1. Qonning ahamiyati. Qon tarkibi, uning vazifalari va ularning yosh xususiyatlari


Download 422.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana17.06.2023
Hajmi422.77 Kb.
#1527356
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
7. MA’RUZA. Qon va qon aylanish tizimining yosh xususiyatlari va gigiyenasi.



7. MA’RUZA. Qon va qon aylanish tizimining yosh xususiyatlari va 
gigiyenasi. 
Reja: 
1. Qonning ahamiyati.
2. Qon tarkibi, uning vazifalari va ularning yosh xususiyatlari.
3. Qon aylanishining ahamiyati. Katta va kichik qon aylanish doirasi.
4. Ona qornida xomilaning qon aylanishi.
5. Yurakning funktsiyalari va yosh xususiyatlari.
6. Pul’s va qon bosimi ularning yosh xususiyatlari.
7. Qon guruhlari va qon quyish.
8. Yurak-qon tomir sistemasi gigiyenasi. 
 
Tayanch so’z va iboralar. Qon, qon plazmasi, osmotik bosim, eritrotsitlar, 
leykotsitlar, trombotsitlar, qon aylanishi, xomilaning qon aylanishi, yurak, pul’s 
(tomir urishi), qon bosimi, qon guruhlari, qon quyish, rezus faktor, yurak 
gigiyenasi, qon tomir gigiyenasi. 
 
Qonning ahamiyati.
Qon tomirlarda uzluksiz oqib, organizm tirikligini saqlashda muhim 
vazifalarni bajaradi: organizmning ichki muhitini qon, to‘qima suyuqligi va limfa 
tashkil etadi. Bular tomirlarni va to‘qimalar orasidagi kanalchalarni to‘ldirib turadi. 
Qon, to‘qima suyuqligi va limfa tarkibi va fizik-kimyoviy xossalarini deyarli 
o‘zgartirmasdan doimo bir xilda saqlaydi. Bu doimiylik organizmning hayot 
faoliyati normal kechib turishi uchun zarur shartdir. Qon suyuq biriktiruvchi 
to'qima bo‘lib, qizil rangli, yopishqoq, xira, ta’mi sho‘rroq bo'ladi. Organizmni 
hayot faoliyati uchun zarur oziq moddalar va kislorod bilan ta’minlaydi, hujayralar 
va to‘qimalarda moddalar va energiya almashinuvi natijasida hosil bo‘lgan turli 
chiqindi moddalarni va karbonat angidridni buyraklar, o‘pka, teriga yetkazib 
beradi. Shuningdek, oq qon tanachalari - leykotsitlar, organizmga tushgan turli 
mikroblarni zararsizlantirib, organizmda himoya vazifasini bajaradi. Ichki 
sekretsiya bezlari ishlab chiqqan gormonlar qon orqali turli organlarga yetib keladi, 
qon organlar o‘rtasida aloqa o‘rnatadi, tana haroratini turg‘un saqlashda katta rol 
o‘ynaydi.
Qonning solishtirma og‘irligi asosan qizil qon tanachalarining soniga va 
ulardagi gemoglabin miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Qonning solishtirma og‘irligi 
erkaklarda o‘rtacha 1,050-1,0608 ga, ayollarda 1,053 ga teng.
Qoning solishtirma og‘irligi o‘zgaruvchan bo‘lib, u muhit haroratiga, 
iste’mol qilingan suvning miqdoriga ham bog‘liq.
Yangi tug‘ilgan bolada qonning solishtirma og‘irligi 1060 dan 1080 gacha, 2 
yashar bolada 1050, yosh ortishi bilan bir oz ko‘tarilib, 1055- 1062 ga yetadi va 
doimo shu xilda birday turadi. 
Qon katta odamda o‘rta hisobda tana vaznining 7-8% ni tashkil etadi. 
Shunday qilib, og‘irligi har xil bo’lgan kishilarning qoni ham turli miqdorda 
bo’ladi. Og’irligi 70 kg bo’lgan odamda 5-6 litr qon bor. Uning 40-45% qon 
tomirlarda harakatlanadi, qolgan qismi taloq, jigarda, teri osti to‘qimasida zaxira 


holda saqlanadi, bunga depolangan qon deyiladi. Bulardagi qon yo‘qotilganda, 
muskullar ishida, tana harorati ko‘tarilganda, odam bo‘g‘ilganda va boshqa zaruriy 
holatlarda tomirlarga chiqariladi. Qonning 1/4-1/3 qismi yo'qolishi hayot uchun 
xavfli hisoblanadi. 
Qon odamning yoshiga qarab o‘zgarib turadi, ayniqsa bir yoshgacha qon o‘z 
xususiyatiga ko‘ra katta odamnikidan farq qiladi. Moddalar almashinuvi, qon 
yaratuvchi organlarning tuzilishi va funksiyasi, qon aylanishi. Yoshga xos 
xususiyatlarga bog‘liq bo‘ladi. Bola qancha yosh bo‘lsa, moddalar almashinuvi 
shuncha kuchli bo‘ladi.
Bolalarda qoning absolyut miqdori bolaning o‘sishi va rivojlanishi 
jarayonida oshib borsa, nisbiy miqdori (1 kg og‘irlikka to‘g‘ri keladigan miqdorda) 
kamayib boradi. Yangi tug‘ilgan bolaning har kilogramm vazniga 150 sm
3
, go‘dak 
bolada 110 sm
3
, 7 yoshdan 12 yoshgacha 70 sm
3
, 15 yoshdan boshlab esa 65 sm
3
qon to‘g‘ri keladi. Yangi tug‘ilgan bolada qon tana vaznining 15% ni, bir yashar 
bolada 11% ni, 6 yoshdan 14 yoshgacha 14% ni, katta odamda esa 7% ni tashkil 
etadi. O‘g‘il bolada va katta yoshli kishida qon miqdori qizlar va ayollardagiga 
nisbatan ko‘proq bo'ladi.

Download 422.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling