1 qurilish xududi xarakteristikasi
Download 464.18 Kb.
|
xatolaa
1 QURILISH XUDUDI XARAKTERISTIKASI Loyihalanadigan yangi temir yo‘l liniyasining yer polotnosi Loyihalanadigan yangi temir yo‘l liniyasining yer polotnosi O‘zbekiston Respublika Surxandaryo viloyati hududa joylashgan. 1941 y. 6 martda tashkil etilgan (1925 y. 29 iyundan Surxondaryo okruti bo‘lgan). 1960 y. 25 yanv. da Qashqadaryo viloyati bilan qo‘shilgan. 1964 y. fev. da qaytadan tashkil qilindi. Respublikaning jan. sharqida, Surxon Sherobod vodiysida joylashgan. Jan. dan Amudaryo bo‘ylab Afg‘oniston, shim., shim. sharq va sharqdan Tojikiston, jan. g‘arbdan Turkmaniston, shim. g‘arbdan Qashqadaryo viloyati bilan chegaradosh. Mayd. 20,1 ming km2. Aholisi 2513,1 ming odam Markazi — Termiz sh. Xo‘jaligi. Yaqin o‘tmishda viloyat iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi. yetakchi mavqeda edi. Keyingi davrda yangi tarmoqlar vujudga keldi. Viloyatning tabiiy geografik o‘rni qulay, mehnat resurslari ham yetarli. Sanoat ishlab chiqarish. (yengil va oziq ovqat sanoati), qishloq xo‘jaligi. (paxta va bug‘doy yetishtirish, qoramolchilik va qo‘ychilik), transport (ayniqsa, t. y. va avtomobil transporti) salmoqli o‘rin tutadi. Tabiati. Sv. relyefi tog va tekisliklardan iborat, shim. dan janubga qiyalanib va kengayib boradi. Tog‘lardan oqib tushadigan ko‘pdanko‘p daryo va soylar dara hosil qilgan. Tekislik qismining iqlimi quruq subtropik. Yozi jazirama issiq va uzoq, qishi iliq va qisqa. Yillik o‘rtacha tra 16°—18°. Iyulning o‘rtacha t-rasi 28°. —32°, yanv.niki 2,8°—3,6°. O‘zbekistonda eng issiq tra ham shu viloyat hududida kuzatilgan (1914 y. 21 iyunda Termizda 49,5° issiq bo‘lgan). Ba’zi yillari qish ancha sovuq (—20° va hatto undan ham past). Yil davomida bulutsiz kunlarning ko‘p bo‘lishi va quyosh nurining tik tushishi effektiv tralar yig‘indisi yuqori bo‘lishiga olib keladi Sanoat ishlab chiqarish. (yengil va oziq ovqat sanoati), qishloq xo‘jaligi. (paxta va bug‘doy yetishtirish, qoramolchilik va qo‘ychilik), transport (ayniqsa, t. y. va avtomobil transporti) salmoqli o‘rin tutadi. Transporti. Viloyatda t. y. transportining salmogi katta Viloyat hududidan Moskva — Dushanba, Ashxobod — Dushanba t. y. lari o‘tgan. Termiz — Toshkent, Termiz — AmuZang, Termiz — Sariosiyo, Termiz — Boldir yo‘nalishlarida poyezdlar kdtnaydi. Shuningdek, Termiz orkali Dushanba — Astraxon, Dushanba — Konibodom, Qo‘rg‘ontepa — Konibodom, Ko‘lob — Astraxon yo‘nalishlarida poyezdlar qatnaydi. Viloyatdagi temir yo‘llarning uz. 300 km. Viloyatning ichki transport aloqalarida avtomobil yo‘lining ahamiyati juda muhim. Surxondaryo viloyati dagi qattiq qoplamali avtomobil yo‘llarning uz. 2,7 ming km. Viloyatning asosiy avtomobil yo‘li — Katta O‘zbekiston trakto‘. Avtomobilda mamlakatlararo yuk tashish xizmati korxonasi yuklarni qo‘shni Afg‘onistonga yetkazib bermoqda. Surxondaryo viloyatining yirik shaharlari (Termiz va Denov)dan bir qancha xorijiy mamlakatlar va O‘zbekistonning ichki tumanlariga avtomobil transporti qatnaydi. Termiz — Qarshi, Termiz — Hayraton (Afg‘oniston), Termiz — Dushanba, Termiz — Toshkent, Denov — Qarshi, Denov — Shahrisabz, Denov — G‘uzor, Denov — Urganch, Denov — Samarqand yo‘nalishlari shular jumlasidan. Download 464.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling