotlar o‘z yurti, o‘z xalqi bag‘riga qaytib, ilm-fan rivojidagi yuksak maqomlariga yarasha munosib hurmat-e’tiborni topib keldi. Ularning ibratli hayot yo‘llari va boy ilmiy-ma’naviy meroslarini har tomonlama chuqur o‘rganib, keng halq ommasiga yetkazish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Istiqlol yillarida bu muhim va dolzarb masalalar bo‘yicha e’tiborga molik ko‘plab salmoqli ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda.
2014 yil 15-16 may kunlari qadimiy va hamisha navqiron Samarqand shahrida Birinchi Prezident Islom Karimov tashabbusi va bevosita ishtirokida bo‘lib o‘tgan “O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati” mavzuidagi nufuzli xalqaro konferensiya bu yo‘nalishda amalga oshirilgan tom ma’nodagi ulug‘vor ishlardan biri bo‘ldi desak, hech bir mubolag‘a bo‘lmaydi. Dunyoning ellikka yaqin mamlakatlaridan taniqli olimlar, mutaxassislar, ekspertlar va ilmiy markazlarning rahbarlari qatnashgan ushbu anjumanda, alohida ta’kidlanganidek, oldimizda turgan eng ezgu maqsadlarimiz – mamlakatimizning buyuk kelajagi ham, ertangi kunimiz, erkin va farovon hayotimiz ham, O‘zbekistonning XXI asrda jahon hamjamiyatidan qanday o‘rin egallashi ham – bularning barcha-barchasi, avvalambor, yangi avlod, unib-o‘sib kelayotgan farzandlarimiz qanday insonlar bo‘lib voyaga yetishiga bog‘liq. Bunda esa, tabiiyki, buyuk ajdodlarimiz faoliyati, hayoti, o‘lmas merosi yuksak marralarni ko‘zlagan yoshlarimiz uchun ibrat maktabidir. Buyuk ajdodlarimizning beqiyos ahamiyatga molik merosini izchil o‘rganish va uni yanada kelajakda rivoj toptirish masalasiga to‘xtalib, Birinchi Prezidentimiz: “Men yoshlarimizga murojaat qilar ekanman, ularga doimo: “Biz buyuk ajdodlarimiz bilan faxrlanishimiz, g‘ururlanishimiz kerak”, deb aytgan edi. Ayni vaqtda “Faqat g‘ururlanishning o‘zi yetarli emas, kelinglar, o‘zimiz ham, xuddi ular kabi, mana shu bebaho merosga o‘z hissamizni qo‘shaylik!”, degan g‘oyatda purma’no so‘zlari barcha ilm ahllari uchun ayniqsa, yoshlarimiz uchun asosiy dasturulamal bo‘lmog‘i davr talabidir.
Bu yilning 28-30 avgust kunlari Samarqand shahrida “Jahon tamadduni tarixida Markaziy Osiyo renessansi” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Anjuman Markaziy Osiyo olim va mutafakkirlarining abadiy tarixiy merosini chuqur o‘rganish va anglash, mamlakat va jahon jamoatchiligini o‘zbek mutafakkirlarining aniq, tabiiy fanlar va islom ilmlari rivojiga qo‘shgan hissasi bilan tanishtirish, ilmiy markazlar va dunyoning yetakchi olimlarini ularning ishlari va kashfiyotlarini har tomonlama o‘rganishga jalb etish, ushbu beqiyos intellektual boylikni ko‘z qorachig‘idek asrash va ommalashtirish maqsadida o‘tkazildi.


Qatnashdilar: Guruh tyutori M.Sohibova va JSM-DU-21 guruh talabalari.
Mavzuni bayon etdilar: Guruh tyutori M.Sohibova va guruh talabalari.


Yig’ilish qaror qiladi:



  1. Jismoniy madaniyat yo’nalishi Guruh tyutori M.Sohibova

AJDODLARGA EHTIROM” mavzusida qilingan axborot qabul qilinsin .

2.Hafta mobaynida qo’shimcha ma’lumotlar bilan tanishtirib chiqish va guruh talabalarining zimmasiga yuklanilsin.


3. Jismoniy madaniyat yo’nalishi JSM-DU-21 Guruh tyutori M.Sohibova Respublika va halqaro ahvolga doir yangiliklari yuzasidan qilingan axboroti qabul qilinsin.




Guruh tyutori: M.Sohibova
Guruh sardori: N.Raimboyeva
Download 29.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling