1. Quduqlarda chuqurlik nasoslari ishini nazorat qilish
Download 15.58 Kb.
|
1 2
Bog'liqOʻzbetinshe 1 Neft gaz
Reja:
1. Quduqlarda chuqurlik nasoslari ishini nazorat qilish. 2. Chuqurlik nasosli quduqlar ustki jihozlari. 3. Chuqurlik nasoslari bilan ishlashda uchraydigan asoratlar. 1.Quduqlarda chuqurlik nasoslari ishini nazorat qilish. Hozirgi davrda mavjud neft quduqlarning 80% da ortig’I chuqurlik nasosi usulida ishlatildi. Bu turdagi nasoslar 3000m va undan chuqurroq bo’lgan quduqlardan bir necha kilogramdan yuzlab tonnagacha mahsulot olishni ta’minlaydi. Chuqurlik nasosi uskunalari quyidagi ko’rsatgichlarga qarab tasniflanadi. 1. chuqurlik nasosini ishga tushirish uchun yuqoridan energiya berishi usuliga qarab. 2. Chuqurlik nasosi va butun uskunaning ishlash prinsipi va konstruktiv xususiyatiga qarab. Amaliyotda quyidagi turdagi chuqurlik nasoslari uskunalari uchraydi.Shtangali nasos qurilmalarida quduqka cho’qurlik nasosi tushirilgan bo’lib, yer yuzasiga joylashtirilgan dvigatel xarakatni nasos shtangalari tizmasi yordamida uzatadi, suyuqlikni yer yuzasiga chiqarish uchun shtangali cho’qurlik nasoslari qo’llaniladi. Bu uskunalarning balansirli va balansirsiz turlari mavjud. Balansirli uskunalar mexanik va gidravlik harakatda bo’lishi mumkin. Bu uskunalarda odatdagi va quvursimon shtangalar ishlatiladi. Shtangali chukurlik nasoslarining ishini nazorat kilishning eng kulay usuli quduqlarni dinamometrlashdan iborat. Dinamograf balansirga shtanga kolonnasi ulangan joyiga urnatilib uning erdamida balansirning pastga va yuqoriga harakati ta’sirida shtanga kolonnasining ulangan nuktasiga tushgan kuchlanish ulchanadi. Shtanga kolonnasining yuqori harakati boshlanguncha (A nukta) nasosning ikkala klapani ham epik. Yuqoriga harakat boshlanishida plunjer harakati boshlanguncha shtangalar biroz uzayib, nasos-kompressor kuvurlari qisman kiskaradi (deformastiya yigindisi ). Plunjer harakati AB - kuchlanishni kabul kilish chizigi bilan belgilanadi. Bu chizigi deformastiya yigindisiga teng. B nuktasidan boshlab plunjerning stilindrga nisbatan harakati boshlanadi. Bunda suruvchi klapan ochilib stilindrga suyuqlik uta boshlaydi. Bunda suruvchi klapan ochilib stilindrga suyuqlik uta boshlaydi. V nuktasi plunjerning tula kutarilganligini bildiradi. Balansirning pastga harakatida shtangalar tula holatigacha kiskarib nasos-kompressor kuvurlari esa kanchagadir uzayadi (VG chizigida G2-deformastiya yigindisi). G nuktasidan boshlab xaydovchi klapan ochiladi va plunjer stilindrning pastki nuktasidan (A) harakat kiladi. Shu bilan balansirning bir stikl harakati tugaydi. Bu yikl davomida barcha o’zgarishlarni dinamogramma shaklidan taxlil kilish mumkin. Ya’ni real-amaliy dinamogrammaga karab nasosning tikilib kolishi, klapanlardan suyuqlikning chekkaga okishi stilindrning tula hajm buyicha tulmasligi va shu abi barcha nasos holatlarini aniqlash mumkin. Nasos ishlamasligi yoki yomon ishlashi sababi aniqlangandan sung bu kamchilikni bartaraf kilish choralarini koʻrish mumkun.Shtangalar uzilishining oldini olish maksadida uning konstrukstiyasini to’g’ri tanlash va zarur hollarda yuqori chastotali tok bilan ishlov berilgan shtangalardan foydalanish kerak. Shtangalarning xizmat muddatini uzaytirish maksadida kuyidagilarni bajarish tavsiya etiladi. 1. Bir pogonali shtangalar kolonnasini yoki kup pogonali kolonnaning ayrim jismlarini xar xil ulchovli shtangalardan tuzish mumkin emas. 2. Quduqka yangi shtanga kolonnasi tushirilishida albatta usha markali vabdiametrli 3-4 ta zaxira shtanga koldirish kerak. 3. Kertik joylari ulanishdan avval obdon tozalanib, moylanib undan sung tegishliaylanish momenti ta’sirida kotiriladi. 4. Shtanga kolonnasini echib ajratishda uni bolta yoki kalit bilan urish takiklanadi. Download 15.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling