1-qism Qarshi 2010 «Kasbiy ta’lim va o‘qitish uslubiyoti»


Diqqatning fiziologik asoslari


Download 144.61 Kb.
bet41/69
Sana09.01.2022
Hajmi144.61 Kb.
#262977
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   69
Bog'liq
psixologiyad004

Diqqatning fiziologik asoslari. Diqqatning fiziologik mexaniz- mlari ma’lum nerv markazlarining ko‘zqalishi va miyadagi boshqa nerv markazlarining tormozlanishi bilan bog‘liq. Bu mexanizm sub‘ekt (or- ganizm) uchun ahamiyatli bo‘lgan qo‘zg‘atuvchilarni ajratishni psixik faoliyatning yo‘nalganligini ta’minalaydi. Bunday yo‘naltirishga orientatsi- ya (tushunib olish) refleksini misol keltirish mumkin. Har qanday yangi qo‘zg‘atuvich (agar u yetarli darajada kuchli bo‘lsa) bu refleksni, I.P.Pavlov aytganidek, «nima u» degan re^eksni keltirib chiqaradi. Bu sodda turdagi diqqatning fiziologik asosidir.

Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, orientatsiya refleksi paydo bo‘lgan paytda xuddi uyqudan uyg‘onib bedorlikka o‘tishdagidek o‘zgarish hosil bo‘ladi. I.P.Pavlov tomonidan kashf qiligan nerv jarayonlarining induktsiya- si qonuni diqqatning fiziologik asoslarining tushunib olish uchun muhim ahamiyatga ega. Nerv jarayonlarining induktsiyasi qonuniga ko‘ra bosh mi- ya po‘stining bir joyida maydonga kelgan ko‘zg‘alish jarayonlari bosh miya po‘stining boshqa joylarida tormozalnish jarayonini yuzaga keltiradi. Va aksincha bosh miya po‘stining bir joyida maydonga kelgan ko‘zg‘alish ja­rayonlari bosh miya po‘stining boshqa joylarida tormozalnish jarayonini yu­zaga keltiradi.

  1. A.Uxtomskiy tomonidan ilgari surilgan dominantlik printsipi ham diqqatning fiziologik asoslarini tushunishda muhim rol o‘ynaydi. Bu printsipga asosan, miyada ko‘zg‘alishining har doim ustun turadigan hukm- ron o‘chog‘i mavjud, bu hukmron ko‘zg‘alish o‘chog‘i ayni paytda miyaga ta’sir qilib, unda yuzaga kelayotgan hamma ko‘zg‘alishlarni qandaydir rav- ishda o‘ziga tortib oladi va buning natijasida boshqa ko‘zg‘alishlarga nis­batan uning hukmronligi yanada oshib boradi. Bunday ko‘zg‘alish o‘chog‘ining paydo bo‘lish asosi mazkur qo‘zg‘atuvchining kuchigagina bog‘liq bo‘lmay, balki nerv sistemasining ichki holatiga ham bog‘liq bo‘ladi. Bu hol psixologik jihatdan biror qo‘zg‘atuvchilarga diqqatning qaratilishi va ayni chogda ta’sir qilib turgan boshqa qo‘zg‘atuvchilardan chalg‘ishda ifodalanadi.


Download 144.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling