[1] Quyida Konvensiyaning tarkibi va mazmuni haqida qisqacha ma’lumot beramiz hamda korrupsiyaga qarshi ayrim O’zbekiston Respublikasi qonunlariga sharh berib, ularning Konvensiya talablariga qanchalik mosligi haqida qisqacha bayon qilamiz


Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid davlat dasturlarining ijrosini taʼminlashda qaysi omillarga eʼtiborni yanada oshirish lozim?


Download 47.19 Kb.
bet2/3
Sana06.07.2020
Hajmi47.19 Kb.
#123137
1   2   3
Bog'liq
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasi 2003

Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid davlat dasturlarining ijrosini taʼminlashda qaysi omillarga eʼtiborni yanada oshirish lozim?

— Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha davlat dasturining ijrosi amalga oshirilishi lozim boʻlgan asosiy masalalardan biridir. Bunda, avvalo, monitoring jarayonida samarali huquqiy mexanizmning yetarli emasligi, davlat xizmatchilarining etika qoidalariga rioya qilish darajasining pastligi, davlat organlari faoliyati ochiqligi tamoyilining amalda nomigagina ishlayotganligi kabi masalalar hal etilishi lozim.

Va nihoyat, korrupsiyaga qarshi kurashishning zamonaviy tendensiyalaridan kelib chiqib, amalda real ishlaydigan strategiyani ishlab chiqish kerak. Zamonaviy tendensiyaga koʻra, korrupsiyaga qarshi kurashishni uch bosqichda amalga oshirish taklif etiladi.

Chunonchi, jamiyat aʼzolari faol ishtirokini kuchaytirish uchun maʼlumotlarni erkin olish imkoniyatini yaratish, ilgʻor texnologiyalardan foydalangan holda korrupsiya holatlari haqida axborot berish va oldini olish, korrupsiyaga oid muammolarni hal qilish va bartaraf etishda jamoatchilik ishtirokini taʼminlashning aniq tizimini amaliyotda qoʻllashdir.

Qolaversa, yurtimizda har bir sohada korrupsiyaga qarshi kurashishda sohaning xususiyatlaridan kelib chiqib yondashish, korrupsiya holatlari haqida xabar berishning yangi innovatsion usullarini ishlab chiqish hamda qoʻllash, korrupsiya holatlarini ekspertizadan oʻtkazish, monitoring qilish va baholashning real, hayotiy, xolis hamda shaffof indikatorlarini belgilash ham muhim. Bularning barchasi jamiyatda korrupsiya degan illatning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ma’lumki, korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur etkazadi, davlatning konstitutsiyaviy asoslarini va qonun ustuvorligini zaiflashtiradi, pirovardida inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib keladi.



Korrupsiya — bu jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan daxshatli illatdir. U demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur etkazadi, inson hukuklari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik kiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga taxdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshka hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi. Ushbu zararli hodisa katta va kichik, badavlat va kambag‘al bo‘lishidan qatiy nazar, barcha mamlakatlarda uchraydi. Ushbu illatga qarshi kurashishni jahon talablari asosida tashkil etish maqsadida 2008 yilda mamlakatimiz Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2003 yil 13 oktyabrdagi "Korrupsiyaga qarshi" Konvensiyasini ratifikatsiya qildi, shuningdek, "Birlashgan Millatlar Tashkilotining "Korrupsiyaga qarshi" konvensiyasiga O‘zbekiston Respublikasi qo‘shilishi to‘g‘risida"gi Qonun qabul qilindi. Istiqlol bergan tinch va osuda hayotimiz, farovon turmush tarzimiz, erishayotgan turli sohadagi yutuqlarimiz, ayniqsa yosh avlod kamoloti yo‘lida qilinayotgan ezgu ishlarni har qancha e’tirof etsak, arziydi. Albatta, bunday havas qilsa arzigulik kunlarga etishishning o‘zi bo‘lmayotganligi va buning zamirida mashaqqatli mehnat yotganligi hech birimizga sir emas. Bugungi kunda qaysi bir sohaga e’tibor qaratmaylik, ularning har birida yuqori samaradorlikka erishayotganligimiz, bu bunyodkor xalqimizning o‘z Vataniga bo‘lgan mehr-muhabbatidan dalolat beradi. Darhaqiqat, jamiyatimiz ravnaqi uchun astoydil mehnat qilayotgan insonlar bilan faqat faxrlanishimiz kerak. Lekin ayrim kimsalar borki, to‘qlikka sho‘xlik qilib, o‘z vazifalarini suviste’mol qilgan holda, taraqqiy etib kelayotgan davlatimiz mulkiga rahna solayotganliklari achinarli holdir. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov o‘zining “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida korrupsiya va poraxo‘rlik haqida to‘xtalib, “Jinoyatchilik va korrupsiyaning avj olishi davlatning konstitutsiyaviy asoslarini emiradi, fukarolarning xukuk va erkinliklari jiddiy tarzda buzilishiga olib keladi. “Qonunlar va farmonlarni qabul qilishdan maqsad ularni chetlab o‘tishdir” degan mutlaqo yaramas qoida jamiyatning eng oddiy huquqiy tartibot va jamoat tartibini saqlab turish qobiliyatidan mahrum bo‘lishiga olib boradi” deb ta’kidlaydi. Korrupsiya va uni vujudga keltiruvchi sabablar o‘rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud. Bundan xulosa shuki, birinchidan, korrupsiyani faqat uni vujudga keltiruvchi sabablar va shartsharoitlarni echish yo‘li bilan kamaytirish hamda cheklash mumkin; ikkinchidan, bu muammolarni echishda korrupsiyaga qarshi barcha yo‘nalishlarda qat’iy va murosasiz kurash olib borish samara beradi. SHu o‘rinda ta’kidlash muhimki, har qanday holatda ham korrupsiyadan bevosita jamiyat va insonlar aziyat chekadi, zarar ko‘radi. SHuning uchun ushbu muammo global bo‘lib, unga qarshi kurashning davlatlar o‘rtasida muvofiqlashtirilgan dasturlari va boshqa huquqiy me’yorlari ishlab chiqilganligi bejiz emas. Korrupsiya o‘zi nima? Korupsiya bu – mansab, mavqeidan shaxsiy maqsadlarda foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyat turi hisoblanadi. Korrupsiya faoliyati xufyona iqtisodiyotning asosiy turlaridan biridir. Aksariyat hollarda korrupsiya deganda davlat xizmatchilari tomonidan shaxsiy manfaatlarni ko‘zlab, boylik orttirish maqsadida xalqdan pora olish, qonunga xilof pul daromadlarini qo‘lga kiritish tushuniladi. Ammo, umuman olganda, mansabdor shaxslargina emas, balki, davlat tashkilotida ishlamaydigan fuqarolar ham korrupsiyaga doir munosabatlarning ishtirokchilari bo‘lishi, pora emas, balki boshqa narsalar evaziga o‘z ehtiyoj va manfaatlarini ham amalga oshirishlari mumkin. Darhaqiqat, korrupsiya – ildizlari davlat xizmatini tashkil etishdagi nuqsonlarga va davlat xizmatchilarining o‘ziga xos psixologiyasiga borib taqaladigan ijtimoiy hodisa. Bu korrupsiyaga qarshi avvalo ma’muriy- huquqiy va tashkiliy-boshqaruv chora-tadbirlari ko‘rilishini taqozo etadi. "Tarixiy tajriba va hozirgi amaliyot, shu jumladan, ba’zi yangi mustaqil davlatlardagi voqelik korrupsiya va jinoyatchilik xavfsizlikka soladigan tahdidni yaqqol tasavvur etish imkonini bermoqda", deb ta’kidlaydi yurtboshimiz "O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari" nomli asarida. SHu narsani alohida ta’kidlash kerakki, korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan institutsional mexanizmlarni isloh qilishda YUrtboshimiz tomonidan 2010 yil 12 noyabrda e’lon qilingan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” muhim ahamiyat kasb etmoqda. Korrupsiya muammolari bilan shug‘ullanuvchi “Transparency International” tashkilotining ma’lumotlarga ko‘ra, ayni damda dunyoda ko‘plab jinoyatlarga sabab bo‘layotgan nafs balosi, ya’ni korrupsiya va poraxo‘rlik natijasida yiliga bir trillion dollardan ortiq mablag‘ o‘zlashtirilar ekan. Shu bois korrupsiya va poraxo‘rlikni hech ikkilanmay “taraqqiyot kushandasi” deb atash mumkin. Birlashgan Millatlar Tashkilotining oldida turgan eng global muammolardan biri sanalgan korrupsiyaga qarshi kurashning davlatlar o‘rtasida muvofiqlashtirilgan dasturlari va boshqa huquqiy me’yorlari ishlab chiqilgan. Xususan, 2005 yil dekabr oyida kuchga kirgan "Korrupsiyaga qarshi" konvensiyasi global doirada qabul qilingan xalqaro-huquqiy hujjat bo‘lib, uning loyihasi ikki yil davomida 130 dan ortiq davlatlar ishtirokida muhokama etilgan. Unda korrupsiyaga qarshi xalqaro va milliy kurash amaliyotini yo‘lga qo‘yish hamda ularni amalga oshirish mexanizmlari belgilangan. Mamlakatimiz rahbari Islom Karimov o‘zining “YUksak ma’naviyat – engilmas kuch” asarida shunday ta’kidlaydi: “Biz o‘z mustaqilligimizni qo‘lga kiritib, yangi taraqqiyot yo‘liga qadam qo‘yganimizdan so‘ng xalqimizning xohish-irodasi, asriy orzu-intilishlariga tayangan holda, sho‘ro davridan og‘ir meros bo‘lib qolgan ma’muriy-buyruqbozlik tizimini tubdan isloh qilish, uning o‘rnida mohiyat e’tibori bilan butunlay yangi – erkin bozor munosabatlariga asoslangan huquqiy davlat, demokratik jamiyat barpo etishga azmu qaror qildik”. Lekin, taassufki, “Har bir davlat tarixida yangi ijtimoiy sifat holatiga o‘tish, afsuski, korrupsiya va jinoyatchilik kabi jirkanch hodisa bilan birga yuz bergan... Barchamizga ma’lumki, so‘nggi paytlarda korrupsiya keng ildiz otib borayotgan salbiy illatlardan biridir. Korrupsiya – mansab mavqeidan shaxsiy maqsadlarda foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyat. Korrupsiya faoliyati xufyona iqtisodiyotning asosiy turlaridan biri hisoblanadi. Aksariyat hollarda korrupsiya deganda davlat amaldorlari tomonidan shaxsiy maffatlarni ko‘zlab, boylik orttirish maqsadida fuqarolardan pora olish, qonunga xilof pul daromadlarini qo‘lga kiritish tushuniladi. Ammo, umuman olganda, davlat amaldorlarigina emas, balki, masalan, firmalarning menejerlari ham korrupsiyaga doir munosabatlarning ishtirokchilari bo‘lishi pora pul bilan emas, balki boshqa shaklda berilishi mumkin; korrupsiyaga doir munosabatlarning tashabbuschilari ba’zan davlat amaldorlari emas, balki tadbirkorlar hisoblanadi. Etimologik jihatdan “korrupsiya” atamasi “buzish, pora evaziga og‘dirish” degan ma’noni anglatadigan lotincha “corruptio” so‘zidan kelib chiqqan. Yuridik ensiklopediya mualliflarining ta’kidlashicha, “korrupsiya – mansabdor shaxslar tomonidan ularga berilgan huquqlar va hokimiyat imkoniyatlaridan shaxsiy boylik orttirish uchun foydalanishda ifodalanuvchi siyosat yoki davlat boshqaruvi sohasidagi jinoiy faoliyat”. Korrupsiya jinoyatchiligi – sinfiy va tarixan o‘zgaruvchan hodisa. E.I.Kairjanov fikriga ko‘ra, “jinoyatchilik tushunchasi xususiy mulk paydo bo‘lishi va jamiyat antagonistik sinflarga parchalanishi natijasida vujudga kelganini hech kim inkor eta olmaydi. Sinfiy jamiyat paydo bo‘lishidan oldin jinoyat tushunchasi ham, jinoyatchilik ham mavjud bo‘lmagan”. “Tarixiy tajriba va hozirgi amaliyot, shu jumladan ba’zi yangi mustaqil davlatlardagi voqelik korrupsiya va jinoyatchilik xavfsizlikka soladigan tahdidni yaqqol tasavvur etish imkonini bermoqda”- deb ta’kidlagan edi Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov. Birinchidan, siyosiy jihatdan olganda, korrupsiya amalga oshirilayotgan islohotlarga qarshilik ko‘rsatish ifodasidir. Unda o‘z umrini yashab bo‘lgan, yangi iqtisodiy munosabatlarni o‘ziga qarshi tahdid deb bilgan holda, ularning rivojlanishini sekinlashtirib qo‘yishga harakat qiladigan ma’muriy-buyruqbozlik tizimi bilan “xufyona” iqtisodiyotning manfaatlari ob’ektiv ravishda birlashib ketadi. Korrupsiya domiga ilingan amaldorlar shaxsiy boylik orttirish maqsadlarini va urug‘-aymoqlarning manfaatlarini davlat manfaatlaridan ustun qo‘yadi. Bu esa, mamlakatning siyosiy va iqtisodiy yo‘liga hamda aholining aksariyat qismiga tuzatib bo‘lmaydigan zarar etkazadi. Bundan tashqari, yangi iqtisodiy munosabatlarga endigina asos solinayotgan va sifat jihatidan boshqa siyosiy tizim shakllantirilayotgan o‘tish davrida korrupsiya o‘z xatti-harakati bilan bu jarayonning yo‘lini to‘sib qo‘yish imkoniga egadir. Ikkinchidan, “jinoyatchilik va korrupsiyaning avj olishi davlatning konstitutsiyaviy asoslarini emiradi, fuqarolarning huquq va erkinliklari jiddiy tarzda buzilishiga olib keladi. “Qonunlar va farmonlarni qabul qilishdan maqsad ularni chetlab o‘tishdir” degan mutlaqo yaramas qoida jamiyatning eng oddiy huquqiy tartibot va jamoat tartibini saqlab turish qobiliyatidan mahrum bo‘lishiga olib boradi”. Uchinchidan, “jinoyatchilik va korrupsiya jamiyatning ma’naviy-axloqiy asoslarini emiradi. Jamiyat a’zolarining fuqarolik mavqeini yo‘qqa chiqaradi. Amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarga salbiy munosabat vujudga kelishi uchun sharoit yaratadi. Islohotlar g‘oyasining o‘zini obro‘sizlantiradi va eski zamonlarni, shu jumladan “qudratli markazning kuchli qo‘li”ni qo‘msash hissini tug‘diradi”. To‘rtinchidan, “hokimiyat organlarining jinoyatga aralashib qolishi rivojlanayotgan jamiyat uchun eng jiddiy xavf-xatarlardan biridir. Jinoiy tuzilmalarning davlat organlari amaldorlari bilan chatishib ketishi, ularning turli hokimiyat tarmoqlariga kirib olishi jamoatchilik nazdida fuqarolarning himoyasizligi hissini kuchaytiradi. Davlatning o‘zini obro‘sizlantiradi. Mamlakat ichkarisida ham, tashqarisida ham unga ishonchsizlik ortib boradi”. Ayni vaqtda qonunchilar, huquqni qo‘llovchilar va nazariyachilarning butun sa’y- harakatlari korrupsiya tushunchasiga ta’rif berish va uning asosiy turlarini aniqlashga qaratilgan. Bunda asosiy muammo – korrupsiyaga qarshi kurashni qanday qilib va qaysi vositalar yordamida amalga oshirish zarur degan savolga javob topish ikkinchi darajali ahamiyat kasb etib qolmoqda. Bu savolga mamlakatimiz rahbari Islom Karimov aniq javob berdi: “Mana shunday noma’qul holatlarga butunlay barham berish uchun boshqaruv sohasida, avvalambor, samarali ishlaydigan izchil sistema, tizimni shakllantirish kerak. Va bu tizim shunday ishlashi kerakki, bordiyu biror-bir mansabdor shaxs davlat siyosatidan chekinib, qonunga xilof ishlar bilan shug‘ullanadigan, o‘z manfaatini davlat, xalq manfaatidan ustun qo‘yadigan bo‘lsa, u kimligi, kimning qarindoshi, qaysi rahbarning og‘aynisi ekanidan qat’i nazar, muqarrar ravishda jazosini olishi shart. Ya’ni, bunday jazoning muqarrarligini shu odamdan yuqori lavozimda o‘tirganlar emas, balki tizimning o‘zi talab etishi zarur. Jamiyatda ana shunday qarash, ana shunday tushuncha shakllangan taqdirdagina qonun ustuvorligi so‘zda emas, amalda ta’minlanadi”. Xulosa qilib aytganimizda, Korrupsiya – davlat amaldorlari yoki o‘zga xizmatchilar pora evaziga og‘dirilishi va shu asosda ular o‘z xizmat vakolatlaridan shaxsiy yoki muayyan guruh manfaatlarda foydalanishi bilan tavsiflanuvchi ijtimoiy hodisa. Yuqorida bu salbiy illatning oqibatlarini ko‘rib o‘tdik. Korrupsiyaga qarshi kurash olib bormas ekanmiz, u tobora chuqur ildiz otib boraveradi. Birinchidan, korrupsiyani faqat uni vujudga keltiruvchi muammolar va shart-sharoitlarni yechish yo‘li bilan kamaytirish va cheklash mumkin, ikkinchidan esa, bu muammolarni yechishga korrupsiyaga qarshi barcha yo‘nalishlarda qat’iy kurash olib borish ko‘maklashadi. Korrupsiyaga qarshi nafaqat sud va huquqni muhofaza qilish organlari, balki har birimiz bir tan-u bir jon bo‘lib kurashsakgina ijobiy natijalarga erishishimiz mumkin. Barchamizga ma’lumki, so‘nggi paytlarda korrupsiya keng ildiz otib borayotgan salbiy illatlardan biridir. Korrupsiya – mansab mavqeidan shaxsiy maqsadlarda foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyat. Korrupsiya faoliyati xufyona iqtisodiyotning asosiy turlaridan biri hisoblanadi. Aksariyat hollarda korrupsiya deganda davlat amaldorlari tomonidan shaxsiy maffatlarni ko‘zlab, boylik orttirish maqsadida fuqarolardan pora olish, qonunga xilof pul daromadlarini qo‘lga kiritish tushuniladi. Ammo, umuman olganda, davlat amaldorlarigina emas, balki, masalan, firmalarning menejerlari ham korrupsiyaga doir munosabatlarning ishtirokchilari bo‘lishi pora pul bilan emas, balki boshqa shaklda berilishi mumkin; korrupsiyaga doir munosabatlarning tashabbuschilari ba’zan davlat amaldorlari emas, balki tadbirkorlar hisoblanadi. Etimologik jihatdan “korrupsiya” atamasi “buzish, pora evaziga og‘dirish” degan ma’noni anglatadigan lotincha “corruptio” so‘zidan kelib chiqqan. Yuridik ensiklopediya mualliflarining ta’kidlashicha, “korrupsiya – mansabdor shaxslar tomonidan ularga berilgan huquqlar va hokimiyat imkoniyatlaridan shaxsiy boylik orttirish uchun foydalanishda ifodalanuvchi siyosat yoki davlat boshqaruvi sohasidagi jinoiy faoliyat”. Korrupsiya jinoyatchiligi – sinfiy va tarixan o‘zgaruvchan hodisa. E.I.Kairjanov fikriga ko‘ra, “jinoyatchilik tushunchasi xususiy mulk paydo bo‘lishi va jamiyat antagonistik sinflarga parchalanishi natijasida vujudga kelganini hech kim inkor eta olmaydi. Sinfiy jamiyat paydo bo‘lishidan oldin jinoyat tushunchasi ham, jinoyatchilik ham mavjud bo‘lmagan”. “Tarixiy tajriba va hozirgi amaliyot, shu jumladan ba’zi yangi mustaqil davlatlardagi voqelik korrupsiya va jinoyatchilik xavfsizlikka soladigan tahdidni yaqqol tasavvur etish imkonini bermoqda”, deb ta’kidlaydi Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov. Birinchidan, siyosiy jihatdan olganda, korrupsiya amalga oshirilayotgan islohotlarga qarshilik ko‘rsatish ifodasidir. Unda o‘z umrini yashab bo‘lgan, yangi iqtisodiy munosabatlarni o‘ziga qarshi tahdid deb bilgan holda, ularning rivojlanishini sekinlashtirib qo‘yishga harakat qiladigan ma’muriy-buyruqbozlik tizimi bilan “xufyona” iqtisodiyotning manfaatlari ob’ektiv ravishda birlashib ketadi. Korrupsiya domiga ilingan amaldorlar shaxsiy boylik orttirish maqsadlarini va urug‘-aymoqlarning manfaatlarini davlat manfaatlaridan ustun qo‘yadi. Bu esa, mamlakatning siyosiy va iqtisodiy yo‘liga hamda aholining aksariyat qismiga tuzatib bo‘lmaydigan zarar etkazadi. Bundan tashqari, yangi iqtisodiy munosabatlarga endigina asos solinayotgan va sifat jihatidan boshqa siyosiy tizim shakllantirilayotgan o‘tish davrida korrupsiya o‘z xatti-harakati bilan bu jarayonning yo‘lini to‘sib qo‘yish imkoniga egadir. Ikkinchidan, “jinoyatchilik va korrupsiyaning avj olishi davlatning konstitutsiyaviy asoslarini emiradi, fuqarolarning huquq va erkinliklari jiddiy tarzda buzilishiga olib keladi. “Qonunlar va farmonlarni qabul qilishdan maqsad ularni chetlab o‘tishdir” degan mutlaqo yaramas qoida jamiyatning eng oddiy huquqiy tartibot va jamoat tartibini saqlab turish qobiliyatidan mahrum bo‘lishiga olib boradi”. Uchinchidan, “jinoyatchilik va korrupsiya jamiyatning ma’naviy-axloqiy asoslarini emiradi. Jamiyat a’zolarining fuqarolik mavqeini yo‘qqa chiqaradi. Amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarga salbiy munosabat vujudga kelishi uchun sharoit yaratadi. Islohotlar g‘oyasining o‘zini obro‘sizlantiradi va eski zamonlarni, shu jumladan “qudratli markazning kuchli qo‘li”ni qo‘msash hissini tug‘diradi”. To‘rtinchidan, “hokimiyat organlarining jinoyatga aralashib qolishi rivojlanayotgan jamiyat uchun eng jiddiy xavf-xatarlardan biridir. Jinoiy tuzilmalarning davlat organlari amaldorlari bilan chatishib ketishi, ularning turli hokimiyat tarmoqlariga kirib olishi jamoatchilik nazdida fuqarolarning himoyasizligi hissini kuchaytiradi. Davlatning o‘zini obro‘sizlantiradi. Mamlakat ichkarisida ham, tashqarisida ham unga ishonchsizlik ortib boradi”. Beshinchidan, nopok yo‘l bilan boylik orttirganlar jazodan qutulib qolish va o‘zlarining jinoiy sarmoyalarini himoya qilish uchun har qanday xatti-harakatlarga tayyor turishlarini yaxshi bilib olish lozim. Bunday kimsalar adolatli jazodan qo‘rqib, hamma ishni qilishga, hatto vaziyatni beqarorlashtirishga, ommaviy tartibsizliklarni keltirib chiqarishga shay turadilar. Oltinchidan, jinoiy usullar bilan boylik va mo‘may pul orttirgan kimsalarning yangi huquq himoyachilari va hatto demokratiya uchun jafo chekkan kurashchilar sifatida siyosatga kirib olishga harakat qilayotganidan dalolat beruvchi misollar, jumladan, bizda ham oz emas. Ular bunday xatti-harakatlari bilan insoniyatning adolat va demokratiya kabi olijanob ideallariga jiddiy zarar etkazadilar, o‘z xalqlari va mamlakatlarining taqdiriga, ozodlik va mustaqillik ideallariga mutlaqo befarq qaraydilar. Bunday shaxslar o‘z manfaatlari yo‘lida respublikadagi vaziyatga ta’sir ko‘rsatishga urinayotgan tashqi kuchlarga xizmat qilishga hamisha tayyor turadilar. Ettinchidan, korrupsiyachilarning xatti-harakatlari nafaqat mamlakatimizning halol fuqarolarini tadbirkorlikdan chetlatadi, balki chet ellik sheriklarda ishonchsizlik uyg‘otadi va ularni cho‘chitib qo‘yadi. Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida sud va huquqni muhofaza qilish organlarida korrupsiyaga qarshi kurash o‘ta muhim ahamiyatga ega ekanligiga e’tiborni qaratib, jumladan, shunday dedi: “Sud va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining mas’uliyatini kuchaytirish haqida alohida to‘xtalishni o‘rinli, deb bilaman. Takror-takror aytishga to‘g‘ri keladi, bu sohada xizmat qiladigan odamlar o‘zining professional va fuqarolik burchini, o‘z vazifasini qanchalik halol va sidqidildan ijro etishi, hech mubolag‘asiz, butun hokimiyatning obro‘si va kishilarimizning adolatga ishonchi qay darajada bo‘lishini belgilaydi. Hech shubhasiz, mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashning darajasi, uning amaliy samarasi ko‘p jihatdan huquq-tartibot, prokuratura va sud organlari tizimining o‘zida bu illatga qarshi qanday kurash olib borilayotgani bilan bog‘liqdir”. Ayni vaqtda qonunchilar, huquqni qo‘llovchilar va nazariyachilarning butun sa’y- harakatlari korrupsiya tushunchasiga ta’rif berish va uning asosiy turlarini aniqlashga qaratilgan. Bunda asosiy muammo – korrupsiyaga qarshi kurashni qanday qilib va qaysi vositalar yordamida amalga oshirish zarur degan savolga javob topish ikkinchi darajali ahamiyat kasb etib qolmoqda. Bu savolga mamlakatimiz rahbari Islom Karimov aniq javob berdi: “Mana shunday noma’qul holatlarga butunlay barham berish uchun boshqaruv sohasida, avvalambor, samarali ishlaydigan izchil sistema, tizimni shakllantirish kerak. Va bu tizim shunday ishlashi kerakki, bordiyu biror-bir mansabdor shaxs davlat siyosatidan chekinib, qonunga xilof ishlar bilan shug‘ullanadigan, o‘z manfaatini davlat, xalq manfaatidan ustun qo‘yadigan bo‘lsa, u kimligi, kimning qarindoshi, qaysi rahbarning og‘aynisi ekanidan qat’i nazar, muqarrar ravishda jazosini olishi shart. YA’ni, bunday jazoning muqarrarligini shu odamdan yuqori lavozimda o‘tirganlar emas, balki tizimning o‘zi talab etishi zarur. Jamiyatda ana shunday qarash, ana shunday tushuncha shakllangan taqdirdagina qonun ustuvorligi so‘zda emas, amalda ta’minlanadi”. Xulosa qilib aytganimizda, Korrupsiya – davlat amaldorlari yoki o‘zga xizmatchilar pora evaziga og‘dirilishi va shu asosda ular o‘z xizmat vakolatlaridan shaxsiy yoki muayyan guruh manfaatlarda foydalanishi bilan tavsiflanuvchi ijtimoiy hodisa. Yuqorida bu salbiy illatning oqibatlarini ko‘rib o‘tdik. Korrupsiyaga qarshi kurash olib bormas ekanmiz, u tobora chuqur ildiz otib boraveradi. Birinchidan, korrupsiyani faqat uni vujudga keltiruvchi muammolar va shart-sharoitlarni echish yo‘li bilan kamaytirish va cheklash mumkin, ikkinchidan esa, bu muammolarni echishga korrupsiyaga qarshi barcha yo‘nalishlarda qat’iy kurash olib borish ko‘maklashadi. Korrupsiyaga qarshi nafaqat Sud va huquqni muhofaza qilish organlari, balki har birimiz bir tan-u bir jon bo‘lib kurashsakgina ijobiy natijalarga erishishimiz mumkin. Fuqarolik jamiyati mavjud bo‘lmagan sharoitda bunday bozor davlatning qattiq nazorati bilangina tartibga solinishi mumkin. Davlat organlarining korrupsiyaga aralashib ketishi ehtimoli yuksakligini hisobga oladigan bo‘lsak, erkin bozorning shakllanishi sharoitida ko‘pgina mansabdorlarning jinoiy to‘dalar ta’siri ostida tom ma’nodagi erkin bozorni shakllantirishga to‘sqinlik qilishini kuzatish mumkin. Ko‘rinib turganidek, fuqarolik jamiyati mavjud bo‘lmagan holatda bozorda beshafqat qonunlar hukm surishi kuzatiladi. Korrupsiya domiga tortilgan davlat mansabdorlari ko‘pgina hollarda qonunbuzarliklarga qarshi kurashga bardosh bera olmay qoladi. Davlat bunday boshboshdoqlikka qarshi kurashga intilar ekan, odatda fuqarolik institutlaridan foydalanmaydi va qaytadan avtoritar usul hamda qog‘ozbozlikka duchor bo‘ladi.Bu esa bozor munosabatlarining ko‘p sonli ishtirokchilarining faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Mamlakatimizda demokratik jamiyat, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati nistitutlarini shakllantirish va rivojlantirish ma’naviy hayotdagi muhim o‘zgarishlar va yangilanishlar bilan bog‘liq xolda kechadi. Bunga globallashuv davri ham o‘zining bevosita va bilvosita ta’sirini ko‘rsatmoqda. Ma’lumki globallashuv so‘zi “global” so‘zidan olingan bo‘lib, yer shari ma’nosini bildiradi. Global o‘zgarishlar, ob’ektiv jarayoni, u ijtimoiy hayotning barcha sohalariga o‘zining ta’sirini o‘tkazmoqda. U ijobiy va salbiy jihatlariga ega. Ma’lumki, uinsonlar ma’naviy hayot sharoiti, imkoniyatlarini yanada oshirish bilan birga, ayni paytda ma’naviyatga tahdid soluvchi ayrim salbiy oqibatlarga ham olib kelmoqda. Bu global yutuqlardan qanday maqsadda va kim tomonidan qanday maqsadda foydalanishi bilan bevosita bog‘liq. Daxldorlik hissi fuqarolikni anglash, fuqarolik mas’uliyati, insonlarni inson sifatida qadrlash, uning hayotiga, sha’ni, qadrqimmatini, daxlsizligini hurmat qilish tuyg‘ulari bilan mujassam holda amalda namoyon bo‘lishini hisobga olsak, daxldorlik xissiga salbiy ta’sir etuvchi omillar qatoriga quyidagilarni qo‘shish mumkin: O‘zbo‘larchilik; ommaviy madaniyat; beparvolik; loqaydlik; sotqinlik; xudbinlik;mahalliychilik; urug‘-aymog‘chilik; korrupsiya; qonunni hurmat qilmaslik; vatansizlik. Ana shunday globallashuv fenomeni haqida gapirganda, bu atama bugungi kunda ilmiyfalsafiy, hayotiy tushuncha sifatida juda keng ma’noni anglatishini ta’kidlash lozim. Umumiy nuqtai nazardan qaraganda, bu jarayon mutlaqo yangicha ma’no-mazmundagi xo‘jalik, ijtimoiy-siyosiy, tabiiy-biologik global muhitning shakllashini va shu bilan birga, mavjud milliy va mintaqaviy muammolarning jahon miqyosidagi muammolarga aylanib borishini ifoda etadi. Globallashuv jarayoni hayotimizga tobora tez va chuqur kirib kelayotganining asosiy omili va sababi xususida gapirganda shuni ob’ektiv tan olish kerak — bugungi kunda har qaysi davlatning taraqqiyoti va ravnaqi nafaqat yaqin va uzoq qo‘shnilar, balki jahon miqyosida boshqa mintaqa va hududlar bilan shunday chambarchas bog‘lanib boryaptiki, biron mamlakatning bu jarayondan chetda turishi ijobiy natijalarga olib kel-masligini tushunish, anglash qiyin emas. Jamoatchilik surishtiruvi keng jamoatchilikka ma’lum bo‘lmagan va kam o‘rganilgan, ayni paytda, jamoatchilik qiziqishini uyg‘otgan muammoni atroflicha va batafsil tadqiq etish maqsadida o‘tkaziladi. Jamoatchilikning qiziqishini uyg‘otadigan masalalar jumlasiga jinoyatchilikni fosh etish yoki oldini olish, jamoat tartibini buzish, korrupsiya va adolatsizlikni fosh etish, odamlarning salomatligi va xavfsizligini himoya qilish, ijtimoiy muhim masalalar bo‘yicha etarli ma’lumot asosida qarorlar qabul qilinishi uchun zarur bo‘lgan axborotni ommalashtirish kabilarni kiritish mumkin. Jamoatchilik surishtiruvining ob’ekti ko‘pchilikni qiziqtirgan har qanday hodisa, voqea yoki tamoyil bo‘lishi mumkin. Boshlangan surishtiruvlarda mazkur muammoga qiziqqan jamoat tashkilotining har qanday a’zosi ishtirok etishi mumkin. Jamoatchilik surishtiruvini boshlagan jamoat tashkiloti jamoatchilik surishtiruvining etakchisi mavqeiga ega bo‘ladi. Etakchi surishtiruvga foyda keltirishi mumkin bo‘lgan mutaxasis va shaxslarni jalb etishi mumkin. Shu bilan birga, etakchi surishtiruvning har qanday bosqichida har qanday ishtirokchini surishtiruvdan chetlashtirishi mumkin. Bunda u chetlashtirishning sabablarini bayon qilishi lozim. Etakchi tashkilotning qarorisiz masalani muhokama bosqichiga olib chiqishi mumkin emas. SHuning uchun masalani keyingi bosqichga olib chiqishdan avval etakchi avvalgi bosqichda barcha vazifalar bajarilganiga ishonch hosil qilishi lozim. Surishtiruvning barcha bosqichlarini yopiq rejimda o‘tkazish tavsiya etiladi. Bu esa, surishtiruv doirasidagi barcha masalalar, tahlillar, tortishuvlar va boshqa materiallar faqatgina surishtiruv ishtirokchilariga ma’lum qilinishini anglatadi. Bunday cheklash oxirigacha tekshirilmagan axborot va materiallartarqab ketishining oldini olish maqsadida amalga oshiriladi. Biroq, surishtiruv jarayonida shunday vaziyat ham vujudga kelishi mumkinki, unda surishtiruv olib borilayotganiga jamoatchilikning e’tiborini tortish zarur bo‘lib qoladi. Bunday hollarda surishtiruvga yangi odamlar, yangi ekspertlar va jurnalistlarni jalb qilishga to‘g‘ri keladi.

Muhtaram Birinchi Prezidentimiz I.Karimov korrupsiyani oldini olish haqida quydagilarni ta’kidlab o’tgan: "Hech shubhasiz, mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashning darajasi, uning amaliy samarasi ko’p jihatdan huquq-tartibot, prokuratura va sud organlari tizimining o’zida bu illatga qarshi qanday kurash olib borilayotgani bilan bog’liqdir". Ma’lumki, korrupsiya har qanday jamiyatning siyosiy va iqtisodiy rivojlanishiga zarar yetkazadi, davlatning konstitutsiyaviy asoslarini hamda jamiyatning ma’naviy-axloqiy asoslarini yemiradi, dekmokratik institutlar va qonun ustivorligini kuchsizlantiradi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini jiddiy tarzda buzilishiga olib keladi. Korrupsiya uyushgan jinoyatchilikni, terrorizmni va insoniyat xavfsizligiga qarshi qaratilgan boshqa tahdidlarning o’sishiga yordam beradi. O’tgan davr mobaynida korrupsiya va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda uning oldini olishga qaratilgan mustahkam huquqiy baza va tizimli amaliyot shakllandi. Eng avvalo, respublikamizda Birlashgan Millatlar Tashkiloti homiyligida qabul qilingan EKOSOSning Korrupsiyaga qarshi kurash rezolyutsiyasi, Davlat mansabdor shaxslarining xalqaro axloq kodeksi, xalqaro tijorat tashkilotlarida korruptsiya va poraxo’rlikka qarshi kurash haqidagi deklaratsiya, Millatlararo uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash konvensiyasi va boshqa xalqaro hujjatlarning qabul qilingani mazkur illatga qarshi kurashda muhim omil vazifasini o’tamoqda. Korrupsiyaga qarshi kurashishda samaradorligini oshiruvchi yo’llari quydagilardan iborat: Birinchidan, korrupsiyaga qarshi kurashish strategiyasida integratsiyalashgan yondashuvni qo’llash yaxshi samara beradi. Bunda davlat organlarining fuqarolik jamiyatining barcha instituti bilan hamjihat faol harakatini ta’minlash nazarda tutiladi. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashishda milliy tuzilmalarning xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligini yanada kuchaytirish masalalariga ham alohida e’tibor beriladi. Bu borada O’zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida integratsiyaga erishishga to’sqinlik qilayotgan omillardan biri - aniq statistika va maqbul dalillarga asoslangan ma’lumotga tayangan holda ish olib borish tizimining mavjud emasligi hisoblanadi. Ikkinchidan, jamiyatning har bir sohasida, xususan, tadbirkorlik, ta’lim, sog’liqni saqlash sohalarida korrupsiyaga qarshi kurashishni yanada kuchaytirish, u bilan bog’liq ayrim xatti-harakatlarni kriminalizatsiyalash hamda xalqaro standartlarni to’liq va to’g’ri qo’llash lozim. Bunda xalqaro hujjatlarda nazarda tutilgan "noqonuniy boylik orttirish", "uchinchi shaxslarning moddiy manfaatlarini ko’zlab ta’magirlik qilish" kabi harakatlarni kriminalizatsiyalash masalalarini ko’rib chiqish vaqti keldi. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha davlat dasturining ijrosi amalga oshirilishi lozim bo’lgan asosiy masalalardan biridir. Bunda, avvalo, monitoring jarayonida samarali huquqiy mexanizmning yetarli emasligi, davlat xizmatchilarining etika qoidalariga rioya qilish darajasining pastligi, davlat organlari faoliyati ochiqligi tamoyilining amalda nomigagina ishlayotganligi kabi masalalar hal etilishi lozim. Chunonchi, jamiyat a’zolari faol ishtirokini kuchaytirish uchun ma’lumotlarni erkin olish imkoniyatini yaratish, ilg’or texnologiyalardan foydalangan holda korrupsiya holatlari haqida axborot berish va oldini olish, korrupsiyaga oid muammolarni hal qilish va bartaraf etishda jamoatchilik ishtirokini ta’minlashning aniq tizimini amaliyotda qo’llashdir. Qolaversa, yurtimizda har bir sohada korrupsiyaga qarshi kurashishda sohaning xususiyatlaridan kelib chiqib yondashish, korrupsiya holatlari haqida xabar berishning yangi innovatsion usullarini ishlab chiqish hamda qo’llash, korrupsiya holatlarini ekspertizadan o’tkazish, monitoring qilish va baholashning real, hayotiy, xolis hamda shaffof indikatorlarini belgilash ham muhim. Bularning barchasi jamiyatda korrupsiya degan illatning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Korrupsiya o’sishining asosiy sabablari quydagilar:

1) kambag’allik va qashshoqlik;

2) sud va huquqni muhofaza qilish organlari ustidan davlat nazoratining yetarli darajada emasligi;

3) iqtisodiy nobarqarorlik;

4) korrupsiyaga normativ ta’riflarning yo’qligi;

5) jamiyatda an’ana va urf-odatlarning anchagina o’rnashib olganligi;

6) qarindosh – urug’chilik va sulolaviy munosabatlar;

7) xodimlarning tanlab olish va ish bilan taminlash mexanizlaridagi uzilishlar;

8) ma’muriy korrupsiya;

9) siyosiy korrupsiya;

10) so’z erkinligining yo’qligi;

11) fuqarolik jamiyati, ommaviy axborat vositalarining kuchsizligi. Korrupsiya oqibatlatlari:

1) olib borilayotgan islohotlarga qarshilik;

2) boshqaruv aparatini bo’lib tashlaydi;

3) davlatning konstitutsiyaviy asoslarini yo’q qiladi;

4) hukumat obro’sini yo’q qiladi;

5) budjetni asossiz qayta taqsimlanishi;

6) jamiyatni intellektual potensialidan ayiradi;

7) jamiyatni nobarqarorlashtiradi;

8) jamiyatni jinoiylashtiradi;

9) inson huquqlarini poymol qiladi; Korrupsiyani quydagi sohalarda ko’rish mumkin:

1) iqtisodiyot;

2) siyosat;

3) madaniyat va sport;

4) ta’lim va ilm-fan;

5) ijtimoiy soha;

6) sud va huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati;

7) jamoat tashkilotlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va televidiniya;



8) siyosiy partiyalar. Korrupsiyaga qarshi kurashda xalqaro hamkorlik. Keyingi vaqtlarda jahonda korrupsiyaga qarshi kurashish muammosiga juda katta e’tibor qaratilmoqda. Korrupsiya hozirgi zamoning eng muhim muammosiga aylanmoqda va nafaqat rivojlangan, balki rivojlanayotgan mamlakatlar, shuningdek, xalqaro tashkilotlar faoliyatiga ham tegishli. Korrupsiya keng ma’noda mansabdor shaxslarning shaxsiy va guruhiy manfaatlari yo’lida o’z mansab vakolatlari va mavqelarini suiste’mol qilishida ifodalangan qilmishlardir. Korrupsiyaning sog’lom ijtimoiy munosabatlarga tahdidi to’g’risida XX asrning so’nggi choragida avvalo milliy darajada, so’ngra esa xalqaro miqyosda ko’proq gapira boshlandi. Uni nafaqat huquqiy, balki ijtimoiy, psixologik va siyosiy tushuncha sifatida o’rganila boshlandi. Korrupsiyaviy qilmishlar - ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va siyosiy omillar ta’sirida vujudga keluvchi va rivojlanuvchi o’zining psixologik asoslariga ega bo’lgan salbiy ijtimoiy fenomen. O’tgan asrning ikkinchi yarmida xorijiy mamlakatlarning ijtimoiy taraqqiyotga intilishda aks etgan tarixiy jarayonlar shundan dalolat beradiki, mamlakatlarda amalga oshirilgan islohotlarning samaradorligi avvalo, hokimiyat tepasiga kelgan kuchlarning maqsadlariga, demokratik talablarga rioya etishiga, boshqarishning maqbul yo’llarini tanlagan holda, korrupsiyaga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib bora olganligiga bog’liq bo’lgan. Bularning biror birida ijobiylik bo’lmagan taqdirda, bu holat davlatlarning ijtimoiy taraqqiyot sari islohotlariga ham salbiy ta’sir etgan. Transparensy International (TI) xalqaro nohukumat tashkiloti tomonidan 1995-yildan buyon amalga oshirilib borayotgan davlatlarning korrupsiyalashganligi to’g’risidagi tadqiqotlar, so’rovlarda aniqlangan davlatlarning korrupsiyalashganligi darajasi bo’yicha reyting ko’rsatkichlari shundan dalolat beradiki korrupsiyalashmaganligi jihatdan ilgari o’rinda turgan davlatlar asosan rivojlangan, demokratik davlatlar sanaladi. Korrupsiyalashganligi jihatdan yuqori o’rinlarda turgan davlatlar esa asosan sobiq sotsialistik mamlakatlar va davlat boshqaruvida nodemokratik yo’ldan borayotgan davlatlar bo’lib, bularga Afrika va Osiyoning boshqaruvda diktatura, avtoritar rejim o’rnatilgan davlatlari Gonduras, Kamerun, Nigeriya, Keniya, Tanzaniya, Paragvay, Uganda va MDHning ayrim davlatlari kiradi. Korrupsiya ayrim davlatlarning qoloqlikda qolib ketishiga sabab bo’lishi bilan birga, xalqaro munosabatlarga ham o’zining salbiy ta’sirini o’tkazmoqda. Uning ijtimoiy xavfliligi, har qanday munosabatga buzg’unchilik ta’siri xalqaro tashkilotlar faoliyatida ham kuzatiladi. Keyingi o’n yillikda qator xalqaro takshilotlar korrupsiyaga qarshi kurashda tashabbuskorlik ko’rsatib, xalqaro hamjamiyatni bu illatni oldini olishda hamkorlikka da’vat etib kelmoqda. Korrupsiyaga qarshi kurashga o’zlarining faoliyatida alohida e’tibor berib kelayotgan quyidagi xalqaro tashkilotlarni ko’rsatib o’tish mumkin: BMT, Yevropa Ittifoqi, Jahon banki, Transperensy International xalqaro nohukumat tashkiloti, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, Amerika Davlatlari tashkiloti, Afrika Ittifoqi, Arab davlatlari Ligasi, Butunjahon bojxona tashkiloti singari xalqaro tashkilotlar. Ushbu tashkilotlar tomonidan korrupsiyani oldini olish, unga qarshi kurashda hamkorlik qilish va boshqa davlatlarni, xalqaro biznes tashkilotlarini bu salbiy fenomenga qarshi kurashga jalb qilishga qaratilgan qator xalqaro hujjatlar qabul qilingan. Korrupsiyaga qarshi kurashda xalqaro miqyosda qabul qilingan korrupsiyaga qarshi kurash va davlat xizmati sifatini ko’tarish va davlat xizmatchilarining fuqarolar oldida mas’uliyatini oshirish va axloqiy jihatdan ko’tarishga qaratilgan xalqaro hujjatlarga qo’shilish, ularga amal qilish har qanday davlat uchun muhim ahamiyatga ega. Hozirgi paytda BMT darajasida qabul qilingan yuqoridagi mazmundagi bir qator hujjatlar mavjud. Birlashgan Millatlar Tashkiloti korrupsiyaning mamlakatlarning milliy taraqqiyoti va barqarorligiga jiddiy xavf solishi mumkinligini hisobga olib va uning nafaqat milliy balki xalqaro hamjamiyatni tobora xavotirga solib borayotgan xalqaro illat deb e’tirof etuvchi qator hujjatlarni qabul qilgan. BMT doirasida Global korrupsiyaga qarshi kurash dasturi e’lon qilingan. Ushbu dastur milliy korrupsiyaga qarshi kurash dasturlarini amalga oshirishga yordam berish va mamlakatlarda korrupsiya tavakkalchiligini ko’tarish, davlat xizmatchilarida sotilmaslik psixologiyasini shakllantirish, qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan. Dasturda davlat ehtiyojlari uchun mahsulotlar sotib olishda va xalqaro iqtisodiy bitimlarda ochiqlik va hisobdorlik bo’lishiga katta e’tibor berilgan. BMTning yuqorida qayd etilgan hujjatlarida korrupsiyaning xalqaro xarakteri va unga qarshi kurashning vositalari va metodlari haqida tavsiyaviy qoidalar o’z aksini topgan. BMT tomonidan 2000-yilda qabul qilingan Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash Konvensiyasida korrupsiyaning tranmilliy xarakterdagi jinoyat ekanligi va unga qarshi kurashda Konvensiyaga qo’shilgan mamlakatlarning majburiyatlari va korrupsiyaga qarshi kurashning keng qamrovli choralari o’z aksini topgan. BMT tomonidan qabul qilingan korrupsiyaga qarshi kurashga yo’naltirilgan hujjatlar ichida 2003-yil dekabr oyida qabul qilingan Birlashgan Millatlar Tashkilotining korrupsiyaga qarshi Konvensiyasi muhim o’rin tutadi. Mazkur hujjatni korrupsiyani qarshi kurashga qaratilgan xalqaro huquqning universal kodifikatsiyalashgan akti sifatida baholash mumkin. Konvensiyada korrupsiyaning milliy taraqqiyot va xalqaro munosabatlar barqarorligiga tahdid va demokratik institutlar va qadriyatlarni qo’poruvchi illat sifatida baho berilgan. Konvensiyaning korrupsiyaga qarshi kurash choralari deb nomlangan bobida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashdagi siyosat va amaliyot masalalarida davlatlarning yondoshuvi, korrupsiya vujudga kelishi mumkin bo’lgan sohalarda davlat ko’rishi lozim bo’lgan choralar, bunda davlat organlarining vazifalari va ular faoliyatining tashkil etilishi to’g’risidagi normalar mavjud. Korrupsiyaga qarshi kurashishning Singapur tajribasi. 1965-yil mustaqillikka erishgan davrga qadar Singapur zamonaviy korrupsiyalashgan mamlakatlardagi manzarani eslatuvchi vaziyatga tushib qolgandi. Mamlakat o’ta og’ir iqtisodiy kunlarni boshdan kechirar, jamiyatda qonunsizlik hukm surardi. Bir tomondan qonunchilik uzoq Angliyadan, ya’ni Britaniya mustamlakachilari tomonidan import qilingan, ikkinchi tomondan huquqni muhofaza qiluvchi organlar uyushgan jinoyatchilikka kurashish qobiliyatiga ega emasdi. Amaldorlarning aksariyati esa korrupsiya botqog’iga botib bo’lgandi. Aholining ko’pchiligi savodsiz bo’lib, o’z huquqlarini himoya qilolmasdi. Mamlakat rahbarlari korrupsiya va o’zibo’larchilikni ildizi bilan qo’porib tashlash kerakligini, busiz mamlakatning kelajagi yo’qligini tushunib yetdi. Bu esa qat’iyligi va izchilligi bilan ajralib turuvchi butun bir choralar tizimini qabul qilish uchun asos bo’lib xizmat qildi. Amaldorlarning harakatlari yo’lga solindi, byurokratik to’siqlar bartaraf etildi, yuqori axloq-odob standartlariga rioya etish ustidan kuchli nazorat ta’minlandi. Mazkur choralarni hayotga tatbiq etgan va o’z vakolatlarini bugungacha saqlab qolgan organ - korrupsiya holatlarini tergov qiluvchi maxsus Byuro illatni mahv etishda ulkan rol o’ynadi. Fuqarolar Byuroga davlat xizmatchilarining harakatlari ustidan shikoyat bilan murojaat qilishar va ziyonni undirib berishni talab qilardi. Bir vaqtning o’zida korrupsiya harakatlari uchun jinoiy jazo kuchaytirildi, sud tizimi mustaqilligi oshirildi, sudyalarning maoshlari keskin oshirildi, ularning ijtimoiy maqomi ta’minlandi, pora berganlik yoki korrupsiyaga qarshi tergovda ishtirok etishdan bo’yin tovlaganlik uchun sezilarli iqtisodiy jazo joriy etildi. Ko’plab davlat tashkilotlarida barcha xodimlarni ishdan haydashgacha bo’lgan qattiq choralar ko’rildi. Ushbu choralar davlatning iqtisodiyotga aralashuvini kamaytirish, amaldorlarning maoshini oshirish, malakali ma’muriy kadrlarni tayyorlash orqali amalga oshirildi. Hozirgi paytda kuchli avtoritar boshqaruvli davlat - Singapur korrupsiya ko’lami kamligi, iqtisodiy erkinlik va taraqqiyot darajasi bo’yicha jahon reytinggida yetakchi o’rinda bormoqda. Atigi 4 million aholi istiqomat qilayotgan Singapur tajribasi siyosiy iroda, samarali antikorrupsion qonunchilik va pulga sotilmas mustaqil agentlik evaziga atigi bir necha yilda korrupsiyani juda past darajaga tushirish mumkinligini namoyish etdi. Singapur mustaqillikka erishguniga qadar qashshoq bo’lib, hatto chuchuk suv va qurilish uchun mo’ljallangan qumni ham xorijdan keltirgan.

[1]. Bu illatning keng quloch yoyishi o‘ta salbiy oqibatlarga olib keladi. Korrupsiya ,xususan, demokratik jarayonlarning amalga oshishiga to‘sqinlik qiladi, iqtisodiy rivojlanishning sekinlashishi, kadrlar sifatining pasayishi va oqibatda barcha sohalarning oqsashiga, uyushgan jinoyatchilikning ildiz otishiga, hukumatga bo‘lgan ishonch yo‘qolishi va ijtimoiy-siyosiy beqarorlikka sabab bo‘ladi. Poraxo‘rlikka qarshi har bir davlat o‘z holicha kurashib keladi va qaysidir davlatda korrupsiyaga deyarli barham berilgan bo‘lsa, yana qayerdadir bu illat «gullab-yashnash»da davom etadi. Keling, korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi jahon tajribasiga nazar tashlaylik. Masalan, korrupsiyaga qarshi muvaffaqiyatli kurashish namunasi sifatida Singapurdagi islohotlarni ko‘rsatish mumkin. Bu davlat qisqa vaqt ichida Osiyoning qoloq mamlakatidan dunyoning eng rivojlangan davlatlaridan biriga aylandi. Buning zamirida esa korrupsiyaga qarshi kurash yotadi. Hukumat bu borada maxsus dastur ishlab chiqqan bo‘lib, unga ko‘ra barcha darajadagi amaldorlarning faoliyati to‘liq shaffof bo‘lishi ta‘minlandi. Korrupsion aloqalar ildiz otmasligi uchun majburiy rotatsiya tartibi joriy etildi. Barcha darajadagi amaldorlarning fuqarolar bilan munosabatlarida tizimli nazorat o‘rnatildi va turli byurokratik to‘siqlar olib tashlanishi uchun bu munosabatlar mexanizmi takomillashtirildi. Bundan tashqari, barcha mansabdorlarning maoshlari sezilarli darajada oshirildi, sud tizimi mustaqilligi ta'minlandi, pora olganlik va berganlik uchun jazo keskinlashtirildi. Shu bilan bir vaqtda korrupsiyaning har qanday ko‘rinishi haqida jamoatchilikni xabardor qilib turuvchi mustaqil OAV shakllantirildi. Singapur yetakchisi Li Kuan Yuning korrupsiya ustidan g‘alaba qozonishni istagan inson o‘z qarindoshlari va yaqin do‘stlarini ham qamashga tayyor bo‘lishi kerakligi haqidagi mashhur iborasi mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurash ayovsiz bo‘lganidan dalolat beradi.

Agar Singapurda korrupsiyachi amaldor ma‘lum bir muddatga qamoq jazosini olgan bo‘lsa, Xitoyda buning uchun bir umrlik qamoq yoki o‘lim jazosi joriy etilgan. Ma‘lumotlarga ko‘ra, 2003 yildan beri bu davlatda 10 mingga yaqin mansabdor otuvga hukm qilingan, 120 ming nafari esa uzoq muddatlarga qamalgan. Ayrim holatlarda pora bilan ushlangan amaldorlarning qo‘llari chopilgan. Bundan tashqari, xitoyliklar pora olish illatiga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus kurslarga qatnashadi. Davlat xizmatchilari ruhiy va jismoniy mashqlar orqali aql va tanalarini sog‘lomlashtirishadi. Shuningdek, Xitoyda onlayn-o‘yin ishlab chiqilgan bo‘lib, bu o‘yinda foydalanuvchilar poraxo‘r amaldorlarni butun qarindoshlari bilan qirib tashlashlari kerak bo‘ladi.

Xitoyning shundoqqina yonida joylashgan Gongkong ham korrupsiyaga qarshi kurashda erishgan muvaffaqiyatlari bilan maqtansa arziydi – ilgari mamlakatning deyarli barcha davlat idoralari korrupsiya botqog‘iga botgandi. Bu botqoqdan chiqish uchun quyidagi choralar amalga oshirildi: davlat amaldorlari barcha mulklari, avtomobillari va boshqa qimmatbaho buyumlarini halol yo‘l bilan topgan mablag‘lariga sotib olganini isbotlab berishi lozim. Agarda buni isbotlay olmasa, uni qamoq kutadi va barcha mol-mulki musodara qilinadi. Ikkinchidan, 1974 yilda bu yerda “Korrupsiyaga qarshi mustaqil komissiya” tashkil etilgan bo‘lib, komissiya ofitserlar hamda ziyolilar va biznesmenlardan tashkil topgan. Ular o‘ta katta miqdorda maosh olishadi va faqatgina gubernatorga bo‘ysunishadi. Vanihoyat, Gongkong aholisi va OAV vakillariga poraxo‘rlikka qarshi kurashish uchun keng imkoniyat berilgan – fuqarolar pora so‘ragan amaldor ustidan komissiyaga shikoyat qilishi, jurnalistlar esa har qanday amaldor faoliyati yuzasidan tekshiruv o‘tkazishlari mumkin. Natija esa hayratlanarli – 30 yil ichida poraxo‘rlik darajasi 90 foizdan 3 foizga tushgan.

Daniyada qonunga so‘zsiz itoat qilish, jamiyatning barcha a‘zolari tomonidan axloq tamoyillariga rioya qilish jamiyatni samarali boshqarishning asosiy uslubi hisoblanadi. Ijtimoiy mavqeidan qat‘i nazar, qonun oldida hamma birdek javobgar bo‘lib, ma‘muriy yoki jinoiy harakati uchun mas‘uliyatdan hech kim qochib qutula olmaydi. Mashinasida tezlikni oshirgani uchun Daniya qirolichasining o‘g‘li, shahzoda Yoaxim jarima to‘lagan va matbuotning keskin tanqidiga uchragan. Turmush o‘rtog‘i o‘z fermasida xorijlik ishchilarni ro‘yxatdan o‘tkazmasdan ishlatgani uchun vazirlardan biri iste‘foga chiqishga majbur bo‘lgan.

Niderlandiyada ham bu illatga qarshi kurashish uchun qator choralar ishlab chiqilgan. Pora bilan qo‘lga tushgan amaldorga keyinchalik davlat tashkilotlarida ishlash taqiqlanadi, u barcha ijtimoiy imtiyoz va kafolatlardan mahrum etiladi. Ehtimoliy poraxo‘r amal kursisini egallamasligi uchun kadrlar tanlashning maxsus tizimi tashkil etilgan. Bundan tashqari, yirik muassasalarda mansabdorlar o‘z vakolatlarini suiiste'mol qilishlarining oldini olish uchun ularni kuzatib turadigan alohida ichki xavfsizlik tizimi mavjud. Mamlakatda OAVga poraxo‘rlik holati bilan bog‘liq voqealarni keng yoritishga va surishtiruvlar o‘tkazishga ruxsat berilgan. Bundan tashqari, poraxo‘rlik illati hech qachon soya solmagan mansabdorlar va o‘z hamkasblarining xizmat vakolatlarini suiiste‘mol qilayotgani haqida xabar berganlar moddiy rag‘batlantiriladi.

Qo‘shma Shtatlarda ham korrupsiyaga qarshi kurashga alohida e‘tibor qaratilgan: poraxo‘rlik olingan poraning uch baravari miqdoridagi jarima, ayrim hollarda esa 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi. Qonunchilikka ko‘ra, banklar rahbarlarining ularning faoliyatini tekshiruvchi nazoratchilarga pul “sovg‘a” qilishlari taqiqlangan bo‘lib, buning uchun ularni jinoiy javobgarlik kutadi. Xuddi shunday javobgarlik tekshiruvchilar uchun ham taalluqli. Mansabdor biror shaxsdan muammosini ijobiy hal qilib berish uchun sovg‘a olsa, jinoiy javobgarlikka tortiladi. Davlat idoralari xodimlari mansab vakolatlarini suiiste‘mol qilish holatlari sezilganida tegishli organlarga xabar berishlari shart. Bundan tashqari, davlat xizmatchilari topgan daromadlari haqida deklaratsiya to‘ldirishga majbur.

Yuqorida jahon tajribasiga guvoh bo‘ldik, endi O‘zbekistonda qanday islohotlar olib borilayotganiga nazar tashlasak: O‘zbekiston 2008-yil 7-iyulda BMTning “Korrupsiyaga qarshi kurashish konvensiyasi”ga, 2010-yil mart oyida Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti doirasida qabul qilingan korrupsiyaga qarshi kurashning Istanbul rejasiga (2003-yil 10-sentabr) qo‘shilgan. Shuningdek, Oliy Majlis tomonidan Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha Yevroosiyo guruhi to‘g‘risidagi bitimi (Moskva, 2011-yil 16-iyun) 2011-yil 13- dekabrda ratifikatsiya qilingan.

O‘zbekistonda 2017-yilning 4-yanvaridan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun kuchga kirdi. Bu haqida 2017-2021-yillarda O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida quyidagicha izoh beriladi: “O‘zbekiston tomonidan tashlangan yana bir muhim qadam – bu 2016-2017-yillarga mo‘ljallangan Korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha amaliy harakatlar kompleks rejasi tasdiqlanganidir. Ushbu Kompleks dastur turli davlat idoralari va tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari va ilmiy soha mutaxassislari ishtirokida ishlab chiqilgan.Reja korrupsiyaga qarshi kurashish siyosat va korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha masalalarning ayrim jihatlarini o‘z ichiga oladi”.

[2] Qonunga ko‘ra, respublikada Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiradi.

[3]. Korrupsiya jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. Korrupsiya mamlakat yuksalishiga, demokartiya rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Natijada xalq qoloqlashadi. Ularda inson ongini loqaydlikka, boqimanda- likka tobe qiluvchi kayfiyat yuzaga keladi. Inson o‘z huquq va erkinliklari, burchlarining poymol bo‘layotganini ko‘ra bilib turib unga befarq munosabatda bo‘ladi. Oqibatda bu atrofga o‘z ta`sirini o‘tkazmay qolmaydi. Demokratiya va inson huquqlari deya bong urilayotgan bir paytda jamiyat a`zolarining bunga nisbatan bee`tibor pozitsiyada turishi mamlakatni ichdan yemiradi. Davlat qachon rivojlanishda yuksak cho‘qqiga erishadi, qachon demokratik davlatlar qatoriga qo‘shila oladi? Bu fuqarolarning huquqiy ongiga bog‘liq emasmi? Fuqaro qonunni bilmasa, unga amal qilmasa, uning jamiyat rivojiga qo‘shgan hissasi qanday bo‘ladi? Nega qonunni bila turib unga amal qilmaydi?

“Korrupsiya—shaxsiy maqsadda foyda olish uchun davlat hokimyatini suite`mol qilishdir”

[4]. Mansabdaor shaxslarning o‘z mavqeidan foydalanib boshqalarga ta`sir o‘tkazish orqali vazifasini suiste`mol qilishi korrupsiyani o‘z maqsadini tezroq amalga oshirishning qulay yo‘liga aylantirib qo‘ydi. Mansabdor shaxs ortiqcha qiyinchiliklarsiz, harakatlarsiz osongina o‘z maqsadiga erishadi yoki kimgadir shu orqali osongina yordam beradi. Natijada yordam olgan kishi ham yordam bergan kishi ham bundan minnatdor. Odamlar o‘z mavqelaridan foydalanib osongina jiyanini(yoki boshqalarni) biror korxona yoki firmaga osongina ishga joylashtirib qo‘yishadi. Vaholanki, jiyani bu ishga loyiq emas , u hattoki ish yuritishni ham bilmaydi. Endi jiyan buni yashirish uchun boshqa bir uning bajarishi kerak bo‘lgan, vazifalarini qila oladigan “ishonchli” do‘stlarini yon atrofiga to‘playdi. Ammo necha yillardan buyon shu sohada yetarlicha tajribaga ega bo‘lgan malakali kadr endi ko‘proq, ya`ni o‘zi uchun ham, ular uchun mehnat qilishga majbur. Aks holda… “Yashasin korrupsiya!”.

“ Korrupsiyaga qarshi kurashda huquqni muxofaza qiluvchi idoralar anchalik harakat qilmasin, xalqimiz bu jirkanch illatga murosasiz bo‘lmas ekan, ta`sirchan jamoatchilik nazoratini o‘rnatmas ekan, bu baloga qarshi samarali kurashni tashkil eta olmaymiz”

[5]. Fuqarolar orasidagi korrupsiyaga nisbatan bo‘lgan ijobiy munosabat, ya`ni korrupsiyani butunlay qoralash o‘rniga uning jamiyatimizda yanada chuqurroq ildiz otishiga sababchi bo‘lishi achinarli holat, albatta. Faqatgina boshqalar oldida korrupsiyani qoralash , ammo aytilagan gaplarga , fikrlarga amal qilmagan holda o‘z mavqeini suiste`mol qilish, qununga zid ravishda ish yuritish va buni berkitish, bu ishda kimnidir o‘ziga sherik qilish jinoyat. Ammo odamlar ko‘ra bilib turib bu ishlarni takror va takror qilishadi. Lekin demokratik ruhda tarbiyalangan jamiyatda korrupsiyaga yo‘l qo‘yilmaydi. Demak, fuqarolarni demokratik ruhda tarbiyalash kerak. Bundan kelib chiqadiki, tarbiyani birinchi navbatda o‘zimizdan, ya’ni biz yoshlardan boshlash kerak. Har bir shaxs o‘z mehnati evaziga kun kechirishi, o‘z mehnati evaziga muvaffaqiyatga erishishi, o‘z ishini bajarishda doimo xolis bo‘lishi va qonunga tayangan holda ish ko‘rishi kerak.

“O‘zbekiston Respublikasining Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida” gi qonuni O`zbekiston Respublikasining qaroriga muvofiq Qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil 24-noyabrda qabul qilindi va Senat tomonidan 2016-yil 13-dekabrda ma`qullandi va Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan imzolandi. 2017-yil 4-yandardan kuchga kirdi. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O`zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurori I.B.Abdullayev zimmasigayuklandi.Ushbu qonun 6 bob va 34 moddadan iborat bo‘lib, 30-moddasida(“Korrupsiya sohasidagi tadqiqotlar”) “Korrupsiyaning holatini, xususiyatini miqyoslarini, o‘zgarishlarini, tendensiyalarini, shuningdek korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining amalga oshirilish samaradorligini o‘rganish davlat organlari tomonidan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat-notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari, shuningdek fuqarolar bilan hamkorlikda sotsiologik, maxsus, ilmiy tadqiqotlar hamda boshqa turdagi tadqiqotlar o‘tkazish yo‘li bilan doimiy asosda amalga oshiriladi. Sotsiologik tadqiqotlar korrupsiyaga eng ko‘p duchor bo‘lgan tarmoqlar va sohalarni, uning yuzaga kelishi sabablari va shart-sharoitlarini aniqlash, shuningdek mazkur faoliyatga jalb etilgan ijtimoiy guruhlarni aniqlash, maxsus tadqiqotlar huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyati natijalarini, korrupsiyaga oid jinoyatchilikning holatini, korrupsiya ko‘rsatkichlarining statistika hisobini muntazam ravishda tizimli tahlil qilishni, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning xususiyati va miqyoslarini, o‘zgarishlari va tendensiyalarini o‘rganishni o‘z ichiga oladi. Ilmiy tadqiqotlar korrupsiyaga qarshi kurashish muammolari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishni, ilmiy uslubiyatlar va tavsiyalar ishlab chiqishni, ularni amaliyotga oqilona joriy etishni, korrupsiyaga qarshi kurashishda qo‘llanilayotgan shakllar va usullar samaradorligini prognoz qilish hamda ilmiy tahlil etishni o‘z ichiga oladi. Davlat korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlaydi va rag‘batlantiradi”deyiladi


Download 47.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling