1. Qo‘ylarning biologik xususiyatlari va tasnifi. Qo‘ylarning go‘sht maxsuldorligi


Download 26.99 Kb.
bet1/3
Sana28.03.2023
Hajmi26.99 Kb.
#1305187
  1   2   3
Bog'liq
chorvachilikdocx


Reja
1. Qo‘ylarning biologik xususiyatlari va tasnifi.
2. Qo‘ylarning go‘sht maxsuldorligi
3. Sovliqlarning sut maxsuldorligi.

QO‘YCHILIK


Qo„ychilik chorvachilikning muhim tarmog„i hisoblanadi. Ulardan jun, qo„ypo„stin, mo„ynabop, qorako„l, charmbop teri, sut va go„sht olinadi. Bundan tashqari ularning qator so„yim mahsulotlaridan meditsina va veterinariya dori-darmonlari tayyorlanadi. Go„ngi esa mahalliy o„g„it sifatida foydalaniladi. Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan junning 95%, go„shtning qariyb 10% va qorako„l terilar qo„ychilikka to„g„ri keladi. Mamlakatimizda 9 milliondan oshiqroq qo„y va echki bo„lib, mustaqillik yillari sohani rivojlantirishning katta imkoniyatlari yaratib berildi. Soha to„liq xususiylashtirildi, ishlash uchun barcha huquqiy, tashkiliy va iqtisodiy shartsharoitlar barpo etildi. O‟zbekistonda qo„ychilikni rivojlantirishga katta imkoniyatlar mavjud, chunki yetarli sahro, cho„l, tog„ va tog„ oldi yaylovlari mavjud. Sohani rivojlantirish bilan mamlakatda ijtimoiy va iqtisodiy masalalarni hal qilish mumkin, ya‟ni sahro, cho„l, dasht va tog„ hududlarida odamlarni ish bilan ta‟minlash, hamda ko„p, arzon va sifatli mahsulot yetishtirish mumkin. Qo„ylarni faqat yirik ixtisoslashgan xo„jaliklardagina urchitib qolmasdan, kichik xo„jaliklar, fermer, dehqon va shaxsiy yordamchi xo„jaliklarda jadal rivojlantirish choralarini ko„rish kerak. Ayniqsa bu yo„nalishda ko„plab qo„ychilikka ixtisoslashgan fermer xo„jaliklari tuzishni taqozo etadi. Bu borada O‟zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 23 martdagi 308-sonli qarori imkoniyatlaridan foydalanish nafaqat fermer xo„jaligi, balki dehqon va shaxsiy yordamchi xo„jaliklarda ham qo„ychilikni keng rivojlantirish imkoniyatlarini ochib beradi. IV.
1. Qo‘ylarning biologik xususiyatlari va tasnifi. Qo„ylarning asosiy biologik xususiyatlaridan ularning yuqori jun va go„sht maxsuldorligi hisoblanadi. Ularning eng nodir xususiyatlaridan biri ularning barcha tuproq va iqlim sharoitlarida yashash va mahsulot berish qobiliyatidir. Qo„ylar yaylov hayvoni bo„lib turli xil yaylovlarni ayniqsa, kambag„al yaylovlardan ham o„t topib yeyish imkoniyatiga ega. Bu borada ularning yupqa, harakatchan lablari nafaqat mayda o„tlar, balki to„qilgan barg va gullarni ko„tarib yeyishini ta‟minlaydi. Ayniqsa ular dag„al oziqalarni yeyish va yaxshi hazm qilishi bilan boshqa qishloq xo„jalik hayvonlaridan ustun turadi. Shuning uchun ularni oziqlantirishda yem va shirali oziqalardan kam foydalanishni taqozo etib, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning arzon bulishiga sabab bo„ladi. Qo„ylarning tanasi mustaxkam bo„lib, oyoklari ingichka va kuchli, tuyoqlari qattiq bo„lib yaylovlarda yurishga moslashgan. 183 Sahro va cho„l xududlarida urchitiladigan qo„ylarda dumba va dumida (qorako„l qo„yi) yog„ zaxiralarini to„plash qobiliyati bor, Ushbu zaxiralarni qo„ylar to„yimli moddalar va suv yetishmagan paytda tanasi uchun foydalanadi. Qo„ylarning bo„g„ozlik davri qisqa bo„lib 150-155 kunni tashkil etadi, shuning uchun yaxshi oziqlantirish va saqlash sharoitlarini yaratib bergan xo„jaliklarda (fermer, dehqon, shaxsiy yordamchi xo„jaliklar) bir yilda ikki marta to„l olishni tashkil qilish mumkin (go„sht-yog„ qo„ychilikda). Sovliqlar serpusht bo„ladi, ya‟ni ular ichida 2-3 ta qo„zi tug„adiganlari ko„plab uchraydi, yoki har 100 bosh sovliqdan 110-120 bosh qo„zi olish mumkin. Qo„ylarda boshqa hayvonlarda uchramaydigan ulkan xislat bo„lib. ular hayotining birinchi kunidan boshlab (qorako„l teri) bozorbop mahsulot berish xususiyatiga ega. Boshqa hayvonlarga nisbatan qo„ylar dag„al oziqalarni yaxshi iste‟mol qilib hazmlaydi. Yaylovlardagi 600 xil o„tdan qo„ylar 550 xilini, otlar 100 turini, qoramollar esa faqat 50 turini iste‟mol qiladi. Qo„ylar 4 kameralik oshqozon va yaxshi rivojlangan ichaklarga ega. Oshqozon ichaklarining umumiy xajmi 44 l.ni tashkil qiladi. Ingichka ichaklarining uzunligi 26 m, yo„g„on ichaklari 5 m, ularning so„rish yuzasi 2,8 m ²,shu sababdan qar qanday oziqani qazm qilib, uzlashtirib olishi mumkin. Qo„ylar tez yetiluvchan hayvon hisoblanadi, ularni 6-8 oyligida go„sht uchun so„yish mumkin. Yana bir ajoyib xususiyati, dumbali qo„ylar dumbasida yog„ to„playdilar, xisor qo„ylarida u 50 kg.gacha yetadi. Qo„ylar sil kasalligi bilan kam kasallanadi, lekin brusellyoz, qichima, chechak, tuyoq chirishi, mastit va gijja kasalliklariga tez chalinadi, shuning uchun o„z vaqtida oldini olish choralarini ko„rish kerak. Qo„ylarning tabiiy yashashi 15 yil, xo„jalikda esa o„rtacha 5-6 yil foydalaniladi.
Qo’ylar ishlab chiqarish klassifikatsiyasi bo„yicha quyidagicha bo„linadi: 1. Mayin junli qo„ylar 2. Yarim mayin junli qo„ylar 3. Yarim dag„al junli qo„ylar 4. Dag„al junli qo„ylar IV.2. Qo‘ylar maxsuldorligi. Qo„ylarning asosiy mahsulotlari bo„lib jun, po„stinbop teri, qorako„l teri, go„sht va sut mahsulotlari hisoblanadi. Bularning ichida eng asosiysi jun hisoblanadi (mayin va yarim mayin junli qo„ylar). Jun – qo„ylarning qoplamasi bo„lib ulardan matolar, trikotaj buyumlari va gilam to„qiladi. Birlamchi jun tolalari homila 50-70 kunligida shakllanadi. Qo„ylardan quyidagi junlar olinadi: mayin jun – yilida bir marta mayin junli va duragay qo„ylardan qirqib olinadi. Uning sifati asosan 60 sifatdan past bo„lmay, albatta oq rangda bo„lishi shart. Yarim mayin jun – bir yilda bir marta yarim mayin jun beruvchi qo„ylardan qirqib olinib. 58-50 sifat va oq rangda bo„lishi kerak. Yarim dag„al jun – mayin va dag„al junli qo„ylarning duragaylari, hamda saradja zotli qo„ylardan yiliga 2 marta qirqib olinadi. Bu jun bir xil bo„lmagan junlar toifasiga kirib 48-46 sifatga, ega oq rangda bo„ladi. Dag„al jun – bir xil bo„lmagan, har xil rangdagi jun bo„lib dag„al junli qo„ylardan yiliga ikki marta qirqib olinadi. Romanov zotli qo„ylar yiliga 3 marta qirqiladi. Bir qirqimda qo„ydan yaxlit olingan jun runo deb ataladi. Mayin va yarim mayin jun beruvchi qo„ylar to„liq yaxlit runo jun beradi, dag„al va yarim dag„al jun beruvchi qo„ylar esa bahorgi qirqimda yaxlit (runo) , kuzgi qirqimda esa kokilcha (bo„ltak) jun beradi. O‟zbekiston sharoitida qo„ylar ikki marta bahorda va kuzda qirqiladi, bundan tashqari 1 yoshda qo„zi qirqimi o„tkaziladi. Jun qo„lda va qirqish agregatlari yordamida amalga oshiriladi. Kichik xo„jaliklarda (500-1000 bosh) qo„lda va yirik 185 xo„jaliklarda albatta qirqim agregatlarida amalga oshiriladi. Kuzgi qirqim muddatlari shunday belgilanishi kerakki, qattiq sovuqqacha jun usib tanani qoplash imkoniyati bo„lsin. Qirqim davri ob-havo sharoiti va jun qoplamining holatiga qarab belgilanadi. Bahorgi qirqim jun ko„tarilganda va unda yetarli ter-yog„ bo„lganda boshlanadi. Qo„ylarni qirqimdan oldin 12 soat boqilmaydi, to„q qo„ylarda qirqish davrida noqulayliklar seziladi. Qirqishdan oldin qo„ylar cho„miltiriladi. Qirqilgan qo„ylar 2- 3 kun tashqi muhit ta‟siriga sezuvchan bo„ladi, shuning uchun ularni qo„tonlar yaqinida o„tlatish kerak. Jun iloji boricha teriga yaqin va bir tekisda qirqib yaxlitruno jun olishga harakat qilish kerak, chunki u kokilcha-bo„ltak junga nisbatan qimmat turadi. Agarda tananing biror qismida jun balandroq qirqilgan bo„lsa uni qayta qirqish kerak emas, chunki kalta jun runo sifatini buzadi. Jun sifati qirqib olingan teri parchalari bilan ham yomonlashadi. Terini qirqib olish faqat jun sifatini yomon qilib qo„ymasdan, qo„yni jarohatlaydi, yiringlash manbai bo„lishi mumkin. Shuning uchun qirqilgan joy shu zahotiyoq kreolin yoki boshqa dizenfeksiyalovchi modda bilan ishlanishi shart. Har bir qo„ydan qirqib olingan yaxlit-runo alohida o„ralib klasslash xonasiga o„tkaziladi. Dag„al jun uning tarkibidagi jun tolalarining nisbatiga qarab I-II-III klasslarga bo„linadi. Qorako‘l teri – qorako„l qo„ylarning asosiy mahsuloti hisoblanadi. Qorako„l deb qo„zilarni 1-3 kunligida so„yib olinadigan, terisida jun tolalari turli uzunlik va shakldagi jingalaklari bor teriga aytiladi. Qorako„l palto, telpak, yoqa va boshqa kiyim-boshlar tayyorlashda ishlatiladi. Qorako„lning sifati va qiymati uning rangi, tusi va rangbarangliklari, gullar jingalakligi, jingalaklikning mustahkamligi va zichligi, ipakligi, yaltiroqligi, junning qalinligi, terining qalinligi, zichligi va maydoni bilan aniqlanadi. Mayda gullar 4,0 mm gacha, o„rta gullar 4-8 mm va 8 mm dan yuqorisi katta gullar hisoblanadi. Gullarning quyidagi shakl va tiplari bo„ladi: qalamgul, donagul, yolgul, xalqagul, yalaqigul, no„xatsimon, buramagul, parmasimon va shaklsiz. Bular ichida eng qimmatlisi qalamgul va donagul hisoblanadi. Barra terining sifati qo„yning zotiga, yoshiga, individual xususiyatiga, sovliqlarning oziqlantirish va saqlash sharoitlariga bog„liq. Olinish manbaiga qarab qorako„l, reshitilov, sokkol, chushka va malich qo„y zotlari hisoblanadi. Yoshiga qarab esa kuni yetmagan homiladan olingan, o„z vaqtida so„yilgan qo„zilardan olingan va muddati o„tib so„yilgan qo„zilardan olingan terilarga bo„linadi. Qorako„l rangiga qarab qora, ko„k, sur, oq, guligaz, jigarrang va rangdor bo„ladi. Qora rang turli pigmentasiyalanishda bo„lishi mumkin. Qora terilarga maydoni 12 sm ²dan ko„p bo„lmagan oq dog„lari bor terilar ham kiritiladi. Ko„k rang oq va qora jun tolalari aralashmasidan tashkil topadi. Ular sonining nisbatiga qarab uch tusga: och ko„k, o„rta va to„q ko„klarga bo„linadi. Och ko„k tusda po„lati va sutsimon rangbaranglik bor. O‟rta ko„kda havorang, kumushrang, ko„rg„oshisimon, 186 gavxarrang rangbarangliklar uchraydi. To„q ko„kda sadaf, oqtushganlik rangbarangliklari bo„ladi. Sur rang junning uzunligi bo„yicha har xil ranga ega bo„lish bilan belgilanadi. Sur rangida 3 zot tipi mavjud: Buxoro, Surxondaryo, Qoraqalpoq. Buxoro surida kumush, tilla, binafsha rangbarangliklar; Surxondaryo surida bronza, qaxrabo va oq oltin rangbarangliklar; Qoraqalpoq surida shamchiroqgul, po„lati, qamar va o„rikgulli rangbarangliklari uchraydi. Buxoro surining xususiyati jun tolasining ostki qismi qora ustiga qarab esa och ranga kirib boradi, Surxandaryo suri esa jigarrang asosida yaratilgan. Ushbu surning asosiy hosiyati jun tolasining osti to„q va ustki qismining keskin och tusda bo„lishi hisoblanadi. Qorako„l qo„zilari tug„ilgandan keyin 1-3 kunligida so„yiladi, aks holda terida junlar o„sib teri sifati buziladi. Jun qoplami holatiga qarab qo„zilarni kechroq so„yish teri satxining kattalashishini ta‟minlaydi. Shuning uchun so„yishni har bir qo„zi alohida ko„rib hal etish kerak. Qo„zilar xiqildoq tagidan uzunasiga so„yiladi, qoni oqib bo„lgandan keyin teri ostiga havo yuborilib teri shilib olinadi. Shilish uchun qo„zi ko„kragi, qorni, oldingi va keyingi oyoqlari ichki yuzasi archilib, qolgan qismidan teri shilib olinadi. Oldingi oyoq bilakuzuk, keyingi oyoq sakrash bo„g„indan kesib tashlanadi. Terilar 1-2 soat sovugandan keyin birlamchi ishlov beriladi. Terilarga №2 osh tuzidan har biriga 0,8-1,0 kg sepilib omborlarda saqlanadi. 7 kundan keyin ular obdon tozalanib, salqin joylarda (ayvon tagida) quritiladi. Shundan keyin ular qayta ishlash fabrikalariga yuboriladi. Tayyorlov andozasiga ko„ra qorako„l sathi inobatga olinib, katta va o„rta terilarga bo„linadi. Katta va o„rta terilar barra tipi, gul jingaliklarining shakliga, jun qoplamining sifati va gul o„lchamiga qarab navlarga bo„linadi. Qorako„lcha guruhiga kiruvchi terilar – bola tashlash yoki bo„g„ozlik kuni yetmagan sovliqlarni noilojlikdan so„yish natijasida olinadi.
Mamlakatimizda sovliqlarni maqsadli qochirish, bo„rdoqilash natijasida tug„ilishiga 10-15 kun qolganda so„yish yo„li bilan qorako„lcha va semiz nimta olish texnologiyasi ishlab keladi. Bu terilar qo„yidagi 3 xilga bo„linadi: 1. Taqir (golyak) – gulsiz, kalta junli, ba‟zan biroz muar chizgili terilarga aytiladi. 2. Qorako„l – qorako„lcha – jun qatlamining rivojlanishi bilan me‟yorda tug„ilgan qo„zilarga yaqin turadi. Bunday terilar tug„ilishiga bir hafta qolgan qo„zilardan olinib, sathi va gullarning rivojlanishi bo„yicha juni o„sgan qorako„lcha deyish mumkin. 3. Qorako„lcha – homila jingalaklikka ega, maxsus muar chizgili kalta junli teri hisoblanadi. Ko„prok qorako„lcha homilaning 128-132 inchi kunlarida olinadi. Chiroyli va o„ziga xos guli evaziga uni terisi uncha mustahkam va sathi katta bo„lmasa ham yuqori baholanadi, I nav odatdagi qorako„l terisidan qimmat turadi. Muddatidan o„tib, juni biroz o„sgan qo„zilardan yaxobob teri olinadi.

Download 26.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling