1-qism Qarshi 2010 «Kasbiy ta’lim va o‘qitish uslubiyoti»


Psixik xususiyatlar (sifatlar)


Download 144.61 Kb.
bet8/69
Sana09.01.2022
Hajmi144.61 Kb.
#262977
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   69
Bog'liq
psixologiyad004

Psixik xususiyatlar (sifatlar) - shaxsning individual psixologik xususiyatlari bo‘lib, ular bir kishini boshqalardan ajratib turuvchi, ular faoliyatining tipologiyasi, o‘ziga xos xususiyatlarini belgilab beradi. Psixik xususiyatlar (sifatlar) kishinig nisbatan turgan xususiyatlaridir. Ular indi­vidual hayot davomida asta-sekinlik bilan va kam darajada o‘zgaradi. Fa- qat juda katta ta’sirga ega bo‘lgan, favquloddagi ta’sirlar ostidagina psixik xususityalar keskin o‘zgarishi mumkin. Psixik xususiyatlarga tempera­ment, xarakter, qobiliyatlar kiradi.

Psixik holatlar - kishi psixikasining dinamikasini, vaqt davomidagi o‘zgari-shini aks ettiradi. Psixik holatlar turli tashqi va ichki omillar ta’siri ostida yuzaga keladi va faoliyatning (o‘qish, mehnat, o‘yin) samaradorli- giga ta’sir qiladi. Shu bilan birga psixik holatlar ma’lum faoliyatning na- 10

tijasiga munosabat oqibati shaklida ham yuzaga keladi. Psixik holatlarga toliqish, bezovtalik, g‘azab, stress, monotonlik, dipretsiya, affekt, kayfiyat va boshqalar kiradi.

Yuqorida ko‘rsatilgan barcha psixik hodisalar o‘zaro chambarchas bog‘liq va bir butun psixik faoliyatning tomonlari sifatida birgalikda yu­zaga chiqadi.

Hozirgi davrda psixologiya fani bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalarda ko‘rsatilmagan yana bir guruh psixik hodisalar mavjud. Bu guruh hodisalarni yuqorida tahlil qilingan uch guruhning birortasiga ham bevosita taalluqli bo‘lmaydi. Bundan tashqari bu hodisalarning ko‘pchiligining mohiyati, mexanizmlari to‘liq o‘rganilmaganligi uchun ular g‘ayritabiiy, ilohiy, sirli hodisalar sifatida qarab kelinmoqda. Ularning barchasini para- psixologik hodisalar deb to‘rtinchi guruhga birlashtirish mumkin. Para- psixologik hodisalarga tush ko‘rish, gipnoz, telepatiya, telekinez, levitatsi- ya va boshqa turli-tuman ekstrosensor hodisalar kiradi. Bu hodisalarning ba’zilarining tabiati, mexa-nizmlari qisman o‘rganilgan bo‘lsa, boshqalar esa turli fan sohalari mutaxassislarini qiziqtirib kelayotgan muammolar qa- torida turibdi.




  1. Download 144.61 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling