1. Qurilish konstruksiyalarining namlanishi va ulardan himoyalanish usullari
Download 63.17 Kb.
|
Qurilish konstruksiyalarining namlanishi va ulardan himoyalanish usullari
ф
Н i i 100 (1) bu erda Ii – i-turdagi unsurning eskirishi %; Si – binoning qayta tiklash narxidan i-unsurning narxini solishtirma vazni %; Unsurlarning narxini o’rtacha solishtirma vazni ularni to’liq qayta tiklashni hisobga olgan holda binoning barcha unsurlarini narxdan kelib chiqqan holda har bir turdagi va seriyadagi binolar uchun aniqlanadi. i С ij С (2) С в so’m; bu erda Sij – tuliq qayta tiklashni hisobga olgan holda i-turidagi j-unsurning narxi, Sv- binoning qayta tiklash narxi, so’m. Jismoniy eskirishning qiymati binoning texnikaviy holati asosida aniqlanadi. Jismoniy eskirishi jismoniy qiymatlari bilangina emas, sifat ko’rsatkichlari bilan ham tavsiflanadi. SHu sababdan jismoniy eskirish qiymatini baholashda eskirish tavsifidan foydalaniladi. Jismoniy eskirishning qiymati yo’l boshidagi va yo’l davomidagi eskirish qiymatlarning yig’indisi orqali aniqlanadi. IfIfbIfy (3) Turar-joy va jamoat binolarining jismoniy eskirishini aniqlash uslubida 9 ta yiriklashtirilgan unsurlarning: poydevorlar, devor va o’rta devorlar, orayopmalar, tom va tom qoplamalari, pollar, deraza va eshiklar, pardoz ishlari, ichki sanitar texnik va elektrotexnik qurilmalar va boshqa shu kabi ishlarning eskirish shkalasiga mos keluvchi jismoniy eskirish alomatlarini aniqlashni ko’zda tutadi. Eskirish alomatlari qo’llaniladigan ashyolarning turi bo’yicha detallashtirilgan. Har bir alomatiga joriy remontdan to’la qayta tiklashgacha bo’lgan ishlar yig’ilishi mos keladi. Binolarni rejaviy-ogohlantiruv remonti tizimi haqidagi amaldagi holatlar quyidagilarni ko’zda tutadi: Bino va inshootlarning kapitalligi bo’yicha turkumlari; Binolarning, xususan ularning konstruktiv unsurlari, pardozlari, muxandislik qurilmalarning me’yoriy o’rtacha xizmat muddatlari; Binolarning obodonchiligini saqlash va yaxshilash bo’yicha asosiy ko’rsatmalar; Remontlarning turlari va ishlarning asosiy turlarining ro’yxati. Ko’riklarning davriyligi va turli xil remont ishlarini o’tkazish; Remontlarning va binolarning obodonchiligini mukamallashtirish bo’yicha qilinadigan ishlarni moliyalashtirish tartibi; Binolarning joriy va kapital remontini takomillashtirish haqida ko’rsatma. Binolar ko’rigini 3 turi yo’lga qo’yilgan: Umumiy – bino konstruksiyalari va ularning ximoya qatlamlari, muxandislik qurilma unsurlari va obodonchilik holatlari bilan birgalikda to’la tekshiruvdan o’tkaziladi; Qisman – bunda binoning faqat ayrim unsurlari yoki qurilmalari, masalan, shiftlar, isitish markazlari, suv o’tkazgich, oqava suv tarmog’i tekshirib chiqiladi; Navbatdan tashqari – bino unsurlariga jiddiy shikast etkazgan sel, bo’ron, qor yog’ishi, suv toshqini va boshqa shu kabi ofatlardan keyin. Rejaviy ogohlantiruvchi remontlar 2 xil bo’ladi: Joriy. Kapital. Joriy – bunday remont qurilish ishlari binolarni va ularning konstruktiv unsurlarini va muxandislik qurilmalarini vaqtidan avval buzilishidan asrashni, hamda qurilish konstruksiyalari va qurilmalaridagi matsda nosozliklar va shikastlanishlarni bartaraf etish ko’zda tutadi. Joriy remont ham o’z navbatida quyidagilarga bo’linadi: profilaktik joriy remont – hajmi, narxi va bajarilishi vaqti bo’yicha rejalashtiriluvchi: kutilmagan joriy remont- binoni ekspluatatsiya qilish jarayonida chiqib qoluvchi va odatda zudlik bilan amalga oshiriluvchi. Kapital remont bino konstruksiyalari va unsurlarini eskirish darajasini pasaytirish uchun ularni almashtirish yoki kuchaytirishdan iborat. Kapital remont quyidagilarga bo’linadi: majmuiy; tanlanma. Majmuiy remontning asosiy turi bo’lib unda binoning umumiy xizmat muddatini belgilovchi konstruksiyalardan (poydevorlar, devorlar, kalonnalar, karkaslar) tashqari barcha konstruksiyalar almashtiriladi. Unga quyidagi ishlar ham kiradi: xonalarni qayta rejalashtirish, bino obodonchiligini yaxshilash va shu kabilar. Tanlanma – holati bundan keyin ekspluatatsiya qilish uchun yaroqsiz bo’lib qolgan binoning ayrim unsurlari tom qoplama, fasad suvog’i, orayopmalar, o’rta devorlar, zinalar almashtiriladi yoki qayta tiklanadi. Har qanday inshootning ishonchliligi belgilangan chegaralardan o’zining funksional vazifasini ta’minlovchi ma’lum parametrlarni (mustahkamlik, barqarorlik, germetiklik, temperatura-namlik rejimi va boshqalar) saqlash qobiliyati hisoblanadi. Binoning ishonchligi asosan texnik ekspluatatsiya bo’yicha barcha tadbirlar majmuasi bajarilgan tarzda ta’minlanadi. bU tadbirlar ichida rejaviy-ogohlantiruv va kapital remont bosh ahamiyatga ega. Ishonchlilikni yo’qolishi esa eskirishga olib keladi. Kafolat muddati - qurilish konstruksiyalari uchun 12 oy, sanitar-texnik tizimlari uchun – 6 oy, markaziy isitish qurilmalari uchun – 1 isitish mavsumi qabul qilingan. q t Download 63.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling