1.Quyidagi fikr kimga tegishli:
“Har qanday qonun hujjatini qabul qilishdan pirovard maqsad – xalqimizning turmush sharoitini yaxshilash ekanini unutmasligimiz zarur.
Bu jarayondagi eng asosiy masala – qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini ijrochilar va aholiga o‘z muddatida yetkazib berish, ularni amalga oshirishni qat’iy ta’minlashdan iborat”
*a) Shavkat Mirziyoev
b) Alisher Navoiy
c) Abdulla Avloniy
d) Amir Temur
2. Normativ-huquqiy hujjatlarning turlari qaysi javob variantida to‘g‘ri va to‘liq berilgan mavjud?
*a) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi; O‘zbekiston Respublikasining qonunlari; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari; vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari; mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari.
b) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi; O‘zbekiston Respublikasining qonunlari; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sud Kengashining qarorlari.
c) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi; mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari.
d) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi; O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudining qarori.
3. Qaysi normativ-huquqiy hujjatlar qonun hujjatlari hisoblanadi?
*a) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari qonunlardir.
b) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari qonun hujjatlari hisoblanadi.
c) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari qonun hujjatlari hisoblanadi.
d) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari qonun hujjatlari hisoblanadi.
4. Qaysi normativ-huquqiy hujjat oliy yuridik kuchga ega bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining butun hududida qo‘llaniladi?
*a) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.
b) O‘zbekiston Respublikasining qonunlari.
c) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari.
d) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qanday normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish vakolatiga ega?
*a) Farmonlar, qarorlar va farmoyishlar
b) Konstitutsiya va qonunlar
c) Buyruqlar hamda qarorlar
d) Faqat farmonlar
6. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar qanday normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilishga haqli?
*a) Buyruqlar hamda qarorlar
b) Konstitutsiya
c) Qonunlar
d) Farmonlar
7. Me’yoriy - huquqiy hujjatlar o‘rtasida tafovut bo‘lgan taqdirda, qaysi me’yoriy - huquqiy hujjat qo‘llaniladi?
*a) yuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan me’yoriy - huquqiy hujjat qo‘llaniladi.
b) keyinroq qabul qilingan hujjat qoidalari amal qilinadi
c) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga rioya etiladi
d) O‘zbekiston Respublikasining qonunlari qo‘llaniladi.
8. Normativ-huquqiy hujjatlar qachondan e’tiboran kuchga kiradi?
*a) Normativ-huquqiy hujjatlar, agar hujjatlarning o‘zida kechroq muddat ko‘rsatilgan bo‘lmasa, ular rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
b) Normativ-huquqiy hujjatlar yanvarning birinchi ish kunidan boshlab kuchga kiradi.
c) Normativ-huquqiy hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti imzolagan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
d) Normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
9. Quyidagi fikr kimga tegishli:
“Farzandlarimizning qobiliyatini ro‘yobga chiqarishga bolalikdan e’tibor berib, ularning kamoloti uchun barcha imkoniyatlarimizni safarbar etsak, yurtimizdan yana ko‘plab Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug‘beklar yetishib chiqadi. Men bunga ishonaman”?
*a) Shavkat Mirziyoev
b) Konfutsiy
c) Arastu
d) Amir Temur
10. Quyidagi fikr kimga tegishli:“Men Konstitutsiyani bolalar bog‘chasidan boshlab o‘rganishni, maktablarda darslik tariqasida o‘qitishni, oliy o‘quv yurtlarida mahsus bir dars sifatida o‘rganishni bugun barcha mutassaddi rahbar va tashkilotlarimizga topshiriq tariqasida aytmoqchiman. Toki unib o‘sib kelayotgan yosh avlodimiz Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini, u xalqimizning istiqlol yillarida erishgan ulkan tarixiy yutuq ekanini teran anglab yetsin”
*a) Islom Karimov
b) Amir Temur
c) Abdulla Aripov
d) Sayyora Rashidova
11. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi tarkibiy jihatdan qanday tuzilgan?
*a) Muqaddima 6 bo‘lim 26 bob 128 modda.
b) Muqaddima 6 bo‘lim 28 bob 126 modda.
c) Kirish 7 bo‘lim 25 bob 137 modda.
d) Preambula 6 bo‘lim 26 bob 149 modda.
12. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga qaysi yilda birinchi marta o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritilgan?
*a) 1993 yil 28 dekabrda
b) 2003 yil 24 aprelda
c) 2007 yil 11 aprelda
d) 2017 yil 6 aprelda
13. 2003 yil 24 apreldagi "O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq Konstitutsiyaning qaysi boblariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritildi?
*a) XVIII, XIX, XX, XXIII boblariga
b) XVI, XVII, XX boblariga
c) XV, XVI, XVII, XIX boblariga
d) XIV, XIX, XX, XXIII boblariga
14. O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 6 aprelda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qaysi moddalariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilgan?
*a) 80, 81, 93, 107, 110, 111-moddalariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
b) 78-moddasining 15- bandiga, 96, 98-moddalariga o‘zgartirishlar kiritilgan.
c) 77-moddasiga tuzatish kiritilgan.
d) 90-moddasining ikkinchi qismiga tuzatish kiritilgan.
15. O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 31 may kuni qabul qilingan Qonuni asosida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qaysi moddalariga o‘zgartirishlar kiritilgan?
*a) Konstitutsiyaning 80, 93, 108 va 109-moddalariga o‘zgartirishlar kiritilgan.
b) 78-moddasining 15- bandiga, 96, 98-moddalariga o‘zgartirishlar kiritilgan.
c) 77-moddasiga tuzatish kiritilgan.
d) 80, 81, 93, 107, 110, 111- moddalariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan.
16. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga binoan O‘zbekiston xalqi nomidan kim ish olib borishi mumkin?
*a) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Prezidenti
b) Respublika xalqi tomonidan saylangan Prezident
c) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori
d) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Raisi
17. Vakolati tugashi munosabati bilan iste’foga chiqqan Prezident qaysi lavozimni egallaydi?
*a) Iste’foga chiqqan Prezident umrbod O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi lavozimini egallaydi.
b) Iste’foga chiqqan Prezident umrbod Konstitutsiyaviy sud a’zosi lavozimini egallaydi.
c) Iste’foga chiqqan Prezident Bosh Vazir lavozimini egallaydi.
d) Iste’foga chiqqan Prezident umrbod O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi a’zosi lavozimini egallaydi.
18. Qachon “Ta’lim sohasidagi kamsitishlarga qarshi kurash to‘g‘risida”gi
Konvensiya qabul qilindi?
*a) 1960 yil 14 dekabrda
b) 1945 yil 25 oktabrda
c) 1989 yil 20 noyabrda
d) 1966 yil 23 dekabrda
19. Qaysi me’yoriy-huquqiy hujjatda: “Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir”,- deb ko‘rsatilgan?
*a) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida .
b) O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunida.
c) Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasida.
d) Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida.
20. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni qachon qabul qilingan?
*a) 1997 yil 29 avgustda
b) 1998 yil 1 mayda
c) 2017 yil 7 fevralda
d) 2016 yil 14 sentabrda
21. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni tarkibiy jihatdan qanday tuzilgan?
*a) qonun 5 bo‘lim va 34 moddadan iborat.
b) qonun 10 bo‘lim va 1134 moddadan iborat.
c) qonun 4 bob va 33 moddadan iborat.
d) qonun 30 bob 238 moddadan iborat.
22. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunining
19-moddasiga muvofiq Akkreditatsiya qilingan ta’lim muassasalarining
bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ma’lumot
to‘g‘risidagi qanday hujjat berilishi ko‘rsatilgan?
*a) shahodatnoma, diplom, sertifikat, guvohnoma
b) shahodatnoma, diplom
c) diplom, sertifikat, guvohnoma
d) diplom, guvohnoma
23. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro‘yobga chiqarish necha bosqichga bo‘lingan edi?
*a) uch bosqichga
b) ikki bosqichga
c) besh bosqichga
d) to‘rt bosqichga
24. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro‘yobga chiqarishni birinchi bosqichi qaysi yillarga belgilangan?
*a) 1997-2001 yillar
b) 1995-1999 yillar
c) 1999-2001 yillar
d) 2000-2004 yillar
25. Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari sifatida nimalar belgilangan?
*a) Shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan va ishlab chiqarish.
b) Fan va ishlab chiqarish
c) Uzluksiz ta’lim, ta’limning uzviyligi, hamkorlik
d) Shaxs, davlat va jamiyat
26. O‘zbekistonda maktab ta’limi nechta va qaysi tillarda olib boriladi?
*a) 7 tilda: o‘zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg‘iz, turkman va tojik tillarida
b) 5 tilda: o‘zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg‘iz tillarida
c)3 tilda: o‘zbek, qoraqalpoq, rus tillarida
d)8 tilda: o‘zbek, qoraqalpoq, rus, ukrain, qozoq, qirg‘iz, turkman va tojik tillarida
27. O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlari kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni qachon qabul qilingan?
*a) 7 yanvar 2008 yil
b) 21 dekabr 1995 yil
c) 2 iyul 2009 yil
d) 24 mart 2018 yil
28.O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlari kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni qanday tuzilgan?
*a) 4 bob 32 moddadan iborat.
b) 2 qism 4 bob 66 moddadan iborat.
c) 3 qism 54 moddadan iborat.
d) 4 bob 17 moddadan iborat.
29. O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni qachon qabul qilingan?
*a) 2017 yilning 3 yanvarida
b) 2014 yilning 29 avgustida
c) 2000 yilning 12 mayida
d) 2001 yilning 16 sentabrida
30. Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Ёшларни маънавий-ахлоқий ва жисмоний баркамол этиб тарбиялаш, уларга таълим-тарбия бериш тизимини сифат жиҳатидан янги босқичга кўтариш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПҚ-3907-сон қарори қачон қабул қилинган?
*a) 2018 йил 14 августдаги
b) 2017 yilning 29 avgustida
c) 2008 yilning 1 mayida
d) 2016 yilning 14 sentabrida
Do'stlaringiz bilan baham: |