O‘z - o‘zini tekshirish savollari:
Guruh klassifikatsiyasi nimaga asoslanadi.
Guruh rivojlanish tarixini ta’riflang.
Guruxda mos kelish tushunchasini ifodalang.
Lider xususiyatlarini keltiring.
Guruhni ichki tuzilishi nimadan iborat.
Katta guruh, kichik guruh ma’nolarini tushungtiring.
Rasmiy va norasmiy guruh deganda nimani tushunasiz.
Sotsiometriya tushunchasi nima ?
Sotsiometrik usullarni yoriting.
mavzu. DIQQAT
REJA:
Diqqat. Diqqat haqida tushuncha
Diqqatning fiziologik asoslari va turlari
Ixtiyoriy va ixtiyorsiz diqqat
Diqqatning xususiyatlari
Mavzu yuzasidan tayanch so‘zlar: diqqat, diqqatning yo‘nalganligi, to‘planishi, induktsiya, dominatlik, ixtiyoriy, ixtiyorsiz diqqat, parishonx- otirlik.
Foydalanish uchun adabiyotlar: 2, 3, 4, 5, 7
Diqqat. Diqqat haqida tushuncha. Diqqat - psixik faoliyatning yo‘naltirilishi va shaxs uchun ma’lum ahamiyatga ega bo‘lgan ob’ekt ustida to‘planishidan (beqaror yoki situatsiyali to‘planishidan) iboratdir. Yo‘naltirilishi deganda psixik faoliyatning tanlovchanlik harakateri, ob’ektning ixtiyoriy yoki beixtiyoriy tanlash tushuniladi. Masalan maktab o‘quvchisining biror boshqa narsaga chalg‘imasdan o‘quv materialining mazmuniga zehn quyib o‘tirishida uning psixik faoliyatining yo‘nalishi ifodalanadi.
Psixik faoliyatning yo‘nalishi deganda, faqat ana shu faoliyatni tan- lashgina tushunilib qolmay, balki ana shu tanlaganini saqlab qolish va qo‘llab-quvvatlash ham tushuniladi.
Diqqat psixik faoliyatning yo‘naltirilishi bilan birga, uning tuplanishini ham taqozo qiladi. Psixik faoliyatning bir joyga to‘planishi- -mazkur faoli- yatga hech qanday aloqasi bo‘lmagan hamma boshqa narsalardan, boshqa hamma faoliyatdan diqqatni chalg‘itish demakdir. Diqqatni bir joyga to‘plash deganda, mazkur faoliyatga butunlay berilish, unga ozmi-ko‘pmi chuqur e‘tibor berish tushuniladi. Masalan, murakkab va zarur o‘quv materi- alini o‘qish va tushunish diqqatni to‘plashsiz amalga oshmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |