Jinoiy javobgarlik va uning asoslari. Reja


Jinoiy javobgarlik asoslari


Download 26.85 Kb.
bet2/3
Sana30.04.2023
Hajmi26.85 Kb.
#1414969
1   2   3
Bog'liq
Jinoiy javobgarlik va uning asoslari

3. Jinoiy javobgarlik asoslari
Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan jinoyat tarkibining barcha alomatlari mavjud bо‘lgan qilmishni sodir etish javobgarlikka tortish uchun asos bо‘ladi (JK 16-m. 2-q.).
JK 16-moddasining 2-qismida jinoiy javobgarlikning umumiy asoslari belgilangan bо‘lib, unda faktik va normativ asoslar о‘z aksini topgan. Jinoiy javobgarlikning faktik asosi shaxs tomonidan sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish hisoblanadi. Aynan shu sababdan yuridik dalil sifatida jinoyat huquqiga oid munosabat yuzaga kelib, uning tarkibiy elementi jinoiy javobgarlik hisoblanadi.
Jinoyat huquqiga oid normada ijtimoiy xavfli qilmishni jinoyat sifatida ta’riflovchi obyektiv va subyektiv elementlar hamda alomatlar eng kam va yetarli bо‘lgan majmui jinoyat tarkibi hisoblanadi. Binobarin, jinoiy javobgarlikning normativ asosi Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan jinoyat tarkibi hisoblanadi, deb xulosa qilish mumkin.
Faktik va normativ asoslar birgalikda jinoiy javobgarlikning umumiy asoslarini tashkil qiladi. Bu hol jinoyatni kvalifikatsiya qilish jarayonida sodir etilgan qilmish va qonunda nazarda tutilgan alomatlar orasida tо‘la muvofiqlikni ta’minlash, davlat huquq-tartibot organlariga jinoyat sodir etganlikda aybdor shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish bо‘yicha huquq va majburiyatlarini tо‘liq amalga oshirish imkonini beradi.
Dastlabki tergov jarayonida jinoiy javobgarlikning faktik va normativ asoslariga muvofiqligini aniqlash bо‘yicha amalga oshiriladigan faoliyat jinoiy qilmishga dastlabki baho berishdan iborat bо‘lib, umuman olganda, jinoiy javobgarlikni yuzaga keltirmaydi, aksincha jinoyat huquqiga oid munosabatlar tarkibini amalga oshirish hisoblanadi. Jinoiy javobgarlikka yakuniy baho sudning ayblov hukmida chiqarilib, mazkur umumiy asos sudlanuvchini jinoyat sodir etishda aybdor deb tan olishga imkon beradi. Ayblov hukmida ijtimoiy xavfli qilmishga salbiy baho berish, shaxsni hukm etishga, ya’ni jinoiy javobgarlikning yuzaga kelishi hamda uning sudda tayinlangan shaklida amalga oshirilishiga sabab bо‘ladi.


Download 26.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling