Qadimgi yunoniston


Yunonistonda tabaqalanishning kuchayishi


Download 28.86 Kb.
bet5/10
Sana18.06.2023
Hajmi28.86 Kb.
#1560841
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2. Yunonistonda tabaqalanishning kuchayishi. Doriylar istilosi Yunonistondagi taraqqiyotni sekinlashtirdi. Ammo bu jarayon uzoq davom etmadi. Yunonlaming mehnat ahli va ishbilarmon kishilari o`zlarining fidokorona mehnatlari evaziga xo`jalikni qayta tiklay boshladilar. Temir asboblardan va uy hayvonlarining kuchidan unumli foydalanish mamlakatda dehqonchilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq va chorvachilikni rivojiga katta turtki berdi. Xo`jalikning rivojlanishi natijasida dehqonchilik, hunarmandchilik va chorva mahsulotlari ko`paya bordi. Savdo-sotiq rivoj topib, shu ish bilan shug`ullanuvchi kishilar boyib keta boshladilar. G`olibona urushlar urug`, qabila oqsoqollarining va harbiy boshliqlarning boyishi uchun muhim manba bo`ldi.
Bu jarayonlar Yunonistonda xususiy mulk, mulkiy tengsizlik va tabaqalanishni kuchaytirdi. Qo`lida boylik va ortiqcha mahsuloti ko`p bo`lgan bir guruh kishilar – urug`, qabila oqsoqollari, harbiylar, ruhoniylar va ularning atrofidagi kishilar aholining nufuzli kishilari – aslzodalarga aylana boshladilar. Dehqonlar, kosiblar, hunarmandlar oddiy, chorvador va mayda savdogarlar esa aholining o`rta tabaqasini tashkil etar edilar.
Aholi orasida qashshoq va kambag`al kishilar ham bo`lgan. Urushda asir tushgan odamlar qullarga aylantirilgan.
3. Yunonistonda shahar, davlatlarning tashkil topishi. Yunonistonda jamiyat rivojlana borgani sari uni boshqarish ham murakkablashib borgan. Ko`p tarmoqli xo`jalikni, harbiy va mudofaa ishlarini boshqarib turish uchun qandaydir tashkilot zarur bo`lib qolgan. Bu tashkilot dastlabki davlat hokimiyati edi.
Bu hokimiyat ixtiyorida qo`shin, xalq saylagan kengash, soqchi, sudya-qozi, qamoqxona va boshqa ma`muriy idoralar bo`lgan. Bunday davlat hokimiyatini boshqarib turadigan rahbarlar, hokimlar va podsholar bo`lgan. Dastlab jamiyatga rahbarlik qiluvchi hokimlar, podsholar va ularning amaldorlarini xalq yig`ini saylagan.
Keyinchalik, podsholik, hokimlik va nufuzli vazifalar otadan bolaga va aka-ukalarga meros qilib o`tkazilgan. Xo`jalikning rivojlana borishi munosabati bilan miloddan avvalgi IX–VIII asrlarda tepasida hokim va podshochalar turgan bir necha o`n yunon shahar-davlatlari tashkil topgan.
Bular Afina, Sparta, Korinf, Agros, Epis, Fiva va boshqa shahar-davlatlaridir. Yunonistondagi bu shahar-davlatlarni polislar deb atalgan. Bu davlatlarga shahar va uning atrofidagi qishloqlar va viloyatlar kirgan. Shahar atrofi mustahkam devor bilan o`rab olingan. Yunonistondagi shahar-davlatlardan eng yirigi Afina va Sparta bo`lgan.

Download 28.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling