O’qish fanidan 1 soatlik ochiq dars ishlanmasi ­ Sana: Mavzu


Download 437.71 Kb.
Sana03.02.2023
Hajmi437.71 Kb.
#1148613
Bog'liq
Zamira opa


O
hangaron shahar
1-umumiy o’rta ta’lim maktabi
boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Umirzoqova Zamiraning
o’qish fanidan 1 soatlik
OCHIQ DARS
ISHLANMASI
­

Sana: _______
Mavzu: Lol bo‘lgan tulki. (Yamin Qurbon)
Darsning maqsadi:
Ta`limiy: DTS talablari asosida dars o’tish. O’quvchilarda lol bo’lgan tulki asarni o’qishga qiziqish uyg’otish. Yamin Qurbon ma’rifatparvarlarning asarlaridagi hikmat, o’g’it va nasihatlarni o’rgatib, ularga amal qilishni uqtirish. O’quvchilarning to’g’ri, ongli va ifodali o’qish malakalarini takomillashtirish.
Tarbiyaviy: Insoniyat tarixiy taraqqiyoti jarayonida madaniy, ma’naviy, milliy merosdagi avlod-ajdodlarimizdan qolgan odob-axloq haqidagi bilimlardan boxabar qilish.
Rivojlantiruvchi: Dars jarayonida egallangan bilimlarni aniqlash, umumlashtirish, mustahkamlash.
TK4: badiiy asarlarda aks etgan ma’naviy va madaniy hodisalar mohiyatini to’g’ri tushunish va talqin qila olish., ulardagi estetik jihatlarni ilg’ash hamda tushuntirib bera olish;
TK2: mavjud axborot manbalaridan (kitob, telefon, televizor, radio, va boshq) foydalana olish va xulosa chiqarish;
FK1: ularni tushunib ongli, to’gri ifodali (bo’g’inlamay sidirg’a) o’qiy oladi; matnlarning mazmunini to’liq yoki qisqartirib qayta aytib bera oladi;
Darsning turi: Yangi bilim beruvchi dars.
Darsning metodi: Induktiv, suhbat, izlanish metodi.
Darsning jihozi: Asar mazmuniga ishlangan rasm, rebuslar to’plami, savolli kartochkalar, tarqatma materiallar.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
Salomlashish
Davomatni aniqlash
O’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish.
Baxilning yomonligi
Bir mahallada saxiy va badavlat odam ya- shar ekan. U doim odamlarga yaxshilik qilar va ularni tez-tez uyiga mehmonga chaqirib turar ekan. Mahalla ahli uning hurmatini joyiga qo‘yar ekan. Lekin shu mahallada bir baxil kishi o‘sha odamni yomon ko‘rar ekan. Or- qasidan ig‘vo qilib, paytini topsa, unga ziyon yetkazar ekan. Haligi saxiy odam qachon ziyofat bersa, o‘sha baxilni ham chaqirar va izzat-ikrom qilar ekan. Haligi odam ziyofatga kelib, saxiyning osh-nonini yeb, tashqariga chiqib, yana uni yomonlar ekan. Mahalla ahli uning bu ishidan hayron bo‘lar ekan.
II. O’tgan darsda berilgan uyga vazifani tekshirish va o’quvchilarni aniqlash.
Dam olish daqiqasi.


III. Yangi mavzuning bayoni:
Lol bo’lgan tulki
(Masal) Yamin Qurbon

Zog‘cha yerdi daraxtda pishloq,
Tulki kelib gap qotdi shu choq:
O, azizim, mehribon Zog‘cha,
Ovozingga qoyildir barcha.
Dovrug‘ingni eshitib birdan,
Sevindim chindan!
Shundan berimen senga mushtoq,
Sayrab bergin, yo‘q dema, o‘rtoq!“
Pishlog‘ini xuddi shu lahza
Qanotiga qisdi-da Zog‘cha,
Qah-qah urib qaytardi javob:
„Seni sira ko‘rmakka yo‘q tob.
Likillatmay menga dumingni,
Borib, alda katta buvingni!
Ko’r hassasin yo’qotar bir gal,
O’tib ketdi endi u mahal!
So’ng pishloqni cho’qidi asta.
Tulki nochor mo’ltirab pastda
Xo’rsindi-yu kuldi zo’raki,
Lunjlaridan oqdi so’lagi.



IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.

  1. Masalni rollarga bo’lib o’qing.

  2. Zog’cha va tulkiga munosabat bildiring.

  3. Masaldan qanday xulosa chiqardingiz.

V. Dars jarayonida faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish va baholash. O’quvchilarga darsda va munozaralardagi ishtirokiga ko’ra ball qo’yib boriladi. Dars yakunida ballar umumlashtiriladi va natijalar e’lon qilinadi.
VI. Hikoyani uyda mustaqil o’rganib kelish.
Download 437.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling