1. Qoraqalpoqlarning ijtimoiy hayoti va xo`jaligi va mashg`ulotlari


Download 71.5 Kb.
bet2/2
Sana07.01.2023
Hajmi71.5 Kb.
#1082224
1   2
Bog'liq
6-Mavzu.XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asrning boshlarida Buxoro amirligi va Xiva xonligi.XIX asr ikkinchi yarmi – XX asrning boshlarida qoraqalpoqlar turmush tarzi.

solg'ut, ruhoniylar foydasiga — ushr solig'i undirilgan. Urush paytlarida qoraqalpoqlar ham qozon puli solig'ini to'lar edilar. Soliqlarni to'lashdan tashqari qoraqal- poqlar ko'pincha soliqlardan og'irroq bo'ladigan turli majburiyatlarni ham ba- jarganlar. Majburiyatlardan eng og'iri bu har oiladan bitta erkak kishining 12 kun davomida ariq qazish ishlarida qatnashi- shi edi. Majburiyatlarning butun og'irligi urug' jamoasining oddiy a'zolari zim- masiga tushardi. Urush holatlarida aholi- ning majburiy harbiy xizmatga chaqirili- shi ham asosiy majburiyatlardan biri edi. Bunda har bir jamoa 1000 tadan 2000 tagacha askar berishlari lozim bo'lgan. Askar yetkazib bera olmagan jamoalar Aholi majburiyatlari qo'shimcha soliq to'lagan. Safarbarli paytida bunday jamoalardan 180 ming so'mdan 250 ming so'mgacha pul yig'ilgan.
Xiva xoni Muhammad Aminxon (1845—1855) hukm- ronligining oxirlarida Rossiya imperiyasining O'rta Osiyoga harbiy tahdidi kuchayib ketdi. Ular turkman sardorlari bilan qoraqalpoq oqsoqol va biylarini Xiva xoniga qarshi qo'yib, xonlikni parokandalikka uchratishga urindilar. Buning ustiga o'sha vaqtda Xiva xonligi bilan Buxoro amirligi o'rtasida hududiy nizolar ham mavjud edi. Xiva xoni mudofaani kuchaytirish choralarini ko'rdi. Bu ko'plab xarajatlarni talab qilardi. Bo'shab qolayotgan xazinani to'ldirish uchun aholiga solinadigan soliqlar miqdorini oshirib borardi.Rossiya ta'sirida bo'lgan qozoq urug' boshliqlaridan biri Zariqni xon qilib ko'tarish va imperiyatobeligiga o'tishga intilardi. Rossiya imperiyasi xuddi mana shu qabiladagi qo'z- g'olon va xatti-harakatlarni nafaqat pul-mablag'lar bilan, balki harbiy yordam yuborish bilan ham qo'llab- quvvatlashga uringan.1856-yili Said Muhammadxon Xiva taxtiga o'tirgach, Ernazarbiy qo'zg'olonini bostirish uchun katta qo'shin yuboradi. Xivadan yuborilgan yasovulboshi Muhammadniyoz Ernazarbiy qo'zg'olonini tor-mor etish uchun otlandi. Buni eshitgan Er­nazarbiy o'zi qurdirgan Qozoqdaryo qo'rg'oniga joylashib olib, mudofaa jangiga tayyorgarlik ko'rdi. Xiva xonlari tomonidan qoraqalpoqlarning ko'ch- manchi hayoti cheklangandan so'ng qisqa davr mo- baynida ular xonlikda bir nechta yangi dehqonchilik tumanlarini tashkil etishdi. XIX asrning 70-yillariga kelib ular deyarli o'troq turmush kechira boshladilar. Qoraqalpoqlar Amudaryoning har ikkala qirg'og'ida yastanib yotgan kengliklarni o'zlashtirib, sholi, bug'doy, arpa va paxta yetishtirishdi. 1868-yilda Rossiya gazetalaridan biri shunday yozadi: «Bu xalqning asosiy va deyarli birdan bir hunari dehqonchilikdir. Mehnatsevar- lik sharofatidan qoraqalpoq yerlari yaxshi sug'oriladi va hech qayerda, hatto chig'ir bilan ko'tariladigan joylarda ham suv taqchilligi sezilmaydi».Podsho hukumati qo'shinlarining 1873-yil Xiva xonligiga bosqinchilik yurishidan va Gandimiyon shartnomasi imzolanganidan keyin Amudaryo- ning o'ng qirg'og'ida joylashgan qoraqalpoqlar yashaydigan yerlari Rossi- ya imperiyasiga qo'shib olindi. Bu yerda Turkiston general-gubernatorli- gining Sirdaryo viloyati tarkibiga kiruvchi Amudaryo boTimi tashkil etildi. Qoraqalpoqlarning Amudaryoning chap qirg'og'ida yashagan kamroq qismi Xiva xonligi tarkibida qoladi. Amudaryo bo'limida qoraqalpoqlar soni qariyb 70 ming kishiga yetib, bu yerdagi jami aholining 48,6% ini tashkil etar edi. Rossiyadan ko'chib kelgan odamlar qariyb ming kishi bo'lib, Petro-Aleksand- rovsk (hozirgi To'rtko'l)da, Uralskiy posyolkasida va Nukus qishlog'ida yashardi. Ularning aksariyati 1875-yilda podsho hukumati tomonidan armiya xizmati to'g'risidagi yangi nizomga bo'ysunmagani uchun bu yerga surgun qilib ko'chirilgan Ural kazaklari edi. Bu kazaklar, asosan, baliq ovlash bilan shug'ullanishgan.Xiva xonligi hududida qoraqalpoqlar soni 3,8% ni, ya'ni qariyb 25 ming kishini tashkil etar edi. Qoraqalpoqlar yashab kelgan hududlarning Rossiya imperiyasiga qo'shib olinishi natijasida podsho hukumatining O'rta Osiyo- dagi ta'sir doirasi y añada kengaydi.Aholining tabaqalanishi qoraqalpoqlarda chorva mollari soniga qarab ham belgilangan. 1871—1872-yillar maTumotlariga qaraganda, urug'ning aksariyat oddiy a'zolari chorvaga ega bo'lishmagan, ayrim boylar ming boshgacha qoramol va 1,5 ming boshgacha qo'y-qo'ziga ega edi.Qashshoqlashib qolgan va kasodga uchragan dehqonlar katta yer egalari va boylarga qaram bo Tib qolishdi. Jamoaning boy-badavlat a'zolari yordam sifatida o'z qarindoshlariga yerni hosilning teng yarmi — «jarmshi» sharti bilan berishardi. Yersiz va chorvasiz qolgan dehqonlar esa har qanday og'ir ishlarni bajarib, badavlat chorvadorlar va zamindorlarning mollari va yer- laridan foydalanganliklari uchun ham ishlab berishga majbur edilar. Tinch hayot izlab bir joydan ikkinchi joyga asrlar davomida ko'chib yurgan mehnatsevar qoraqalpoq xalqi moddiy madaniyat yodgorliklarini to'liq saqlab qolish imkoniyatiga ega boTmagan.Xalq iste'dodini namoyon etuvchi boy og'zaki she'riy ijodiyotning janr- lari ancha ko'p bo'lgan. Ular orasida maqollar, hikmatlar, laparlar, nasihat qo'shiqlarda ifoda etilgan «otalar so'zi» alohida ajralib turar edi. Qoraqalpoq xalq og'zaki ijodida kulgi qahramoni bo'lgan O'mirbek laqqi obrazi orqa- li razillik, yomonlik, yovuzlik, zolimlik kabi salbiy illatlar hajv yo Ti bilan fosh etilib, mehnatsevarlik, ezgulik, qahramonlik ulug'langan. Qoraqalpoq xalqining og'zaki ijodi chuqur mazmunga egaligi va xalqchilligi bilan ajralib turadi. Xalq ma'naviy madaniyatining yuksak darajasi ajdodlardan avlod- larga yetkaziladigan xalq dostonlarida, termalarida, shuningdek, musiqali o'lanlarda saqlanib qolgan.Xalq orasida qoraqalpoq folklorining doston yo'llari mashhur edi. Doston qahramonlik haqida she'riy asarlar bo'lib, ularda xalq baxt-saodati va faro- vonligi uchun kurashgan mard botirlarning buyuk jasoratlari madh etilgan. Ancha mashhur bo'lgan dostonlar orasida esa qoraqalpoqlarning ozodlik va mustaqillik uchun fidoyilarcha kurashi tasvirlangan «Qirqqiz» dostoni alohi­da ajralib turadi. Dostonda Sarkub hukmdori Ol- loyor o'z qizi Guloyimga Muyeli degan hosildor yerlarni tortiq qilgani haqida aytiladi. Bu joyda Guloyim va uning qirq kanizagi mustahkam bir qal'a barpo etishadi. Dushmanlar Sarkub yerlari- gahujum qilib, Guloyimning otasini o'ldirishadi. Sarkub mulklari talanadi, sarkubliklarning ko'pi asir olinib haydab ketiladi. Guloyim va uning kanizaklari dushmanga qarshi kurashga kirisha- di, qoraqalpoqlarni asirlikdan ozod qiladi va ona yurtga ozodlikni qaytaradi.XIX asr oxiri — XX asr boshlarida qoraqalpoqlarda bir qancha madrasalar bo'lib, ularning eng kattalari Qoraqum eshon va Tosh madrasalari edi. Qoraqum eshon madrasasi XIX asr o'rtalarida qurilgan. Dastlab u masjid vazifasini bajargan. Tosh madrasa esa 1841-yil Mang'it hokimi Xo'janiyoz tomonidan qurdirilgan. Madrasada ta'lim ikki bosqichli bo'lib, birinchi bosqichda arab tili grammatikasi o'rganilgan bo'lsa, keyingi bosqichda diniy-huquqiy bilimlar o'qitilgan.
XIX asr oxirida qoraqalpoqlarning ilk yozma asarían paydo bo'la bosh- ladi. Qoraqalpoq shoirlari Kunxo'ja (1799-1880), Otash Olshinboy (1788- 1875), Ajiniyoz (1824—1878) kabilarning nomlari keng tanildi. Ular bilimdon, o'z taqdirini xalqi taqdiri bilan bog'lagan kishilar edi. Masalan, Kunxo'ja o'z ijodiyotini ovullarning oddiy ahliga, ularning kundalik mehnati va turmushi- ga bag'ishladi. U adolatsiz tartiblarni qattiq qoraladi.Ajiniyoz Qasiboy o'g'li (taxallusi Zevar) Mo'ynoqdagi eski maktabda, so'ngra Xivadagi Sherg'ozixon madrasasida o'qigan.


Savol va topshiriqlar:

Download 71.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling