1. Quyidagi xususiyatlari keltirilgan molekulalar ichidan nechtasida neytronlarga nisbatan elektronlari soni ko’p


Download 6.25 Mb.
bet37/44
Sana03.12.2023
Hajmi6.25 Mb.
#1801136
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   44
Bog'liq
Atom tarkibi

A) kalsiy B) magniy C) bariy D) stronsiy
28. Aluminiy va uning oksididan iborat aralashmaning qanday massasi 20 % li natriy gidroksid eritmasida eritilganda hosil bo’lgan eritmadagi suvning massasi 129,8 g bo’ladi va 6,72 l (n.sh) gaz ajralib chiqadi ? A) 36 B) 32 C) 35 D) 30
29. Aluminiy va uning oksididan iborat aralashmaning qanday massasi 40 % li natriy gidroksid eritmasida eritilganda hosil bo’lgan eritmadagi suvning massasi 40,2 g bo’ladi va 10,08 l (n.sh) gaz ajralib chiqadi ? A) 26,8 B) 28,5 C) 25,5 D) 29,2
30. Temirning massa ulushi 71,795 % bo’lgan gematit va magnetit aralashmasining qanday massasi 539 g 40 % li sulfat kislota eritmasi bilan to’liq ta’sirlashadi ? A) 124,8 . B) 110,4 C) 112,8 D) 116,8
31. Temirning massa ulushi 75,6 % bo’lgan temir (II) oksid va temir (III) oksid aralashmasining qanday massasi yetarli miqdorda sulfat kislota bilan ta’sirlashib 111 g tuzlar aralashmasini hosil qiladi ? A) 40 B) 60 C) 50 . D) 70
32. Massasi 49,7 gramm bo’lgan metalning kislorodli birikmasi karbonat angidrid bilan ta’sirlashganda A modda va B gaz ajraldi. A modda bariy nitrat eritmasi bilan ta’sirlashganda 68,95 g cho’kma hosil qildi. B modda esa mis bor naycha orqali o’tkazilganda naycha massasi 16,8 g ga ortgan. Boshlang’ich birikma tarkibidagi metal va kislorod atomari tarkibidagi elektronlar mol nisbatini aniqlang. A) 9,5:4 B) 7,125:1 C) 0,475:0,4 D) 1,375:1
33. Massasi 9,2 g bo’lgan og’ir mineral -XYS2 mo’l miqdorda kislorod ishtirokida qizdirilganda 4 g qizg’ish-malla X2O3 , 4 g qora YO va SO2 olindi. Bunda ajralib chiqan gaz hajmini (n.sh, l) aniqlang. A) 2,24 B) 4,48 C) 6,72 D) 8,96

SIFAT REAKSIYALAR (ABC)


1. Oddiy gazsimon sarg’ish-yashil rangli va o’tkir hidli A modda kumushsimon-oq, zichligi suvnikidan kichik bo’lgan B metall bilan ta’sirlashdi. Natijada alangan rangini binafsha rangga bo’yaydigan C modda hosil bo’ldi. Ushbu qattiq C moddaga konsentrlangan sulfat kislota ta’sir ettirilganda suvda yaxshi eriydigan rangsiz gaz ajraldi. A, B va C moddalarni aniqlang. A) A-Cl2; B-K; C-KCl B) A-Cl2; B-Na; C-NaCl C) A-Br2; B-K; C-KBr D) A-Br2; B-Na; C-NaBr
2. Oddiy, noturg’un A modda boshqa B moddaga aylanadi va B modda atmosferasida C metall yonib metall ikki xil oksidlanish darajasini nomoyon qiladigan oksid hosil qiladi. A moddaning normal sharoitdagi zichligini toping. A) 1,43 B) 2,14 C) 1,78 D) 1,25
3. O’tkir hidli rangsiz A gaz katalizator ishtirokida kislorod bilan oksdilanib o’zini uchuvchan suyuqlik sifatida nomoyon qiluvchi B moddaga aylandi. B modda so’ndirilmagan ohak eritmasi bilan ta’sirlashib C tuzini hosil qildi. A, B va C moddalarni ko’rsating. A) A-CO; B-CO2; C-CaCO3 B) A-SO2 ; B-SO3; C-CaSO4 C) A-Cl2 ; B-ClO2; C-Ca(OCl)2 D) A-NO; B-NO2; C-Ca(NO3)2
4. A tuzi eritmasi qizdirilganda B cho’kma hosil bo’ladi. Ushbu cho’kma ishqor ta’sirida A tuzga aylanadi. A tuzga kislota ta’sir ettirilganda kaliy permanganat eritmasini rangsizlantiruvchi C gaz ajraladi. A, B va C moddalarni ko’rsating. A) A- Ca(HSO3)2; B- CaSO3; C-SO2 B) A- Ca(OCl)2 ; B- CaCl2; C-HCl C) A- Ca(HCO3)2 ; B-CaCO3; C-CO2 D) A- CaCO3; B- CaCl2; C-HCl
5. A gaz modda konsentrlangan sulfat kislota bilan oksidlanganda odddiy modda B, murakkab modda C va suv hosil bo’ldi. A va C modda eritmalari o’zaro ta’sirlashib B cho’kmani hosil qildi. A, B va C moddalarni aniqlang. A) A- H2S; B-S; C-SO3 B) A-SO2 ; B-S; C-SO3 C) A-H2S ; B- S; C-SO2 D) A-NO; B-N2; C-NO2
6. Bo’g’uvchi A gaz, bromli suv orqali o’tkazilganda oddiy modda B cho’kmaga tushdi. B modda konsentrlangan natriy sulfit eritmasida erib C tuz hosil qiladi. C tuz eritmasi kumush galogenid cho’kmasi bor eritma orqali o’tkazilganda tiniq eritma hosil bo’ldi. A, B va C moddalarni aniqlang. A gaz modda konsentrlangan sulfat kislota bilan oksidlanganda odddiy modda B, murakkab modda C va suv hosil bo’ldi. A va C modda eritmalari o’zaro ta’sirlashib B cho’kmani hosil qildi. A, B va C moddalarni aniqlang. A) A- H2S; B-S; C-Na2S2O3 B) A-SO2 ; B-S; C- Na2S2O3 C) A-H2S ; B- S; C-Na2SO4 D) A-NO; B-N2; C-NaNO3
7. A gaz modda konsentrlangan sulfat kislota ta’sirida oddiy B moddaga aylanadi. B modda vodorod sulfidi bilan ta’sirlashib, oddiy C modda va boshlang’ich A moddani hosil qildi. A, B va C moddalarni aniqlang. A) A-HBr ; B- Br2 ; C-H2 B) A-H2S ; B- S ; C-H2 C) A-HBr ; B- Br2 ; C-S D) A-H2S ; B- S ; C-S
8. Quyidagi o’zgarishlar asosida A, B va C moddalarni toping. A + H2 → B A + H2O ↔ B + C A + H2O + SO2 → B+... C B +... A) A-Br2; B-HBr; C-HBrO3 B) A-Na; B-NaH ; C-NaOH C) A-Cl2; B-HCl; C-HClO D) A-Cl2; B-HCl; C-HClO3
9. Xlorni kuchli A kislota eritmasidan o’tkazganimizda oddiy B modda ajraldi va eritma to’q tusga kirdi. Xlor o’tkazish davom ettirilganda B modda C kislotaga aylandi va eritma rangsizlandi. A, B va C moddalarni aniqlang. A) A-HJ; B-J2 ; C-HJO3
B) A-HBr; B-Br
2 ; C-HBrO3 C) A-HF; B-F2 ; C-HF D) A-HJ; B-J2 ; C-HJ
10. Quyidagi o’zgarishlar asosida A, B va C moddalarni toping. A + O2 → B +... A + B ↔ C + ... A + Br2 → C +... C + H2SO4 (kons) → B +... A) A-H2S ; B- SO2 ; C-S B) A-H2S ; B- S ; C-SO2 C) A-CH4 ; B- CO2 ; C-CS2 D) A-H2S ; B- S ; C-SO3
11. Odatdagi sharoitda suyuq bo’lgan ikkita A va B oksid o’zaro ta’sirlashishidan C modda hosil bo’lib, C moddaning konsentrlangani ta’sirida saxaroza ko’mirlanadi. A, B va C moddalarni ko’rsating. A) A-H2O ; B- SO2 ; C-H2SO3 B) A-H2O ; B- SO3 ; C-H2SO4 C) A-H2O ; B- N2O5 ; C-HNO3 D) A-CaO ; B- H2O ; C-Ca(OH)2
12. Rangsiz, o’tkir hidli A gaz kislorod bilan yondirilganda, rangsiz va hidsiz B gaz hosil bo’ldi. B modda xona tempraturasida litiy bilan ta’sirlashib qattiq C moddani hosil qiladi. A, B va C moddalarni aniqlang. A) A-NH3 ; B- H2 ; C-LiH B) A-NH3 ; B- N2 ; C-Li3N C) A-HBr ; B- Br2 ; C-LiBr D) A-H2S ; B- S ; C-Li2S
13. Rangsiz, o’tkir hidli, havodan yengil A gaz kuchli B kislota bilan ta’sirlashib C tuz hosil bo’ldi. C tuzning suvli eritmasi bariy xlorid bilan ham, kumush nitrat bilan ham cho’kma hosil qilmaydi. A, B va C moddalarni aniqlang. A) A-O2 ; B- HCl ; C-HClO B) A-NH3 ; B- HNO3 ; C- NH4NO3 C) A- NH3 ; B- HCl ; C- NH4Cl D) A-NH3 ; B- H2SO4 ; C- (NH4) 2SO4
14. Ikkita oddiy moddadan hosil bo’lgan X modda ham xlor (mo’l miqdorda) bilan, ham vodorod xlorid bilan reaksiyaga kirishadi va har ikki holatda ham bir xil oq suvda eriydigan modda olinadi. X moddani aniqlang. A) NH3 B) H2S C) SO2 D) H2O
15. A modda xlorid kislota bilan ta’sirlashganda rangsiz gaz ajraldi. Reaksiya tugaganidan so’ng aralashmaga qattiq natriy gidroksid qo’shilganda, xuddi shunday massadagi, ammo hajmi ikki marta ko’p gaz ajraldi. A moddani aniqlang. A) (NH4)2S B) K2S C) Na2SO3 D) NH4Cl
16. Qo’ng’ir A gaz atmosferasida oddiy B modda yonadi va natijada ikkita gazsimon modda – murakkab va oddiy C modda hosil bo’ldi. Bu ikkala modda ham havo tarkibiga kiradi. Oddiy modda magniy bilan reaksiyaga kirisha oladi. A, B va C moddalarni aniqlang. A) A-NO2 ; B- C ; C-N2 B) A-NH3 ; B- H2 ; C-N2 C) A-NO2 ; B- CO ; C-N2 D) A-NO ; B- NO2 ; C-N2
17. Quyidagi o’zgarishlar asosida A, B va C moddalarni toping. A + O2 → B B + H2O  A + C C + Cu → A +... B + Cu  A +... A) A-S; B-SO2 ; C-H2SO3 B) A-NO; B-NO2 ; C-NH3 C) A-N2; B-NO; C-HNO2 D) A-NO; B-NO2 ; C-HNO3
18. Oq, qattiq, suvda yaxshi eriydigan A modda o’zini kislota sifatida nomoyon qiladi. Ushbu A modda eritmasiga B oksid qo’shilganda oq, suvda erimaydigan C modda hosil bo’ldi. C modda qum va ko’mir mavjudligida yuqori tempratura ostida qizdirilganda A modda tarkibiga kiruvchi element oddiy moddasi hosil bo’ldi. A, B va C moddalarni toping. A) A-H3PO4 ; B-K2O ; C-K3PO4 B) A-H3PO4 ; B-CaO ; C-Ca3(PO4)2 C) A-H2SO4 ; B-CaO ; C-CaSO4 D) A-HNO3 ; B-K2O ; C-KNO3
19. Murakkab A modda mo’l miqdordagi magniy bilan qizdirilganda ikki xil modda hosil bo’ldi. Ulardan biri – B modda xlorid kislota ta’sirida zaharli C gaz ajratadi. C gaz yoqilganda yana boshlang’ich A modda va suv hosil bo’ladi. A, B va C moddalarni toping. A) A-CO2; B-MgCO3 ; C-CH4 B) A-SiO2; B-MgSiO3 ; C-SiH4 C) A-SiO2; B-Mg2Si ; C-SiH4 D) A-Si; B-Mg2Si ; C-SiH4
20. Quyidagi o’zgarishlar asosida A, B va C moddalarni toping. A + B + H2O → C A + HCl → B + ... C + HCl → B + ... A  B +... A) A- CaCO3 ; B-CO2; C-Ca(HCO3)2 B) A- Na2CO3 ; B-CO2; C-NaHCO3 C) A- K2CO3 ; B-CO2; C-KHCO3 D) A- FeCO3 ; B-CO2; C-Fe(HCO3)2
21. Kalsiy gidroksid eritmasini A tuz eritmasiga ta’sir ettirganda B cho’kma hosil bo’ldi. Kalsiy xlorid eritmasini A tuz eritmasiga ta’sir ettirganda hech qanday o’zgarish sodir bo’lmadi. Kuchli kislotalar A moddani C gaz ajratib parchalaydi va hosil bo’lgan eritma kaliy permanganate eritmasini rangsizlantirmaydi. A, B va C moddalarni aniqlang. A) A- Ca3(PO4)2 ; B- CaCO3 ; C- CO2 B) A- NaHCO3 ; B- Na2CO3 ; C- CO2 C) A- CaCO3 ; B- Ca(OH)2 ; C- CO2 D) A- Ca(HCO3)2 ; B- CaCO3 ; C- CO2
22. Oddiy modda A vodorod bilan portlab reaksiyaga kirishadi va B gaz hosil qiladi, B gazning suvli eritmasi kuchsiz kislota xossasini nomoyon qiladi va kremniy (IV) oksidini C gaz ajratiib eritadi. A, B va C moddalarni aniqlang. A) A-Cl2 ; B- HCl ; C-SiCl4 B) A-F2 ; B- HF ; C-SiF4 C) A-N2 ; B- NH3 ; C-Si3N4 D) A-O2 ; B- H2O; C- SiF4
23. Yengil, kumushsimon-oq, oddiy, yaxshi issiqlik va elektr o’tkazuvchanlikka ega bo’lgan A modda qizdirilganda suv bilan ta’sirlashib ikkita modda hosil qiladi: oddiy va murakkab B modda. B modda C kislota bilan ta’sirlashib bariy xlorid qo’shilganda oq cho’kma hosil qiladigan, kislota va ishqorlarda erimaydigan tuz hosil qiladi. A, B va C moddalarni ko’rsating. A) A-Li; B-LiOH; C-H2SO4 B) A-K; B-KOH; C-H2SO4 C) A-Li; B-LiOH; C-HCl D) A-Na; B-NaOH; C-H2SO4
24. Kumushsimon-oq, yengil, yaxshi elektr va issiqlik o’tkazuvchanlikka ega bo’lgan A modda qizdirilganda boshqa oddiy modda B bilan ta’sirlashadi. Hosil bo’lgan qattiq modda kislotalarda C gaz ajratish yo’li bilan eriydi. C modda sulfit kislota eritmasi orqali o’tkazilganda B modda cho’kmaga tushadi. A, B va C moddalarni ko’rsating. A) A-Al; B-C; C-CH4 B) A-Al; B-S; C-H2S C) A-K; B-S; C-H2S D) A-Al; B-N2 ; C-NH3
25. To’q malla rangdagi oddiy amorf A modda yuqori tempraturada boshqa sariq rangdagi oddiy B modda bilan ta’sirlashganda qattiq oynasimon C modda hosil bo’ldi. C modda suv ta’sirida to’liq parchalandi va D va E kislotalar hosil qildi. A-E moddalarni aniqlang. A) A-Al; B-Cl2; C-AlCl3; D-Al(OH)3; E-HCl B) A-Al; B-S; C-Al2S3; D-Al(OH)3; E-H2S C) A-B; B-S; C-B2 S3; D-H3BO3 ; E-H2S D) A-Si; B-Cl2; C-SiCl4; D-H2SiO3; E-HCl
26. Kulrang-qo’ng’ir rangdagi oddiy kristallik A modda gazsimon oddiy B modda bilan ta’sirlashib, qiyin suyuqlanadigan C modda hosil qildi. C modda issiq ishqor eritmasi ta’sirida D tuzi va ammiak hosil qilib parchalandi. A-D moddalarni aniqlang. A) A-Al; B-N2; C-AlN; D-KBO2 B) A-B; B-O2; C-B2O3 ; D-KBO2 C) A-B; B-N2; C-BN; D-KBO2 D) A-B; B-S; C- B2S3; D-KBO2
27. Ikkita uch atomli A va B gazning har biri kaliy aluminat eritmasiga qo’shilganda cho’kma tushadi. Har ikkala gaz ham ikki xil element atomidan tashkil topganligi ma’lum bo’lsa, A va B moddalarni aniqlang. Qaysi modda yordamida ularni farqlash mumkin ? A) A-CO2; B-SO2; H2S bilan B) A-CO2; B-SO2; NH3 bilan C) A-NO2; B-SO2; H2S bilan D) A-NO2; B-CO2; NH3 bilan
28. Ikkita tuz bor- A va B. Ularning biri-A, to’q sariq rangda, suvda yaxshi eriydi, alangani oqish-binafsha rangga bo’yaydi, oksidlovchi, kislotali muhitda qaytaruvchilar bilan ta’sirlashgandaeritma rangi yashil-binafsha rangga o’zgaradi. Ikkinchi tuz-B, oq, qizdirilganda gazsimon mahsulotlarga parchalanadi, tuzning eritmasi kumush nitrat eritmasi bilan ta’sirlashganda oq-suzmasimon (tvorogsimon) cho’kma hosil bo’ladi. A va B tuzlar o’zaro ta’sirlashishi ma’lum bo’lsa, ularni ko’rsating. A) A-KMnO4; B-NH4NO3 B) A-K2CrO4; B-NH4NO2 C) A-K2SO4; B-NH4NO3 D) A-K2Cr2O7; B-NH4Cl
29. Suvda erimaydigan, qo’ng’ir rangdagi A modda qizdirilganda ikkita oksid hosil qilgan holda parchalanadi. Oksidlardan biri suvligi ma’lum. Ikkinchi oksid-B, uglerod bilan qaytarilganda yer yuzida tarqalishi bo’yicha ikkinchi o’rinda turadigan C metalni hosil qiladi. A, B va C moddalarni aniqlang. A) A-Fe(OH)3; B-Fe2O3 ; C-Fe B) A-Al(OH)3; B-Al2O3 ; C-Al C) A-Ca(OH)2; B-CaO ; C-Ca D) A-FeCO3; B-FeO ; C-Fe
30. A tuzi ikki elementdan tashkil tashkil topgan bo’lib, havoda yondirilganda ikkita oksid hosil bo’ladi. Ulardan biri- B, qattiq, qo’ng’ir rangdagi va gazsimon bo’lib kumushsimon-oq C metall bilan o’rin olish reaksiyasiga kirishadi. A, B va C moddalarni ko’rsating. A) A-FeS; B-FeO; C-Al B) A-FeS; B-Fe3O4; C-Mn C) A-FeS; B- Fe2O3 ; C-Al D) A-CuS; B-CuO; C-Mn
OKSIDLANISH-QAYTARILISH REAKSIYALARI
1. H2S+H2S03↔... Ushbu reaksiyada koeffissentlar yig'indisini toping.

Download 6.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling