[1] Quyida Konvensiyaning tarkibi va mazmuni haqida qisqacha ma’lumot beramiz hamda korrupsiyaga qarshi ayrim O’zbekiston Respublikasi qonunlariga sharh berib, ularning Konvensiya talablariga qanchalik mosligi haqida qisqacha bayon qilamiz


Download 47.19 Kb.
bet1/3
Sana06.07.2020
Hajmi47.19 Kb.
#123137
  1   2   3
Bog'liq
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasi 2003


Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasi 2003-yil 31-oktabrda qabul qilingan. O’zbekiston Konvensiyani 2008-yil 29-iyulda qabul qilgan.

Korrupsiyaga qarshi Konvensiya bu sohada qabul qilingan eng muhim xalqaro hujjat hisoblanadi va u dunyoning juda ko’plab davlatlari tomonidan ratifikatsiya qilingan.[1] Quyida Konvensiyaning tarkibi va mazmuni haqida qisqacha ma’lumot beramiz hamda korrupsiyaga qarshi ayrim O’zbekiston Respublikasi qonunlariga sharh berib, ularning Konvensiya talablariga qanchalik mosligi haqida qisqacha bayon qilamiz.



Xalqaro Konvensiyalarning ahamiyati. Huquqda xalqaro hujjatlar, qonunlar, nizomlar kabi turlicha normativ huquqiy hujjatlarning ierarxiyasi mavjud bo’lib, ierarxiyaning yuqori pog’onasida turuvchi hujjatning yuridik ahamiyati katta bo’ladi va agar undan quyida turuvchi hujjatlar yuqordagi hujjata zid kelsa, quyida turuvchi hujjatlarning zid keluvchi qoidalar o’z-o’zidan o’z kuchini yo’qotadi.

Xalqaro huquqiy hujjatlar xalqaro tashkilotlar (unga a’zo bo’lgan davlatlar) tomonidan qabul qilingan bo’lib, unga qo’shilishni istagan davlat uni ratifikatsiya qilishi mumkin. Xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qilish orqali davlat mazkur xalqaro hujjatni o’z hududida ham qonun hisoblanishini va uni ijrosini ta’minlashini bildiradi. [2] Deyarli barcha davlatlar o’zi majburiyatni zimmasiga olgan xalqaro huquqiy hujjatlarning o’z hududidagi barcha qonunlardan ustunligini e’tirof etadi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining muqaddimasida xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan qoidalari ustunligini tan olishini aytadi. Umum e’tirof etilgan qoidalardan biri bu davlatning o’zi qo’shilgan xalqaro huquqiy normalarni o’z hududida qonun ekanliginini va uning ijrosini taminlashidir. Bundan tashqari qonun hujjatlarida qonun sohasini tartibga soluvchi xalqaro huquqiy hujjatlarga davlat a’zo bo’lgan bo’lsa, xalqaro huquqiy hujjat qoidalari ustunligi alohida ta’kidlab ketiladi.



Korrupsiyaga qarshi Konvensiyaning tuzilishi va mazmuni. Konvensiya rasman 8 bobdan iborat bo’lib, mazmun jihatdan asosiy to’rt qismga bo’linadi desa bo’laveradi.

Bular:


  1. Korrupsiyaning oldini olish choralari

  2. Jinoyatchilik va huquqni muhofaza qilish faoliyati

  3. Xalqaro hamkorlik

  4. Aktivlarni qaytarish bo’yicha choralar.

Konvensiya hajm va qamrov jihatdan katta bo’lganligi uchun uning muhim deb bilgan qismlari bo’yicha ma’lumot berib, O’zbekiston qonunchiligi hozirgi kunda qanchalik Konvensiya talablariga mosligini sharhlab o’tamiz.

Huquqiy atamalardagi muammolar. Konvensiya mansabdor shaxs (public official) atamasini ishlatadi. Konvensiyaning o’zbek tiliga tarjima qilingan hamda Bosh Prokuratura veb-saytida e’lon qilingan variantida mazkur atama ommaviy mansabdor shaxs sifatida tarjima qilingan.[3] Ammo O’zbekiston qonunchiligida ommaviy mansabdor shaxs tushunchasi mavjud emas. Qonunchilikda mansabdor shaxs tushunchasiga ta’rif berilmagan bo’lib, Rustamboyevning “O’zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksiga Sharhlar” (Maxsus qism) kitobida mansabdor shaxs, uning tarkibiga kiruvchi mas’ul mansabdor shaxs, hokimiyati vakillari va boshqa toifalariga ta’rif berilgan. Jinoyat kodeksi moddalarini talqin qilishda mazkur sharhdagi tavsiflarga amal qilinib kelinsa-da, O’zbekiston qonunlariga ko’ra u rasmiy sharh hisoblanmaydi va normativ xarakterga emas. Bundan tashqari, Jinoyat Kodeksining (JK) pora berish va pora olish moddalarida mansabdor shaxs atamasi ishlatilgan bo’lib, mansabdor shax atamasiga sharhda berilgan tavsif va Konvensiya talab qilgan atama tavsifi o’rtasida tushunmovchiliklar baratarf etilmagan.

Demak, O’zbekiston qonunchiligida ommaviy mansabdor shaxs atamasi tushuncha berilishi lozim yoki ommaviy mansabdor shaxs tushunchasining o’rniga mansabdor shaxs deb tarjima qilinishi/ishlatilishi lozim. Shunga e’tibor berish kerakki, Konvensiyada nazarda tutilgan ommaviy mansabdor shaxs tushunchasining doirasi Rustamboyevning sharhida berilgan mansabdor shaxs tushunchasidan ancha tor, mas’ul mansabdor shaxs esa Konvensiya nazarda tutgan ommaviy mansabdor shaxs atamasidan ancha tor. Agar ommaviy mansabdor shaxs tushunchasining o’rniga mansabdor shaxs yoki mas’ul mansabdor shaxs atamasi ishlatilsa, unga qaytadan yangi ta’rif berilishi lozim.

Korrupsiyaning oldini olish choralari. Konvensiyaga qo’shilgan har bir davlat korrupsiyani oldini olishga qaratilan samarali davlat dasturlari va qonunlarini ishlab chiqishi hamda uning ijrosini ta’minlashi lozim. Mazkur jarayonda jamiyat ishtiroki hamda qonun ustuvorligining prinsiplari amal qilinishi ta’minlanishi lozim. Korrupsiyaning oldini olish bo’yicha siyosat va qonunlarning ijrosini ta’minlash uchun tegishli davlat idoralari tuzilishi hamda ularning faoliyati yetarli mustaqillik bilan ta’minlanishi hamda tashqi ta’sirlardan xoli bo’lishi lozim. Masalan, mazkur davlat organi yoki agentligi qonun ijrosini ta’minlashda gumonlanayotgan yoki ayblanayotganlar vazir, president yoki uning oila a’zosi bo’lishidan qat’iy nazar, hech bir siyosiy bosim yoki tazyiqlarga duch kelmay, ishni mustaqil qonunlarga asosan hal qila olishi lozim.

O’zbekistonda mazkur organlar Bosh Prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Adliya hamda Moliya vazirligi va ularning maxsus departament va bo’limlaridan iborat.

Mansabdor shaxslarni ishga yollash, xizmatni amalga oshirish, mansabini oshirish yoki iste’foga chiqarish kabi jarayonlar samaradorlik va oshkoralik tamoyillariga hamda benuqson faoliyat, adolat va qobiliyat kabi xolisona mezonlarga asoslanishi lozim.

Mazkur qoidalarni amalga oshirish uchun har bir davlat tashkiloti yoki idorasida ommaviy mansabdor shaxslarning xizmat qoidalari ishlab chiqilishi lozim. Mazkur talab ijrosini ta’minlashning boshlanishi sifatida yaqinda Vazirlar Mahkamasi 62-son Qarori bilan “Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalarini tasdiqlash to’g’risida” Qaror qabul qildi. Ammo mazkur namunaviy qoidalar asosida qancha organlar ichki odob-axloq qoidalarini qabul qilganligi, moslashtirganligi yoki ularga qanchalik amal qilinib kelinayotganligi haqida ochiq ma’lumot mavjud emas. Ochiqlikni taminlash uchun, masalan, mazkur davlat organlari o’z vebsaytlarida o’z tashkilotining odob-axloq qoidalarini chop etishlari mumkin.

Mazkur bobda davlat organlari, idora va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurash faoliyati haqida xalqqa hisobot berishi qoidasi ham o’rnatilgan. Unga ko’ra, xalq mazkur tashkilotlarning korrupsiyaning oldini olish borasidagi qoidalarni qabul qilishidan xabardor bo’lishi, tashkilot to’g’risida, uning vazifalari hamda qaror qabul qilish jarayoni hamda boshqaruvi haqida ma’lumot olishni ta’minlashi lozim. Aytaylik, korrupsiyaga aloqador ayblovlar to’g’risida davlat organi yoki tashkilot matbuot xodimlari ularga javob berishi, muntazam ochiq press konferensiyalar tashkil qilib, jurnalist va oddiy xalqning savollariga to’g’ridan to’g’ri javob berishi lozim. Misol uchun, sobiq president Islom Karimovning to’ng’ich qizi Gulnora Karimovaga nisbatan korrupsiyaga aloqador ayblovlar qo’yilib, uning mol-mulki xorijda muzlatilgani, O’zbekistonda esa Karimova uy qamog’ida saqlanishi borasida mish-mishlarni faqat xorij axborot xizmatlaridan olish mumkin. Afsuski, davlat organlari mazkur ayblovlar yoki voqealar rivoji borasida xalqqa ochiq hisobot bermayapti. Bu esa xalqning davlatga bo’lgan ishonchining sustlashishiga xizmat qilish bilan birga mazkur amaliyotning Konvensiya talablariga zid ravishda amalga oshirilayotganini ko’rsatadi.

Shuningdek, korrupsiyani oldini olish siyosati va qonunlar ijrosini ta’minlashda nafaqat davlat organlari, balki butun jamiyati, fuqarolik jamiyati vakillari, mustaqil guruhlar hamda nodavlat tashkilotlarning ishtiroki ta’minishi lozimligi aytiladi. Korrupsiyaning oldini olish borasidagi qaror qabul qilish jarayoni shaffof bo’lishi va fuqarolar va mustaqil guruhlarning hissasiga tayanishi lozim. Korrupsiyaga bog’liq ma’lumotni izlab topish, uni chop etish va tarqatishga keng yo’l ochilib berilishi lozim. Misol uchun, mustaqil jurnalist surishtiruvi, korrupsiya sohasi bilan shug’ullanuvchi nodavlat tashkilotlarning erkin harakat qilishiga yo’l qo’yilishi lozim. O’zbekistonda ro’yxtadan o’tib faoliyat yuritayotgan fuqarolik jamiyati tashkilotlari orasida korrupsiyaning oldini olish, unga qarshi kurashish va shu sohada ta’limni oshirish bilan shug’ullanadigan tashkilot haqida ma’lumot topib bo’lmadi.[4]

Konvensiyaning mazkur bobida har bir a’zo davlat korrupsiyaga qarshi kurashadigan davlat organlari va tashkilotlariga korrupsiyaga aloqador jinoyat haqida xabar berishning ochiq mexanizmini yo’lga qo’yish, jumladan xabar beruvchi o’z shaxsini oshkor etmagan holda murojaat qilish tartibini yo’lga qo’yishni talab qiladi. Jinoyat Protsessual Kodeksining 323-moddasiga ko’ra, o’z shaxsini sir saqlagan holda jinoyat haqida xabar berish jinoiy ish qo’zg’atilishiga sabab bo’lmaydi. Ammo Korrupsiyaga bog’liq ishlarining tabiati ismi oshkor etilmagan holda jinoyat haqida xabar berish xabar beruvchilarni xavfsizligi nuqtai nazaridan ularni bu ishdan qaytarishga moyilligi tufayli, Konvensiya korrupsiyaga oid jinoyatlar bo’yicha ismini oshkor etmasdan turib davlat organlariga xabar berishni yo’lga qo’yishni talab qiladi. Demak, shu jihatdan ham O’zbekiston qonunlari Konvensiya talabiga hali javob bermaydi.

Jinoyatchilik va huquqni muhofaza qilish faoliyati. Konvensiyaning ushbu bobida korrupsiyaga bog’liq jinoyatlarning ta’rifi keltirilgan bo’lib, a’zo davlatlar o’z jinoyat qonunlarini Konvensiyadagi ta’riflarga moslashtirish, mavjud bo’lmasa, yangi moddalarni kiritishni talab etiladi. Bularning ichiga aktiv va passiv pora jinoyati, ya’ni pora berish va pora olish jinoyati (milliy va xorijiy ommaviy mansabdor shaxslarga va xalqaro tashkilotlarning mansabdor shaxslariga nisbatan) hamda mol-mulkni talon-taroj qilish, noqonuniy o’zlashtirish yoki ko’zda tutilmagan maqsadlarda ishlatish, jinoiy yo’l bilan topilgan daromadlarni legallashtirish va odil sudlovning amalga oshirilishiga to’sqinlik qilish kiradi. Bundan tashqari, bir necha jinoyat ta’riflari a’zo davlatlar o’z qonunchiliklarini moslashtirish yoki qabul qilish uchun tavsiya etilgan.

Konvensiya pora berish va olishning uch turini belgilaydi: milliy ommaviy mansabdor shaxslarga, xalqaro ommaviy mansabdor shaxslarga va xususiy sektordagi tashkilot xodimlariga nisbatan. Milliy mansabdor shaxslarga nisbatan pora berish va olish quyidagicha ta’riflanadi:



  1. a) ommaviy mansabdor shaxsga shaxsan yoki vositachilar orqali ushbu mansabdor shaxsning o’zi uchun yoxud boshqa jismoniy yoki yuridik shaxs uchun, ushbu mansabdor shaxs o’z lavozim vazifalarini bajarish vaqtida biron harakatni amalga oshirishi yoki harakat qilmasligi maqsadida, biron noqonuniy afzallikni va’da qilish, taklif etish yoki taqdim etish;

  2. b) biron mansabdor shaxs o’z lavozim vazifalarini bajarish vaqtida biron bir harakat yoki harakatsizlik maqsadida mansabdor shaxsning o’zi uchun yoxud boshqa jismoniy yoki yuridik shaxs uchun biron noqonuniy afzallikni shaxsan ommaviy mansabdor shaxs tomonidan yoki vositachi orqali talab qilib yoki qabul qilib olish.

Xalqaro mansabdor shaxslar va xususiy sektor tashkilotlari rahbarlari va xodimlariga ham xuddi shu tavsifdagi jinoyatlar belgilanish alohida moddalarda berilgan.

O’zbekiston Jinoyat kodeksining 210 (pora olish) va 211-moddalari (pora berish) mazkur Konvensiya talablariga bir muncha mos keladi. Konvensiyadagi moddaga diqqat qilinsa, porani va’da qilish jumlasi mavjud. Afsuski, 211-moddadagi jinoyatga porani va’da qilish kirmaydi. Jinoyat Kodeksiga sharhlarga (Rustambayev, 2006) ko’ra, pora berish jinoyati poraning to’la yoki ma’lum bir qismini berish bilan tugallangan hisoblanadi. Sharhga ko’ra, porani berishga ulgurmasdan turib jinoyat fosh etilganda, porani berishga suiqasd sifatida kvalifikatsiya qilinadi. Afsuski, pora berishga suiqasd qilish bilan pora berishga va’da berishlar o’rtasida farq bor va ular alohida jinoyatni tashkil etadigan modda sifatida belgilanishi lozim. Ikkala jinoyat o’rtasida quyidagini misol keltirish mumkin. Moliya vazirligidagi mansabdor shaxs vazir o’rinbosarlaridan biriga katta qurilish loyihalaridan biriga tenderda uning “tanishi”ning tashkilotini tender g’olibi bo’lishini tashkillashtirib bersa, tender natijasida davlat bilan imzolanadigan shartnomaning 10%ni vazir o’rin bosariga berishni va’da qildi. Shunday va’da berilishi bilan, vazir o’rinbosari bu taklifga rozi bo’lishining o’zi, uni amalga oshirishi-oshirmasligidan yoki va’da beruvchining 10%ni o’rinbosarga berishi yoki bermasligidan qat’iy nazar, porani va’da qilish jinoyati tugallangan deb hisoblanishi lozim. Demak, Jinoyat Kodeksining 211-moddasi pora berishni va’da qilishni qamrab olmagani uchun Konvensiyaning 15-moddasi talablariga javob bera olmaydi.

Bundan tashqari, Konvensiyaning 15-moddasi pora berishni taklif etishni ham qamrab oladi. Pora berishni taklif etish potentsial pora oluvchining roziligini, ya’ni ular o’rtasida bunday kelushuvga kirganligini bildirmaydi. Aytaylik, yuqoridagi misolimizda moliya vazirligidagi mansabdor shaxs vazir o’rinbosariga tenderda “tanishini” yutishiga yordam berishini va evaziga shartnomadan vazir o’rinbosariga ulush berishni taklif qildi. Vazir o’rinbosari bu taklifga rozi bo’lishi yoki bo’lmasligidan qat’iy nazar, Konvenisyaga ko’ra, taklif quluvchi pora berish jinoyati (porani taklif qilish) bilan javobgarlikka tortilishi lozim. JKning 211-moddasi pora berishni taklif qilishni qamrab olmagani uchun Konvensiyaning talablariga yana bir bora javob bermaydi.[5]

JKning 211-moddasiga qaralsa, pora berishga va’da qilish yoki pora berishni taklif qilish pora berish jinoyati tarkibini tashkil qilmaydi. Mazkur ikki harakat, ayniqsa pora va’da qilish, pora berishga tayyorgarlik ko’rish yoki suiqasd sifatida kvalifikatsiya qilishga yaqindek tuyuladi. Ammo Jinoyat kodeksining 25-moddasida jinoyatga tayyorgarlik ko’rish tushunchasini tavsifida “jinoyatni sodir etish yoki yashirish uchun shart-sharoit yaratuvchi qilmishi o’ziga bog’liq bo’lmagan hollarga ko’ra sodir etilishi boshlangunga qadar to’xtatilgan bo’lsa” va suiqasd tushunchasi tavsifida “shaxsga bog’liq bo’lmagan holatlarga ko’ra oxiriga yetkazilmagan bo’lsa” deya ta’riflanadi. Bu tushunchalar pora berishga va’da berish va pora berishni taklif qilish alohida jinoiy qilmish ekanligini, pora berishga va’da berish yoki yoki taklif qilish unga tayyorlanish yoki suiqasd qilishdan ko’ra ijtimoiy xavfliroq ekanligni va Konvensiya talablariga ko’ra, pora berish jinoiyati tarkibiga qo’shilishi lozimligini bildiradi.

Konvensiyaning 16-moddasi xorijiy ommaviy mansabdor shaxslar va xalqaro ommaviy tashkilotlarning mansabdor shaxslariga pora berishni ham jinoyat deb qonunlashtirishni talab qiladi. O’zbekiston Jinoyat kodeksidagi pora berish jinoyatida faqat davlatning mansabdor shaxslari nazarda tutiladi va mazkur moddalar xorijiy mansabdor shaxslarga yoki xalqaro ommaviy tashkilot mansabdor shaxslariga pora berishni qamrab olmaydi.[6] Shu sababdan, pora berish borasidagi O’zbekiston jinoyat qonunchiligi Konvensiya talablariga javob bermaydi.

Konvensiya ijrosini ta’minlash. Konvensiyaning 7-bobida uni ijro etish mexanizmlari haqida qoidalar belgilangan bo’lib, unga ko’ra Konvensiya ijrosini ta’minlash uchun a’zo davlatlardan tashkil topgan Konferensiya tashkil etiladi. Mazkur Konferensiya belgilagan muddatda har bir a’zo davlatning Konvensiyani o’z qonunchiligiga moslashtirish va ijrosini ta’minlash borasidagi progresini tekshirish uchun hisobot tayyorlaydi. Konvensiya qabul qilingandan so’nggi dastlabki 4 yilda Konvensiyaning faqat 3 va 4 boblari bo’yicha kuzatuv olib borishga kelishilgan bo’lib, mazkur davr 1-kuzatuv davri hisoblanadi. Ikkinchi kuzatuv davrida esa a’zo davlatlarning Konvensiyaning 2 va 5-boblariga qanchalik qabul qilgani va amal qilyoatgani bo’yicha hisobot tayyorlanadi. Hisobot tayyorlash jarayonida belgilgangan davlatga ikkita kuzatuvchi a’zo davlat vakili tayinlanadi. Ulardan biri kuzatilayotgan davlatning o’z mintaqasidan, ikkinchisi esa mintaqadan tashqaridan bo’lishi lozim. Masalana, O’zbekiston bo’yicha tayyorlangan dastlabki hisobot 2015-yilda chop etilgan bo’lib, unga Ozarbayjon va Shri Lanka davlati kuzatuvchilik qilgan. Mazkur hisobotda O’zbekiston qonunchiligining Konvensiya talablariga javob bermaydigan jihatlari tilga olingan.[7]

Konvensiyaga a’zo davlatlarning qanchalik amal qilishini ta’minlash normativ ko’rinishda olib borilmay (masalan, davlatga nisbatan jazo yoki sanksiyalar qo’llanilib emas), yumshoq ta’sir etish bilan amalga oshiriladi (ijrosini ta’minlashga undash, hisobotlarda kamchiliklarni ko’rsatish va lozim bo’lsa texnik yordam ko’rsatish). Shunday ekan, O’zbekistonning korrupsiyaga qarshi qonunchiligini xalqaro standardlarga moslashtirish va ularning ijrosini ta’minlashda bundan manfaatdor O’zbekiston fuqarolari katta o’rin tutatdi. Mazkur Konvensiyani, uning oldidagi O’zbekiston majburiyatlarini bilish, qonunchilikni yaxshilash, ularning amalda ijrosini ta’minlashga da’vat qilish, taklif va arizalar bilan davlat organlari, qonunchilik vakillari hamda keng jamoatchilikka murojaat qilish fuqarolarning fuqarolik burchi hisoblanadi. Hozirgi kunda davlat organlari ayrim qarorlari hali qabul qilinmasdan oldin yoki qonunchilik loyihalari xalq muhokamasiga qo’yilgani davlat boshqaruvida fuqarolar ishtirokini ta’minlashga qo’yilgan yaxshi qadam hisoblanadi.[8] Fuqarolarimiz shu va shunga o’xshash davlat va hokimiyat vakillari hamda mansabdor shaxslar bilan yo’lga qo’yilayotgan ochiq muloqot vositalaridan foydalangan holda, korrupsiyaga qarshi qonunlar ijrosini ta’minlash, ular sifatini oshirish va xalq hamda fuqarolik jamiyati vakillarini keng ishtirokini ta’minlashni talab va taklif qilishlari lozim deb hisoblaymiz.


[1] 2016-yil 12-dekabridagi ma’lumotga ko’ra, Konvensiyaga 180 ta davlat a’zo hisoblanadi va uni 140 ta davlat imzolagan. Jumladan, Konvensiyaga barcha Markaziy Osiyo davlatlari hamda Sobit Sovet Ittifoqi davlatlari a’zo hisoblanadi. https://www.unodc.org/unodc/en/treaties/CAC/signatories.html

[2] Ayrim xalqaro hujjatlar ijrosini ta’minlash uchun alohida xalqaro shartnomani ratifikatsiya qilish talab etiladi.

[3] http://www.prokuratura.uz/uz/pages/corruption_regulations/konventsiya_organizatsii_obedinennykh_natsiy_protiv_korruptsii/

[4] Nodavlat tashkilotlar ro’yxatini topib bo’lmadi: http://ngo.uz/, http://nimfogo.uz/uz.

[5] United Nations Office on Drugs and Crime, Legislative guide for the implementation of the United Nations Convention against Corruption, page 83, https://www.unodc.org/pdf/corruption/CoC_LegislativeGuide.pdf

[6] Qarag: Mansabdor shaxs tushunchasiga sharh –  O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga sharhlar, Rustambayev, 2006, 499-502-betlar.

[7] http://www.unodc.org/documents/treaties/UNCAC/WorkingGroups/ImplementationReviewGroup/ExecutiveSummaries/V1604916e.pdf

[8] http://strategy.regulation.gov.uz/uz/document/1



Aloqador Maqolalar:

  1. Qiynoqlarga qarshi Konvensiya va O’zbekiston qonunlari 1984-yil 10-dekabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti “Qiynoqlar va boshqa shafqatsiz, g’ayriinsoniy...

  2. Avtomobil olishdagi qonunbuzarliklarga qarshi qanday kurashish mumkin? 2016-yil aprel oyida GM Uzbekistan avtomobil shirkati Bosh direktori Tohirjon...

  3. Majburiy mehnatga qarshi milliy-huquqiy choralar Shaxslar davlat organlari va mansabdor shaxslarning g’ayriqonuniy xatti-harakatlari (qarorlari) oqibatida...

  4. Qanday qilib O’zbekiston fuqaroligini olish mumkin? Savol: O’shlik tanishim O’zbekiston fuqaroligini olish niyatida ekanligini bildirdi. Qanday...


Oʻz mansab yoki xizmat mavqeini suiisteʼmol qilish, undan shaxsiy yoki oʻzgalar manfaatlarini koʻzlab moddiy yoxud nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanish jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.

Anglaganingizdek, gap korrupsiya haqida ketmoqda. Bugun jamiyatimizda ushbu illatga qarshi jiddiy kurashilyapti, uning oqibatlari ommaviy axborot vositalari orqali, turli uchrashuvlar, davra suhbatlari, tadbirlarda aholiga tushuntirilishiga qaramay, afsuski, korrupsiyaning keskin kamayishiga erishganimiz yoʻq.

Nega korrupsiya degan balodan qutulolmayapmiz? Bunga nima toʻsqinlik qilmoqda?

Muxbirimiz shu kabi savollarga javob topish maqsadida Huquqiy siyosat tadqiqot instituti direktori oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi Baxshillo Xoʻjayev bilan suhbatlashdi.

— Bilamizki, korrupsiyada har doim kamida ikki tomon ishtirok etadi, — deydi suhbatdoshimiz. — Bunda, bir tomondan, noqonuniy yoʻl bilan oʻzi yoki uchinchi shaxs uchun boylik orttirayotgan mansabdor shaxs hamda boshqa tomondan mansabdor shaxsdan aktiv yoxud passiv usulda uning manfaatini koʻzlovchi qarorning qabul qilinishini kutayotgan shaxs. Korrupsiyani, soddaroq qilib, oʻz nafsi, manfaati yoʻlida qonunni ham chetlab oʻtish orqali gʻarazli maqsadi hamda biror narsaga erishish, deyish mumkin.

Bugungi kunda yurtimizda ushbu illatga qarshi kurashish davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlaridan biriga aylangan. Uning huquqiy asoslari, tashkiliy tuzilmasi va amalga oshirish strategiyasi ham aniq. Bu borada Oʻzbekistonning Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga qoʻshilishi islohotlarning dastlabki muhim qadami boʻldi.

Uni amalga oshirishning milliy mexanizmi sifatida “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonun, Prezidentimizning “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Bularning samarali ijrosi natijasida koʻplab jinoyatlar fosh etilmoqda, sodir qilinishi xavfi boʻlganlarining oldi olinmoqda. Buni har kuni ommaviy axborot vositalari orqali kuzatib boryapmiz. Bu yaxshi, albatta. Lekin shularning oʻzigina yetarli emas. Korrupsiyaga qarshi yanada faol kurashishimiz kerak. Mana shu bizning, barchamizning diqqat-eʼtiborimizda boʻlishi lozim.



Nazarimizda, bu boradagi targʻibot ishlari kutilganidek samara bermayapti. Sizningcha, ushbu illatni keskin kamaytirish uchun nimalar qilish kerak?

— Toʻgʻri, targʻibot tadbirlari deyarli har kuni oʻtkaziladi, odamlarni ogohlikka chaqiramiz. Bu ishlarni yanada kuchaytirish zarur. Buning uchun respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida bir qator muhim yoʻnalishlarga alohida eʼtibor qaratish maqsadga muvofiq, deb hisoblayman.

Birinchidan, korrupsiyaga qarshi kurashishning preventiv choralari samaradorligiga erishish kerak. Yaʼni illatning oldini olishning nazariy poydevori — “taʼlim, xabardorlik va targʻibot” (education, awareness and advocacy) tamoyillariga asoslanib, amaliy tomondan esa “samaradorlik, shaffoflik va hisobdorlik” (effectiveness, transparency, accountability) tamoyillari asosida aniq davlat siyosatini ishlab chiqish lozim.

Bu borada davlat siyosati rivojlangan mamlakatlar, xususan, Singapur tajribasiga hamohang ravishda “one size fits all”, yaʼni “barcha uchun bir xil mezon” modeli asosida ishlab chiqilib, korrupsiyaga qarshi kurashishning aniq huquqiy mexanizmi, samarali institutsional tuzilmasi, moliyaviy va mehnat resurslari bilan doimiy taʼminlab turilishi, muntazam monitoring faoliyati hamda xolis va shaffof baholash tizimi ishlashi lozim.

Ikkinchidan, korrupsiyaga qarshi kurashish strategiyasida integratsiyalashgan yondashuvni qoʻllash yaxshi samara beradi. Bunda davlat organlarining fuqarolik jamiyatining barcha instituti bilan hamjihat faol harakatini taʼminlash nazarda tutiladi. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashishda milliy tuzilmalarning xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligini yanada kuchaytirish masalalariga ham alohida eʼtibor beriladi. Bu borada Oʻzbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida integratsiyaga erishishga toʻsqinlik qilayotgan omillardan biri — aniq statistika va maqbul dalillarga asoslangan maʼlumotga tayangan holda ish olib borish tizimining mavjud emasligi hisoblanadi.

Uchinchidan, jamiyatning har bir sohasida, xususan, tadbirkorlik, taʼlim, sogʻliqni saqlash sohalarida korrupsiyaga qarshi kurashishni yanada kuchaytirish, u bilan bogʻliq ayrim xatti-harakatlarni kriminalizatsiyalash hamda xalqaro standartlarni toʻliq va toʻgʻri qoʻllash lozim. Bunda xalqaro hujjatlarda nazarda tutilgan “noqonuniy boylik orttirish”, “uchinchi shaxslarning moddiy manfaatlarini koʻzlab tamagirlik qilish” kabi harakatlarni kriminalizatsiyalash masalalarini koʻrib chiqish vaqti keldi.




Download 47.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling