Jinoiy javobgarlik va uning asoslari. Reja


Download 26.85 Kb.
bet1/3
Sana30.04.2023
Hajmi26.85 Kb.
#1414969
  1   2   3
Bog'liq
Jinoiy javobgarlik va uning asoslari


Jinoiy javobgarlik va uning asoslari.

Reja :
1. Jinoiy javobgarlik tushunchasi
2. Jinoiy javobgarlik va jinoyat huquqiga oid munosabatlar
3. Jinoiy javobgarlik asoslari

1. Jinoiy javobgarlik tushunchasi
Jinoiy javobgarlik tushunchasi Jinoyat kodeksi 16-moddasining 1-qismida о‘z aksini topgan. «Jinoyat uchun javobgarlik - jinoyat sodir etishda aybdor bо‘lgan shaxsga nisbatan sud tomonidan hukm qilish, jazo yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi qо‘llanilishida ifodalanadigan jinoyat sodir etishning huquqiy oqibatidir».
Mazkur tushunchada jinoiy javobgarlikni tashkil etgan bir qator muhim belgilar о‘z aksini topgan. Jinoiy javobgarlik:
1) о‘zining yuridik mazmuniga kо‘ra, jinoyatning huquqiy oqibatidir;
2) ijtimoiy xavfli va aybli qilmish oqibatida yuzaga keladi;
3) hukm qilish shaklidagi davlat majburlovida ifodalanib, jinoiy jazoni qо‘llash yoki qо‘llamaslik yoxud jinoyat huquqiga oid ta’sirning jinoiy jazo bо‘lmagan boshqa ta’sir choralarida о‘z aksini topadi;
4) jinoyat huquqiga oid munosabatlar vujudga keladi, amalga oshiriladi va yakunlanadi;
5) faqat sud tomonidan tayinlanadi.
2. Jinoiy javobgarlik va jinoyat huquqiga oid munosabatlar
Jinoiy javobgarlikning jinoyat huquqiga oid munosabatlar doirasida yuzaga kelishi, amalga oshirilishi va tо‘xtatilishi uning mohiyati faqat mazkur huquqiy munosabatlar orqali ochilishini shart qilib qо‘yadi.
Jinoyat huquqining asosiy maqsadi odamlarning irodali xulq-atvoriga ta’sir etishdan iborat bо‘lsa, huquqiy tartibga solishning predmeti ma’lum ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi. Jinoyat huquqiga oid munosabatlar jinoyat hodisasini, ya’ni shaxsning Jinoyat kodeksida jinoyat sifatida belgilangan qilmishni sodir etishini yuzaga keltiradi. Xullas, jinoyat huquqiga oid munosabat bu jinoyat huquqi normalari orqali tartibga solinadigan ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxs va davlat orasidagi munosabatdir.
Jinoyat huquqiga oid munosabatlarning yuzaga kelish asoslari quyidagicha: a) huquqiy norma (jinoyat qonuni); b) munosabatni yuzaga keltiruvchi huquqiy dalil (jinoyatning sodir etilishi).
Jinoyat huquqiga oid munosabatlarning obyekti jinoiy javobgarlik hisoblanadi.
Muayyan huquqiy munosabat mazmuniga kо‘ra, jinoiy javobgarlik quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin: 1) ayblanuvchiga jazo tayinlamagan holda hukm chiqarish; 2) ayblanuvchiga jazo tayinlash, ammo uni real ijro etmagan holda hukm chiqarish; 3) ayblanuvchiga jazo tayinlash va uni ijro etish orqali hukm chiqarish; 4) ayblanuvchiga tibbiy yо‘sindagi majburlov chorasi sifatidagi jazoni tayinlash va uni amalda bajarish orqali hukm chiqarish; 5) voyaga yetmaganlarga nisbatan jazo tayinlamagan holda majburlov choralarini qо‘llash.
Xullas, muhofaza qilinayotgan jinoyat huquqiga oid munosabatlarning mazmuni, eng avvalo, jinoiy javobgarlikni amalga oshirishga qaratilgan predmetli amaliy faoliyat hisoblanadiki, u huquqiy munosabatlarning tarkibiy qismi, aniqrog‘i, uning obyekti hisoblanadi. Bu esa, о‘z navbatida, ular orasidagi uzviy bog‘lanishga sabab bо‘ladi.

Download 26.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling