1. Quyidagi fikrlar muallifini toping
Download 66 Kb.
|
test.5-sinf
1. Quyidagi fikrlar muallifini toping. « ... maqol-matallar bejiz paydo bo‘lmagan, ular ham ma’lum bir haqiqatning ifodasi»; A) Fitrat B) Cho‘lpon C) A. Qahhor D) I. Karimov 2. «Ezop tilida so‘zlash», «ezopona til» deb qanday so‘zlashga aytiladi? A) notiqlik qoidalariga rioya qilgan holda so‘zlash B) hissiy bo‘yoqdor so‘zlardan foydalangan holda so‘zlash C) oddiy va sodda xalqona so‘zlash D) maqol, matallar va hikmatli so‘zlar bilan so‘zlash 3. Ezop aql-u farosati, topqirligi bilan oxir-oqibat o‘zini qullikdan xalos etib, qaysi darajalargacha ko‘tarilgan? A) Vavilon shohi Likurgning saroyida xizmatchi, Lidiya shohi Krezning xazinachi B) Lidiya shohi Likurg saroyida xizmatchi, Vavilon shohi Krez saltanatida xazinachisi C) Lidiya shohi Krez saroyida xizmatchi, Vavilon shohi Likurg saltanatida xazinachi D) Vavilon shohi Krez saroyida xizmatchi, Lidiya shohi Likurgning xazinachisi 4. Qadim davrlardayoq «Ezop masallari» nomi ostida jamlangan kitobda Ezopning qancha masali yig‘ilgan edi? A) 50 ga yaqin B) 300 dan ortiq C) 500 ga yaqin D) 600 dan ortiq 5. Uzoq safarga otlanganda Ezop yengilroq yuk sifatida nimani ko‘tarib oladi? A) to‘rt kishi zo‘rg‘a ko‘taradigan non solingan qutini B) to‘rt kishi zo‘rg‘a ko‘taradigan tuz solingan xaltani C) besh kishi zo‘rg‘a ko‘taradigan ovqat solingan qutini D) uch kishi zo‘rg‘a ko‘taradigan ovqat solingan qutini 6. Ezopni sotib olgan o‘ta yengiltak, kaltafahm odam bo‘lgan Ksanf qayerda yashardi? A) Samos orolida B) Delfa shahrida C) Lidiyada D) Frigiyada 7. Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang. Alisher Navoiyning «Mahbub ul-qulub», ya’ni «Qalblarning sevgani» – … asar. A) ijtimoiy-siyosiy B) ma’rifiy-axloqiy C) ma’naviy-ma’rifiy D) ma’naviy-axloqiy 8. «Og‘irning ostidan, yengilning ustidan o‘tma» matali Ezopning qaysi masali mazmuniga mos keladi? A) «Eshak bilan baqalar» B) «Burgut, zag‘cha va cho‘pon» C) «Yovvoyi echkilar va cho‘pon» D) «Ustiga tuz yuklangan eshak» 9. «Do‘stlikka sadoqatli bo‘lish, yangi do‘st orttirganda eskilarini esdan chiqarib yubormaslik» g‘oyasi Ezopning qaysi masalida ilgari suriladi? A) «Yovvoyi echkilar va cho‘pon» B) «Kiyik bilan tokzor» C) «Burgut, zag‘cha va cho‘pon» D) «Eshak bilan baqalar» 10. Ezop qaysi masalida yaxshilikka yomonlik qilish muqarrar jazo bilan yakunlanadi, deyish barobarida insonlarni nafs balosidan ham asranishga, hamma narsaga bir paytning o‘zida erishaman deb, ochko‘zlik qilmaslikka da’vat etadi? A) «Yovvoyi echkilar va cho‘pon» B) «Kiyik bilan tokzor» C) «Burgut, zag‘cha va cho‘pon» D) «Eshak bilan baqalar» 11. Quyidagi fikrlar kimning qaysi asaridan olingan? «Do‘st uldurki, o‘ziga ravo ko‘rmagan narsani, do‘stiga ham ravo ko‘rmaydi». A) Navoiy «Hayrat ul-abror» B) Navoiy «Mahbub ul-qulub» C) Huvaydo «Rohati dil» D) Gulxaniy «Zarbulmasal» 12. «Kimki o‘ziga yaxshilik qilganlarga yomonlik sog‘insa, u albatta Xudoning qahriga yo‘liqqay», – degan hikmatni Ezop qaysi masalida ilgari surgan? A) «Yovvoyi echkilar va cho‘pon» B) «Kiyik bilan tokzor» C) «Burgut, zag‘cha va cho‘pon» D) «Eshak bilan baqalar» 13. «Ko‘rpangga qarab oyoq uzatgin» maqoli Ezopning qaysi masali mazmuniga mos keladi? A) «Yovvoyi echkilar va cho‘pon» B) «Eshak bilan baqalar» C) «Burgut, zag‘cha va cho‘pon» D) «Kiyik bilan tokzor» 14. «Birni ko‘rib shukur qil, birni ko‘rib fikr qil», – degan maqol Ezopning qaysi masali mazmuniga mos keladi? A) «Yovvoyi echkilar va cho‘pon» B) «Eshak bilan baqalar» C) «Burgut, zag‘cha va cho‘pon» D) «Kiyik bilan tokzor» 15. Ezop masallarini she’riy yo‘l bilan lotin tiliga tarjima qilgan masalchi kim? A) Fyodr B) Babriy C) Fedr D) Lafonten 16. Ezopning davomchilari bo‘lgan eramizning birinchi va ikkinchi asrlarida yashab o‘tgan grek masalchilari kimlar? A) Gellert, Babriy B) Babriy, Lessing C) Lessing, Gellert D) Fedr, Babriy 17. Ezop masallarini qayta ishlab, ijodiy boyitib, o‘z davri xususiyatlariga ko‘ra to‘ldirib, rivojlantirgan, o‘zlari ham ulardan ilhomlanib, yangi masallar yaratgan fransuz va rus adiblari kimlar? A) Lafonten, Krilov B) Fyodr, Babriy C) Lessing, Gellert D) Fedr, Babriy 18. Masal janrida barakali ijod qilgan adiblarni toping. 1) XVII asrda Fransiyada Lafonten; 2) XVIII asrda Germaniyada Lessing; 3) XVIII asrda Germaniyada Gellert; 4) XVIII-XIX asrlarda Rossiyada I. Krilov; 5) XVI asrda Fransiyada Lafonten; 6) XVII asrda Germaniyada Lessing va Gellert. A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 3, 5, 6 C) 2, 3, 4, 5 D) 1, 4, 5, 6 19. «Panchatantra», «Kalila va Dimna» asarlari qaysi adabiyot namunalari hisoblanadi? A) turk B) arab C) hind D) fors 20. Nuqtalar o‘rniga mos javoblarni tanlang. «Sharq, jumladan, o‘zbek mutafakkir shoir-u adiblari maxsus … lar yaratishgan, bu asarlar maktab-madrasalarimizda alohida o‘quv qo‘llanma sifatida xizmat qilgan». A) «Pandnoma», «Odobnoma» B) «Xulqnoma», «E’zoznoma» C) «Pandnoma», «E’zoznoma» D) «Xulqnoma», «Odobnoma» 21. «Zarbulmasal» nomli asari bilan o‘zbek adabiyotida masalchilik rivojiga ulkan hissa qo‘shgan Muhammad Sharif Gulxaniy qachon yashab o‘tgan? A) XVII asr oxiri – XVIII asr boshlarida B) XVIII asr oxiri – XX asr o‘rtalarida C) XVIII asr oxiri – XIX asr boshlarida D) XVIII asr o‘rtalari – XX asr boshlarida 22. XX asr o‘zbek adabiyotida masal janrining go‘zal namunalari qaysi adiblar ijodida uchraydi? 1) Hamza Hakimzoda; 2) Muxtor Xudoyqulov; 3) Yamin Qurbon; 4) Sami Abduqahhor; 5) O‘lmas Umarbekov; 6) Abdulla Avloniy; 7) Said Ahmad; 8) Muhammad Sharif Gulxaniy. A) 2, 3, 4, 5, 6 B) 1, 3, 5, 6, 8 C) 1, 2, 3, 4, 6 D) 2, 4, 5, 6, 8 23. Majoziy shakldagi ibratli hikoyatlarning eng sara namunalari Alisher Navoiyning qaysi dostonlarida uchraydi? A) «Hayrat ul-abror», «Mantiq ut-tayr» B) «Mahbub ul-qulub», «Mantiq ut-tayr» C) «Hayrat ul-abror», «Lison ut-tayr» D) «Layli va Majnun», «Lison ut-tayr» 24. Masal nima? A) Hayvonlar orqali insonlarni tasvirlovchi hikoyalar bo‘lib, faqat nasriy shaklda yoziladigan asar. B) Majoziy xarakterdagi qisqa hikoyacha bo‘lib, faqat nasriy shaklda yoziladigan asar. C) Faqat hayvonlar haqidagi hikoyalardan iborat janr bo‘lib, nasriy yoki she’riy shaklda yoziladigan asar. D) Majoziy xarakterdagi qisqa hikoyacha bo‘lib, nasriy yoki she’riy shaklda yoziladigan asar. 25. Masalning asosiy jihati nimada? A) majoziy xarakterdagi qisqa hikoyacha ekanligida B) to‘liq ma’noda tarbiyaviy maqsadga yo‘naltirilganlida C) hayvonlar orqali insonlarni tasvirlovchi hikoyalar ekanligida D) asosiy qahramonlari turli hayvonlar, narsalardan iboratligida 26. Ezopning qaysi masalida qaysi obraz tilidan «Qilmish – qidirmish» maqoli keltirilgan? A) «Kiyik va tokzor», tok B) «Burgut, zag‘cha va cho‘pon», cho‘pon C) «Yovvoyi echkilar va cho‘pon», muallif D) «Kiyik va tokzor», kiyik 27. Ayrim kishilarning kichkinagina qiyinchilik oldida ham esankirab, ruhan cho‘kib qolishlari, holbuki, boshqalar bundan o‘n chandon og‘ir mashaqqatlarni-da sabr-la yengishlari mumkinligi xulosasi qaysi masalga tegishli? A) «Eshak bilan baqalar» B) «Ustiga tuz yuklangan eshak» C) «Kiyik bilan tokzor» D) «Burgut, zag‘cha va cho‘pon» 28. «Bo‘ri bilan laylak» masalidan kelib chiqadigan asosiy xulosani toping.
A) Aqlni ishlatish, qiyinchilikka sabrli bo‘lish kerak. B) Yaxshilikni ham uning qadriga yetadigan odamga qilish kerak. C) Ayrim badfe’l kishilar yomonlik qilmaganliklarini ham yaxshilikka yo‘yadilar. D) A va B 29. XVII asrda yashab ijod etgan fransuz masalchisi kim? A) Lafonten B) Gellert C) Lessing D) Krilov 30. Ezop masallari va ularning xulosalariga oid o‘zaro mos javoblarni toping. 1) «Bo‘ri bilan laylak»; 2) «Kiyik bilan tokzor»; 3) «Eshak bilan baqalar»; 4) «Burgut, zag‘cha va cho‘pon»; 5) «Ustiga tuz ortilgan eshak». a) og‘irning ostidan, yengilning ustidan o‘tma; b) behuda chiranish belni chiqaradi; s) birni ko‘rib shukr qil, birni ko‘rib fikr qil; d) yaxshilikni ham uning qadriga yetadigan odamga qilish kerak; e) qilmish – qidirmish. A) 1-d, 2-b, 3-s, 4-e, 5-a B) 1-d, 2-e, 3-s, 4-b, 5-a C) 1-b, 2-e, 3-s, 4-d, 5-a D) 1-d, 2-e, 3-s, 4-a, 5-b 31. A. Navoiyning qaysi asarlari majoziy shakldagi ibratli hikoyatlarning eng sara namunalarini o‘z ichiga oladi? A) «Hayrat ul-abror», «Lison ut-tayr» B) «Mahbub ul-qulub», «Hayrat ul-abror» C) «Mahbub ul-qulub», «Lison ut-tayr» D) «Munshoat», «Mahbub ul-qulub» QO‘SHIMCHA TESTLAR 32. Ezop qachon va qayerda quldorlik tuzumi hukm surgan paytda qullar orasidan yetishib chiqqan nihoyatda aqlli, ammo o‘ta badbashara, xunuk bir donishmand edi? A) Yunonistonda, eramizdan avvalgi VII asrda B) Vavilonda, eramizdan avvalgi VI asrda C) Frigiyada, eramizdan avvalgi VI asrda D) Yunonistonda, eramizdan avvalgi VI asrda 33. Ezopning asli kelib chiqishi qayerlik va qayerga qul qilib olib kelingan? A) Asli vavilonlik, Yunonistonga qul qilib olib kelingan. B) Asli yunonistonlik, Vavilinga qul qilib olib kelingan. C) Asli frigiyalik, Yunonistonga qul qilib olib kelingan. D) Asli yunonistonlik, Frigiyaga qul qilib olib kelingan. 34. Ezop qay tarzda vafot etadi? A) Haqgo‘yligi, adolatparastligi uchun hasadgo‘y dushmanlari uni Vavilon shahrida tog‘ qoyasidan otib yuboradilar. B) Hasadgo‘y dushmanlari uni Frigiyada tog‘ qoyasidan otib yuboradilar. C) Kinoyali achchiq tili uchun alamzada dushmanlari Vavilon shahrida tog‘ qoyasidan otib yuboradilar. D) Hasadgo‘y dushmanlari Delfa shahrida tog‘ qoyasidan otib yuboradilar. 35. Ezop og‘ir vaziyatlarda qutqarib qolgan, lekin evaziga undan kaltak yegan mashhur faylasuf kim edi? A) Krez B) Likurg C) Ksanf D) Fedr 36. «…men ham dengizni ichib yuborishim mumkin», – deya mast holatda katta ketgan Ezopning xo‘jayini kim edi? A) Ksanf B) Likurg C) Krez D) Fedr 5-§. «UCH OG‘A-INI BOTIRLAR» ERTAGI HAQIDA «UCH OG‘A-INI BOTIRLAR» (Darslikda 45–55 betlar) 1. Ertak deb nimaga aytiladi? A) Xalq og‘zaki ijodining eng qadimiy, ommaviy turlaridan biri bo‘lib, tabiat hodisalari, jonivorlar majoz qilib olinadigan og‘zaki hikoyalar. B) Hayot haqiqati bilan bog‘liq bo‘lmay, xayoliy uydirmalar asosiga qurilgan, tarbiyaviy ahamiyatga ega og‘zaki hikoyalar. C) Hayot haqiqati bilan bog‘liq bo‘lib, xayoliy va hayotiy uydirmalar asosiga qurilgan, tarbiyaviy ahamiyatga ega og‘zaki hikoyalar. D) A va C 2. Mos javoblarni tanlang. Ertaklar qayerda, qanday ataladi? 1) Surxondaryo; 2) Buxoro; 3) Samarqand; 4) Farg‘ona; 5) Xorazm; 6) Toshkent. a) matal; b) ushuk; s) varsaki; d) cho‘pchak. A) 1-a, 2-b, 3-s, 4-d, 5-a, 6-a B) 1-a, 2-b, 3-a, 4-a, 5-s, 6-d C) 1-a, 2-b, 3-a, 4-d, 5-s, 6-d D) 1-d, 2-b, 3-a, 4-a, 5-s, 6-a 3. Ertakning boshlanmasiga e’tibor bering va nuqtalar o‘rniga mos so‘zlarni qo‘ying. «Sizga bog‘ bo‘lsin, bizga … ». A) tog‘ B) najot C) hayot D) bog‘ 4. Ertakning boshlanmasidagi tushib qolgan so‘zlarni toping. «Ertagi-yo ertagi, echkilarning … , qirg‘ovul qizil ekan, quyrug‘i uzun ekan, … mingan ekan, … singan ekan». A) bo‘rtagi, ko‘k muzga, muruti B) ermagi, ko‘p muzga, soqoli C) burtagi, ko‘k shoxga, soqoli D) ermagi, shoxga, mo‘ylovi 5. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida kim podshohdan kenja botirni afv etishini so‘raydi? A) To‘ng‘ich botir B) O‘rtancha botir C) podshohning qizi D) Kenja botirning o‘zi 6. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida bog‘bon o‘g‘rining boshiga nima bilan uradi? A) pichoq bilan B) qilich bilan C) shashpar to‘qmoq bilan D) tosh bilan 7. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagidagi og‘a-inilarga otalari safarga qanday otlarni hozirlab qo‘yadi? A) qora toy, bo‘z toy, saman toy B) bo‘z toy, qora toy, saman ot C) qora toy, saman toy, ko‘k toy D) bo‘z toy, qora toy, ko‘k toy 8. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida ota safarga otlanayotgan o‘g‘illarining xurjunini qancha muddatga yetadigan ovqat bilan to‘ldiradi? A) bir necha kunlik ovqat bilan B) bir haftalik ovqat bilan C) bir oylik ovqat bilan D) bir necha haftalik ovqat bilan 9. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida ota botirlarni tarbiyalashda uch narsaga amal qiladi. Bular qaysilar? 1) Odob-axloqli qilib tarbiyalaydi. 2) Qurol-yarog‘ bilan tanishtiradi. 3) Qo‘rqitmay o‘stiradi. 4) Kurashga tayyorlaydi. 5) Sog‘lom qilib tarbiyalaydi. A) 1, 3, 4, 5 B) 1, 3, 4 C) 2, 3, 5 D) 1, 3, 5 10. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida ota o‘g‘illariga uch narsani nasihat qiladi. Bular qaysilar? A) sog‘lom o‘stirish, yarog‘ bilan tanishtirish, qo‘rqitmay o‘stirish B) yarog‘ bilan tanishtirish, to‘g‘rilik, maqtanchoq bo‘lmaslik C) to‘g‘rilik, maqtanchoq bo‘lmaslik, dangasalik qilmaslik D) to‘g‘rilik, sog‘lomlik, qo‘rqmaslik 11. «Uch og‘ayni botirlar» ertagida podshoh aslida kimning o‘g‘li edi? A) bog‘bonning B) dehqonning C) novvoyning D) temirchhining 12. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagidagi aka-ukalarning yoshlarini aniqlang. A) 20; 18; 16 B) 21; 18; 16 C) 21; 20; 18 D) 20; 18; 17 13. Ertaklarning boshlanmalarida nima «quyrug‘i uzun ekan, ko‘k muzga mingan ekan, muruti singan ekan» deb ta’riflanadi? A) qirg‘ovul B) qora qarg‘a C) to‘rg‘ay D) tovus 14. Ertaklarning boshlanmalarida qaysi jonivor «azonchi» deyiladi? A) bo‘ri B) qirg‘ovul C) to‘rg‘ay D) ola qarg‘a 15. «Uch og‘ayni botirlar» ertagida to‘ti necha kunga uyiga borib kelish uchun ruhsat so‘raydi va podshoh unga necha kunga ruxsat beradi?
A) 20 kunga, 3 haftaga ruxsat beradi B) 3 haftaga, 15 kunga ruxsat beradi C) 20 kunga, 15 kunga ruxsat beradi D) 2 haftaga, 10 kunga ruxsat beradi 16. Navbatma-navbat qorovullikda turgan botirlarning boshidan nimalar o‘tadi? A) To‘ng‘ich botir sherni, O‘rtancha botir ajdarhoni o‘ldiradi, Kenja botir xazinaga tushmoqchi bo‘lgan o‘g‘rilarni qirib tashlaydi. B) To‘ng‘ich botir ajdarhoni, O‘rtancha botir sherni o‘ldiradi, Kenja botir o‘g‘rilarni qirib tashlaydi. C) To‘ng‘ich botir ajdarhoni, O‘rtancha botir sherni o‘ldiradi, Kenja botir xazinaga tushmoqchi bo‘lgan xoinlarni qirib tashlaydi. D) To‘ng‘ich botir sherni, O‘rtancha botir xoinlarni o‘ldiradi, Kenja botir ajdarhoni o‘ldiradi. 17. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida aka-ukalar qancha muddatda otalari huzuriga qaytib kelishadi? A) 3 yilda B) 2 yilda C) 2 oyda D) 12 oyda 18. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida «Elimiz bir bo‘lsa ham, tarbiyamiz boshqa» jumlasi kimning tilidan aytiladi? A) O‘rtancha botir B) Kenja botir C) To‘ng‘ich botir D) podshoh 19. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida podshoh to‘tini necha yil qafasda saqlaydi? A) 4 yil B) 3 yil C) 7 yil D) 5 yil 20. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida Kenja botir nima haqida hikoya qilib beradi? A) uzum haqida B) novvoy haqida C) podshohning to‘tisi haqida D) podshoh haqida 21. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida shinniga odam qoni qo‘shilganligi haqidagi fikrni kim bildiradi? A) To‘ng‘ich botir B) O‘rtancha botir C) podshoh D) vazir 22. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida podshohning eng sevimli kuyovi kim edi?
A) To‘ng‘ich botir B) O‘rtancha botir C) Kenja botir D) hammasini teng ko‘rardi 23. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida to‘ti qancha vaqtda Hindistonga yetib boradi? A) 7 kunda B) 6 kunda C) 3 kunda D) 15 kunda 24. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida podshohga uch dona yoshartiruvchi mevani qaysi obraz beradi? A) Kenja botir B) vazir C) O‘rtancha botir D) to‘ti 25. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida podshohga zahar sochmoqchi bo‘lib turgan ilonni kim o‘ldiradi? A) O‘rtancha botir B) Kenja botir C) To‘ng‘ich botir D) to‘ti 26. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida «Saralab yemoq faqirning ishi» jumlasi kimning tilidan aytiladi? A) O‘rtancha botirning B) Kenja botirning C) To‘ng‘ich botirning D) to‘tining 27. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida keltirilgan hikoyada to‘ti va podshoh o‘rtasidagi kelishuv nima haqida edi? A) Hindistondan sehrli meva olib kelish haqida B) Hindistondan ona to‘tini olib kelish haqida C) ikki haftada Xitoyga borib kelish haqida D) zindondagi asirlarni ozod qilish haqida 28. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida podshoh nima uchun o‘z qizlarini musofir yigitlarga turmushga berishga rozi bo‘ladi? A) boyligi uchun B) tarbiyasi uchun C) pahlavonligi uchun D) merganligi uchun 29. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida kimning aka-ukalarga hasadi bor edi? A) vazirning B) saroybonning C) podshohning D) to‘tining 30. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida quyidagi jumla kimning tilidan aytiladi? «…podshoh degani it go‘shtidan ham qaytmaydi…» A) O‘rtancha botir B) Kenja botir C) To‘ng‘ich botir D) to‘ti 31. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida quyidagi jumla kimning tilidan aytiladi? «…va’da – ulug‘ muqaddas narsa, uni buzish yaramaydi. Va’dani buzmoq – og‘ir gunoh». A) O‘rtancha botir B) to‘ti C) To‘ng‘ich botir D) Kenja botir 32. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida quyidagi jumla kimning tilidan aytiladi? «Podshoh deganning marhamatidan qahri ortiq, podshoh bilan sherga yaqin bo‘lmoq hikmatdan emas». A) to‘ti B) to‘tining qarindoshi C) O‘rtancha botir D) To‘ng‘ich botir 33. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida go‘sht qo‘zi go‘shti ekanligini, u it emib katta bo‘lganini kim topadi? A) Kenja botir B) vazir C) O‘rtancha botir D) To‘ng‘ich botir 34. «Uch ogʻa-ini botirlar» ertagida botirlarga tortilgan nonni kim taxlagan edi? A) novvoy B) podshoh C) vazir D) dehqon 35. «Uch og‘ayni botirlar» ertagida «Podshohlik – qonxo‘rlik demak» degan fikrni kim aytgan? A) podshoh B) To‘ng‘ich botir C) Kenja botir D) vazir QO‘SHIMCHA TESTLAR 36. Ertakning boshlanmasiga e’tibor bering va nuqtalar o‘rniga mos so‘zlarni qo‘ying. «…g‘oz karnaychi ekan, o‘rdak surnaychi ekan, … azonchi, … qozonchi, chumchuq chaqimchi ekan, to‘rg‘ay…ekan, bo‘ri bakovul ekan, tulki yasovul ekan, ertagimning … bor, yetti kunlik yeri bor, yetti kunlik yerida…bo‘ri bor. Bir bor ekan, bir yo‘q ekan...». A) oq qarg‘a, qora qarg‘a, taqimchi, sheri, tishi o‘tkir B) ola qarg‘a, qora qarg‘a, to‘qimchi, sheri, dumi kalta C) qizil qarg‘a, qora qarg‘a, taqimchi, sheri, dumi uzun D) ola qarg‘a, qora qarg‘a, to‘qimchi, sheri, tishi o‘tkir 37. «Uch og‘ayni botirlar» ertagidagi shashpar to‘qmoq bilan o‘g‘rining boshiga urib o‘ldirgan qahramon kim edi? A) Kenja botir B) O‘rtancha botir C) bog‘bon D) To‘ng‘ich botir 38. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida to‘tini qay tarzda o‘ldiradilar? A) Dorga osadilar. B) Qanotini qirqib, qoyadan tashlaydilar. C) Suvga cho‘ktiradilar. D) Kallasini tanasidan uzib tashlaydilar. Download 66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling