Guruhlardagi ijtimoiy psixologik hodisalar. Guruhlardagi ijtimoiy psixologik hodisalar mavjud: ijtimoiy-psixologik muhit ko‘p jihat- dar kollektiv a’zolarining singishuvchanligiga bog‘liq.
Guruhiy mos kelish (singishuvchanlik) fiziologik va psixologik bo‘lishi mumkin. Bir kishining mehnat unumdorligini keskin tushiruvchi va bu bilan ikkinchisida toliqishning oshivuga olib keluvchi fiziologik mos kelishning buzilishiga o‘tinni qo‘lda arralash uchun bir juft ishchi sifatida baquvvat kishi bilan dardchil yigitchani yuborishgani misol bo‘la oladi.
Guruhiy psixologik mos kelish psixomotor emotsional irodaviy xususiyatlariga diqqat va tafakkurning farqlariga bog‘liqdir. Lekin ham- madan ko‘ra ko‘proq guruh tarkibiga kiruvchi har bir kishining shaxsiy xa- rakteri xususiyatiga bog‘liq bo‘lmasligi, ammo, albatta, singishuvchan bo‘lishi kerak. Psixologik muhit vujudga keltirishda aksari guruhga mos kelishga bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy kayfiyat katta ahamiyatga ega. U guruhda bevosita ijobiy yoki salbiy psixologik muhit vujudga keltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |