1. Qo‘ylarning biologik xususiyatlari va tasnifi. Qo‘ylarning go‘sht maxsuldorligi
Download 26.99 Kb.
|
chorvachilikdocx
Qo‘ylarning go‘sht maxsuldorligi. Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan go„shtning 35-40% qo„y go„shtiga to„g„ri keladi. Qo„y go„shtini ko„paytirish respublikamizning tabiiy va iqlim imkoniyatlari, hamda milliy an‟analariga mos tushadi. Shuning uchun bepoyon yaylovlarda qo„y go„shti yetishtirishning juda keng imkoniyatlari mavjud. Bu borada sohada fermerchilikni keng yoyish, dehqon va shaxsiy yordamchi xo„jaliklarda Respublika Prezidentining 308-sonli qarori asosida rivojlantirishni taqozo etadi. Mamlakatimizda urchitilayotgan Xisor va jaydari qo„ylarining go„shti va dumba yog„i tengsiz hisoblanadi, ulardan xushxo„r, ajoyib ovqatlar tayyorlash mumkin va kaloriyalidir. Eng yuqori go„sht maxsuldorligiga xisor qo„ylari ega bo„lib, maxsus boqilgan qo„ylarning tirik vazni 190-200 kg ga yetib, dumbasining sof og„irligi 50 kg gacha bo„lib, ulchami 45-55 sm ni tashkil qiladi. Jaydari qo„ylar go„sht maxsuldorligi ham ancha yuqori bo„lib ularning vazni boqilganda100-120 kg gacha yetadi va so„yganda 60-70 kg go„sht olish mumkin. Qo„y go„shti ba‟zi xususiyatlari bilan boshqa go„shtlardan farq qiladi. Oqsil bo„yicha mol go„shti bilan tenglashib, cho„chqa go„shtidan ustun turadi, yog„ nisbati va kaloriyaligi bilan mol go„shtidan ustun turib, cho„chqa go„shtiga yutqazadi. Go„sht to„qimalari tarkibadagi aminokislotalar qo„y, qoramol, cho„chqalarda katta farq qilmay – 46,8; 48,5; 47,9% ga teng. Hayvon yog„lari asosan palminit, stearin, olein va ko„p bo„lmagan boshqa yog„ kislotalaridan tuziladi. Qo„y yog„ida mol va cho„chqa yog„iga nisbatan 3-4% palmitin, 3-7% olein kislotalari kam va 5-12% stearin kislotasi yuqori bo„ladi. Tuyinmagan yog„ kislotalari qo„y go„shtida cho„chqa go„shtiga nisbatan 6,7% kam va mol go„shtidan 3,4% ko„p bo„ladi. Qo„y go„shtining eng ijobiy ko„rsatkichi bo„lib uning tarkibida xolesterinning kamligidir - 29 mg % , u mol yog„ida -75 mg %, cho„chqa yog„ida esa -74,5-126 mg % ni tashkil etadi. Qo„y go„shtida nikotin kislotasi, biotin va V12 vitaminlari ko„proq uchraydi. Qo„y go„shti kalsiy va fosfor manbai bo„lib hisoblanadi. Mis, Rux kabi mikroelementlar boshqa go„shtlarga nisbatan ko„p bo„ladi. 189 Qo„ylarning go„sht maxsuldorligi so„yishdan oldingi tirik vazni, so„yim vazni, nimta vazni, so„yim chiqimi, nimta tarkibidagi laxm go„sht, suyak, paylar nisbati, navli go„shtlar chiqimi, so„yimning qo„shimcha mahsulotlari, go„shtning to„yimliligi bilan belgilanadi. So„yishdan oldingi tirik vazn, qo„yni 24 soat och qoldirgandan keyingi tirik vazniga aytiladi. Shu davr mobaynida qo„y vazni 2,5-3,5% ga kamayishi mumkin. Qo„yning boshsiz, terisiz, ichki a‟zolarisiz oldingi oyoq bilakuzuk bo„g„inidan orqa oyoq sakrash bo„g„idan qirqib tashlangandan keyingi va ichki yog„ bilan birga og„irligi so„yim vazni deb ataladi. So„yim vaznining so„yim oldi tirik vazniga nisbatining foizdagi ifodasiga so„yim chiqimi deyiladi. U turli omillar ta‟sirida 35-60% ni tashkil etadi. Qo„ylar semizligiga qarab quyidagi kategoriyalarga bo„linadi: oliy, o„rta va shrtadan past. Go‘shtdorlik koeffitsienti deb nimta yoki yarim nimta, laxm go„sht va suyakka ajratilgandan keyingi ularning nisbatiga aytiladi. Turli nav nimtadan turli navdagi go„shtning chiqimi uni GOST 7596-81 bo„yicha chopish natijasida o„rnatiladi. Qo„ylarda nimtada yog„ning turli joylarida va miqdorda bo„lishi go„sht maxsuldorligiga ta‟sir qiladi. Qo„zi tug„ilgandan keyin hayoti davomida tanasida yog„ to„planish alohida navbat bilan ro„y beradi. Dastlab ichki, keyin muskullararo, teri osti yog„i va oxirida muskul tolalari orasida yog„ to„planadi. Dumba va dum yog„lari hamma davrda ham semizlik darajasiga monand ortib boraveradi. So„yimning qo„shimcha mahsulotlari qo„yidagilarga bo„linadi: a) yumshoq mahsulotlar – jigar, yurak, o„pka, diafragma, kekirdak traxeya bilan, taloq, bo„g„izlov, yelin va miya; b) shilliq mahsulotlar – katta qorin, to„g„ri ichak; v) junli mahsulotlar – bosh. Kategoriyalarga qarab so„yim oldi tirik vaznga nisbatan qo„yidagi chiqim o„rnatilgan: I-kategoriya: jigar-1, til-0,3, miya-0,15, bo„g„izlov-0,38, yurak-0,45, diafragma-0,32, jami – 2,6%. II-kategoriya: katta qorin-1,4, xiqildoq-0,15, ifloslangan go„sht bo„laklari-0,1, o„pka-0,8, taloq-0,2, miyasiz va tilsiz bosh-3,6, jami – 6,25. Qo„y go„shtining sifati uning rangi, xidi, mazasi, nozikligi, shiradorligi va kalloriyaligi bilan belgilanadi. Go„shtning oziq-ovqat sifati uning kimyoviy tarkibiga bog„liq bo„lib u qo„y zoti, yoshi va semizlik darajasiga bog„liq. Qo„ylarning go„sht maxsuldorligiga genetik va tashkiliy-xo„jalik omillari ta‟sir etadi. Genetik omil – turli mahsuldorlik yo„nalish va zotdagi qo„ylar go„sht maxsuldorligi bo„yicha farqlanadi. Mamlakatimizda urchitilayotgan qisor, jaydari, oloy zotli qo„ylar tez yetiluvchanligi va go„sht maxsuldorligi bilan tez yetiluvchan Angliya zotlaridan 190 qolishmaydi. Zot qo„zilari onasidan 4 oyligida ajratganda 38-45 kg gacha vaznga ega bo„lib, ba‟zan 60-65 kg gacha yetishi mumkin. Angliya ixtisoslangan qo„y zotlari qo„zilari ushbu davrda faqat 39-50 kg tosh bosadi. Mahalliy dumbali dag„al junli qo„ylarning ijobiy biologik xususiyati erta bahordan yaylovlar o„tga boyligida tez ichki va dumba yog„ini to„plash va uni keyin kerak paytda ishlatish qobiliyatiga ega. Qo„ylarning go„sht maxsuldorligiga oziqlantirish darajasi va xili, saqlash usullari, semizlik darajasi, jinsi, yoshi, axtalash ta‟sir etadi. Qo„ylarni go„shtga topshirishning samarali davri 5-10 oylik yoshi hisoblanadi. Qo„zilarni jadal o„stirish va bo„rdoqilash biologik jihatdan maqsadga muvofiq va iqtisodiy samarali bo„lib, shu vaqtda ular vaznini 40-50 kg ga yetkazish, natijada sergo„sht, yog„i kam nimtalar olinib, 1 kg vazn ortishi uchun kam oziqa birligi sarflanadi. Dumbali va qorako„l qo„ychiligida podada 70-75% sovliq bo„lishi go„sht yetishtirishni ko„paytirish imkonini beradi. Buning uchun podani qayta tiklashga ajratilgan to„xlilardan boshqa barcha qo„ylarni go„shtga topshirishni taqozo etadi. Qo‘ylarni bo‘rdoqilash va yaylovlarda semirtirish – qo„y go„shtini ko„paytirish va sifatini yaxshilashning garovi hisoblanadi. O‟stirish va bo„rdoqilash jadal bo„lishi sutkalik semirish yuqori bo„lmog„i kerak. Shundagina ozuqa va ishchi kuchini iqtisod qilish mumkin. Masalan, go„sht, yog„ va barra teri beruvchi yo„nalishidagi qo„zining 1 kg vazn qo„shishi uchun 150 g sutkasiga semirganda o„rtacha 8 oziqa birligi, 200 g semirganda esa 6 oziqa birligi sarflanadi xolos. Arzon va mazali qo„y go„shti yetishtirish uchun qo„ylarni yaylovlarda va g„allasi o„rib olingan maydonlarda semirtirish yaxshi natijalar beradi. Qo„ylarni semizlikka yetgandan so„ng so„yish maqsadga muvofiq bo„ladi. Voyaga yetgan yuqori semizlikdagi qo„ylar nimtasida 16-17% suyak bo„lganda, oriqlarida – 29- 30% ni tashkil qiladi. Yaxshi semirtirib so„yilgan qo„zilar nimtasida 24-25% suyak bo„lsa, oriq qo„zilarda esa 34-35% bo„ladi. Semiz qo„y go„shti tarkibida yog„i ko„proq bo„lib u to„yimli. Yuqori oziq-ovqat qiymatiga ega hisoblangan qo„y go„shtida yog„ va oqsil nisbati 1:1 bo„lishi kerak. Qo„ylar voyaga yetganlarida o„rtacha so„yim chiqimi 50-60% , qo„zilarda esa 45-50 % ni tashkil qiladi. Qo‘ylarning po‘stin va charmbop teri maxsuldorligi. Qo„y terilari 5-7 oylik qo„zilar va tishi bo„yicha yaroqsiz hisoblangan qo„ylardan olinadi. Jun qoplamining sifatiga qarab ular po„stinbop va charm xom-ashyosiga bo„linadi. Po‘stibop teri – dag„al junli qo„ylardan olingan jun tolasining uzunligi 1,5 sm dan kam bo„lmagan terilarga aytiladi. Ular to„lup, po„stin, uy-ro„zg„or va boshqa kiyimlar tikishda foydalaniladi. Bu kiyimlarning hammasida teri to„qimasi tashqariga va jun qoplami ichkariga qilib tikiladi. Po„stinbop teri cho„ziluvchan, egiluvchan, yumshoq, suvni o„zidan kam o„tkazadigan va issiqlikni yaxshi saqlaydigan bo„lishi talab etiladi. 191 O‟zbekiston sharoitida qorako„lchilikda qorako„l terilari sifati past erkak qo„zilarni axtalab o„stirishga qoldirib 6-7 oyligida qo„zi go„shti va sifatli po„stinbop terilar olish mumkin. Charmbop teri – po„stinbop terilarga qo„yilgan davlat standartlariga javob bermagan terilar hisoblanadi. Bunda jun tolalarining uzunligi dag„al junli qo„y terilarida 1,5 smdan mayin va yarim mayin junli qo„ylarda esa 0,5 smdan kam bo„lmasligi kerak, ular turli charm kiyim-bosh, galantereya anjomlari tayyorlashda ishlatiladi. Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida qo„ylarning charmbop terisi va ichaklari boshqa mahsulotlariga nisbatan samarali sotilmoqda. IV.3. O’zbekistonda urchitiladigan qo‘y zotlari. Qo„ylar beradigan mahsulotiga qarab, quyidagicha bo„ladi: yarim dag„al va dag„al junli qo„ylarga bo„linadi. Qorako‘l zoti. Jahonda eng qadim va asl qorako„l teri beruvchi qo„y zoti hisoblanadi. Uning shakllanishi xalq seleksiyasi asosida ro„y bergan. Qorako„lchilikning ravnaqini XVII asr boshlaridan hisoblash mumkin. Shu davrga kelib savdo-sotiqning rivojlanishi jahon bozorida qorako„l terisiga bo„lgan talabning paydo bo„lishi soha rivojiga turtki bo„lgan. Ushbu zotning ildizi bo„lib dumbali va uzun yog„li dumli mahaliy qo„ylar hisoblanishi haqida taxminlar bor, chunki hozir ham ushbu qo„ylarda barra terining ba‟zi xususiyatlari uchraydi, ana shu qo„ylarni muntazam ravishda tanlash va juftlash natijasida takomillashtirib borilgan. Buxoro qo„ylarining jingalakli mo„yna berishi bo„yicha ma‟lumotlar XVII asr boshlarida paydo bo„lgan. Keyinchalik jahon bozorida barra teriga bo„lgan talabning keskin oshishi, ayniqsa o„rta gul o„lchamidagi yaxshi jingalak terilardan nimcha, palto, papaxa, telpak, yoqalar tikilishi, Yevropada mo„yna bozorining tashkil bo„lishi, qorako„l teri dovrug„ini oshirdi. Qorako„l nomining atalishi bo„yicha ko„p taxminlar mavjud, haqiqatga yaqinroq mualliflar taxmini, ya‟ni Buxoro viloyatinng qorako„l hududida urchitiladigan qo„ylardan olingan qo„zi terisi tushunchasi hisoblanadi. Qorako„lga bo„lgan talab ortishi bilan Buxoro qo„yining obro„yi oshdi, barra terilar esa bozorni egallay boshladi. XIX asrning 79 yillari maxsus barra teri beruvchi zot deb tan olinib, ularni Rossiya janubi, Qrim va Yevropa, Ukraina, Namibiya mamlakatlariga urchitish uchun olib ketadilar. Qorako„l qo„yi zoologik klassifikatsiya bo„yicha uzun yog„li dumli toifaga kirib, ularning dumi sakrash bo„g„iniga tushib, osti to„liq yog„ga to„lmay ikki buklanib lotincha «S» harfi shaklida bo„ladi. Ba‟zan «S» shakli bo„lmasdan bunday dum sakrash bo„g„inidan pastga tushadi. Qorako„l qo„ylarining qulog„i katta, osilgan; boshning yuz qismi uzunchoq, biroz do„ng; oyoqlari ingichka, tuyoqlari qattiq. Aksariyat qo„chqorlari shoxdor, sovliqlari to„qol. ( rasm) 192 Barcha voyaga yetgan qo„ylarda tug„ilganda rangidan qat‟iy nazar qoradan to oq ranggacha bo„ladi. Boshi, qulog„i, oyoqlari yaltiroq, qoplovchi qora junlar bilan qoplangan. Ushbu tana qismlarida jun 1,5 yoshidan oqara boshlaydi. Qora qorako„l qo„ylarda junning kuchli pigmentlashuvi va oqarishning kech ro„y berishi qimmatli xususiyatlarning rivojlanishi bilan bog„liqligi aniqlangan. Shuning uchun ham qo„zilarning 1-3 kunligida bonitirovka paytida junning pigmentlanish darajasiga alohida e‟tibor berilib, bu jarayon qo„zilarni qo„shimcha baholash davrida inobatga olinadi. Shu paytda qo„chqorchalarda oq jun tolasi kuzatilsa ular nasl uchun qoldirmaydi. 4.3.1.-rasm.
Qorako‘l qo‘chqori. Qo„chqorlar tirik vazni – 60-70 kg, sovliqlarniki – 40-45 kg, tug„ilganda qo„zilar vazni – 3,5-4,5 kg bo„ladi. Dag„al jun beruvchi: qorako„l qo„ylari juni yilida 2 marta qirqib olinadi, o„rtacha bir yilda qo„chqorlardan fizik og„irlikda 3-4 kg, sovliqlardan 2,5-3,5 kg ni tashkil qiladi. Qorako„l qo„ylari bahor va kuz paytida yaylovlardan samarali foydalanib tez semirish qobiliyatiga ega. Puchak qilingan qorako„l qo„ylarining barchasi burdoqilanib go„shtga topshiriladi. Ayniqsa bu borada yaroqsiz qorako„l sovliqlarini qochirib burdoqilash va ulardan suyib sifatli go„sht va qorako„lcha olish tajribasi respublikamizda keng tarqalgan. 193 Qorako„l qo„zilari 1-2 kun sut iste‟mol qilganidan keyin teri uchun so„yish natijasida qo„zilardan sifatli shirdon olinadi. Qorako„l qo„ylarining tabiiy pushtdorligi yuqori bo„lib har 100 sovliqdan o„rtacha 95-110 qo„zi berishi mumkin. Qorako„l go„shti va qorako„lcha olish uchun SJK sovliqlarini gavjum kuyikish va serpushtlikni oshirish uchun foydalaniladi. Qorako„l qo„ylarini pushtdorligini oshirishda gormonal usullarni keng qo„llash, qo„zi olishni ko„paytirgani bilan, nozik, hayotchanligi va teri sifati past qo„zilar olishga sabab bo„ladi. Qorako„l zoti har xil barra tiplari, konstitutsional xususiyatlari, rangi va rangbarangligi bilan farqlanib turadi. Rangi bo„yicha qora, ko„k, sur, guligaz, jigarrang, oq, xalili va boshqa ranglar tashkil qiladi. Ko„k rang o„z navbatida 3 tusga: to„k ko„k, o„rta va och ko„kka, 9 rangbaranglikka bo„linadi. Qorako„l qo„ylarining tarkibida sur qo„ylarining uch zot tipi mavjud – Buxoro, Qoraqalpoq va Surxandaryo. Shu zot tiplari o„z navbatida 13ta rangbaranglikka bo„linadi. Hisor zoti – ushbu zotga mansub qo„ylar jahonda eng yirik zot bo„lib go„shtyog„ yo„nalishiga mansub hisoblanadi. Ular asosan O‟zbekistonning tog„ va tog„yonbag„ri hududlarida keng miqyosda urchitiladi. Ularning suyaklari kuchli rivojlangan, mustahkam, oyoqlari uzun, boshi do„ng peshonali bo„ladi. Qo„chqorlari asosan to„qol bo„lib, o„rtacha 130-140 kg, eng og„irlari 170-188, sovliqlari- 80-85, ko„plari 90-95 kg tosh bosadi. Maxsus bo„rdoqilangan bichmalar 190 kg gacha tosh bosadi, ular so„yilganda 50 kg sof dumba olish mumkin, uning uzunligi 45-50 smni tashkil etadi. Qo„zilari 6 oyligida 65 kg vaznga ega bo„lib so„yim chiqimi 48-56% tashkil etadi. Ularning go„sht tolalari ancha yo„g„on bo„ladi. Hisor qo„ylarining tanasi chuqur va keng, dumg„azasi to„g„ri va uzun bo„ladi. Qo„chqorlari va sovliqlari shoxsiz bo„ladi. Tusi asosan to„q qo„ng„ir bo„lib, juni dag„al va siyrak bo„ladi, hammasi bo„lib qo„chqorlaridan 2 kg, sovliqlaridan 1,2-1,5 kg jun qirqib 4.3.2.-rasm. Hisor sovlig‘i. 194 olinadi. Hisor qo„ylari juni tarkibida qiltiq v o„lik jun tolalari uchrab to„qimachilik sanoati uchun yaroqsiz bo„lib, ulardan kigiz bosiladi. Hisor qo„ylarining nafaqat boshi va oyoqlari qoplovchi qattiq jun bilan qoplanib qolmasdan, balki buynining va qornining tagi ham shunday jun bilan qoplangan. Hisor zotli qo„ylar asosan Surxondaryo viloyati xo„jaliklarida urchitilish bilan birga Respublika qishloq va suv xo„jaligi vazirligining buyrug„iga asosan boshqa viloyatlarda jaydari qo„ylarni takomillashtirishda foydalanilmoqda. Jaydari – bu qo„ylar yil davomida yaylovlarda asrashga o„rgangan qishda cho„l yaylovlaridan, yozda esa tog„ oldi va tog„ yaylovlaridan samarali foydalanadilar. Qo„ylar mustahkam konstitutsiyaga ega bo„lib go„sht-yog„ belgilari yaxshi shakllangan. 4.3.3-rasm. Jaydari qo‘yi. U mamlakatimizda keng tarqalgan bo„lib Xorazm va Qoraqalpog„iston Restpublikasidan tashqari barcha viloyatlarda urchitilmoqda. Ushbu zot qo„chqorlari 80-90 kg, sovliqlari 55-60 kg vaznga ega bo„ladi. Bo„rdoqilangan axta qo„ylar 35-40 kglik nimtalar beradi; so„yim chiqimi 55-60%, dumba og„irligi 18-20 kggacha teng. Dumbasi katta, ba‟zan o„rtacha bo„lib, tanaga tortilgan, ko„pincha osilgan bo„ladi. Juni dag„al tuzilishida, qo„chqorlaridan o„rtacha 2,5-3,5 kg, sovliqlaridan 2-3 kg jun olinadi. Tusi qo„ng„ir, sariq, qora. Juni tivit, oraliq, qiltiq jun tolalaridan tashkil topib, kam miqdorda quruq jun tolalari 195 uchraydi, asosan gilam va milliy liboslar to„qishda ishlatiladi. Bu zotli qo„ylar go„sht va yog„ olish uchun urchitiladi. Ushbu zot hisor zoti yog„-go„sht, saradja jun maxsuldorligi sifatini yaxshilashda foydalanilmoqda. Saradja zoti – Turkmanistonning sahro va yarim sahro sharoitida mahalliy dumbali qo„ylarni xalq seleksiya orqali tanlash va juftlash natijasida yaratilgan. Unda mahalliy dumbali qo„ylarning junining tarkibida tivit tolasi ko„p qo„ylar ajratib olingan. Saradja qo„yining juni barcha jun ko„rsatkichlari bo„yicha dumbali dag„al jun beruvchi qo„ylardan ancha ustun bo„lib yarim dag„al jun beradi. U jun asosan tivit va oraliq jun tolalaridan tashkil topib, oraliq jun tolalari ham uzunligi bo„yicha tivit tolalaridan farq qilmay, dag„al bo„lmagan (6-9 %) qiltiq tolalardan tashkil topgan, ularda umuman quruq va o„lik jun tolalari uchramaydi. 4.3.4.-rasm. Saradja zotli qo‘chqor. Ko„pincha bahorgi qirqimdan olingan, junlar uzunligi 12-18 smni tashkil qiladi. Qo„chqorlaridan 4-7 kg, sovliqlaridan esa 3-4,5 kg jun qirqib olinadi va uning tarkibida 70-75 % tivit tolalari mavjud. Qo„ylar ancha yirik qo„chqorlari 74-85 kg, sovliqlari 55-60 kg tosh bosadi. Bu zotli qo„ylar Farg„ona vodiysi xo„jaliklarida jaydari qo„y zotining jun maxsuldorligini yaxshilashda foydalanilmoqda. Download 26.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling