1-qism Qarshi 2010 «Kasbiy ta’lim va o‘qitish uslubiyoti»
Download 144.61 Kb.
|
psixologiyad004
Tilning vazifalari. Tilning eng muhim funktsiyalaridan biri - til ijtimoiy tarixiy tajribani berish va uzlashtirish vositasidir. Har bir kishining hatti-harakati va faoliyati kishilikning ijtimoiy tarixiy tajribasiga bog‘liq holda rivojlanadi. Kichkina bola dunyoni mustaqil suratda bilib olmaydi. U bilimlarning bir qismini ota-onasidan so‘rab, savollar berib o‘zlashtiradi. Boshqa bir qismini o‘zaro munosabatlarda, asosan, til yordamida o‘zlashtiradi. Yana bir qism bilimlarni maktabda, pedagoglar- dan o‘rganadi (til yordamida). Bilimlarning anchagina qismini kitoblar- dan o‘qib o‘rganadi (yana til yordamida). Bu tilning kommunikatsiya funktsiyasidir.
Tilning ikkinchi vazifasi (funktsiyasi) - til interaktsiya vositasidir. Ma’lumki, kishining hatti-harakati va faoliyati, ko‘pincha, ijtimoiy qim- matga ega bo‘lmagan o‘zga kishilarning bevosita tajribalari bilan ham belgilanadi. Agar biror kishi boshqasiga magazin yoki oshxonaning ish- lamayotganligi haqida xabar bersa, u o‘z hatti-harakatini o‘zgartiradi. Boshqa magazin yoki oshxonaga borishi mumkin. Bu yerda til yordamida berilayotgan informatsiya kishining hatti-harakatini boshqarmokda. Bu tilning interaktsiya yoki kishining hatti-harakatini boshqarish vositasi si- fatidagi funktsiyasidir. Tilning uchinchi vazifasi (funktsiyasi) - kishining o‘z tajribasi va ijtimoiy tajriba asosida o‘z hatti-harakatlarini boshqarish bilan bog‘liq. Odam biror muammoli vaziyatlarda o‘z tajribasigagina asoslanib qolmay, boshqa kishilarning tajribalariga, umuman jamiyat tajribasidan ham foy- dalanadi. Ana shunday vazifalarni o‘z oldiga qo‘yish va hal qilish ja- rayoni intellektual akt (harakat) deb ataladi. intellektual harakat uch bos- qichdan iborat bo‘ladi: faoliyatni rejalashtirish, uni amalga oshirish, maqsad bilan solishtirib ko‘rish. Odamning individual harakatlari, asosan mana shunday intellektual aktlardan tashkil topgan bo‘ladi. Bu borada avvalbor odamlarning rejalashtira olish qobiliyati yuzaga chiqmoqda. Bunday rejalashtirish va umuman fikriy masalalarni hal qilish kishining asosiy quroli tildir. Bu yerda til intellektual faoliyatning (idrok, xotira, tafakkur, xayol) quroli sifatidagi vazifasi bilan to‘qnash keldik. Download 144.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling