Qadimgi yunoniston
Download 28.86 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Qadimgi Yunonistonning tabiati va aholisi.
- Olimp
- 2. Qadimgi Krit jamiyati.
QADIMGI YUNONISTON Reja: Qadimgi Yunonistonning tabiati va aholisi. Miloddan avvalgi XI–VI asrlarda Qadimgi Yunoniston va Afina Afinada demosning g`alabasi va davlatning mustahkamlanishi 1. Qadimgi Yunonistonning tabiati va aholisi. Qadimgi Yuno-niston, Bolqon yarim oroli, Egey, O`rtayer dengizining sharqidagi bir qancha orollarni va Kichik Osiyoning g`arbiy sohilidagi joylarni o`z ichiga olgan mamlakatdir. Bolqon yarim oroli tabiiy jihatdan Shimoliy, o`rta va Janubiy Yunonistonga bo`linadi. Janubiy Yunonistonni Peloponnes ham deyiladi. Yunoniston tog`lik mamlakat bo`lib, daryolar oqib o`tgan joylarning bir qismi kichik-kichik tekisliklardan iborat. Yunonistondagi tog`larning eng baland cho`qqisi Olimp bo`lib, uning balandligi 2911 metrdir. Bolqon yarim orolini uch tomondan Egey, Adriatika, Ioniya va O`rtayer dengizlari o`rab turadi. Yunonistonning iqlimi subtropik bo`lib, yozi u qadar issiq emas, iliq, yoqimli. Tog` tepalarida qish ancha sovuq bo`ladi. Vodiylarda qish u qadar sovuq emas. Yunoniston tog`lari mis, ruh, qo`rg`oshin, oltin, kumush kabi turli xil qimmatbaho toshlarga boy bo`lgan. Daryo vohalaridagi unumdor yerlar va tog` yaylovlari dehqonchilik, bog`dorchilik va chorvachilikni rivojlantirish uchun qulaydir. Arxeolog va antropologlarning ma`lumotlariga qaraganda Bolqon yarimoroli va orollarda odamlar tosh asridan beri yashab kelganlar. Bolqon yarimoroliga odamlar Afrikadan yoki Markaziy Yevropadan kirib kelganlar. Bolqon yarimoroli va orollarda qadimda pelast, ioniy va axey kabi qabilalar yashaganlar. Keyinchalik esa Bolqon yarimoroliga doriylar kirib kelib mahalliy aholi bilan qo`shilib ketganlar. 2. Qadimgi Krit jamiyati. Krit O`rtayer dengizining sharqidagi yirik orollardan biridir. Bu orol odamlarning yashashlari uchun ancha qulayliklarga ega bo`lgan. Miloddan avvalgi VI–Vmingyilliklardayoq orolga Kichik Osiyodan odamlar suzib kelishgan. Download 28.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling