1. Quyidagi qaysi misra bilan boshlanuvchi she’r g‘azal janrida yozilgan?


Download 60.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana18.03.2023
Hajmi60.92 Kb.
#1280394
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Ona tili asosiy



ONA TILI VA ADABIYOT
1. Quyidagi qaysi misra bilan boshlanuvchi she’r
g‘azal janrida yozilgan?
A) “Necha dedim ul sanamg‘a “Bormog‘in. . . ”
B) “Jondin seni ko‘p sevarmen, ey umri aziz. . . ”
C) “Dahr uyi bunyodkim, suv uzradir mahkam
emas. . . ”
D) “Shifoyi vasl qadrin hajr ila bemor o‘landan
so‘r. . . ”
2. Abdulla Qodiriy qalamiga mansub “O‘tkan
kunlar” romanida Otabek soxta “taloq xati”
voqeasining asli Homid tomonidan
uyushtirilganligini kimdan eshitib bilib qoladi?
A) Rahmatdan
B) Hasanalidan
C) usta Farfidan
D) usta Alimdan
3. Qaysi gapda ega vazifasidagi so‘z imlosida
xatolikka yo‘l qo‘yilgan?
A) Bu ko‘rsatuvni tomoshabinlar rosa olqishladi.
B) Mavsumning dastlabki davoni ortda qoldi.
C) Yangi uy bilan mukofatlanganlar quvonchi
cheksiz edi.
D) Yot illatlarni jamiyatimizdan tak-tugi bilan
sug‘urib tashlaymiz.
4. Qaysi javobda Mahmud Koshg‘ariy qalamiga
mansub asar haqidagi ma’lumot berilgan?
A) Asarda o‘zbek adabiyotidagi ilk g‘azalning
namunasi keltirilgan bo‘lib, matladan to
maqta’gacha navro‘z (bahor) madh etilgan
bu g‘azalda jonlantirish, sifatlash va
o‘xshatishlar asosiy o‘rin tutadi.
B) Asarda to‘rtta asosiy qahramon: Kuntug‘di,
Oyto‘ldi, O‘zg‘urmish va O‘gdulmishga ezgu
tushunchalar timsoli yanglig‘ qaralgan.
C) Asarda “O‘ttiz (yosh) yiqqanlarini ellik
(yosh) qaytarib oldi, agar oltmish (yosh) qo‘l
tegizsa, nimalar qilar ekan” degan qaydlar
ham borki, bular bu asar yozilganda
ijodkorning yoshi ellikdan o‘tganini
ko‘rsatadi.
D) Asardagi ko‘pgina qo‘shiqlar ovchilik,
chorvachilik bilan
− turkiy xalqlarning
yashash tarzi bilan chambarchas bog‘liq
holda yuzaga kelgan bo‘lib, "qo‘shiq"
atamasi ham ilk marta shu asarda qayd
etilgan.
6. Qaysi gapda hokim qismlari kesim vazifasida
kelgan aniqlovchili so‘z birikmalari qatnashishi
kuzatiladi?
A) So‘zdan qudratliroq narsa yo‘q, o‘tkir dalil va
yuksak fikrlar safini yorib o‘tish mumkin
emas.
B) Barcha tillar aniqlikka intiladi, aniqlik esa
qisqalik, ixchamlikni talab etadi.
C) So‘z
− inson qudratining qo‘mondoni, u −
hayotning buyuk quroli.
D) Tilning sofligi, ma’no aniqligi, o‘tkirligi
uchun kurash madaniyat quroli uchun
kurashdir.
7. Alisher Navoiy hayoti va ijodiy faoliyatini
yoritishga bag‘ishlab ijodkor tavalludining
525 yilligi arafasida yaratilgan “Zulmat ichra
nur” tarixiy qissasini yaratgan ijodkorni
aniqlang.
A) Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek
B) Mirkarim Osim
C) Pirimqul Qodirov
D) Mirmuhsin
1
5. “Yulduzli tunlar” romanidagi qaysi adabiy
qahramon soqchilarni aldab, mavlono
Fazliddinni zindondan qutqarib qochirib
yuboradi va bu ishi uchun Ahmad Tanbal
tomonidan yolg‘onchilik, Jahongir mirzoga
xoinlikda ayblanib Andijon shahar darvozasiga
osib o‘ldiriladi?
A) Xo‘ja Abdulla
B) Qosimbek
C) Sherim tog‘oyi
D) Ali Do‘stbek
8. Berilgan qaysi ma’lumot Abdulla Qodiriyning
“Mehrobdan chayon” romani haqida?
A) Ushbu asarda o‘z iqtidori, ilmdagi
muvaffaqiyatlari bilan hatto o‘z ustozlarini
ham lol qoldirgan, ilmdagi sa’y-harakatlari
tufayli o‘zi loyiq bo‘lgan madrasa
mudarrisligi darajasiga ko‘tarilgan olim yigit

Download 60.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling