1. Qonning ahamiyati. Qon tarkibi, uning vazifalari va ularning yosh xususiyatlari


Ona qornida xomilaning qon aylanishi


Download 422.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana17.06.2023
Hajmi422.77 Kb.
#1527356
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
7. MA’RUZA. Qon va qon aylanish tizimining yosh xususiyatlari va gigiyenasi.

Ona qornida xomilaning qon aylanishi. 
Homilaga ona qornida rivojlanishining ikkinchi oyidan boshlab bola 
tug’ulgunigacha davom etadigan plasentar qon aylanishi o’rnatiladi.
Plasiyentadan homilaga kindik venasi borsa, homiladan plasiyentaga – ikkita 
kindik arteriyasi boradi. Bu tomirlar kindik arqonchasini tashkil qiladi va u 
homilaning kindik teshigidan plasentagacha cho’zilgan bo’ladi. Kindik 
arqonchasining uzunligi homiladorlikning oxiriga kelib 50-60 sm. gacha yetadi.
Homilada qonning kislorod bilan to’yinishi va uning karbonat angidrid 
gazidan tozalanishi plasentada yuz beradi. Homilaning to’qimalari aralash qon 
bilan ta’minlanadi. 


Arterial qon plasentadan kindik venasi orqali homila organizmiga tushadi, 
kindik venasi homilani jigariga kelib u ikkita shoxga bo’linadi. Ulardan biri pastki 
kovak venaga venoz oqimi shaklida boshqasi esa qopqa venasiga tushadi. Shu 
yerda arterial qon venoz qoni bilan aralashadi, jigar venasi orqali pastki kovak 
venaga qo’yiladi. Shu yo’l bilan pastki kovak venada arterial qon bilan venoz 
qonining birinchi aralashuvi yuz beradi.
Aralashgan qon pastki kovak vena orqali o’ng bo’lmachaga kelib qo’yiladi. 
Bu yerga yana yuqorigi kovak vena orqali ham venoz qoni kelib qo’yiladi. O’ng 
bo’lmachada yana qonlarning to’liq bo’lmagan ikkinchi aralashishi amalga oshadi.
O’ng bo’lmachadan ancha arteriallashgan qon o’ng va chap bo’lmachalar 
orasidagi oval shaklidagi teshik orqali chap bo’lmachaga tushadi va undan avval 
chap qorinchaga va nihoyat aortaga chiqadi.
Ancha venozlashgan qon o’ng bo’lmachadan o’ng qorinchaga va nihoyat 
o’pka arteriyasi orqali o’pkaga tushadi, nihoyat to’rtta o’pka venasi orqali chap 
bo’lmachaga kelib qo’yiladi. Homilada o’pka o’z funksiyasini bajarmaydi. 
Homilada o’pka arteriyasi keng arterial oqim aortasi yoki botallov oqimi bilan 
birikadi. Shu sababli ancha yengil yo’l bilan o’ng qorinchadan haydalgan qonning 
asosiy massasi harakatlanadi. Qonning uchinchi aralashishi amalga oshadi. 
Aralashgan qon katta qon aylanish doirasi tomirlari bo’ylab organlar va 
to’qimalarga kelib tushadi, ularga kislorod va to’yimli moddalarni yetkazib beradi, 
ulardagi karbonat angidrid gazi va almashinuv mahsulotlari bilan to’yinib kindik 
arteriyasi orqali yana plasentaga qaytadi.
Shunday qilib, homiladagi yurakning har ikkala qorinchalari katta qon 
aylanish doirasini qon bilan to’ldirib turadi, homilani arterial qon bilan to’yintirib 
turadi. Homilada arterial qon faqat kindik venasida va venozli yo’lda oqadi. 
Homilaning barcha arteriyalarida aralash qon aylanadi.
Tug’ilish akti bilan bog’liq qon aylanishidagi o’zgarishlar. Bola 
tug’ilganidan keyin plasentar qon aylanishi tamom bo’ladi. Kindikning kesilishi 
homilani ona organizmi bilan aloqasini buzadi. Birinchi nafas olish bilan yangi 
tug’ilgan bolaning o’pkasi kengayadi. O’pka arteriyasi orqali qon arterial qon 
yo’liga tushmasdan (botallov) to’g’ri o’pkaga yo’naladi. Bu oqim yo’li qonsiz 
holda qoladi va tezda biriktiruvchi to’qimali paylarga aylanadi. Oqimning 
to’qimaga aylanishi, hayotining 6-8 ayrim vaqtlarda 9-11 haftalarida yuz beradi, 
bo’lmachalar orasidagi oval teshigi hayotning birinchi yarim yilining oxirida 
bitadi. Kindik kesilganidan keyin kindik arteriyalari va venasi ham sekin-asta bitib 
ketadi. 

Download 422.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling