Sirdayo viloyati Xovos tumani 9-maktabning boshlang`ich sinf o`qituvchisi Yuldasheva Dilfuzaning 3-sinflar uchun tuzgan pisa testi. Baxilning yomonligi
Download 18.24 Kb.
|
3-sinflar uchun PISA test
- Bu sahifa navigatsiya:
- Topshiriqlar.
Sirdayo viloyati Xovos tumani 9-maktabning boshlang`ich sinf o`qituvchisi Yuldasheva Dilfuzaning 3-sinflar uchun tuzgan PISA testi. Baxilning yomonligi(Rivoyat)Bir mahallada shaxsiy va badavlat odam yashar ekan. U doim odamlarga yaxshilik qilar va ularni tez-tez mehmonga chaqirar ekan. Mahalla ahli uning hurmatini joyiga qo`yar ekan. Lekin shu mahallada bir baxil kishi o`sha odamni yomon ko`rar ekan. Orqasidan ig`vo qilib, paytini topsa, unga ziyon yetkazar ekan. Haligi saxiy odam qachon ziyofat bersa, o`sha baxilni ham chaqirar va izzat-ikrom qilar ekan. Haligi odam ziyofatga kelib osh-nonini yeb, tashqariga chiqib, yana uni yomonlar ekan. Mahalla ahli uning bu ishidan hayron bo`lar ekan. Bir kuni shu mahalladagi odam saxiydan so`rabdi: -Siz falonchining sizga dushman ekanligini bilamysizmi? Nega uni uyingizga chaqirib mehmon qilasiz? -Bilaman, lekin qo`shnichilik hurmatidan chaqiraman. Bir kuni insofga kelib qolar deb umid qilaman. Qolaversa, uning gaplarini eshitib , yana nimani rejalashtirayotganini bilib olaman, -debdi. Ey farzand, dushman kichkina, qo`lidan nima ham keladi, deb g`aflatda qolma. Uning niyatidan doim xabardor bo`lib tur.
A. Rivoyat B. Hikoya D.Ertak 2.-Siz falonchining sizga dushman ekanligini bilmaysizmi?Nega uni uyingizga chaqirib mehmon qilasiz?gaplari kimga tegishli? A. Saxiyga B. baxilga D. mahalladagi odamga 3. Saxiy va baxil odamga munosabat bildiring ------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------ 4. Rivoyatdan qanday xulosa chiqardingiz? 5. Saxiylik va baxillik haqida maqollar yozing. Download 18.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling