1. Qonning ahamiyati. Qon tarkibi, uning vazifalari va ularning yosh xususiyatlari


Qon aylanishining ahamiyati. Katta va kichik qon aylanish doirasi


Download 422.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana17.06.2023
Hajmi422.77 Kb.
#1527356
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
7. MA’RUZA. Qon va qon aylanish tizimining yosh xususiyatlari va gigiyenasi.

Qon aylanishining ahamiyati. Katta va kichik qon aylanish doirasi. 


Qon aylanishining ahamiyati. Qon aylanish jarayonining doimiyligi 
organizmning hayotiyligini belgilovchi faktordir. Yurakning ishlashi, qon 
devorlarining elastik bo’lishi, skelet muskullarining qisqarishi, bosimning farq 
qilib turishi qonning harakatga keltiruvchi faktorlaridir. Bir butun organizm va 
organlar faliyati qon aylanish funksiyasi bilan bogiiqdir. Qon aylanish orqali yurak 
va qon tomirlar faoliyati ta’minlanib turadi.
Yurakdan qon olib ketuvchi qon tomirlarini arteriya qon tomirlari, yurakka 
qon olib keluvchi qon tomirlarini vena qon tomirlari deyiladi. 
Qon qontomirlarda harakatlanar ekan, murakkab yo’lni katta va kichik qon 
aylanish doirasini bosib o’tadi.
Yurak muskullarining qisqarishi qon harakatini boshlab beradigan turtki 
bo’ladi. Natijada qonning tomirlardan to‘qimalarga borishi va yurakka qaytib 
kelishi, arteriyalardan kapilyarlarga, kapilyarlardan venalarga, venalardan yurak 
bo’lmalariga o’tishda bosimning pasayishiga bog’liqdir. 
Katta va kichik qon aylanish doirasi. Sut emizuvchi hayvonlar va odamda 
qon aylanishi yopiq bo’lib, katta va kichik qon aylanish doiralariga bo’linadi.
Katta qon aylanish doirasi yurakning chap qorinchasidan chiquvchi eng yirik 
arteriya, ya’ni aortadan boshlanib, bir oz yuqoriga ko’tariladida, yoy hosil qiladi. 
Aorta yirik, o‘rta diametrli arterial va kapillyar tomirlarga bo’linadi. Kapillyar, 
ya’ni qil tomirlar bilan organizm hujayralari orasida moddalar almashinuvi sodir 
bo’ladi. Arteriya kapillyarlarni, vena kapillyarlarini, so‘ngra mayda venalar, 
venulalar, keyin yirikroq vena tomirlarini hosil qiladi. Yirik vena tomirlari 
yuqorigi va pastki kovak venani hosil qilib, yurakning o‘ng bo‘lmachasiga 
quyiladi. Qon aylanishning bu doirasi katta qon aylanish doirasi deyiladi. U 
organizmning barcha hujayralarini qon bilan ta’minlaydi.
Kichik qon aylanish doirasi yurakning o‘ng qorinchasidan o‘pka arteriyasi 
bilan boshlanib, o‘pkaga boradi va u yerda arteriya, yirik arteriya, kapillyarlarga 
tarmoqlanib, o‘pka hujayralarida gazlar almashinadi, 4 ta o‘pka venasi yurakning 
chap bo‘lmachasiga quyiladi. Bu kichik qon aylanish doirasi deb yuritiladi. Ona 
qornidalik 
davrida 
homila 
tug'ulguncha 
kichik 
qon 
aylanish 
doirasi 
funksiyalanmaydi. Homilada modda almashinuvi yo‘ldosh (platsenta)dagi qon 
tomirlar vositasida sodir bo‘ladi. Bola tug‘ilishi bilan uning qon aylanish 
sistemasida bir qator chuqur o‘zgarishlar sodir bo'ladi. 

Download 422.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling