27. Quyidagi qaysi javobda xatolik mavjud?
A) 1871-yil 3-sentabr kuni Parij aholisiqo‘zg‘olon ko‘tardi. Ular Respublika e’lon qilinishini va Vatanni himoya qilishni talab qildilar
B) Fransiya hukumati qo’shini 1871-yil 21-may kuni Parij Kommunasiga qarshi hujumga o’tdi va 28-may kuni Kommuna to’la tor-mor etildi
C) Fransiya ichki siyosiy hayotida anarxiyachilar va monarxiyachilar faoliyati ham kuchaydi. Ularning maqsadi — mavjud tuzumni ag'darish edi
D) AQSH juda katta hudud, boy xomashyo zaxiralari, keng ichki bozorga ega bo‘lganligi uchun mustamlakalar zabt etishga ishtiyoq bildirmadi
28. Xalqaro monopoliyalar soni 100 taga yetdi(1), Fransiyada senatga bo’lgan saylovlarda respublikachilar qo’li baland keldi(2). Yuqoridagi voqealar qachon sodir bo’lganini aniqlang.
A) 1-1910-yil, 2-1875-yil B) 1-1918-yil, 2-1876-yil
C) 1-1917-yil, 2-1877-yil D) 1-1910-yil, 2-1876-yil
29. … - yilda Fransiya … bo’yicha AQSH va Germaniyani ortda qoldirdi. Nuqtalar o’rniga mos javoblarni qo’ying.
A) 1913-yil, Temir qazish B) 1914-yil, Kimyo
C) 1913-yil, Po’lat eritish D) 1914-yil, Kapital chiqarish
30. Fransiyaning Afrikaga bosqinchilik yurishlari davrida 1891-1896-yillarda bosib olingan davlatlarni belgilang.
1. Marokash 2. Gvineya 3. Senegal 4. Tunis
5. Madagaskar 6. Togo 7. Mavritaniya 8. Zanzibar
A) 1,3,6,7 B) 2,3,5,7 C) 2,4,6,8 D) 5,6,7,8
31. Xronologik ketma-ketlikni aniqlang.
1. Fransiyada pensiya haqida qonun qabul qilindi
2. Fransiyada kasaba uyushmalarining erkin faoliyatiga va ish tashlashga ruxsat etuvchi qonun qabul qilindi
3. Dreyfus to’la oqlandi
4. Parij aholisi 2 mln kishiga yetdi
A) 4,3,2,1 B) 2,4,3,1 C) 4,2,3,1 D) 4,2,1,3
32. Quyidagi qaysi javobda xatolik mavjud?
A) XIX asr o’rtalarida Buyuk Britaniya parlamenti jamoalar palatasining 652 a’zosidan 389 tasi yer mulkdorlari edi
B) Buyuk fransuz inqilobi boshlangan kun 1789-yil 14-iyul fransuz xalqining Milliy bayram kuni deb e’lon qilindi
C) Vaterloo – hozirgi Belgiya hududidagi qishloqning nomi. Bu qishloqda 1815-yilning 18-iunda Napoleon I qo’shini tor-mor etilgan jang bo’lib o’tgan
D) XIX asrda jamiyat hayotining muhim voqealaridan biri “o’rta qatlam”ning shakllanishi bo’ldi
Do'stlaringiz bilan baham: |