1 qurilish xududi xarakteristikasi
PARDOZLASH ISHLARINI BAJARISH TEXNOLOGIYASI VA MEXANIZASIYASI
Download 464.18 Kb.
|
xatolaa
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.2 Pardozlash ishlarini hajmini aniqlash. Pardozlash ishlariga sarflangan vaqt quyidagi ifoda orqali aniqlanadi: T p = t 1
- 4.3 Ko‘tarma va o‘ymalarning qiyaliklarini tekislash
- Σ S = 55491+
- 6 QURILISH ISHLARI SIFATINI TA’MINLASH
- 7 MEHNATNI VA ATROF MUHITNI MUHOFAZA QILISH TADBIRLARI 7.1 Mehnatni muhofaza qilish
- 7.2 Atrof muhitni muhofaza qilish
4 PARDOZLASH ISHLARINI BAJARISH TEXNOLOGIYASI VA MEXANIZASIYASI
4.1 Pardozlash ishlarini tarkibi va ketma-ketligi. Yer polotnasini asosiy maydonini tekislash va oqizg‘ich prizmasini kesish ishlari: Ko‘tarmalarda yer polotnasining qiyaliklarini tekislashdan avval asosiy maydon tekislanadi. O‘ymalarda esa qiyaliklarini tekislagandan keyin asosiy maydon tekislanadi. Asosiy maydon tekislashda aniqlik darajasi + 5sm bo‘ladi. Bu ishlar avtogreyder РЗ–11 yordamida bajariladi. Yer polotnasini qiyaliklarini tekislash ishlarida, ishchi belgisi ≤ 6m gacha bo‘lgan “otkosliklar” yordamida bajariladi. Avval yuqori qismlari, keyin pastki qismlari tekislanadi. Qirqilgan grunt bermada tekislanadi. Ariq qozish mashinasi ETU-353 yordamida kyuvetlar qaziladi. Yer polotnasi qiyaliklarini mustahkamlash uchun qiyaliklarga unumdor grunt to‘kilib, o‘tlar urug‘i sepiladi. 4.2 Pardozlash ishlarini hajmini aniqlash. Pardozlash ishlariga sarflangan vaqt quyidagi ifoda orqali aniqlanadi: T p = t1 + t2 + t3 , ish kuni. bunda: t1 – yer polotnasining suv oquvchm prizmasini tekislashga sarflangan vaqt, ishchi kun. t2 - ko‘tarma va o‘yma qiyalmklarini tekislashga sarflangan vaqt, ishchi kun. t3 -kyuvetlarni qazishga sarflangan vaqt, ishchi kun. 4.3 Ko‘tarma va o‘ymalarning qiyaliklarini tekislash Ko‘tarma va o‘ymalar qiyaliklarini tekislash ishlari hajmi ko‘ndalang profillar bo‘yicha ishchi belgilari 3,5 m gacha va 3,5 m dan katta bo‘lgan hollar uchun alohida-alohida holda quyidagi ifodalarga binoan aniqlanadi: bu yerda: Lo‘ va Lk – mos ravishda, o‘yma va ko‘tarma qiyaligining uzunligi, m; So‘ va Sk – mos ravishda, o‘yma va ko‘tarmaning ikki qiyaligi maydoni; m – o‘yma va ko‘tarma qiyaligining joylashishi, 1:1 deb qabul qilinadi; Ko‘tarma va o‘ymalar qiyaliklarini tekislash ishlari EO – 3332 markali universal ekskavator-tekislovchilar yordamida bajarish tavsiya etiladi. Ko‘tarma va o‘ymalar qiyaliklarini tekislash texnolgiyasi sxemasi 2 ilovada ko‘rsatilgan. O‘yma va ko‘tarma qiyaligini tekislashda ishlar hajmini aniqlanib jadval shaklida 11-jadvalda keltirilgan. 11-jadval. Qiyaliklarni tekislashda ishlar hajmini aniqlash
Ko‘tarma va o‘ymalarning qiyalmklarini tekislashga sarflangan vaqt quyidagi ifoda orqali aniqlanadi: ish kuni bu yerda: - ko‘tarma va o‘ymada tekislanadigan qiyaliklarining yuzi, 11-jadval Σ S =55491+16735=72226 m2 P2 –tekislashda ishlatilgan РЗ–11 markali avtogreyder ish unumdorligi, P2=4000 m2/smena N2- tekislashda ishlatilgan ekskavator soni, N=4 mashina n- sutkada smenalar soni, n=2 smena t2 =2,26 ≈3 ish kuni. Pardozlash ishlariga sarflangan umumiy vaqt: Qiyaliklarni tekislashda ishlar va kyuvetlarni qazish ishlari parallel olib boriladi. T p = 3 kunga teng 6r mashinist-1ta 3r ishchi -2ta 5 QURILISH ISHLARINI BAJARISH KALENDAR GRAFIGINI TUZISH Kalendar grafikni kurs ishining 1,2,3 bo‘linmalarda aniqlangan tayyorgarlik, asosiy va pardozlash ishlarini vaqtiga asoslangan holda ishlarni texnologik ketma-ketligini e’tiborga olinib tuziladi. Rejalashtirishda qurilish mashinalarini ketma-ket 2 yoki 3 ta uchastkada ishlatish mumkinligini e’tiborga olingan. Yangi temir yo‘l uchastkasida yer polotnosi ishlarni bajarish kalendar grafigi 1 ilovada keltirilgan. 6 QURILISH ISHLARI SIFATINI TA’MINLASH Yer polotnosini qabul qilishda loyiha o‘lchamlaridan ruhsat etilgan chetlanishlar 12 jadvalda ko‘rsatilgan o‘lchamlardan oshmasligi kerak. 12 jadval. Yer polotnosini qabul qilishda ruhsat etilgan chetlanishlar o‘lchamlari.
7 MEHNATNI VA ATROF MUHITNI MUHOFAZA QILISH TADBIRLARI 7.1 Mehnatni muhofaza qilish Kurs ishida mehnat muhofazasining asosiy masalalari hal qilingan bo‘lib, mehnat muhofazasi, ishlab chiqarish sanitariyasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha KMK 3.01.02-00 talablari hajmidagi muayyan yechimlar IOBL bosqichida ishlab chiqiladi. Foydalanishdagi temir yo‘l izlari yaqinida ishlarni amalga oshirishda shuningdek “Temir yo‘llardan texnik foydalanish qoidalari”, “Temir yo‘llarda signalizasiya bo‘yicha yo‘riqnoma” ko‘rsatmalariga rioya qilish lozim. Ayniqsa LEP yaqinida mexanizmlar ishlashiga alohida e’tibor qaratilishi shart. Ishlab turgan kommunikasiyalar yaqinida biron-bir ishlarni bajarishda ish joyiga tegishli foydalanuvchi tashkilotlar vakillari chaqirilishi zarur. Odamlar va mashinalar uchun o‘tish joylari odamlar, mashina va mexanizmlarning barcha ish joylariga qulay va xavfsiz o‘tish imkoniyatini ta’minlashi shart. Qurilish maydonlari va ish joylari har bir ish toifasi uchun yoritilganlik me’yorlariga muvofiq yoritilishi talab etiladi. Yoritish uskunalari mavjud tarmoqlar va ko‘chma elektrostansiyalar yordamida tok bilan ta’minlanadi. Yer polotnosini to‘kib ko‘tarish ishlarini bajarish joylari GOST 12.1.046-85 talablari, shuningdek SSBT tizimi standartlari talablarini hisobga olgan holda ko‘chma yoritish moslamalari bilan yoritilishi shart. Ishchilarga sanitariya-gigiyena xizmati ko‘rsatish uchun qurilish maydonlarida inventar binolari ko‘zda tutilib, ularda kiyinish, yuvinish, quritish, isitish xonalari, hojatxonalar joylashadi. Inventar binolar suv ta’minoti vaqtinchalik vodoprovod uchustkalari yordamida amalga oshirilib, ular ishlab turgan yoki loyihalashtirilgan doimiy suv tarmoqlariga ulanadi. Maishiy oqova suvlar uchun maxsus o‘ralar qaziladi. 7.2 Atrof muhitni muhofaza qilish Bitiruv malakaviy ishida quyidagi atrof muhitni muhofaza qilish tadbirlari ko‘zda tutilgan: o‘simlik qatlami va daraxtlarni maksimal darajada saqlab qolish; asosiy qurilish ishlarini namunaviy texnologiya xaritalari va sxemalari bo‘yicha tashkil etish; o‘ymalar gruntlarini ko‘tarmalarda yer polotnosini tiklashda maksimal darajada ishlatish; grunt tashish yo‘llaridan oqilona foydalanish; poseloklar hududidan o‘tgan avtomobil yo‘llaridan grunt tashish maqsadida tunda foydalanishni cheklash; aholi punktlari hududida tunggi paytda gruntni zichlash ishlarini to‘xtatish; trassa oldi karyerlari mayldonlarini qayta kultivasiyalash. Zovurlar yoki yopiq suv yo‘llariga yoqilg‘i, ishlatilgan moylar qoldiqlarini to‘kish taqiqlanadi. Transport vositalari va qurilish mashinalarini yuvish maydonchalari suvni tindirish va tozalash moslamalari bilan jihozlangan bo‘lishi shart. Qurilish davrida suv ta’minotining izdan chiqishi holatlari uchun suvni moslamalar yordamida haydash ko‘zda tutilgan. Yer polotnosi asosidan kesib olingan o‘simlik qatlami kam hosil yerlarni yaxshilash maqsadida ishlatiladi. Qurilish tugaganidan so‘ng qurilish chiqindilari olib chiqib ketiladi. Download 464.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling