Ixtiyoriy diqqat. Ko‘zlangan maqsad va kabul qilingan qaror tufayli ma’lum bir ishni bajarish lozimligini bilar ekanmiz, bunday holda diqqatning yo‘nalishi va to‘planishi ixtiyoriy harakaterga ega bo‘lishi mumkin. Bunday paytda diqqatimizni bajarayotgan ishimizga qaratishni maqsad qilib qo‘yamiz. Diqqatimiz ongli suratda boshqariladi. Ixtiyoriy diqqatni biz diqqatimizni qaratish uchun o‘z oldimizga ongli suratda maqsad qo‘yamiz, qiyinchiliklarni yengib, diqqatni to‘plash uchun kurashib, har qanday boshqa narsalarga berilmaslik uchun iroda kuchini sarflab diqqatning xarakterli xususiyati xuddi mana shu maqsad ko‘zlashda, irodaviy zo‘r berishda namoyon bo‘ladi.
Ixtiyoriy diqqat irodamizning namoyon bo‘lishidir. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqatdan sifat jihatdan farq qiladi. Ixtiyoriy diqqat jarayonida yuqorida keltirilgan ixtiyorsiz diqqatni keltirib chiqaruvchi sabablarning ta’siri juda kuchli. Ammo bu sabablar bevosita emas, balki bavosita ta’sir qi- ladilar. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqatdan kelib chiqqan.
Muvofiklashtirilgan ixtiyoriy diqqat. Ixtiyoriy diqqatdan tashqari, diqqatning yana bir turini qayd etib o‘tish lozim. Bu diqqatning ixtiyoriy diqqat kabi maqsadga qaratilgan turi bo‘lib, lekin doimiy irodaviy zo‘r ber- ishni talab qilmaydi. Diqqat avval boshda ixtiyoriy bo‘ladi. Kishi biror faoliyatni bajarishga o‘zini majbur qiladi, keyinchalik ishga kirishib, qiziqib ketadi va uning diqqati ixtiyoriy diqqatga aylanadi. Diqqat avval boshda ixtiyoriy edi, keyin esa ixtiyorsizga aylandi. Shu sababli diqqatning bu turi ix- tiyoriydan keyingi ixtiyorsiz diqqat ham deb yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |