Qarori bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar to‘G‘risida
Download 28.29 Kb.
|
Документ Microsoft Word
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY SUDI PLENUMINING QARORI BIR NECHA JINOYAT SODIR ETILGANDA QILMISHNI KVALIFIKATSIYA QILISHGA DOIR MASALALAR TO‘G‘RISIDA Sud amaliyotida bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilish bilan bog‘liq masalalar kelib chiqayotganligi munosabati bilan, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi: 1. Sudlarga tushuntirilsinki, qonunga ko‘ra bir necha jinoyat tushunchasi jinoyatlar majmui, takroranligi va retsidiv jinoyatlar kabi huquqiy institutlarni o‘z ichiga oladi. Bir necha jinoyat deganda, qonun shaxs tomonidan har biri alohida jinoyat tarkibini tashkil etuvchi ikki va undan ortiq qilmish sodir etilishini nazarda tutadi. Bir necha jinoyat turining aniqlanishi qilmishni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilish uchun ham, qilmishga mutanosib jazo tayinlash uchun ham muhim huquqiy ahamiyatga ega. 2. Jinoyatlar majmui va takroranligi tariqasidagi bir necha jinoyat uchun umumiy belgi — shaxsning bu jinoyatlardan birortasi uchun ham sudlangan bo‘lmasligidir. Jinoyatlar majmui deganda, shaxs tomonidan Jinoyat kodeksi Maxsus qismi turli moddalari yoki bitta moddasi turli qismlarida nazarda tutilgan ikki yoki undan ortiq jinoyat, ular qasddan yoxud ehtiyotsizlik oqibatida qilinishidan qat’i nazar, sodir etilishi tushunilishi lozim. Jinoyatlar takroranligi deganda, qonunga ko‘ra shaxs tomonidan turli vaqtlarda qasddan sodir etilgan ikki va undan ortiq jinoyat tushunilib, bunda sodir etilgan jinoyat: Jinoyat kodeksi Maxsus qismi aynan bir moddasida nazarda tutilgan bo‘lishi, basharti unda bir xil jinoyat tarkiblari uchun javobgarlik belgilangan bo‘lsa; Jinoyat kodeksi Maxsus qismi muayyan moddasi aynan bir qismida nazarda tutilgan bo‘lishi, basharti ushbu moddada turli jinoyat tarkiblari uchun javobgarlik belgilangan bo‘lsa (masalan, JK 228, 248, 273-moddalari) shart. Jinoyat qonunida alohida nazarda tutilgan ayrim hollarda, shaxs tomonidan qasddan Jinoyat kodeksi Maxsus qismi turli moddalarida nazarda tutilgan ikki va undan ortiq jinoyat sodir etilishi ham takroran jinoyat deb topiladi (masalan, JK 118, 119, 189, 211, 212-moddalari ikkinchi qismlari, 213-moddasi uchinchi qismi, 276-moddasi ikkinchi qismi). 3. Shaxs qonunda belgilangan tartibda jinoiy javobgarlikdan (JK 64—68-moddalari) yoki jazodan (JK 69—76-moddalari) ozod etilgan bo‘lsa, jinoyatlar majmui va takroranligi mavjud bo‘lmaydi. Sudlanganlik holatining tugallanishi va qonunda belgilangan tartibda olib tashlanishi jinoyatlar majmui, takroranligini va retsidiv jinoyatni istisno etuvchi holat hisoblanadi. 4. Jinoyatlar takroranligini bir qator aynan o‘xshash xatti-harakatlar bilan turli vaqtlarda sodir etilgan bo‘lsa-da, biroq yagona qasd bilan qamrab olingan, obyekti va sodir etish usuli, oqibatlari bir xilligi jihatidan o‘zaro o‘xshash davomli jinoyatdan farqlash lozim. Bunday hollarda barcha qilmish Jinoyat kodeksining mazkur jinoyatni sodir etganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi bitta moddasi yoki moddasi qismi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim. Davomli jinoyat bir necha xatti-harakatlardan oxirgisi sodir etilgan paytdan boshlab tugallangan deb hisoblanishi tufayli, jinoyat qonuniga bu qilmish uchun jazoni kuchaytiradigan yoki shaxsning holatini boshqacha tarzda yomonlashtiradigan o‘zgartirishlar kiritilganda, agar jinoyat epizodlaridan hech bo‘lmaganda bittasi qonun yangi tahrirda amal qila boshlagan davrda sodir etilgan bo‘lsa, davomli jinoyatning barcha epizodlari yangi qonun bo‘yicha kvalifikatsiya qilinishi kerak. 5. Davomli jinoyat sodir etilishi davrida shaxs tomonidan boshqa jinoyat sodir etilgan bo‘lib, uning belgilari Jinoyat kodeksining davomli jinoyat uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddasi dispozitsiyasi bilan qamrab olinmasa, uning harakatlari Jinoyat kodeksining davomli jinoyat uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi hamda boshqa jinoyat uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddalari majmui bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadi. 6. Jinoyatlar majmuini tartibga soluvchi qonun normasini qo‘llashda shuni inobatga olish lozimki, huquq nazariyasiga ko‘ra jinoyatlar majmui real va ideal turga bo‘linadi. Jinoyatlar real majmui ikki va undan ortiq, har qaysisi Jinoyat kodeksi Maxsus qismi turli moddalarida (moddasi turli qismlarida) nazarda tutilgan muayyan jinoyat tarkibini tashkil etuvchi, jinoiy qilmish sodir etilganda mavjud bo‘ladi. Jinoyatlar ideal majmuida esa, aybdorning bitta xatti-harakatida Jinoyat kodeksi Maxsus qismi turli moddalarida (moddasi turli qismlarida) nazarda tutilgan kamida ikkita jinoyat tarkibi belgilari mavjud bo‘lib, qilmish ushbu normalardan birortasi bilan ham to‘liq qamrab olinmaydi. 7. JK 33-moddasiga muvofiq, jinoyatlar majmui mavjud bo‘lganda aybdor shaxs o‘zi sodir etgan har bir jinoyat uchun Jinoyat kodeksi tegishli moddasi yoki moddasi qismi bo‘yicha jinoiy javobgar bo‘ladi. Jinoyatlar majmui sodir etilgan barcha jinoyatlar belgilari Jinoyat kodeksining og‘irroq jazoni nazarda tutuvchi bitta moddasi (moddasi bitta qismi) dispozitsiyasi bilan qamrab olingan holdagina JK bitta moddasi (moddasi bitta qismi) bilan kvalifikatsiya qilinishi mumkin. 8. Qonun bilan qo‘riqlanadigan bir necha obyektga (JK turli boblarida nazarda tutilgan) qilingan tajovuz jinoyatlar majmui sifatida Jinoyat kodeksining har bir alohida olingan obyektga tajovuz uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi tegishli moddalari bo‘yicha kvalifikatsiya qilinishi lozim. Tajovuz predmeti bo‘yicha o‘zaro farq qiladigan qilmishlar ham shu tarzda kvalifikatsiya qilinishi kerak. Agar qonunning bitta normasida jinoyat natijasida kelib chiqadigan turli ijtimoiy-xavfli oqibatlar nazarda tutilmagan bo‘lsa, qilmish jinoyatlar majmui sifatida Jinoyat kodeksining bevosita har bir obyektga ziyon yetkazilishi uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi tegishli moddalari bilan kvalifikatsiya qilinishi kerak. Qilmish Jinoyat kodeksining bir necha moddalarida ko‘rsatilgan obyektga nisbatan sodir etilganda (umumiy va maxsus norma raqobati) jinoyatlar majmui mavjud bo‘lmaydi va u maxsus norma bo‘yicha kvalifikatsiya qilinishi lozim. 9. Qilmish javobgarlikni og‘irlashtiruvchi kvalifikatsiya belgilari mavjud holatlarda (masalan, o‘ta shafqatsizlik bilan odam o‘ldirish) va shu bilan birga, aynan shu qilmishni javobgarlikni yengillashtiradigan holatlarda sodir etilgan deb kvalifikatsiya qilish uchun asos bo‘luvchi boshqa belgilar (masalan, kuchli ruhiy hayajonlanish holati) mavjud holda sodir etilsa, jinoyatlar majmui mavjud bo‘lmaydi. Qilmish bunday holda Jinoyat kodeksining mazkur jinoyat uchun yengilroq javobgarlikni nazarda tutuvchi moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim (masalan, kuchli ruhiy hayajonlanish holatida o‘ta shafqatsizlik bilan odam o‘ldirish faqat JK 98-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi kerak). Agar aynan bir jinoyatni sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlikni yengillashtiruvchi kvalifikatsiya belgilari Jinoyat kodeksining bir necha moddasida nazarda tutilgan bo‘lsa, qilmish Jinoyat kodeksining javobgarlikni ko‘proq yengillashtiruvchi moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi kerak (masalan, zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib va kuchli ruhiy hayajonlanish holatida odam o‘ldirish faqat JK 100-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim). 10. Bir necha jinoyat sodir etilganda, agar jinoyatlardan biri boshqasini sodir etish vositasi yoki usuli bo‘lib, har ikkala jinoyat belgilari Jinoyat kodeksi tegishli moddasi dispozitsiyasida ko‘rsatilgan bo‘lsa, qilmish Jinoyat kodeksining faqat og‘irroq jinoyat uchun javobgarlik belgilovchi bitta moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi kerak. Bunda qilmishni yengilroq jinoyat uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi modda bilan qo‘shimcha kvalifikatsiya qilish talab etilmaydi (masalan, xizmat mavqeyidan foydalangan holda bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish faqat JK 182-moddasi ikkinchi qismi “g” bandi bo‘yicha kvalifikatsiya qilinishi lozim). 11. Jinoyatlar majmuiga kiruvchi jinoyatlardan biri qasd, boshqasi esa ehtiyotsizlik shaklida sodir etilgan bo‘lsa (masalan, bir shaxs qasddan o‘ldirilsa va boshqa shaxs ehtiyotsizlik oqibatida hayotdan mahrum etilsa), hatto jinoyatlar obyekt, obyektiv tomon va kelib chiqqan oqibatlar jihatidan bir xil bo‘lganda ham, har bir qilmish Jinoyat kodeksining qasddan va ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan jinoyatlar uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddalari bilan alohida kvalifikatsiya qilinishi kerak. 12. Agar qonunda jinoyatlar majmuiga kiruvchi qilmishlardan biri faqat maxsus subyekt tomonidan, boshqalari esa, umumiy subyekt tomonidan sodir etilishi mumkinligi belgilangan bo‘lsa, bunday jinoyatlar Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan alohida-alohida kvalifikatsiya qilinishi kerak. Jinoyatlar majmuini tashkil etuvchi jinoyatlar, agar ulardan birini sodir etishda subyekt jinoyatni bajaruvchi, boshqalarini sodir etishda esa tashkilotchi, dalolatchi yoki yordamchi sifatida ishtirok etganda ham, shu tarzda kvalifikatsiya qilinishi kerak. Bunday hollarda shaxsning jinoyatni sodir etishda tashkilotchi, dalolatchi, yordamchi sifatida ishtirok etgan harakatlari Jinoyat kodeksi 28-moddasini qo‘llagan holda, Jinoyat kodeksi Maxsus qismining sodir etilgan jinoyat uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi tegishli moddasi bilan, sodir etilishida u jinoyat bajaruvchisi bo‘lgan qilmish esa — JK 28-moddasini qo‘llamagan holda, Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi kerak. Jinoyatlar majmuini tashkil etuvchi jinoyatlar uyushgan guruh yoki jinoiy uyushma tomonidan sodir etilganda jinoyat barcha ishtirokchilarining harakatlari, ishtirokchilik turidan qat’i nazar, JK 28-moddasini qo‘llamagan holda, bevosita Jinoyat kodeksi Maxsus qismining sodir etilgan jinoyat uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi tegishli moddasi bilan kvalifikatsiya qilinadi. 13. Shaxs tomonidan jinoyatlar majmuini tashkil etuvchi tugallangan va tugallanmagan jinoyatlar sodir etilganda har bir jinoyat alohida — tugallanmagan jinoyat JK 25-moddasi tegishli qismi hamda Jinoyat kodeksi Maxsus qismining tegishli moddasi bilan, tugallangan jinoyat esa — bevosita Jinoyat kodeksi Maxsus qismining tegishli moddasi bilan kvalifikatsiya qilinadi. 14. Agar jinoyat-huquqiy normada takroranlik kvalifikatsiya belgisi sifatida ko‘rsatilgan bo‘lsa, shaxs tomonidan sodir etilgan bir necha aynan o‘xshash yoki takroranlikni tashkil etuvchi boshqa jinoyatlar Jinoyat kodeksining mazkur jinoyatni takroran sodir etganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi tegishli moddasi (moddasining qismi) bilan kvalifikatsiya qilinadi. Download 28.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling