1. Qonda γ-globulin sintezlanmasligi oqibatida bolalarda immunitet yetishmasligi vujudga keladi. Bu kasallik agammaglobulinemiya deb nomlanadi


Download 30.67 Kb.
bet1/2
Sana02.01.2023
Hajmi30.67 Kb.
#1074880
  1   2
Bog'liq
Xalkogenlar


TEST
1.Qonda γ-globulin sintezlanmasligi oqibatida bolalarda immunitet yetishmasligi vujudga keladi. Bu kasallik agammaglobulinemiya deb nomlanadi. Ushbu kasallikni keltirib chiqaruvchi genning bir turi autosomada, ikkinchi turi jinsiy X-xromosomada joylashgan. Kasallik belgisi ikkala holda ham retsessiv irsiylanadi. Ona ikki belgi bo‘yicha geterozigotali, ota sog‘lom va uning qarindoshlarida kasallik kuzatilmagan bo‘lsa, o‘g‘il bolalarning necha foizifenotip bo‘yicha sog‘ bo‘ladi?
A) 25 B) 75 C) 100 D) 50
2. Qaysi javobda biogen migratsiyaning ikkinchi turida qatnashadigan organizmlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
1) yirtqich hayvonlar; 2) tugunak bakteriyalar; 3) chirituvchi
bakteriyalar; 4) baqachanoq; 5) nitrifikatsiyalovchi
bakteriyalar; 6) xrokokk; 7) nostok; 8) go‘ngxo‘r qo‘ng‘iz;
9) kana; 10) yomg‘ir chuvalchangi; 11) o‘txo‘r hayvonlar
A) 1, 8, 9, 10, 11 B) 1, 5, 6, 10, 11
C) 2, 3, 4, 5, 7 D) 3, 4, 8, 9, 10
3. Qaysi javobda magnoliyatoifalarga mansub bo‘lmasada
chang donalari hosil qiluvchi o‘simliklar to‘g‘ri berilgan?
A) zuhrasoch, qirqquloq, rafleziya
B) funariya, pixta, archa C) gingko biloba, saur, pixta
D) archa, plaun, suv qirqqulog‘i
4. Qaysi javobda noto‘g‘ri fikr keltirilgan?
A)Bankiv - tovuqning yovvoyi turi.
B)Biosintetik reaksiyalar har bir individga xos xususiyat asosida farqlanadi.
C)Umrboqi, aravakash, bargi, buvaki, daroyi qovun navlaridir.
D)Tovus kaptar shamolga qarshi ucha olmaydi.
5. Qaysi javobda o‘simliklar katta sistematik birlikdan boshlab to‘g‘ri ketma-ketlikda joylashtirilgan?
1) yopiq urug‘lilar; 2) boshoqdoshlar; 3) g‘umay; 4) jo‘xori;
5) bir urug‘pallalilar; 6) ikki urug‘pallalilar; 7) g‘o‘za
A) 3, 4, 2, 6, 1 B) 5, 2, 3, 4, 1
C) 1, 5, 2, 4, 3 D) 1, 5, 4, 2, 7
6. Ayirish sistemasi yomg‘ir chuvalchangining ayirish
sistemasiga o‘xshaydigan organizmlar to‘g‘ri keltirilgan
javobni aniqlang.
A)bitiniya, midiya, zaxkash, daryo qisqichbaqasi, lansetnik
B)podalariy, kulrang satir, tovusko‘z, apollon
C)butli o‘rgimchak, kana, bo‘ka, iskabtopar, maxaon
D)chirildoq, maxaon, shira, qovoqari
7. Xemotripsinogen fermenti 245 ta aminokislotadan iborat.
Shu ferment sintezi uchun javobgar DNK qo‘sh zanjirida
adeninli nukleotidlar umumiy nukleotidlarning 20% ini
tashkil etadi. Adenin va timin nukleotidlar orasida 2 ta
vodorod bog‘, guanin va sitozin o‘rtasida 3 ta vodorod bog‘
bo‘lishi ma’lum bo‘lsa, ushbu DNK bo‘lagidagi guanin va
sitozin orasidagi vodorod bog‘lar sonini toping.
A) 294 B) 1323 C) 441 D) 588
8. Qaysi javobda dengiz tulkisi, dengiz masxarabozi, dengiz mushugining ayirish sistemasidagi o‘xshashlik(lar) to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
1) juft tasmasimon buyragi va ularning bel umurtqasi ro‘parasida joylashganligi; 2) siydik yo‘lining kloakaga
ochilishi; 3) buyragi qovuqqa ikki siydik yo‘li orqali bog‘langanligi; 4) yagona tasmasimon buyragi borligi
A) 1, 2 B) 3 C) 2, 4 D) 2
9. Qaysi javobda qirg‘ovulning kenja turlari berilgan?
1) yettisoy; 2) pekin; 3) murg‘ob; 4) yapon; 5) ukraina;
6) xiva; 7) manjuriya; 8) yakobin; 9) kornuel; 10) kavkaz
A) 1, 3, 4, 6, 7, 10 B) 1, 3, 5, 7, 8, 9
C) 1, 5, 7, 8, 9, 10 D) 2, 3, 4, 6, 8, 9
10. Otlarda tanasi qora rangda bo‘lishi malla rang ustidan ustunlik qiladi. Lekin bu ranglar ikkinchi juft allel bo‘lmagan gen tomonidan boshqarilib, uning retsessiv alleli (b) rang ta’sirini bo‘g‘ib, oq rangni yuzaga chiqaradi. Qora tanali erkak va malla rangli urg‘ochi otlar chatishtirilganda ularning avlodida qora, malla va oq rangli otlar olingan. Olingan qora otlardan necha foizining genotipi otasining genotipiga aynan o‘xshash?
A) 25% B) 66,6% C) 50% D) 37,5%
11. Qaysi jarayonlar gametogenezning o‘sish bosqichida sodir bo‘ladi?
1) hujayralar meyoz usulida bo‘linadi; 2) boshlang‘ich jinsiy hujayralar oziq moddalar to‘playdi; 3) hujayralar tez kattalashmaydi; 4) sentriola oqsil kichik bo‘lakchalarning o‘zini o‘zi yig‘ish jarayoni amalga oshiriladi; 5) gomologik xromosomalar o‘rtasida o‘zaro genlar almashinadi; 6) DNK miqdori ikki hissa ortadi; 7) boshlang‘ich jinsiy hujayralarning barchasi kattalashadi; 8) har bir xromosoma ikkita xromatiddan iborat holat kuzatiladi; 9) gomologik xromosomalar o‘zaro yaqinlashib yonma-yon joylashadi;
10) hujayra genlari ishlab turadi; 11) xromatidalar tetradasi kuzatiladi.
A) 1, 2, 6, 8, 9 B) 3, 4, 5, 11 C) 3, 4, 5, 7 D) 4, 6, 8, 10
12. Qaysi javobda N.I. Vavilovning madaniy o‘simliklarning kelib chiqish markazlari haqidagi ma’lumotlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan.
1) tur tarqalgan areal markazida dominant belgilarga ega formalar hukmronlik qiladi; 2) bug‘doyda qizil va oq donli formalar uchrasa, shunga o‘xshash formalar arpa va sholida ham uchraydi; 3) madaniy o‘simliklarning 50%i Janubiy Osiyo tropic markazida tarqalgan; 4) qushlar va sutemizuvchilar sinfida patsiz va yungsiz formalar uchraydi; 5) kelib chiqishi yaqin turlarda irsiy o‘zgaruvchanlik bir-biriga o‘xshash bo‘ladi; 6) qand lavlagi va beda O‘rta Yer dengizi markazidan kelib chiqqan; 7) kakao daraxti vatani Efiopiya hisoblanadi;
8) tamaki Janubiy Amerikadan tarqalgan;
9) 20% madaniy o‘simlik Janubi-g‘arbiy Osiyodan kelib chiqqan; 10) tur tarqalgan arealning chekka qismini retsessiv belgili gomozigotalar ishg‘ol qiladi; 11) markazlar soni 12 taga ko‘paytirilgan; 12) dominant belgili areal atrofini geterozigota organizmlar o‘rab turadi
A) 1, 11, 12 B) 2, 9, 10 C) 3, 6, 8 D) 4, 5, 7
13. Qaysi javobda erkak asalariga mos keluvchi belgilar to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
1) nishtari bor; 2) nishtari yo‘q; 3) ishchilarga nisbatan yirik;
4) ishchilarga nisbatan kichik; 5) mo‘ylovi rivojlangan; 6) ko‘zi yaxshi rivojlanmagan; 7) orqa oyog‘idagi savatchada gul changini yig‘adi; 8) og‘zi kemiruvchi-so‘ruvchi; 9) og‘iz
organi yaxshi rivojlanmagan; 10) mumdan katak yasaydi;
11) partenogenez usulida rivojlanadi; 12) urug‘lanmagan
tuxum hujayradan rivojlanadi
A) 3, 5, 9, 11 B) 3, 6, 9, 12
C) 1, 7, 8, 10, 11 D) 2, 4, 6, 8, 12
14. Ko‘rish analizatorining periferik qismi qayerda joylashgan?
A) ko‘zning optik qismida B) ko‘z gavharida
C) ko‘zning to‘rsimon pardasida D) ko‘zning shox pardasida
15. Kanareykalarda patining yashil rangda bo‘lishini belgilovchi B geni jinsiy X xromosomada joylashgan bo‘lib, uning retsessiv alleli patning jigarrang bo‘lishini ta’minlaydi. Kokilchasining bo‘lishini autosoma C gen, bo‘lmasligi c geni bilan ifodalanadi. Jigarrang, kokilchali erkak kanareyka yashil, kokilsiz urg‘ochi bilan chatishtirilganda, avlodlarda jigarrang, kokilsiz kanareykalar hosil bo‘ldi. Avlodda urg‘ochi kanareykalarning necha foizi yashil, kokilsiz bo‘ladi?
A) 25 B) 12,5 C) 0 D) 6,25
16. Qonida agglyutinogen A uchramaydigan (a) va agglyutinogen B uchraydigan (b) odamlarning qon guruhlari to‘g‘ri juftlab ko‘rsatilgan javobni aniqlang.
A) a- IV va III; b - III va I B) a -I va III; b-IV va III
C) a- II va III; b - I va IV D) a-II va IV; b- I va II
17. Drozofilada ko‘zning oq rangda bo‘lishi retsessiv, qizil rangda bo‘lishi dominant hamda jinsga bog‘liq holda irsiylanadi. Erkak drozofila qizil ko‘zli bo‘lsa, gametogenez jarayonida bitta birlamchi jinsiy hujayradan hosil bo‘lgan spermatozoidlarning nechtasi ushbu belgi bo‘yicha dominant genga ega bo‘ladi?
A) 4 ta B) 2 ta C) 1 ta D) 3 ta
18. Juft tuyoqli kavsh qaytaruvchi hayvonlarni belgilang.
1) karkidon; 2) qulon; 3) begemot; 4) zubr; 5) bug‘u;
6) tapir; 7) sayg‘oq; 8) arxar; 9) to‘ng‘iz.
A) 4, 5, 7, 8 B) 3, 6, 7, 9 C) 4, 6, 7, 8 D) 1, 2, 6, 9
19. Barg yaprog‘i uning qinidan ajralgan joyida tilcha bo‘ladigan o‘simlik turkumini belgilang.
A) bug‘doydosh B) qo‘ng‘irbosh
C) piyozli arpa D) g‘umay
20. O‘simlik hujayrasidagi vakuolaga xos bo‘lgan xususiyatlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.
1) hujayra shirasi bilan to‘lgan; 2) hazm shirasi bilan to‘lgan; 3) faqat ovalsimon shaklda; 4) turli shaklda; 5)endoplazmatik to‘r membranasi hisobiga hosil bo‘lgan; 6) Golji majmuasidan hosil bo‘lgan; 7) turgor holatni ta’minlaydi;
8) buferlik holatni ta’minlaydi
A) 1, 4, 5, 8 B) 2, 3, 6, 8 C) 1, 4, 5, 7 D) 2, 4, 6 ,7
21. Konsument organizmlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) chetan; 2) nitrifikatorlar; 3) kallima; 4) repishka; 5) arixo‘r; 6) kalina; 7) qizilquyruq; 8) termit
A) 1, 2, 5, 7 B) 3, 6 C) 3, 5, 7, 8 D) 1, 6
22. Oldingi oyoqlari besh (a), to‘rt (b) va uch (c) barmoqli bo‘lgan organizmlarni ko‘rsating.
1) urchuqsimon kaltakesak; 2) povituxa; 3) gaaga; 4) kazuar; 5) kvaksha; 6) gekkon; 7) gavial; 8) emu
A) a-2, 6; b-5, 7; c-3, 8 B) a-1, 6, 8; b-7; c-3, 4
C) a-6, 7; b-3, 4; c-2, 5 D) a-6, 7; b-2, 5; c-4, 8
23. 72 molekula CO2 biriktirish jarayonida necha gramm glukoza hosil bo‘ladi?
A) 1620 B) 1080 C) 720 D) 2160
24. Qaysi javobda oqsillar to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
1) sitoxrom; 2) xitin; 3) glikolipid; 4) nukleoprotein;
5) gemoglobin; 6) interferon; 7) mioglobin; 8) insulin
A) 1, 4, 5, 7 B) 3, 4, 6 C) 2, 4, 5, 8 D) 1, 2, 4, 7
25. Xolmon uchun xos ma’lumotlarni aniqlang.
1) lolasimonlar sinfiga kiradi; 2) loladoshlar oilasi vakili;
3) boshoqdoshlar oilasi vakili; 4) poyasi kambiysiz, yo‘g‘onlashmaydi; 5) jumagul deb ham ataladi; 6) ikkinchi nomi javdar; 7) arpa turkumiga kiradi; 8) bargi yoysimon tomirlangan; 9) oilasining gul formulasi Og3+3Ch3+3U1;
10) oilasining gul formulasi Og3+3Ch3+3U(3)
A) 3, 7, 9, 10 B) 1, 2, 7, 9 C) 1, 2, 5, 10 D) 4, 5, 6, 8
26. Quyida berilganlardan qaysilari I.M.Sechenov fikrlari va olib borgan ishlariga tegishli emas?
1) muskul va paylardagi sezuvchanlikni chuqur o‘rgangan;
2) visseroretseptorlarning sezuvchanligini “yashirin sezgi” deb atagan; 3) ”Tush ko‘rish bu odam ko‘rgan kechirganlarini uyquda aralash holdagi ko‘rinishidir” deya fikr bildirgan;
4) O‘z asarida odam barcha ixtiyoriy harakati, fikrlashi ruhiy
holatlari reflekslar orqali sodir bo‘lishi haqida fikr yuritgan;
5) ”Nutq bizni odam qildi” degan fikr aytgan;
6) ”Biror organizm tashqi muhitsiz yashay olmaydi” degan.
A) 3, 4 B) 2, 5 C) 1, 6 D) 2, 4
27. Fotoperiodizmga misol bo‘la oladigan hodisalar qaysi
javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
1) o‘simliklarda fotosintezning borishi; 2) soda hayvonlarning yorug‘likka qarab harakatlanishi; 3) zarg‘aldoqning migratsiyasi; 4) o‘simlikning bargini quyoshga o‘girishi;
5) ayiq va bo‘rsiqning qishki uyquga ketishi; 6) o‘simliklarning bakteriyalarga qarshi fitoaleksin ishlab chiqarishi;
7) gornostayning tullashi; 8) kuropatkaning urchishi;
9) organik moddalarning detritofaglar tomonidan parchalanishi
A) 2, 5, 7, 9 B) 1, 3, 6, 7 C) 4, 6, 8, 9 D) 3, 5, 7, 8
28. Qaysi javobda karamga tegishli ma’lumotlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
1) to‘pguli oddiy shingil; 2) to‘pguli ro‘vak; 3) tarkibida askorbin kislota ko‘p; 4) vatani O‘rta Yer dengizi; 5) vatani Janubiy Amerika; 6) kosachasi to‘rtta, qo‘shilgan; 7) mevasi qo‘zoq; 8) mevasi ko‘sak
A) 1, 3, 4, 7 B) 2, 4, 5, 7 C) 1, 4, 6, 8 D) 2, 5, 6, 8
29. Gametogenezning qaysi bosqichida interkinez holati kuzatiladi?
A) yetilish B) ko‘payish C) shakllanish D) o‘sish
30. Tuxumidan lichinka chiquvchi umurtqasiz organizmlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.
1) aktiniya; 2) qandala; 3) triton; 4) exinokokk; 5) suvarak;
6) nereida; 7) sargan; 8) termit; 9) biy
A) 2, 4, 5, 6, 7 B) 2, 3, 4, 6, 9
C) 1, 2, 3, 4, 5, 9 D) 1, 2, 5, 6, 8


Download 30.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling