Valyuta operatsiyalari hisobi


Download 182 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi182 Kb.
#1588144
  1   2   3
Bog'liq
Valyuta operatsiyalari hisobi


VALYUTA OPERATSIYALARI HISOBI
REJA:

  1. Valuta bozori, uning turlari va ishtirokchilari.

  2. Valuta operatsiyalari va ularniig turlari. SPOT operatsiyalari yoki kassa bitimlari

  3. Muddatli valuta operatsiyalari va ularning amalga oshirilishi.


1.Valuta bozori, uning turlari va ishtirokchilari


Zamonaviy valuta bozori yalpi jahon xo’jaligi miqyosida amal qiluvchi, murakkab va muntazam iqtisodiy tizim sifatida maydonga chiqadi.
Valuta bozori yangi sharoitlarga moslashgan holda tinimsiz rivojlanib kelgan. U xorijiy valutadagi veksellar bilan savdoning lokal markazlaridan tortib, to birdan bir haqiqiy xalqaro bozor shakligacha bo’lgan yo’lni bosib o’tdi.
Hozirda valuta bozori va valuta operatsiyalarini amalga oshirish texnikasini o’rganish bilan bog’liq masalalar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Valuta bozorining amal qilish mexanizmini bilish O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy munosabatlarining samarali amalga oshirilishi uchun muhimdir.
Valuta bozori – bu mexanizm bo’lib, uning yordamida xorijiy valutalarning oldi-sotdisi bilan bog’liq operatsiyalar amalga oshiriladi. Xorijiy valutalarning oldi-sotdisiga bo’lgan zarurat xalqaro operatsiyalarni amalga oshirish paytida yuzaga keladi: tashqi savdoda, xorijiy valutada kredit berilganda, xorijiy valutadagi zaxiralarni valuta kursi tebranishidan sug’urta qilganda.
Bir valutani boshqa bir valutaga o’tkazish zarurati shundaki, odatda, xalqaro savdo shartnomalari va kapital bilan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar o’z milliy valutalariga ega mustaqil davlatlarda yashaydilar. Tabiiyki, xalqaro shartnomalarda ishtirok etuvchi har bir taraf hisob-kitoblarni o’z milliy valutasida amalga oshirishdan manfaatdor. Biroq xalqaro savdo shartnomalari va kapital bilan operatsiyalar erkin muomalada yuradigan valutada amalga oshirilmog’i lozim.
Masalan, yaponiyalik eksportyor braziliyalik importyorga «Toyota» avtomobillarini sotmoqchi. Bunda eksportyor importyordan to’lovni yapon ieynasida, Braziliya kruzerosida yoki AQSH dollarida amalga oshirishni talab qilishi mumkin. To’lov valutasi oldindan kelishilib, shartnomada qayd etiladi. Ammo yuqoridagi misolda qanday valuta ishlatilishidan qat’iy nazar, u valuta kursidan kelib chiqqan holda boshqa valutaga o’tkazilishi lozim. Agar yapon iyenasi qo’llanilsa, unda braziliyalik importyor o’z milliy valutasini kurs asosida yapon iyenasiga aylantirishi lozim. Braziliya kruzerosi qo’llanilganda esa, aksincha, yaponiyalik eksportyorda ularni iyenaga aylantirish zarurati tug’ilardi. Agar AQSH dollari qo’llanilsa, braziliyalik importyor kruzeroni AQSH dollarlariga, yaponiyalik eksportyor esa AQSH dollarini iyenaga aylantirishi kerak bo’ladi.
Xorijiy valutalar bozorining asosiy vazifasi yuqoridagi misolda keltirilgan valutalarning o’zaro almashuvini amalga oshirishdir. Valuta bozorida valutalarni almashuv kursi shu valutalarga bo’lgan talab va taklif asosida shakllanadi.
Milliy iqtisodiyotlarning baynalmilallashuvi, xalqaro iqtisodiy munosabatlar ahamiyatining o’sishi, erkin suzadigan valuta kurslarining joriy etilishi valuta-moliyaviy sohaning ko’lami va ahamiyati, xususan, valuta bozori mavqeyi oshishiga olib keldi.
Valuta bozori quyidagi funksiyalarni bajaradi:

  • tovarlar, xizmatlar va kapitallar xalqaro muomalasiga xiz-mat ko’rsatish;

  • iqtisodiy, siyosiy va boshqa omillar ta’sirida shakllanadigantalab va taklifni balanslash orqali valuta kurslarini aniqlash;

  • valuta risklaridan himoyalanish uchun mexanizmni taqdimetish;

  • davlat tomonidan pul-kredit va iqtisodiy siyosatni amalgaoshirishda bozordan foydalanish.

Jahon valuta bozorining xususiyatlariga ko’ra, u aniq bir manzilga ega emas yoki ma’lum bir joyda jismonan mavjud emas. Jahon valuta bozori telefon hamda zamonaviy telekommunikatsion tizim orqali savdo amalga oshadigan bozordir. Bu bozorning o’ziga xos xususiyati nafaqat uning jismonan mavjud emasligida, balki uning sutkada 24 soat faoliyat ko’rsatishi, ochilmasligi va yopilmasligi, muomala hajmi jihatidan nihoyatda yirikligidadir, ya’ni 1 sutkada jahon valuta bozorida 1 trln AQSH dollari sotiladi va sotib olinadi.
Valuta bozori rivojlanishiga xalqaro ssuda kapitallari bozorining kengayishi katta ta’sir ko’rsatadi. Shu bilan birga, mazkur bozorlarning o’sib, bir-biriga kirishib ketish jarayoni kuchaymoqda.
Hozirda banklararo valuta bozorida banknotalar yoki tangalar yo’q, boshqa to’lov vositalarining, ya’ni veksellar va cheklarning ahamiyati esa minimaldir. Valuta operatsiyasi har qanday moddiy asosni yo’qotdi, ya’ni milliy pul birliklari bir-biriga nisbatan faqat korrespondent hisob raqamlaridagi yozuvlar sifatida mavjud. Bu esa, o’z navbatida, valuta bozori uchun yuqori darajadagi integratsiyaga erishish imkonini berdi.
Valuta bozorining murakkab iqtisodiy tabiati, uning ko’p yo’nalishli tarkibiy tuzilishi, operatsiyalarning tashkil etilishi ularning obyektlari va subyektlari bilan belgilanadi.
Valuta bozori banklararo, mijozlararo va birja bozorlarida, shuningdek, broker va to’g’ridan to’g’ri naqdli, muddatli va shu kabi bozorlarga bo’linadi.
Umumiy olganda, valuta bozorini quyidagi turlarga bo’lish mumkin.


Download 182 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling