1. qurilish xududi xarakteristikasi


QURILISH XUDUDI XARAKTERISTIKASI


Download 382.1 Kb.
bet2/17
Sana25.04.2023
Hajmi382.1 Kb.
#1396602
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Azamat

1 QURILISH XUDUDI XARAKTERISTIKASI
Loyihalanadigan yangi temir yo‘l liniyasining yer polotnosi BUXORO VILOYATI — OʻzR tarkibidagi viloyat. 1938-y. 15 yanv. da tashkil etilgan. Buxoro viloyati xududi asosan Qizilqum choʻlida joylashgan. Jan. sharqini Zarafshon vodiysi egallagan. Shim. garbda Xorazm viloyati va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, shim. va sharqdan Navoiy viloyati, jan. sharqda Qashqadaryo viloyati, jan. garbda Turkmaniston bilan chegaradosh. Mayd. 39,4 ming km2. Aholisi 1443 mingdan ziyod kishi (2001). Buxoro viloyati tarkibida 11 qishloq tumani: Buxoro, Vobkent, Jondor, Kogon, Olot, Peshku, Romitan, Shofirkon, Qorovulbozor, Qorakoʻl, Gʻijduvon (tumanlar haqida alohida maqolalarga q. ; mas, Vobkent tumani), 11 shahar (Buxoro, Galaosiyo, Vobkent, Gazli, Kogon, Olot, Romitan, Shofirkon, Qorakoʻl, Qorovulbozor, Gʻijduvon), Z shaharcha (Jondor, Zafarobod, Yangibozor), 121 qishloq fuqarolari yigʻini bor. Markazi — Buxoro sh.
Tabiati. Buxoro viloyati xududining relyefi aksariyat geomorfologik xususiyatlariga koʻra birmuncha murakkab tekisliklardan iborat. Eng baland joyi Quljuqtov tizmasi. Quljuqtov bilan Zarafshon daryosi vodiysi oraligʻida Oyokogʻitma botigʻi joylashgan. Tekisliklar Amudaryo oʻzani tomon kiya.
Buxoro viloyatida quyidagi relyef koʻrinishlarini ajratish mumkin:
1) alohida ifodalangan past togʻlar, platolar (Kuljuqtov, Tuzkoy togʻi, Jarqoq, Saritosh); 2) tekis yuzali plato va qirlar (Qorakoʻl, Dengizkoʻl, Uchbosh, Qoraqir); 3) daryo va koʻl yotqiziqlari bilan qoplangan va shamol taʼsirida vujudga kelgan akkumulyativ tekisliklar; 4) alohida ifodalangan berk botiqlar (Qoraxotin, Oyoqogʻitma, Dengizkoʻl); 5) yassi yuzali vohalarda bal. 5—15 m li tepalar uchraydi.
Togʻlar asosan silur, devon, toshkoʻmir, boʻr, paleogen, neogen davrlari jinslaridan tuzilgan. Tekislik va qumliklar toʻrtlamchi geologik davr tabiiy omillari taʼsirida oʻzgargan.
Viloyat seysmik jihatdan 7 balli, faqat Gazli sh. atrofi 9 balli zilzila zonasiga kiradi. Iqlimi keskin kontinental: yozi issiq, uzoq, quruq, iyulning oʻrtacha t-rasi 28—32°, qumliklarda 60—70° gacha koʻtariladi. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi 0° dan—2° gacha. Yiliga 90—150 mm yogʻin tushadi. Asosan bahor va qishda yogʻadi. Vegetatsiya davri 220 kun. B. v. ning asosiy suv manbai — AmuBuxoro mashina kanali. Quyimozor, Toʻdakul, Shoʻrkul suv omborlarining ahamiyati katta. Bundan tashqari vohalar atrofida zovur va oqova suvlar tashlanadigan Dengizkoʻl, Qoraqir, Katta Tuzkon va Devxona kabi koʻllar mavjud. Buxoro viloyati boʻyicha obikor yerlarning 94,4% turli darajada shoʻrlangan. Choʻl zonasida kam chirindili qoʻngʻir tusli sur, qumli choʻl, taqir tuproqlar va shoʻrxoklar keng tarqalgan. Ular turli tipdagi yaylovlar hosil qiladi.
Transporti. Buxoro viloyatidan magistral t. y. oʻtgan. Eng katta t. y. stansiyasi — Kogon. Viloyat ahamiyatidagi avtomobil yoʻllarining umumiy uz. 9820 km, shu jumladan qattiq qoplamali yoʻllar 4655 km (2000). Asosiy avtomobil yoʻllari: Buxoro—Toshkent, Buxoro — Urganch— Nukus, Buxoro—Turkmanobod (Chorjoʻy) va Buxoro—Termiz yoʻnalishlari. Aeroport bor.


  1. Download 382.1 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling