1. Qonning ahamiyati. Qon tarkibi, uning vazifalari va ularning yosh xususiyatlari


Download 422.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana17.06.2023
Hajmi422.77 Kb.
#1527356
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
7. MA’RUZA. Qon va qon aylanish tizimining yosh xususiyatlari va gigiyenasi.

Qon guruhlari va qon quyish. 
Qonning 4 guruhi farq qilinadi.
I guruhda - qizil qon tanachalarida agglyutinogen bo'lmaydi, shuning uchun 
bu guruh 0 deb nomlanadi. Bu guruh plazmasida ikkita tabiiy agglyutinin a, ß 
bo‘ladi.
II guruhda - eritrotsitlarda agglyutinogen A, plazmada esa agglyutinin ß 
bo‘ladi.
III guruhda - eritrotsitlarda agglyutinogen B, plazmada agglyutinin a bo‘ladi.
IV guruhda - eritrotsitlarda A va B agglyutinogenlar bo‘lib, qon plazmasida 
agglyutininlar bo‘lmaydi.
Odam yuqoridagi qon guruhlarining birortasiga mansub bo‘lib tug‘iladi va 
bu qon guruhi umrining oxirigacha o‘zgannaydi.
I guruh qon eritrotsitlarida agglyutinogenlar - A, B bo‘lmagani uchun uni 
barcha guruhga quyish mumkin. Bu guruh qon universal, qon beradigan kishilar 
esa universal donor deb yuritiladi.
II guruh qon eritrotsitlarida agglyutinogen A, qon plazmasida esa 
agglyutinin ß bo'ladi. Bu guruh qonni qoni II, IV guruh bo‘lgan odamlarga quyish 
mumkin.


III guruh qon eritrotsitlarida agglyutinogen B, qon plazmasida agglyutinin a 
bo‘ladi. Bu guruhdagi qonni III guruhga va IV guruhga quyish mumkin.
IV guruh qon eritrotsitlarida A wa B agglyutino-genlar mavjud bo’lib, qon 
plazmasida agglyutininlar bo’lmaydi. Shuning uchun bu guruhni faqat IV guruhga 
quyish mumkin. Lekin bu guruhga qolgan uchta guruhdagi qonni quyish mumkin. 
Qoni to‘rtinchi guruh bo’lgan odamlar universal retsipiyentlar deyiladi.
Donor (lotincha «hadya etaman» degan ma’noni bildiradi) bemor hayotini 
saqlab qolishda yordam beradigan olijanob insondir. Bemorlarning kasallik turiga 
qarab, yangi qon yoki qon plazmasi eritrotsit massa, leykotsit massa, trombotsit 
massa yoki qon tarkibidagi oqsillar (albumin, globuhn, fibrinogen, fíbrinolizin, 
gammaglobulinlar)dan birortasi quyiladi. Ayrim kasalliklarda (kuyganda, 
zaharlanganda va boshqalarda) bemoming qoni donor qoni bilan to’la 
almashtiriladi. Bemorga quyilgan qon uning organizmiga ijobiy ta’sir etib, 
murakkab ijobiy fiziologik o‘zgarishlarga sabab bo’ladi. Bemorga donor qoni 
quyilganda u tomirlar devoridagi sezuvchi nerv tolalari uchlarini qo‘zg‘atadi, 
natijada qon bosimi ko’tariladi, yurak faoliyati yaxshilanadi, nafás olish me’yorida 
bo’ladi, bosh miya qon tomirlarida qon aylanish birmuncha yaxshilanadi, hatto 
bemorning ishtahasi ham ochiladi, moddalar almashinuvi tezlashadi, qon 
yaratuvchi va boshqa organlar ishi kuchayadi va hokazo.
Rezus faktor. Bu faktor birinchi marta 1941-yilda nemis olimi Landteyner 
tomonidan Macacus Phesis degan maymun qonida topilgan va shunday nom 
berilgan. Kishilardan 86% ining qonida rezus-faktor borligi, 14% ida esa bu faktor 
yo‘qligi aniqlangan. Rezus-faktorii kishilar rezusmusbat kishilar (Rh+), rezus 
faktorsiz kishilar rezus-manfiy kishilar (Rh-) deb ataladi. Rezus - faktor 
eritrotsitlarda bo’ladi jinsga va yoshga bog’liq bo’lmaydi, u eritrotsitlaming 
agllyutinogenlari bilan bog’langan emas. Agllyutinogenlarga qarma-qarshi o’laroq, 
zardobda rezus-faktor agglyutininlari yoki antitelalari yo‘q.
Bu faktor shuning uchun amaliy jihatdan ahamiyatliki, rezusmanfiy 
kishilarga rezusmusbat kishilarning qoni quyilsa gemoliz (eritrotsitlarning 
yemirilishi)ro‘y beradi. Gemoliz ro‘y berishiga sabab shuki, bunda rezusmanfiy 
kishilarning qonida maxsus antitelolar hosil bo‘ladi. Homiladorlik davrida 
eritrotsitlarning ba’zan gemolizga uchrab anemiya ro‘y berishi, so‘ngra homilaning 
nobud bo‘hshi ana shu faktorga bog‘liq. Yangi tug‘ilgan bolalaming gemolitik 
kasalligi ham rezus-faktorga bog‘liq. Bunda ona qoni rezusmanfiy, homila qoni esa 
rezusmusbat bo‘ladi. Ammo 10% hollarda ona qoni ham, homila qoni ham 
rezusmusbat bo‘ladi-yu, gemolitik anemiya ro‘y bermaydi. Rezus-faktorlarning 
tiplari mos kelmasa, shunday bo‘lishi mumkin. Rezus-faktorning uch tipi borligi 
aniqlangan. Bu tipiar lotincha D, C, E harflari bilan belgilanadi. Tug‘ruq vaqtida 
qon quyganda shu faktorni hisobga olish ayniqsa muhimdir. 

Download 422.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling