1. Qiyosiy-tarixiy tilshunoslik haqida tushuncha


Download 16.01 Kb.
bet1/5
Sana13.02.2023
Hajmi16.01 Kb.
#1194628
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1. Qiyosiy-tari-WPS Office


1. Qiyosiy-tarixiy tilshunoslik haqida tushuncha;
Qiyosiy-tarixiy tilshunoslik, qiyosiy tilshunoslik, komparativistika — tilshunoslikning qarindosh tillarni, yaʼni genetik jihatdan oʻzaro bogʻliq tillarni oʻrganuvchi, ular oʻrtasidagi munosabatlarni aniqlovchi hamda ularning zamon va makon boʻyicha tadrijiy taraqqiyotini tavsiflovchi sohasi; til oilalarining , shu tizimlardagi ayrim tillar va elementlarning kelib chiqishini aniqlash, jumladan, tillar oʻrtasidagi genetik qarindoshlikni — ularning yagona bir manba (bobo til)dan kelib chiqqanligini aniqlash (tillarning genealogik tasnifi) ham Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikt.ning maqsadlari doirasiga kiradi. Qiyosiy-tarixiy tilshunoslik tillar tarixini qayta tiklash (rekonstruksiya qilish)da asosiy tadqiqot vositasi sifatida kiyosiytarixiy metoddai foydalanadi; tadqiqotning eng umumiy shakli — (eng avvalo fonetikani qamrab oladigan) qiyosiy-tarixiy grammatikalar va (leksikani namoyon etuvchi) etimologik lugʻatlar tuzishdan iborat. Qiyosiy-tarixiy tilshunoslik tavsifiy yoki sinxronik tilshunoslik, meʼyoriy va umumiy tilshunoslikka qarshi turib, ularni inkor etadi; shu bilan birga, u bir qancha masalalarda tavsifiy tilshunoslik bilan ham, umumiy tilshunoslik bilan ham oʻzaro aloqada, bogʻliqliqda boʻladi.
Tillarni tarixiy taraqqiyotsiz qiyoslash, tarixiy qiyoslashdan farqli ravishda, qarindosh va noqarindosh tillarni chogʻishtirish deb atalib, u avvaldan Yevropaning antik davrida (yunon va lotin tillarini chogʻishtirish), qadimiy Hindistonda (sankrit bilan prakritlarni — oʻrta hind tillarni chogʻishtirish), 11—12-asrlar Sharq tilshunosligida (M.Koshgʻariy va M.Zamaxshariy lugʻatlarida qarindosh va noqarindosh tillar lugʻaviy birliklarning chogʻishtirilishi) mavjud boʻlgan. Chogʻishtirma tilshunoslik 17—18-asrlarda Yevropadagi va dunyoning boshqa mintaqalaridagi turlituman qarindosh tillar boʻyicha tadqiqot materiallarining toʻplana borishi bilan yanada rivojlanadi va Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikt.ning paydo boʻlishiga zamin hozirlaydi.

Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikt.ning, eng avvalo, uning magʻzi boʻlmish qiyosiytarixiy grammatikaning paydo boʻlishini odatda 18-asr oxirida yevropalik tilshunoslarning sanskrit bilan tanishuvlariga bogʻliq deb hisoblaydilar [mas, nemis olimi F.Shlegelning "Hindlarning tili va donoligi" (1808) asari, ingliz olimi U. Jounzning sanskrit bilan "klassik tillar" (yunon va lotin) orasida qarindoshlik borligi haqidagi fikrlari va boshqalar]. Lekin Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikka asos soluvchi asarlar 19-asrning 1-choragida maydonga keldi. Nemis tilshunosi F.Boppning "Sanskrit tilining tuslanish tizimi haqida va uni yunon, lotin, fors va german tillaridagi tuslanish tizimiga qiyoslash" (1816) va 3 jildli "Sanskrit, zand (avesto), arman, yunonlotin, litva, eski slavyan, got va nemis tillarining qiyosiy grammatikasi" (1833—52) asarlari hamda daniyalik olim R.K.Raskning "Qad. shimol tili sohasidagi tadqiqot yoki island tilining kelib chiqishi" (1818) asari qiyosiy tilshunoslik sohasidagi dastlabki jiddiy tadqiqotlardir.


Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikt. boʻyicha tadqiqotlarning natijalari tillarning genealogik tasnifiga asos boʻlib, etimologiya va lingvistik paleontologiyaning ilmiy poydevori hisoblanadi; tarixchilar uchun esa xalkdar etnogenezi, ularning yozuvga qadar boʻlgan tarixi, qadimiy xalklar madaniyati va oʻzaro aloqalari haqidagi lingvistik maʼlumotlardan foydalanish imkonini beradi.

Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikt. 19-asr — 20-asr boshlarida, asosan, Germaniya, AvstroVengriya va Skandinaviya mamlakatlarida rivojlangan boʻlsa, keyingi paytlarda bu tilshunoslik Rossiya (SSSR), AQSH, Gʻarbiy Yevropa, Finlyandiya, Shvetsiya, Vengriya, Yaponiya, Hindiston va boshqalar mamlakatlarda ham taraqqiy etmoqda. Turkiyzabon davlatlarda ham Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikt.ka qiziqish kuchayib bormoqda, qarindosh va noqarindosh tillarni oʻzaro qiyosiy oʻrganishga, lugʻaviy, morfologik birliklarning tarixiy shakllarini aniqlashga eʼtibor berilmoqda. Xususan, Oʻzbekistonda oʻzbekqoraqalpoq, oʻzbekturkman, oʻzbekqozoq, oʻzbektojik, oʻzbekrus tillarini, Qozogʻistonda qozoqoʻzbek, qozoqmoʻgʻul tillarini qiyosiy oʻrganish boʻyicha muayyan izlanishlar olib borilgan.



Download 16.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling