1. Quyidagi qaysi misra bilan boshlanuvchi she’r g‘azal janrida yozilgan?


Download 60.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana18.03.2023
Hajmi60.92 Kb.
#1280394
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ona tili asosiy

vazifasini bajargan.
D) Ushbu parchada o‘timsiz va o‘timli yasama
fe’llar ishtirok etgan.
28. Qaysi javobdagi har uchala gapda ajratib
ko‘rsatilgan so‘zlarning asoslari o‘zaro
shakldosh sanaladi?
A) Dalalarimizda terim ishlari qizg‘in ketmoqda.
Terlab ketgan peshonasini ro‘molchasi bilan
tinmay artadi.
Baxshi qadim termalarni zavq bilan kuylar
edi.
B) Yosh chog‘imda bu gaplarni uncha
tushunmagan edim.
Ko‘p o‘tmay o‘rtadagi chog‘roq stolga
dasturxon yozildi.
Shu bugun ko‘nglim chog‘dir, baxtliman
juda.
C) Yoshligidan tabiiy fanlarga ixlos qo‘ygan
olim butun dunyoga mashhur bo‘ldi.
Ikki yuzi qip-qizil bu chol avvalgidan ham
yosharib ketgandek edi.
Yoshli ko‘zlarini ro‘molchasi bilan artib
qo‘ydim.
D) Bu gapning mag‘zini chaqa olmagan yigit
o‘ylangancha xonasiga kirib ketdi.
Ko‘kda chaqmoq chaqib, momaqaldiroq
gumburladi.
Ikkita tuxumni tovaga chaqib soldi, choy
damladi.
TAVSIYANOMA
1.
Men, Saidamirov Ahmadjon Ikromovich, 2008-yildan buyon Toshkent shahridagi 285-umumta’lim
maktabi, direktori lavozimida ishlab kelmoqdaman.
2.
Murodov Faxriddin Amirjon o‘g‘li 2003-yilga Toshkent shahrining Yunusobod tumanida
tug‘ilgan. U men rahbarlik qilayotgan maktabning 11-“A” sinfida tahsil oladi. F.A.Murodov

bilimli, tirishqoq, jamoatchilik ishlarida faol o‘quvchi. U barcha fanlardan a’lo baholarga o‘qiydi.
Matematika, fizika va ingliz tili fanlariga ko‘proq qiziqadi. U sportning boks turi bilan muntazam
shug‘ullanib keladi. Bir necha bor shahar va respublika miqyosidagi musobaqalarda faxrli o‘rinlarni
egalladi.
3.
F.A.Murodovning kelajakda jahon sport sahnalarida ham yurtimiz sha’nini munosib tarzda himoya
qila olishiga ishonch bildiraman hamda uni “Mard O‘g‘lon” mukofotiga tavsiya etaman.
2020-yil 18-iyun
(imzo)
A.I.Saidamirov
29. Ushbu TAVSIYANOMA matnining raqamlab
ko‘rsatilgan bandlarida ro‘y bergan xatoliklar
turi qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?
A) 1
− imloviy xatolik; 2 − ishoraviy
(punktuatsion) xatolik; 3
− qo‘shimcha
qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xatolik
B) 1
− imloviy xatolik; 2 − qo‘shimcha qo‘llash
bilan bog‘liq uslubiy xatolik; 3
− ishoraviy
(punktuatsion) xatolik
C) 1
− ishoraviy (punktuatsion) xatolik; 2 −
qo‘shimcha qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy
xatolik; 3
− imloviy xatolik
D) 1
− qo‘shimcha qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy
xatolik; 2
− imloviy xatolik; 3 − ishoraviy
(punktuatsion) xatolik
30. Ushbu TAVSIYANOMA matnining raqamlab
ko‘rsatilgan bandlari mazmuniga oid to‘g‘ri
hukmni aniqlang.
A) Matnning ikkinchi qismida tavsiyanomani
taqdim etishdan ko‘zlangan maqsad bayon
qilingan.
B) Matnning birinchi qismida mukofotga tavsiya
etish shartlari bayon qilingan.
C) Matnning har uchala qismida mukofot
sovrindori haqidagi ma’lumotlar bayon
qilingan.
D) Matnning birinchi qismida tavsiya beruvchi
shaxs haqida ma’lumot berilgan.

Download 60.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling