Qishloq axolisiga tibbiy yordamni tashkil etish


Download 44.28 Kb.
Pdf ko'rish
Sana06.03.2017
Hajmi44.28 Kb.
#1850

Mavzu 

№ 10 


 

Qishloq axolisiga tibbiy 

yordamni tashkil etish 

xususiyatlari  



Qishloq axolisq axolisiga tibbiy yordam  ko'rsatishning xususiyatlari.  

  Qishloq sharoitining o'ziga xos xususiyatlari 

kuyidagilardan iborat. 

 

1. Qishloq axolisining tarqoq joylashganligi 



2. Qishloq xo'jaligi ishlarining mavsumiyligi 

3. Tuman markaziga ayrim qishloqlarning uzoq 

joylashganligi, yo'l sharoitlarining yomonligi. 

4. Jamoat transportlarining yetishmasligi, ularning 

belgilangan grafikda muntazam qatnamasligi, telefon 

aloqasining yomonligi. 

5. Ijtimoiy- maishiy sharoitlarning ko'ngildagiday tashkil 

etilmaganligi. 



Qishloq axolisiga tibbiy xizmatning tashkil qilishning eng asosiy 

o'ziga xos xususiyatlaridan biri uning bosqichligidadir. 

1. Qishloq axolisiga birinchi bosqichda tibbiy yordam ko'rsatuvchi 

muassasa bu qishloq vrachlik punktidir

. £

ozirda ushbu bosqichda 



axoliga tarkibiga qishloq uchastka kasalxonasi, vrachlik 

ambulatoriya qishloq vrachlik punkti, FAP, salomatlik punktlari, kabi 

tibbiy muassasalar aholiga BTSYo ko'rsatmoqda.  

2. Ikkinchi bosqichda tibbiy yordam qishloq axolisiga tuman tibbiyot 

muassasalari tomonidan ko'rsatiladi. Ularga tuman markaziy 

kasalxonasi, tumandagi zonal kasalxonalar, tuman D.S.E.N.M va 

boshqa tibbiyot muassasalar kiradi. Bundan tashqari bosqichda 

qishloq axolisiga viloyat shifoxonalarida xam tibbiy yordam 

ko'rsatiladi. Ularga viloyat shifoxonasi, viloyat shoshilinch tibbiy 

yordam ilmiy markazlari dispanserlar stomatologik poliklinika, viloyat 

D.S.E.N.M va xokazolar 


Tumanlarda tibbiy muassasalarni tashkil etish tizimi 

I. Bosqich qishloq vrachlik punktlari  

 

Hozirda rivojlangan mamlakatlardagi sog'liqni saqlash tizimining 



tajribalarini, kundan-kunga o'ta qimmatbaxo xizmat turiga 

aylanayotgan statsionar xizmatdan qisman bo'lsada voz 

kechish, axolini ijtimoiy muxofazalash hamda tibbiy 

feldsherlik emas, balki vrachlik yordamini axoliga 

yaqinlashtirish, tibbiy, yordamning samaradorligini oshirish, 

kelgusida oila shifokori tizimini yaratish maqsadida qishloq 

joylarida bir-birini vazifasini va kamchiliklarini takrorlayotgan 

murakkab ko'p bosqichli (5 bosqich) sog'liqni saqlash 

tizimidan 2 bosqichli tizimga keng qo'llamda o'tilmoqda.  


Qishloq vrachlik punkti axoliga malakali vrachlik 

tibbiy yordamini ko'rsatishi mo'ljallangan 

davolash-profilaktika muassasasi hisoblanadi. 

Qishloq vrachlik punkti 1500 va undan ko'p 

bo'lgan axoli yashaydigan qishloqlarda tashkil 

etiladi. Qishloq vrachlik punkti, u xizmat 

ko'rsatayotgan axoli soniga, xizmat radiusiga va 

yo'llarni rivojlanganligiga hamda qishloq xo'jalik 

va  ishlab chiqarish tarmoqlariga qarab tashkil 

etiladi.  



Qishloq vrachlik punktining asosiy vazifalari:  

1. Biriktirilgan xudud axolisini malakali tibbiy yordam bilan ta'minlash; 

2. Axoli orasida kasallanish jaroxatlanish nogironlik va o'limni 

kamaytirish bo'yicha davolash profilaktik ishlarni o'tkazish 

3. Axoli sanitar 

gigiyenik madaniyatini oshirish bo'yicha tadbirlar 



tashkil etish va o'tkazish, sog'lom turmush tarzini targ'ib etish 

jumladan, ratsional ovqatlanish, chekish spirtli ichimliklar ichish  va 

boshqa zararli omillarga qarshi  kurash, jismoniy madaniyat va 

sportni keng ommalashtirish; 

4. Sanitariya va epidemiyaga qarshi kompleks tadbirlar o'tkazish; 

5. O'sib kelayotgan avlod sog'lomlashtirish, onalar va  bolalar 

salomatligini muxofazalash, extiyoj sezilmagan xomiladaorlikni oldini 

olish, oilani rejalash, bolalar orasida tug'ma anomalayalar va irsiy 

kasalliklarni kamaytirish bo'yicha chora tadbirlar o'tkazish; 

6. Aholiga tez va shoshilinch tibbiy yordam ko'rsatish; 

7.   Aholi orasida birinchi navbatda, bolalar  o'smirlar, tug'ruq yoshidagi 

ayollar, qishloq xo'jalik xodimlari va bemorlar orasida tibbiy 

ko'riklarni tashkil etish, ularni dispanser nazoratiga olish; 


Qishloq vrachlik punktining asosiy vazifalari: 

(Davomi) 

8. Eng ko'p tarqalgan muxim kasalliklar ayniqsa sil, yuqumli, teri tanosil, o'sma 

kasalliklarga qarshi kurash bo'yicha davolash profilaktik tadbirlarni o'tkazish; 

9.  Axolining umumiy kasallanish va ishchi-xizmatchilarning vaqtinchalik ish 

qobiliyatini yo'qotganlik sabablarini o'rganish, xo'jalik, tashkilot muassasa 

rahbarlari bilan birgalikda ularni kamaytirish bo'yicha chora-tadbirlar ishlab 

chiqish;  

10. Biriktirilgan axoliga tibbiy yordam ko'rsatishning tashkiliy-uslubiy shakillarini 

rivojlantirish va takomillashtirish, sifat va samaradorligini oshirish; 

11. Har xil kasalliklar bilan kasallangan bemorlarni barvaqt aniqlash, ularga 

markaziy tuman shifoxonasi, yaqinda joylashgan davolash 

muassasalarining vrach mutaxassislari tomonidan konsultatsiyalar tashkil 

etish; 

12. Bemorlarni boshqa tibbiyot davolash profilaktk muassasalariga yotqizishni 



o'z vaqtida tashkil etish; 

13. Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi, tuman markaziy 

shifoxonasini yuqumli kasalliklar, zaharlanishlar va boshqa favquloddagi 

xodisalar ro'y berganda o'z vaqtida xabardor etish; 

14. Jamoat tashkilotlarini axoli salomatligini saqlash va mustaxkamlash 

bo'yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va o'tkazishga jalb etish. 

 


Birlamchi tibbiy sanitariya yordamini takomillashtirishning asosiy 

yo'nalishlaridan biri onalar va bolalar salomatligini muhofazalash 

xisoblanadi. Barcha xududlarda bolalar muassasalari va tug'ruqxona 

komplekslari faoliyatini muvofiqlashtirish, xavfsiz onalikni ta'minlash 

va tug'ruq  yoshidagi  ayollar salomatligini yaxshilash maqsadida, 

onalar va bolalar skrining markazlari va 

«

Perinatalogiya



» 

markazlari 

«

Ixtisoslashgan tibbiy-genetika markazlari



» 

va  va boshqalar tashkil 

etilmoqda  ular onalar, chaqaloqlar o'limini, tug'ma anomaliyalar va 

perinatal davr  xastaliklari bilan tug'ilayotgan bolalar sonini keskin 

kamayishiga olib keladi.  


Axolining sotsial-iqtisodiy jixatdan turmush tarzining o'zgarishi, salomatlik 

ko'rsatkichlarini bir muncha yomonlashuviga axoli orasidagi sotsial 

axamiyatga ega bo'lgan kasalliklar sonini o'sishga olib kelmoqda, axoli 

orasida keksalar va qariyalar sonining oshishi, tibbiy yordam ko'rsatishni 

ambulatoriya poliklinikadan oilaga transformatsiya qilishni yaqinlashtirishni 

va oila doirasida eng keng tarqalgan kasalliklari profilaktikasi bilan 

shug'ullanishga e'tiborni qaratishga taqozo etmoqda. Bu vazifalarni yechish 

uchun  respublikamizda birlamchi tibbiy sanitariya yordamini  umumiy 

amaliyot shifokorlari bilan ta'minlashga katta e'tibor berilmoqda.   

Birlamchi tibbiy sanitariya yordami tizimini takomillashtirishning asosiy 

vazifalaridan biri BTSYoning asosiy qismini keng profilli mutaxassislar kuchi 

bilan amalga oshirishga o'tish lozim.  



BTSYo yanada takomillashtirish bosqichma-bosqich,  mamlakatning 

real imkoniyatlaridan kelib chiqqan xamda BTSYoning tashkiliy, 

xuquqiy bazasini yaratgan xolda va umumiy amaliyot shifokori 

tayyorlashning tibbiy xodimlarini kasbiy maxoratini oshirishning 

asosiy prinsiplarini amalga oshirish yordamida olib boriladi.  

Tuman axolisiga tibbiy xizmat ko'rsatishning 2 chi bosqichidagi 

asosiy tibbiyot muassasasi bu tuman markaziy shifoxonasidir 

Tuman markaziy shifoxonasi tuman aholisiga malakali ixtisoslashga 

statsionar hamda poliklinika xizmatini ko'rsatuvchi, tumandagi barcha 

tibbiyot muassasalarning ish faoliyatini boshqaruv, tuman axolisiga 

sifatli tibbiy xizmatni tashkil etishga ma'sul  tashkiliy metodik markaz 

xisoblanadi. 



Tuman markaziy shifoxonasining vazifalariga quyidagilar kiradi. 

1. Tuman va tuman markazi aholisiga poliklinika va 

kasalxonada malakali xamda ixtisoslashgan tibbiy yordamni 

tashkil qilish 

2. Tuman xududida joylashgan barcha davolash-profilaktik 

muassasalarini seperativ va tashkiliy metodik tomonidan 

boshqarish shu bilan birga ularning ish faoliyatini nazorat 

qilish 


3. Ishchilarning vaqtinchalik xamda doimiy mexnat qobiliyatini 

yo'qotganlik darajasini o'rganish va taxlil qilish 

4. Tumandagi barcha davolash profilaktika muassasalari 

faoliyatiga zamonaviy diagnostik, davolash va profilaktik 

texnalogiyalarni joriy etish 

5. Tibbiyot xodimlarini tarbiyalash, malakasini oshirish ulardan 

oqilona foydalanish bo'yicha tadbirlar ishlab chiqish. 


Qishloq aholisini dispanser nazoratiga olishning o'ziga xos 

xususiyatlari  

 

Xozirgi davrda dispanser nazoratiga aholi 2 



ta ko'rsatmaga muofiq olinadilar: 

- ijtimoiy ishlab chiqarish ko'rsatmasi 

- tibbiy ko'rsatma 


Ijtimoiy ishlab chiqarish ko'rsatma bo'yicha quyidagilar 

dispanser nazoratiga olinadilar: 

- mexanizatorlar 

- ferma ishchilari 

- suvchilar 

- zaxarli ximikatlar bilan ishlovchilar 

- xomilador va emizikli ayollar 

- UVU qatnashchilari va nogironlari 

- xo'jalik raxbarlari 


Tibbiy ko'rsatma bo'yicha qishloqda 

ham xuddi shaxardagidek axoli 

bemorlar 43-44 ta kasallik  formalari 

bo'yicha  kasalliklarga chalinganda 

dispanser nazoratiga olinadi. 


Qishloq axolisini dispanser nazoratidan o'tkazish ikki 

bosqichdan iborat: 

1. Ro'yxatga olish bosqichi 

2. Dispanser nazoratini amalga oshirish 

bosqichi 


Ro'yxatga olish  bosqichining o'zi yana 2 

davrga bo'linadi 

1. Tayyorgarlik 

2. Ishchi davr. 



Tayyorgarlik davri  o'z ichiga barcha 

tashkiliy va  metodik masalalarni xal 

qilishni taqazo etadi. 

Ishchi davri  bu bevosita tumanlarda 

tibbiy ko'rikni tashkil qilishni o'z 

ichiga oladi. 



Qishloq axolisini dispanserizatsiya qilishda F.A.G va 

K.V.P ning roli quyidagilardan iborat. 

- xar bir yamovchining yoshiga jinsiga va kasbiga qarab 

yiliga ro'yxatga olish o'z vaqtida bu ma'lumotlarni 

uchastka vrachlariga yetkazib tibbiy ko'rik o'tkazish 

muddatlarini va joylarini belgilash; 

- xar bir dispanser nazoratiga olingan shaxsga 

ambulatoriya kartasi 131 shaklni nusxasi ochiladi yoki 

dispanserlik  nazorat kartasi 

 0 30/m, 



- tibbiy ko'rik o'tkazilishi  to'g'risida aholini o'z vaqtida 

axolantiradi 

- joy bilan ta'minlashda va o'zi xam ko'rikda aktiv 

qatnashadi. 



Ma'ruzaning ta'minoti 

  jadvallar: qishloq axolisiga tibbiy xizmat 

qilishning asosiy xususiyatlari, 

kategoriyalari, vazifalari, dispanser 

nazoratiga olishning asosiy xususiyatlari. 


Talabalarning mustaqil ishlari: 

 

qishloq axolisiga tez tibbiy yordam 



ko'rsatishning asosiy princhiplari 

   


Tez tibbiy yordam ko'rsatish markazi, 

ularning tarkibi, turlari va vazifalari 



Nazorat savollari: 

1. Qishloq axolisiga tibbiy xizmat kursatishda qanday xususiyatlar 

mavjud 

2. Qishloq uchastka kasalxonasining vazifalari nimalardan iborat. 



3. Qishloq vrachlik punktining asosiy vazifalari nimalardan iborat 

4. Feldsherlik 

 akusherlik punktining asosiy vazifalari nimalardan 



iborat 

5. Markaziy tuman shifoxonasining asosiy tarkibiga nimalar kiradi. 

6. Tuman markaziy shifoxonasining asosiy vazifalari nimalardan iborat. 

7.  Qishloq axolisini dispanser nazoratiga olish qaysi ko'rsatmalar 

bo'yicha olib boriladi 

8. Ijtimoiy ishlab chiqarish ko'rsatmasi bo'yicha kishilar dispanser 

nazoratiga olinadilar 

9. Qishloq  axolisini dispanser nazoratiga olishning bosqichlari 

nimalardan iborat 

10. Qishloq axolisining dispanserizatsiya qilishda F.A.P va K.V.P 



larining asosiy o'rni nimalardan iborat 

Download 44.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling