1. Quyidagi qaysi gapda fonetik qoidaga uchragan so’z qatnashmagan?
Download 267.76 Kb. Pdf ko'rish
|
2 5373214033887367216
Ona tili test 15talik 1. Quyidagi qaysi gapda fonetik qoidaga uchragan so’z qatnashmagan? A) Kundoshlarning eng kichigi – bu dargohga tushganiga besh oygina bo‘lgan kelinchak edi. B) Chappar urib gullagan bog‘in, O‘par edim vatan tuprog‘in. C) Biz shu yo‘llar tizginin qo‘lga olaroq… yer kurrasin boshin tang‘idik. D) Gulshanlar kirgan hovli «qirq qizlar» deb atalar edi. 2. Qaysi qatordagi barcha so’zlar imloviy jihatdan to’g’ri yozilgan? A) Shaddot, shahriyor, g’uvullamoq B) palapon, boloxona,majruh C) Loppillamoq, ta’qiq, xusumat D) Xolisona, masud, ryukzak 3. Qaysi qatorda paronim qo’llash bilan bog’liq xatolik mavjud? A) Bugun senbop qiz uchratdim-da! B) Yo’lchi yuragini siqayotgan g’amdan xalos bo’ldi. C) Yetarlicha yonilg’i o’choq boshiga yetkazildi. D) Bu adib tillarda dostondir. 4. Quyidagi qaysi gapda ravish qatnashgan? A) O‘tmish voqealaridan so‘z ketdi. B) U laqillab o‘tirishga emas, ishlashga kelgan. C) Kasalligidan darsga kelmadi. D) U har kuni ishga mashinada kelardi. 5. Dadam tayyor hosilni sirli tog‘oralarga solib, oftobda eritib, mumlarini ajratardilar. Ajratib ko’rsatilgan so’zlar haqidagi to’g’ri hukmni toping. A) Sifatdosh B) Ravishdosh C) Sof fe’l D) Harakat nomi 6. Quyidagi qaysi gapda qo’shma olmosh qo’llangan? A) Biz har doim seni yaxshi ko’rganmiz. B) Nechuk jamolingni mendin yashirasen! C) O‘zlari-chi? O‘zlari shu darajaga yeta oladilarmi? D) Mana bu ishni kim qilsa-da, o‘ziga to‘q odam qilibdi 7. Qo‘ying, ko‘rib turibsiz-ku sho‘rlikning ahvolini. Dilora: Boshda bunday emas edi u, Darveshali aka. Insofli edi, diyonatli edi. Ushbu gapda nechta so’z yasovchi qo’shimcha qatnashgan? A) 2ta B) 3ta C) 4ta D) 5ta 8. Qaysi qatorda qo’shimcha qo’llash bilan bog’liq uslubiy xatolikka yo’l qo’yilgan? A) Keyin odatiy torta-tort boshlandi: biznikiga yuring – yo‘q, ketdik biznikiga, bir osh uyushtirsak – boshqa kun. B) Tog‘orachaga solib qozonning ichiga qo‘yib qo‘ygan edim. C) Turg‘unimning boshida shu ishlar tushmasa, bunaqa siqilib qolmasmidik? D) Singlim, men o‘n kunda qaytib kelaman, kelgunimcha o‘rtog‘ingiz bilan birga bo‘ling. 9. Qaysi javobda faqat teng bog’lovchilar berilgan? A) Va, goh…goh, ya’ni B) Yo…yo, na…na, hamda C) Chunki, lekin, ammo D) Va, biroq, negaki 10. Majhul nisbatdagi fe’l bilan ifodalangan kesim qatnashgan gapni toping. A) Qizcha erkalanib onasining bo‘yniga osildi. B) To’satdan it Hurinisaga tashlandi. C) Suvning hammasi uning yeriga yiqildi. D) Afsuski, u imtihondan yiqildi. 11. Qaysi qatorda ot kesim qatnashgan? A) U ot tagiga to‘kilgan bedalarni bir quchoq qilib supurib olib keldi. B) Keldi ochilur chog‘ing, O‘zliging namoyon qil. C) O’zligini yo‘qotgan xalq boshqa bir xalqqa qo‘shilib ketadi. D) Bunda па g‘am bor, na azob. 12. Mansur Siddiqovning likopchasi mashhur bo’lib ketdi. Gapda ajratib ko’rsatilgan so’zda qay usulda ma’no ko’chgan? A) Metafora B) Sinekdoxa C) Metonimiya D) Vazifadoshlik 13. Shu kuni keksa qul Darxon zindonga tashlanadi. Ushbu gap haqidagi to’g’ri hukmni aniqlang. A) Gapda 3ta fe’lli birikma bor B) Gapda 2ta holli birikma mavjud C) Otli birikma qatnashmagan D) Aniqlovchiga nisbatan hokim bo’lgan so’z holga tobelangan. 14. Quyoshli o’lkamizda paxtalar qiyg‘osochildi. Gap bo’laklari tartibini aniqlang. A) Aniqlovchi, hol, ega, hol, kesim B) Aniqlovchi , hol, ega, aniqlovchi, kesim C) Aniqlovchi, to’ldiruvchi, ega, kesim D) Hol, ega, to’ldiruvchi, kesim 15. Quyidagi qaysi qatorda qo’shma gap berilgan? A) Yuk orqalagan, og‘ir qoplar ostida ikki bukilgan aravakashlar ko‘rinar edi. B) Ey volida, duolaring sharofatidan Olloh o‘g‘lingga ko‘rish ne’matini qaytardi! C) Ko‘klam. Butun mavjudot qaytadan yasharmoqda. D) Bo’ying sal cho‘zilsin, duradgorga shogirdlikka beraman. Download 267.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling