1-qism Qarshi 2010 «Kasbiy ta’lim va o‘qitish uslubiyoti»
Psixologiyaning fan sifatida rivojalanishi
Download 144.61 Kb.
|
psixologiyad004
Psixologiyaning fan sifatida rivojalanishi. Psixologiya tashqi olamni faol ravishda sezgilar, idrok, tafakkur, hissiyot va boshqa shaklda aks ettiruvchi psixik jarayonlar va psixik hodisalar haqidagi fandir. Ko‘p asrlar davomida psixologiya tavsifiy bilimlar sohasi sifatida shakllanadi.
Qadimgi zamonlardan boshlab ijtimoiy hayot ehtiyojlari har bir ki- shidan boshqa kishilarning psixologik xususiyatlarini, ularning xarakter- larini xulq-atvorini o‘rganishni va hisobga olishni taqozo qilgan. Hayot davomida boshqalarning xulq-atvorini kuzatish, ulardan amalda foyda- lanishga intilish jarayonida kishi ruhiy olamida (psixikasida) ko‘p tushunarsiz, ba’zan sirli hodisalarga duch kelganlar. Bunday hodisalar jon- ning ishi deb tushunilgan. Ularning tasavvuricha, jon o‘z mohiyatiga ko‘ra o‘lmas, boqiy, ko‘rinmas, hidsiz, ilohiy (xudo tomonidan berilgan) xususiyatlardir. Tana jon uchun vaqtinchalik joy. Jon tanadan chiqib ket- ishi, qaytib kelishi mumkin, jon tanani boshqaradi deb hisoblaganlar. Ki- shilar hayotida uchraydigan (masalan, tush ko‘rish, alahsirash, jahl, o‘lim va h.k.) hodisalar jonning faoliyati va xususiyati bilan tushuntirilgan. Masalan, tush ko‘rish-jonning tanadan chiqib ketishi va boshqa jonlar bilan uchrashishi, o‘lim-jonning qaytib kelmasligi bilan tushuntirilgan. Jonning o‘zini turlicha tasavvur qilganlar. Gretsiyalik mutafakkirlardan Geraklit (eramizdan oldingi VI asr) jonni «uchquncha»dan, Demokrit (eramizdan oldingi V asr) «olov atomi»dan iborat deb hisoblaganlar. Shu bilan birga tabiatni o‘rganish, aniq va tibbiy fanlardagi rivojlanish, kishi tanasi tuzilish haqidagi bilimlarning boyishi natijasi psixika (jon) haqidagi bilimlar ham ilmiylashib borgan. Eramizdan oldingi VI asrda yashab o‘tgan grek vrachi Alkmeon anatomiya hamda tibbiyot sohasidagi tajribalarga asoslanib, psixikaning organi miya degan fikrni ilgari surdi. Keyinchalik ko‘pchilik olimlar (shu jumladan Aristotel ham) psixikaning asosiy organi yurak degan fikrni himoya qilganlar. «Meditsina fanining otasi» Gippokrat (eramizdan oldingi V asr) temperament haqidagi (sharqda temperament «mi- joz» deb yuritilgan) ta’limotni yaratdi. Ularning fikricha kishi temperamen- ti kishi tanasidagi «sharbatlar» (suyuqliklar) aralashmasi va ularning nis- bati bilan tushuntirilgan. Shunday qilib psixikani ilmiy tushunishga katta qadam qo‘yilgan. Ko‘pchilik adabiyotlarda psixologiya fanining asoschilaridan biri («otasi») makedoniyalik mutafakkir Aristotel (eramizdan oldingi IV asr) deb ko‘rsatiladi. Aristotel jonning rivojlanishi tirik tabiatning rivojlanishi bilan muvofiq boradi degan g‘oyani ilgari surdi va himoya qildi. Unga qadar jon va tirik tana ikki xil narsa deb qaralar edi. Aristotel jon va tanan- ing birligi haqidagi g‘oyani maydonga tashladi. U psixika haqidagi fikr- larini «Jon haqidagi» risolasida aks ettirdi. Bu risola psixologiya fani so- hasida maxsus yozilgan birinchi asar hisoblanadi. Aristotel tomonidan yo- ritilgan chizgilar, ularning turlari, asotsiatsiyalar haqidagi fikrlar bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotgani yo‘q. Eramizdan oldingi II asrda rimlik vrach Ralen fiziologiya va meditsina sohasida erishilgan yutuqlarni umumlashtirib, psixikaning fiziologik asoslari haqidagi tasavurlarni birmuncha boyitdi. XVII asr biologik va psixologik bilimlar taraqqiyotida yangi davrni ochib berdi. Tana va jonni tushunish sohasida tubdan o‘zgarishlar yuz ber- di. Inson tanasi mashinaga o‘xshatildi. Tana ham mashina singari ishlaydi deb qaraladi. Buyuk fransuz matafakkiri Dekart hatti-harakatlarning re- flektor («refleks» so‘zi frantsuz tilidan kirib kelgan bo‘lib «aks ettirish» degan ma’noni anglatadi) xarakteri haqidagi g‘oyani ilgari surdi. XIX-XX asrga kelib barcha fanlar sohasida ayniqsa biologik va aniq fanlar erishilgan yutuqlar ta’siri ostida psixologiya fanida psixikani tushunish juda kata o‘zgarishlar ro‘y berdi. XIX-XX asrda psixologiya mustaqil eksperemental fan sifatida rivojlandi. Bunga tabiiy fanlar sohasida ayniqsa biologiya, sezgi organlari fiziologiyasi, psixofizika va psixofiziologiya, oliy nerv faoliyati fizi- ologiyasining rivojlanishi psixologiyaga pedagogika, meditsina, ishlab chiqarish talabining kuchayishi sabab bo‘ldi. Psixologiyaning fan sifatida rivojlanishi tarixini to‘rt bosqichga bo‘lish mumkin:
Download 144.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling