Xalqaro savdoda ishtirok qiluvchilar o‘rtasidagi munosabatlarni


Download 30.29 Kb.
bet1/4
Sana23.01.2023
Hajmi30.29 Kb.
#1113915
  1   2   3   4
Bog'liq
Banklarning xalqaro operatsiyalari


4.6. Tijorat banklarining xalqaro operatsiyalari
Tijorat banklari nafaqat mamlakat ichkarisida, shu bilan birga, tashqi davlatlar bilan ham turli xil operatsiyalarni amalga oshiradilar. Bunday operatsiyalar davlatlararo yoki xalqaro operatsiyalar deb yuritiladi. Bu operatsiyalar:

  • xalqaro savdoda ishtirok qiluvchilar o‘rtasidagi munosabatlarni;

  • ssuda kapitali bozorida investitsiya bilan bog‘liq operatsiyalarni;

  • turizm sohasidagi operatsiyalarni;

  • xorijiy qimmatli qog‘ozlar sotib olish va sotish bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni;

  • valutani ayirboshlash, chek, veksel, inkassatsiya uchun bank akseptlarini qabul qilish bilan bog‘liq operatsiyalarni o‘z ichiga oladi.

Xalqaro operatsiyalardan bankka tushadigan daromadning eng asosiy qismini kredit berishdan tushadigan daromadlar tashkil qiladi. Xalqaro savdoni tijorat banklari tomonidan kreditlash tovar va tovar hujjatlarini garovga olish asosida kredit berish, aksept kreditlarini, bank ssudalarini berish shaklida amalga oshiriladi. Tashqi savdoni kreditlash-ning yangi shakllari ham mavjud.
Ular turkumiga:

  • lizing;

  • faktoring;

  • forfeyting kabilarni kiritish mumkin.

O‘rta va uzoq muddatli xalqaro bank kreditlari yevro-kredit shaklida ham beriladi.
Tijorat banklari bajaradigan operatsiyalarning yana bir turi – bu valuta operatsiyalaridir. Bankning bir turdagi valutani boshqa bir turdagi valutaga almashtirish bilan bog‘liq xalqaro operatsiyalari valuta operatsiyalari deb ataladi. Xalqaro savdo, xalqaro kredit va xizmatlar bo‘yicha hisoblashishlarda yagona to‘lov vositasiga ega bo‘lish zarurligi valuta operatsiyalarni amalga oshirishni zarur qilib qo‘yadi.
Turli xil valuta operatsiyalari yig‘indisi jahon ssuda kapitali bozorining asosiy qismlaridan biri bo‘lgan valuta bozorini1) hosil qiladi. Valuta bozorida xorijiy valutaga talab va taklif vujudga keladi. Taklif sotilgan tovar va xizmatlar uchun daromad olgan eksportyordan, talab esa sotib olingan tovar va xizmatlarni to‘lash uchun xorijiy valutaga muhtoj importyorlardan kelib chiqadi. Valuta operatsiyalari asosini tovarlar va xizmatlar, kapital va kreditlarning xalqaro harakati tashkil etadi.
Valuta bozorida operatsiyalarni alohida olingan tijorat banklari, kompaniyalar va jismoniy shaxslar amalga oshiradi. Valuta operatsiya-larining ko‘pchiligi birjadan tashqaridagi bozorlarda tijorat banklari orqali amalga oshiriladi. Banklar bir-biri bilan (bevosita yoki brokerlar orqali) mijozlar bilan valuta operatsiyalarini xalqaro banklararo valuta bozorida va birjalarda olib boradi. Valuta shartnomalarining asosiy qismi xalqaro banklararo valuta bozorida tijorat banklari o‘rtasida imzolanadi.
Xo‘jalik hayotining baynalmilallashuvi natijasida yirik xalqaro valuta bozorlari London, Parij, Nyu-York, Frankfurt-Mayn, shuningdek, Tokio, Singapur, Gonkong, Bahraynda muvaffaqiyat bilan faoliyat olib bormoqda.
Bankning valuta bozoridagi faolligi bankning yirikligiga, uning obro‘siga, xorijiy bo‘limlari va filiallari tarmoqlarining rivojlanganlik darajasiga, zamonaviy kompyuterlar bilan ta’minlanganligiga, telefon va telegraf aloqalarining rivojlanganligiga bog‘liq. Valuta operatsiyala-rining asosiy qismi yirik tijorat banklariga to‘g‘ri keladi. Ular nafaqat valuta sotadi va sotib oladi, xalqaro hisob-kitoblarni bajaradi, balki xorijiy valuta zaxiralarini saqlaydi va valuta kurslarini aniqlaydi. Boshqa banklar ularga kotirovka yuzasidan murojaat qiladi va o‘z mijozlari uchun valutani sotib oladi.
Valuta operatsiyalari xorijiy valutada ifodalangan naqd pulsiz to‘lov vositalari: bank depozitlari, cheklar, veksellar, o‘tkazmalar hisobiga amalga oshiriladi. Naqd xorijiy valutasi hisobiga amalga oshirilgan operatsiyalar hajmi ancha kichik bo‘ladi.
Tijorat banklarining xalqaro hisob-kitob operatsiyalarida turli xil hisob shakllari qo‘llanilishi mumkin. Bular qatorida bank buyrug‘iga binoan:

  • pul o‘tkazish (o‘tkazma turi, to‘lov topshiriqnomasi);

  • bank cheki;

  • bank vekseli;

  • akkreditiv;

  • inkasso shakllari qo‘llanilishi mumkin.


Download 30.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling