1. Qonning ahamiyati. Qon tarkibi, uning vazifalari va ularning yosh xususiyatlari
Qonning tarkibi, uning vazifalari va ularning yosh xususiyatlari
Download 422.77 Kb. Pdf ko'rish
|
7. MA’RUZA. Qon va qon aylanish tizimining yosh xususiyatlari va gigiyenasi.
Qonning tarkibi, uning vazifalari va ularning yosh xususiyatlari.
Qonning tarkibi, vazifalari va yosh xususiyatlari. Qonga ivitmaydigan modda solib, probirkada bir necha soat saqlansa yoki sentrifuga qilinsa bir-biridan keskin farq qiluvchi ikkita qavat hosil bo’ladi. Yuqori qavatda yarim shaffof sariq suyuqlik - qon plazmasi, pastki qavatda esa qonning shaklli elementlari: qizil qon tanachalari, ya’ni eritrotsitlar, oq qon tanachalari, ya’ni leykotsitlar va qon plastinkalari, ya’ni trombotsitlar hosil bo’ladi. Qonning taxminan 50-60% ni qon plazmasi, 40-45% ni shaklli elementlar, 8-10% ni turli oqsillar, mineral tuzlar, qand moddasi, fermentlar, gormonlar tashkil etadi. Plazma oqsillari uch guruh bo’lib, bularning 4,5% albumin, 2,8-3,1% globum inlar va 4-4,5% fibrinogenlardir. Qon tarkibida 0,85-0,9% osh tuzi, kalsiy xlor, bikarbonatlar va 0,12% qand moddasi bo’ladi. Normal fiziologik sharoitda qon plazmasining tarkibi nisbatan turg'un turadi. Qon plazmasining osmotik bosimi. Qon plazmasidagi erigan moddalar asosan mineral tuzlar hisobiga hosil bo’ladi. Bulardan eng muhimi osh tuzidir. Osmotik bosim organizm to'qimalarida suv va erigan moddalarning taqsimlanishida muhim rol o‘ynaydi. Odam qoni plazmasining osmotik bosimi 7,7-8, ga teng bo’ladi, bu eritrotsitlar bilan hujayralar hayot faoliyatining saqlanishida muhim fiziologik ahamiyatga ega. Agar bu tenglik o‘zgarsa, eritrotsitlar bilan hujayralaming faoliyati buziladi. Qon plazmasining osmotik bosimini maxsus retseptorlar boshqaribturadi, muhit doimo bir xil saqlanadi. Qonning muhiti kuchsiz ishqoriy, ya’ni rN-7,36 ga teng. Yangi tug‘ilgan bolaning qon plazmasi ko‘pi bilan qonning 50% ni tashkil etadi. Qon plazmasida oqsil miqdori katta odamdagidan ya’ni 5,5-6,5% bo‘ladi. 7 yoshda plazmadagi oqsillar miqdori 6-7% ni tashkil etadi. Yangi tug‘ilgan bolada plazma albuminlariga nisbatan globulinlar miqdori kattalardagiga qaraganda kam bo‘ladi. Yangi tug‘ilgan bolaning qon plazmasida-osh tuzi va qandning miqdori nisbatan kam, 6 yoshda katta odamnikiga yetadi. Kalsiy tuzlari katta odamnikiga nisbatan ko‘p bo'ladi. Eritrotsitlar, vazifalari va yosh xususiyatlari. Ular ikki tomoni botiq ellips shaklidagi yadrosiz hujayralardir. Ularning diametri 7-8 mkm ga, qalinligi 2,52 mkm ga teng, erkaklarda 1 mm 3 qonda 4,5-5 mln, ayollarda 4-4,5 mln dona eritrotsit bo’ladi. Inson organizmida taxminan 25 trillion eritrotsit bo’lib, har sutkada o’lgan eritrotsitlar o'rniga ko‘mikdan taxminan 300 milhard yangi eritrotsit hosil bo’ladi. Eritrotsitlar hayoti 30-120 kun gacha davom etadi. Eritrotsitlar qizil ilikda yetiladi. Ularning ko‘pchiligini (85-90%) qonga rang beruvchi gemoglobin tashkil etadi. 100 g qonda o‘rta hisobda 16,6-17 g gemoglobin bor. Eritrotsitlar tarkibidagi gemoglobin o‘pkadan kislorod biriktirib olib, organizmning hujayra va to‘qimalariga yetkazib beradi. Gemoglobin gem va oqsil - globindan tashkil topgan bo’lib, gem qismida Fe ++ saqlanadi. Eritrotsitlar soni yoki ulardagi gemoglobin miqdorining kamayib ketishiga kamqonlik deb ataladi. Eritrotsitlar eng muhim bufer rolini o'ynaydi, qonning faol reaksiyasini saqlaydi. Ular suv almashinuvidagi, oqsillar, yoglar, uglevodlar parchalanishidagi fermentativ jarayonlarda ishtirok etadi. Yangi tug‘ilgan bolada eritrotsitlar ko‘p bo'lganidan qonning yopishqoqligi 10-11 bo‘lib, ikki yoshda 6 gacha tushadi, kattalarda 4 bo‘ladi. Eritrotsitlar miqdori katta odamnikiga qaraganda ortiq bo'hb, 1 mm 3 qonda 4,5-7,5 mln ga teng, 12 yoshda bu miqdor katta odamnikiga tenglashadi. 12-14 yoshda eritrotsitlar soni bir oz ortadi. Yangi tug‘ilgan bolalarda gemoglobin miqdori 110-114%, l00 g qonda 17-25 g bo‘ladi. Bola katta bo‘lgan sari gemoglobin miqdori ham kam ayib, 1-2 yoshda 80-90% bo‘ladi, Gemoglobin miqdori, eritrotsitlarning ko‘p bo‘lishi bolaning sof havoda qancha bo'lishiga bog'liq. Eritrotsitlarning cho‘kish tezligi (EChT). Agarda qoning ivishidan saqlab, shishadan yasalgan kapilyarda bir necha soatga qoldirsak, qon tarkibidagi eritrotsitlarni kapilyar trubkada trupkalar tubiga cho’kib qolganini ko‘ramiz. Eritrotsitlarni cho‘kish tezligi turli yoshdagi kishilarda, ayollarda, bolalarda turlicha bo’ladi. Bundan tashqari turli xil kasalliklar tufayli ham o‘zgarishi mumkin. Eritrotsitlar 3-9 mm erkaklarda, ayollarda 7-12 mm soatiga cho‘kadi. Organizm holatining o‘zgarishlarida eritrotsitlar tezligining o‘zgarishi kuzatiladi. Eritrotsitlarning ma’lum tezlikda cho’kishidan foydalanib, tibbiyotda kasalliklarni belgilashda foydalaniladi. Buni tibbiyotda EChT deyiladi. Organizm qattiq shamollaganda, sil kasalligida, homilador ayollarda yalig’lanish kasalligi boshlanganda va boshqa o'zgarishlarda eritrotsitlar cho'kish reaksiyasi tezligi ortadi. Eritrotsitlarning cho‘kish tezligi (EChT) bir soatda 2 mm, chaqaloqlarda soatiga 4-8 mm 7-11 yoshda bir soatda 4-12 mm bo‘ladi. Leykotsitlar, vazifalari va yosh xususiyatlari. Ya’ni oq qon tanachalari yadroli amyobaga o‘xshagan harakatlanuvchi hujayralardir. Leykotsitlar 4-14 mikron bo’lib, har 500 eritrotsitga taxminan bitta leykotsit to‘g‘ri keladi. 1 mm 3 qonda 6-8 ming dona leykotsit bo’ladi. Leykotsitlarning soni organizmning holatiga, ovqatlanishga, muskullar ishi va boshqalarga qarab o'zgarib turadi. Leykotsitlar donador va donasiz leykotsitlarga bo’linadi. Donador leykotsitlarga eozinofillar, bazofillar va neytrofillar, donasiz leykotsitlarga monotsitlar va limfotsitlar kiradi. Leykotsitlar suyak iligida, taloqda va limfa bezlarida hosil bo’ladi va organizmni turli mikroblardan himoya qilib turadi, unga tushgan yot moddalarni parchalaydi va mikroblarni yutadi. Leykotsitlarning yot moddalarni yutish xususiyatini L.I. Mechnikov fagotsitoz deb atagan. Yangi tug‘ilgan bolalarda leykotsitlarning soni 1 mm 3 qonda 10000 dan 20000 bo‘ladi, 12 yoshda 10000 dan 12000 gacha kamayadi. Maktab yoshidagi bolalarda 1 mm 3 qonda 7-3 mingni tashkil etadi. 3-7 yoshda neytrofillar soni kam, limfotsitlar soni esa ancha ko‘p bo'ladi. Bolaning yoshi ortishi bilan neytrofillar soni ortib, limfotsitlar soni kamayadi. Neytrofillar va qonning fagotsitar funksiyasi ham kam bo'ladi. Bog‘cha yoshidagi bolalarni yuqumli kasalliklarga tez chalinishi qisman shu bilan izohlanadi. 8-9 yoshdan fagotsitar funksiya ortib, organizmning turli kasalliklarga chidamliligi oshadi. Qon plastinkalari, vazifalari va yosh xususiyatlari. Ya’ni trombotsitlarning diametri 3 mikron. 1 mm 3 qonda 200-400 mingtagacha trombotsit bo‘ladi, bular qon ivishida muhim rol o‘ynaydi. Trombotsitlar suyak ko‘migida mayda plastinka shaklida ishlab chiqarñib qonga o‘tadi. Qonning ivish xususiyati kamayib ketganda odam arzimagan jarohat tufayli qon yo‘qotib, halok bo‘lishi mumkin. Shikastlangan tomirdan oqayotgan qon aksari 3-4 daqiqada iviydi. Qon ivish jarayonining asosiy mohiyati uning plazmasi tarkibidagi qonda erigan fibrinogen oqsilining erimaydigan fibrin ipchalari hosil bo‘lishidir. Fibrinogen faol trombin fermenti ta’sirida fibringa aylanadi. Qonda passiv protrombin bo'lib, u trombokinaza fermenti va kalsiy tuzi ta’sirida faol trombinga aylanadi. Qonning ivish sxemasini quyidagicha izohlash mumkin. I faza: protrombin+Ca+trombokinaza = trombin; II faza: fibrinogen + trombin = fibrin. Trombotsitlarning soni ham yoshga qarab o‘zgarib turadi. Katta odamda 1 mm 3 qonda 200-400 ming, 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda 160- 330 ming, 1 yoshdan 2 yoshgacha 140-170 ming, 2 yoshdan 3 yoshgacha 150-300 ming, 3 yoshdan 4 yoshgacha 356-370 ming bo‘ladi. Qonning ivish tezligi barcha yoshdagi bolada bir xil bo‘Iib, 3-4 daqiqada qon lahtasi hosil bo‘ladi. Yangi tug‘ilgan bolada qon suyaklardagi qizil ilikda yaratiladi. Bir yoshdan boshlab qizil ilik yog‘ to‘qimasi bilan almashina boshlaydi, bu jarayon dastlab son, katta boldir suyaklarida, kechroq umurtqalarda boshlanadi. Besh yoshdan qizil ilikning yog‘ to‘qimasi bilan almashinishi ancha tezlashadi. 8 yoshda boldir suyaklarining yarmida qizil ilik o‘rnini yog’ to’qimasi qoplaydi. 12-15 yoshdan boshlab, qon yaratilishi kattalarnikidek bo’ladi. Bola tug’ilgandan so‘ng taloq tez o‘sa boshlaydi, vazni 5 oylikda 2 hissa, 1 yoshda 3 hissa, 10-12 yoshda 10 hissa ortadi. Download 422.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling